G'aroyib voqealar  ( 55025 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 9 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:37:06

AbdulAziz:

Osha koreys shopiri o`zbek qizlari haqida qayerdan bildi ekan? Lekin baribir O`zbegim qizlariga yetadigani yo`q!!! :) :) :)

PS.Endi oldiga qarasezam, orqaga, yonga qarasezam ko`zi qiziqlarni ko`rursez... yoqtirib qosez kere-da :)

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:37:24

kamol:

Savol uchun uzr...
Horijda o`z tanini sotayotgan qizlarimizga munosabatingiz qanday?
Siz yashayotgan shaharda ham shundaylarga ko`zingiz tushganmi? Ularni ko`rib qanday ahvolga tushgansiz?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:37:34

Otabek:

Bunday holat juda achinarli, albatta. Lekin men hali Koreyada unaqalarga ko'zim tushmadi. Pokiza o'zbek qizlari haqida faqat iliq so'zlar eshitaman. O'zbekistonga borib kelgan koreyslar ham qizlarimiz to'g'risida to'lqinlanib gapirishadi.
Xullas, hammaga namuna o'zbek qizlariga ko'z tegmasin, ilohim!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:37:44

kamol:

Assalomu alaykum!
Gaplaringizga qo`shilaman, o`zbek qizlari doimo o`zlarining hayo-ibolari bilan boshqalardan ajrab turganlar.
Lekin...
Guruch kurmaksiz bo`lmaydi.
Ayrim qizlarimizning chet-elllarga o`z tanalarini sotish uchun, qiyinchiliksiz erishiladigan mo`may HAROM PULLAR uchun o`zlarining g`'ururu hayolarini sotib qilayotgan harakatlari haqida eshitib qolamiz.
Bunga nima sabab deb o`ylaysizlar?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:37:59

Otabek;

O'z yurtdoshini xorijda shunday ishlar b-n shug'ullanayotganligini ko'rgan har qanday odam yaxshi xissiyotlarga borishi mumkin emas. Lekin shunday qizlarimiz kimlarningdir aldovlari natijasida shunaqa axvolga tushishmayaptimikan?
Men bir qizni bilaman . U bilan birga o'qiganman. Ismini aytishni lozim topmayman, o'sha qiz yolg'onga uchib, Birlashgan Arab Amirliklarida shunday ishlarni bajarishga majbur bo'lgan. Menimcha, ( bu faqat fikrim, xolos) hech qaysi o'zbek qizi o'z xoxishi bilan bunday ish qilmaydi. Ular aynan yolg'onchilarning "oson o'ljasi"ga aylanib qolishmoqda.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:38:12

Shahzoda:

