Makaronli salat  ( 3614 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  18 May 2012, 12:58:25

 :asl3:



Bu salat judayam oson. Uydagi bor masalliqlar bilan boyitishingiz mumkin. Birinchi marta 15 yil avval yegandim, bir Turk o'qituvchimizni uyida, judayam yoqqandi mazasi, orada tayyorlab turaman:)

Pastdagi masalliq men tayyorlagan salatga kora, bemalol 7-8 kishiga yetadi, shunga qarab makaronni kamaytirib, ko'paytirishingiz mumkin.

Masalliqlar:

350 gr makaron
1 stakan qatiq
1 stakan mayonez (agar yengil bo'lsin, desangiz faqat qatiq ishlatishingiz mumkin)
200 gr makkajo'xori konservasi
250 gr aralash: yashil no'xat, sabzi, kartoshka konservasi
Bir tutam ukrop
1 qoshiq tuz

Tayyorlanishi:

Makaronni pishiramiz, suzib, bir sovuq suvda chayib olamiz. Qolgan masalliqlarni solib, yaxshilab aralashtiramiz. Ukrop mayda tograladi, qatiq bilan mayonez yaxshilab aralashtiriladi albatta:)

Osh bolsin:)




Mana yoz kelay deb qoldi, makkalar ham chiqadi yaqinda inshalloh, qolgan sabzavotlarni ham suvda qaynatib, pishirib, sovutib solsangiz yana ham mazali boladi:)

Qayd etilgan