G'aroyib voqealar  ( 73503 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 9 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:34:38

Bonu:

Assalomu alaykum!
Chet eldagi do'stlar, sizga bir mavzuni ochmoqchi edim.
Mana shu chet elda ishlab, oqib yurgan vaqtlarizda qanaqadir bir juuuda, o'ta darajada qiziqarli voqealar bolganmi? :o Masalan, qandaydir chet eldagi g'aroyibu-ajoyib narsani, urf odatnimi korib qotib qogan vaqtingiz bolganmi, yoki tilni tushunish borasida, yoki darslarda esda qolgan voqealar bormi?
Shulardan yozsangiz juda qiziqarli bolardi hammaga deb oylayman. Rahmat.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:34:57

Bonu:

Assalomu alaykum!
To'g'risini etsam man sizlardan eshitish uchungina ham shuni yozgandim, o'zimga kelsak, bunaqa voqealar shu Toshkentni Xalqaro Aeroportidan chiqib ketganimdan boshlangan o'zi. Lekin bular o'zini boshidan kechirgan odamgagina qiziq deb oylayman, va mayda voqealar bolganiga etish uchun lozim deb topmadim. :-X
Lekin man eslaganimda yozishga va'da beraman. Qaysi voqeani etishga hayronman, hammasini yozmasman har holda??! Shunga bitta dahshat ichak uzdisidan tez orada yozib boraman. Uzr.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:35:07

Hammasini birvoshdan aytavering.
Eshitish esa bizdan...
Harq qalay chet-elga chiqmaganlar uchun juda qiziq-da!!!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:35:22

Bonu:

Assalomu alaykum!
Mayli qoymadila qoymadilade! ;)
Man chet elda juda ham kop voqealar bolgan dedim-a? Shuning uchun navbatma navbat bolsin deb, Angliyadagi hayotimning 1-kunida nima bolganini aytaman:
...Kechasi soat 24:00 larda Londonni ayeroportidan yangi oilaga keldim. Darsga 2 kun kechga qolganim uchun osha kuniyoq oqishga borishim kerak edi, o'zi 2 sutka uhlamagandim, keyin kechasi bilan yangi uyda chala uhlab, ertalab 7 da yo'lga chiqdim. Qo'limda karta . Katta qilib ochib hech narsaga qaramasdan ketyapman, oqish uzoq emas , lekin kelganimga 1 kun ham bolmagan. Katta kocha boylab ketyapman, kartadan boshimni kotarib bundoq qarasam, Avtomoshinalarni kichkina bolalar haydab ketishyapti, keyin bundoq qarasam :o .....moshinala ozi haydovchisiz yurib ketvotti. .... Keyin bilishimcha bu davlatda yo'l harakati teskari ekan! ;D ;D ;DMashina ruli ham ongda. Kochada ichaklarim uzilib ketay deb yotvolib kulgandim bu tushunmovchilikka.
Shunaqa.... ;)
Bonu
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:35:35

Otabek;

Juda qiziq ekan.
Koreada ham bunaqa voqealar bo'lib turadi.
Tez orada mendan ham eshitib qolarsizlar. :)

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:35:47

Otabek:

Bir kuni Koreyada ishlaydigan bir akaxonimizga telefon qildim. U telefonni oldi va koreyschalab:
- Allo, - dedi.
Men ham uni tanimasdan koreyschalab gapirdim...
Biz yarim soat boshdan to oxiriga qadar bir-birimizni tanimagan holda koreyscha gaplashibmiz.
Oradan qanchadir muddat o'tgach, biz ko'rishdik.
- Bir marta kimdir menga telefon qildi. Talaffuzidan koreysga o'xshamaydi. Men ham koreyscha valdirayveribman, deb qoldi.
Men o'zimni tutolmay kulib yubordim...
- Ha, senmiding, shumtaka...
- Koreys tilida gapirishni boplar ekansiz lekin... - dedim kula-kula.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:36:01

Bonu:

Hahahaha ;D , juda qiziq voqea...Lekin manda ham shunaqasidan juuuda kop bolgan, keganimda ayniqsa, o'zbeklar bilan ingliz tilida 1-2 soat gaplashgan vaqtlarim bolgan haligacha eslashib kulishamiza.
Lekin mani qulogimda uzbekcha zirak bor, shunga hamma mani srazu uzbekligimni bilib qolardi. Shunaqa...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:36:13

AbdulAziz:

Mandayam shunga o`xshash hodisa bo`lgan edi. Bir kuni ishxonadan o`qishlaringga Amerikadan professor kelibdi. Shundan tezda borib interview olib kegin deyishdi. Hamma kerakli narsalarni olib, o'qishga otlandim. Borib qatta u professor desam American Centreda deyishdi. U yoqqa chiqdim. Chiqasam bitta ko`zoynakli amaki turibdilar. Salom alikdan so`ng, maqsadga o`tdim:
— may I take with you an interview?
— About what? And where are you from?
— I am from Marifat newspaper. About US and Uzbekistan library system.
— Library system? hmmm...
— Yeah.
— OK, can u come to me tomorrow. May I prepare to interview.
— OK, tomorrow 10.00
Ishxonaga borib, bo`lgan voqeani aytdim. Keyin redaktorimiz nega unaqa dedi. Manga muxbiringni jo`nat degandi-ku, hozir ham telefon qildi. Hozir borib, nima gapirsa olib kelavering dedilar. Noiloj yana bordim. Borsam haligi man gaplashgan odam ketib bo`lgan ekan. Yana hayron bo`ldim. Keyin bolalar kimni qidiryapsan deyishdi. Dr. Watsonni desam u hozir leksiya o`tyapti deyishdi, deb ana ko`rgin deyishdi. Ne ko`z bilan qarayki, umuman boshqa odam dars o`tayapti. Man gaplashgan odam esa umuman boshqa odam ekan. Bechora americanns keyin tayyorlanib keldimi-yo`qmi bilmadim...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:36:32

Otabek:

Menga bu voqeani Koreyadagi bir do'stim so'zlab bergan edi.
Xullas, Koreyada do'stim ikki nafar O'zbekistondan kelgan rus qizlar bilan birga taksiga o'tiribdi. Taksichi amaki quvnoq, xushchaqchaq qizlarga qarab:
- Qizlar, ko'rinishlaringdan koreyalikka o'xshamaysizlar. Qayerliksizlar? - deb so'rab qolibdi.
Qizlar qitmirlik qilib:"Rossiyadanmiz", deyishibdi.
Taksichi amaki:
- Juda chiroyli ekansizlar. Lekin jahonda eng chiroyli qizlar O'zbekistonda, deb eshitganman. O'zbek qizlar juda chiroyli deyishadi, - debdi.
Qizlar nima deyishlarini bilmay, elka qisib qo'yishibdi.
Ana, dovrug'i dunyoga yetgan o'zbek qizlari bilan fahrlanishimiz kerak.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:36:49

Bonu:

;D ;D ;D Otabek, judaaaaa mubolagani ham oshirib yuboribsizda! Bunchalikmasdir! Togrisini eting, ijod mahsulingizmasmi bu? Unda nega ozingiz shu dovrugi ketgan ozbek qiziga emas koreys qiziga shaydosiz?

Qayd etilgan