Barcha chet elda yashaguvchi yurtdoshlarga alangali SaLoMlaR!!! Mani uzim Kanadada istiqomat qilaman. Bu yer O'zbekistonga nisbatan ancha sovuq bo'lsada, sharoitlari juda ham yahshi. Kanada bu immigrantlar yurti deb aytsam yanglishmagan bo'laman. Negaki, bu yerda haqiqiy Kanadaliklarni uchratish juda ham qiyin...Odamlarning asosiy qismini immigrantlar tashkil etadi. Shu sababdanmi, bu yerga kelgan ko'pchilik odamlar o'z yurtini unutib ham yuborishadi. Bundan tashqari, bu yerlarda turli xil davlatlarning o'z restoranlari, va uyushmalari ham bor. Afsuski bu yerda o'zbeklar unchalik ko'p emas...Borlari ham hech birlasha olmay yuradilar. Lekin shunday bo'lsa ham bu yerlarda o'zbekcha restoranlarni uchratish mumkun. Biz 5-6ta tanish o'zbeklar o'z milliy bayramlarimizda birlashib, qo'limizdan kelganicha yahshi o'tkazishga harakat qilamiz. Bilasizmi, Kanadaning yahshi taraflari juda ham ko'p. Ularni sanab sanog'iga yetmaysan kishi. Lekin baribir yahshimi, yomonmi, vatan-vatanda. Ba'zida O'zbekistonni shunaqangi sog'inib ketamanki...tasavvur ham qila olmaysizlar. Shunday paytlarda man darrov telefonni olib o'zbek do'stlarim b-n qo'ng'iroqlashaman. Mani hayotimga kelsak, u juda ham qiziqarli. O'zim maktabda o'qiyman, shuning uchun o'qishlar b-n bo'lib, uncha-buncha narsaga ulgurmay qolaman. Pulli maktabga qatnaganim uchunmi, manga negadir bu yerning o'qish sistemasi bizlarnikidan ancha qiyin tuyilaveradi...O'qituvchilarim juda ham qattiq turishadi, bir kun uy vazifangizni qilib bormanchi, o'zingizni o'sha zahotiyoq direktorning offisida topasiz. Yoki ustozingiz bitta mavzu beradida, shu mavzuga bir haftagacha 500 so'zdan iborat bo'lgan insho yozasiz(ehee) :-/. Agar maktabni, yoki biron bir darsni qoldiradigan bo'lsangiz, o'sha kuniyoq uyingizga qo'ng'iroq qilib maktabga bormaganligingizni aytishadi. Ota-onangiz tushuntirish xati yozib berib, yoki qo'ng'iroq qilib, yoki o'zlari direktorning offisiga kirib nega maktabni qoldirganligingizni tushuntirmagunicha qutulib bo'psiz. Imtihon/test paytlarida bizlarnikidagiga o'shab hamma bir-biridan ko'chirib yurish ham yo'q. Odamlar bitta-bittadan o'tirib yozishadi. Agar o'qituvchi sizning biron bir g'alati qattiq-harakat qilayotganingizni sezib qolgudek bo'lsa, yoningizga borib test-pestingizni shartta yirtib tashlaydi. Mana sanga sovg'a deb jurnalga katta nolni joylab qo'yishni ham unutishmaydi. Mayli maktabni ortda qoldirib, bo'sh vatlarimda nimalar qilishim haqida oz bo'lsada ma'lumot berib o'tay(uhlab qolmasangiz bo'lgani 8-)). Shanba, yakshanba kunlari bizlarga dam olish bo'lganligi uchunmi,bu kunlarni juda ham yahshi ko'ramande. Bu kunlari biz ko'pincha mehmon, sayohat, kino ko'rish, suzish, yoki restolaranlarga borib tanavvul qilish bilan shug'ullanamiz. Bularning ichida mani eng yahshi ko'radigan mashg'ulotim bu sayohat qilishdir. Ahir mehmonga boshqa paytlarda ham borishingiz, kinoni uyda ham ko'rishingiz, uyda basenda suzishingiz, va restoran ovqatlarini o'z uyingizda ham yeyishingiz mumkunku, shundoq emasmi? Biz turli xil joylarga sayohatga boramiz. Ba'zida disney landga o'hshagan parklarga boramiz, ba'zida tog'laru-daryolarga sayohat qilgani boramiz. Man tabiatni juda ham yahshi ko'raman, va har qanday holatda ham baribir tabiat manzarasi sari sayohat qilishni yoqtiraman. O'zingiz bilganingizdek, Dunyodagi eng katta sharshara "Niagra Falls" Kanadaning Niagra Falls shahrida joylashgan. Biz u yerlarga juda ham ko'p borib turamiz. Birinchi bor Niagra sharsharasini ko'rganimda