Yuqoridagi fikrlarni bazilariga qo'shilaman bazilariga esa yo'q. Hamma joyda ham o'ziga yarasha ta'lim-tarbiya uslubi bor. Men 5 yillik o'qishni tugatib, aspirantura uchun Turkiyaga kelganimda eng ko'p qiynalgan tarafim Turkiyadagi talabalarning yodlash asosida imtihonlardan o'tishlari bo'ldi. Bu yerda to 1. sinfdan e'tiboran, hamma narsani o'quvchilarga yodlata boshlaydilar. Bechora bolalar o'zlarining shahsiy fikrlarini ayta olmay, umrlari imtihonlar bilan o'tib ketaveradi. Tabiiki, yodlash, hofiza mudhish qobiliat, aniq fanlarda bu qobiliyat juda muhim hisoblanadi. Lekin men til va adabiyot fakultetida o'qiganim uchun vaqti kelganda adabiyot bo'limi talabasi holatida bir sherni maromiga yetkazib o'qishingiz ham kerak, deb o'ylayman. İlgari aytishardi, asosan til va adabiyot bo'limiga talaba olinayotganda abituriyentning (abituriyent so'zini hech yoqtirmayman, insonni tili sinib ketaman deydiya) nutqiga jiddiy e'tibor berilgan ekan. U paytlar sinovlar bilet asosida edi tabii. Mening aspirantura sinfimdagi bir talabaning nutqi juda yomon, hatta kasallik ham deya olishim mumkin. Uning kabi insonlarni kamsitayotganim yo'q, lekin bir so'zni aytish uchun 1-2 daqiqa sarflagan o'qituvchidan bola 45 daqiqa ichida nima oladi. Kursdoshim bu yergacha test sinovlari soyasida yetib kelgan. Aspiranturada Alisher Navoiy davri bilan bog'liq darsimiz bor edi. Darsda g'azal o'qiyapmiz, navbat menga keldi, men ham vaznga solib, Nizomiy Und-da domlamizning stolga chertib, vaznlarni o'rgatgani holda o'qidim. Hamma hayron bo'lib qoldi, aytdimki bizda g'azal shunday o'qiladi, o'rgatiladi. Bu misol bilan shuni aytmoqchiman, har bir joyda o'ziga yarasha o'qitish tarzi, sistemasi bor. Balki bizdagi o'qishlarda bazi bo'limlar juda tez rivojlanayotgan dunyodan orqada bo'lishi mumkin, lekin bazi bo'limlar orasida esa haliyam juda haxshi bilim berishyabdi. Keyin yana bir narsa, Turkiyada har bola ÖSS (Öğrenci seçme ve yerleştirme sınvı) ga kiradi, keyin qancha bal olganligiga qarab qaysi o'qish, fakultet kelsa shunda boradi. Talabalar hohlagan bo'limlaridan ziyoda bali qaysi o'qishga yetgan bo'lsa shu yerda o'qiyveradi. Bu menga hech to'q'ri kelmaydi. Sevmagan bo'limimda o'qish keyin bu sohada ishlash. Xudo saqlasin. Ha yana bir narsa, 4 yillik o'qishni tugatgandan keyin talabalar yana bir bora imtihonga kirishadi, olgan baliga qarab, davlat ularni qayerga jo'natsa shu yerda ishga boshlaydi. Qo'shnimizni o'g'li o'qituvchilikni bitirdi, olgan bali bo'yicha davlat uni hech joyga ishga olmagaligi sababli 3 yildan beri uyda o'tiribdi. Yani umr bo'yi imtihon, sinov.
Yani bizdan ha badtar joylar, sistemalar bor, unutmanglar azizlar:)