hayratdan yoqamni ushlab qolgandim. Sharsharaning bahaybatligi, va uning atrofidagi go'zal tabiat har qanday kishini lol qoldiradi. Lekin Niagra Falls Kanadadagi yagona sharshara emas, bu yerda sharsharalar juda ham ko'p. Hammasi bir-birdan ajoyib va go'zaldir. Bularni ko'rib ko'nglingiz orom oladi. Barcha muammolaringizni unutib, o'zingizning sirli bir dunyoingizga kirib qolasiz. Go'yoki atrofda siz va go'zal tabiatdan o'zga narsa yo'qdek...Hullas, Kanadaning tabiati juda ham go'zaldir. Uni tariflashga har qanday til ojizlik qilgay. Kanada maning nazarimda juda ham osoyishta, tinch, va ishonarsiz tarzda go'zal davlatdir. Shuning bilan birgalikda, Kanadada texnika juda ham rivojlangan. Bu yerga kelganimda o'zimni huddi o'zga dunyoga tushib qolganday his qilgandim. O'zbekiston hozir manga juda ham qoloq davlat bo'lib ko'rinadi...Chunki Toshkentni markazini hisobga olmaganda, hammayoqda bir suv o'chsa, bir svet o'chadi. Gazni gapirmasa ham bo'laveradi(kechirasizlar tanqid qilish niyatim yo'qku lekin...) Bu yerlarda bunaqa narsalar hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Kelganimga uch yil bo'libdiki, hali bunaqa muammolarga duch kelganim yo'q(1 kunni hisobga olmasa agar) Bir kuni Kanadaning butun shaharlariga svet tarqatadigan stantsiya portlab ketgan ekan, hammayoqda svetlar o'chib qoldida. Hammayoq qop-qorong'u...Ayraportlarda samalyotlar ham uchmiy qo'ygan...yo'llarda svetaforlarning birontasi ham ishlamagandi. O'shanda Kanadada istiqomat qiladigan aholining asosiy qismi ko'chaga chiqib ketgandi. Ular bugun qiyomat qoyin bo'ladi deb ham o'ylashgandi(voy tavba) Yer portlab ketganidan keyin uyimiz ostida qolib ketmaylik deb, barcha odamlar iloji boricha turli xil binolardan uzoq-uzoqlar(parklar)ga borib yotib olishgandi. A biz o'zbeklar nima ham qilardik, uyda o'tirvoliiib shamni yoqvoganmiz bo'ldida. Shu kuni bitta qo'shnimiz uyimizga yugurib dod-voy solib kelgani hech ham yodimdan ketmidide. U ayol bechora bizlarga kuyib, pishib "Oh darling, I can feel that something really bad is going to happen today. Everybody is running away from their home as far as possible. It might be the last time we see each other...I'm afraid that God has send a tribulation upon us. So please hurry up, we have to go away", ya'ni " Oh jonim, Bugun qanaqadir yomon narsa yuz berishini sezib turibman. Hamma iloji boricha uyidan uzoqqa qochib ketishyapti. Bu bizning bir-birimizni ohirgi marotaba ko'rayotgan vaqtimiz bo'lishi mumkun...Olloh bizlarga qiyomat qoyinni(desak ham bo'laveradi. tribulation bu juda ham yomon narsada u faqat yong'in, suv toshqini , va tornado emas hammasi birgalikda) jo'natganga o'hshaydi. Shunday ekan, iltimos shoshiling, ketishimiz kerak" degan edi. Man bechora turgan joyimda ichaklarim uzilgunicha kulgan edimde.Lekin bunday holatlarni ko'rmagan Kanadaliklarni ham tushunsa bo'ladi...Bechora ayolni oyim zo'rg'attan tinchlantirgan edilar. Bu narsa bizning davlatimizda oddiy bir holat, qo'rqmang hammasi joyida, biznikida qoling deyishiga qaramay u shoshilganicha biron narsa yuz bersa mandan hafa bo'misizlar, sizlarni ogohlatirdim deya ketib qolgandi. Ertasi kuni svet yonganidan so'ng telivizorda ko'chalarga chiqib olib uhlagan aholini ko'rib maning hali uzilmagan ichaklarim uzilib ham tushgandi ;D. E bir biridan ajoyibu g'aroyib odamlar borda bu dunyoda...Mayli aziz do'stlar e'tiboringiz uchun rahmat. Sizlarni zeriktirib qo'ymadim degan umiddaman.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:38:34

Behzodbek:

Assalomu alaykum,
Hindistonda har kuni kulguli voqealarga duch kelaman, ha, har kuni. Bu goh jonimni chiqarsa, goh kulgimni qistatadi. Hindlarni yomonlash emasu, lekin ko'rganlarimni aytadigan bo'lsam, hindlarda ozgina farosat yetishmaydimi, deb o'ylayman. Kap-katta odamlari ham yosh bolaga o'xshaydi.
Xabarlaringiz bo'lsa, bu yil Dehlida Metropoliten ishga tushdi. Platformalar Toshkentniki kabi rang-barang, naqshinkor bo'lmasada, lekin juda shinam, poyezdlari keng, yangi, menga juda yoqdi, yaponlar qurib berishibdi. Kollejimga ham metroda borib kelaman.
Xullas, bir kuni metroda eskalatordan tepaga chiqib ketayotgandim. Pastga tushish uchun eskalator yo'q, zinada tushish kerak. Lekin qarasam, bir 40-50 yoshlardagi amaki eskalatorga chiqaman deb urinyapti. U mening tepaga chiqib kelayotganimni ko'rdi, demak eskalator pastga emas, tepaga yurayotganini anglashi kerak. Lekin u zinadan tushmoqchi bo'layotgan sherigini eskalatorga chiqamiz deb undayapti. Sherigi, yo'q u pastga tushmaydi, deyapti shekilli, zinadan yuramiz deb ishora qilyapti. Amaki o'z so'zidan qolmadi. Chiqib ketayotib ortimga qarasam, u eskalatorga chiqibdi. Lekin bir siltanib orqaga yiqilib ketay dedi va zo'rg'a tashqariga chiqib oldi...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:38:45

Behzodbek:

Yana bir narsani yozgim keldi.
Hindistonda meni eng ko'p ajablantirgan narsa uning avtobuslari bo'ldi. Avtobuslari haqida qisqacha ta'rif:

Toshkentdagi Janubiy vokzaldan Chorsuga qatnaydigan 132-eski PAZ avtobuslariga o'xshagan avtobuslar. Eshiklari qishin-yozin umuman yopilmaydi. Shofyorning eshigi ham, odamlar chiqib tushadigan 2 ta eshik ham lang ochiq. Odamlar eshikka osilib, yarim tanalarini tashqariga chiqarib ham ketishaveradi. Bekatlarda deyarli to'xtamaydi. Bir oz sekinlashadi, odamlar dup-dup sakrab tushib qolishadi. Bekatdagilar ham bir amallab shunaqa usulda chiqib olishadi. Birinchi kuni avtobusdan bir sakragandi, yiqilib tushdim, oldindagi boshqa bir to'xtab turgan avtobusning orqasiga borib uruldim. Yaxshiyamki, hech qayerim lat yemadi. Hozir sakrash bo'yicha super bo'lib ketganmiz.
Avtobusda kattaga, ayollarga joy berish degan narsa yo'q. Kim birinchi kelib o'tirsa, joy o'shaniki. Yoningizda munkillab turgan qariya tik tursa ham, 15-20 yoshli yigitchalar joy berishmaydi. Ayniqsa, metrodagi bir holat meni ajablantiradi. Kashmiri Gate degan bekatda ko'pchilik tushib, ko'pchilik chiqadi(xuddi, Toshkentning Paxtakor bekati kabi). Shu yerdan chiqqan odamlar, tavba qildimi, xuddi bo'ridan qochgan qo'ylarga o'xshab shunaqangi yugurib ichkariga, kirishadiki, ko'rib jonim chiqib ketadi. Ular o'tirishga joy topish uchun shunaqa yugurishadi. Judayam hunuk manzara.
Avtobuslarning orqasidan chiqib oldidan tushish kerak. Odam har doim tiqilinch bo'ladi. Orqadan chiqqan odam tiqilinch bo'lsa ham oldinga qarab intiladi. Albatta, ust-boshingizni ezib-majaqlab o'tishadi. Hindlar bu narsaga parvo qilishmaydi, moboda Toshkentda shunday qilsangiz bormi, shiringina gaplar eshitasiz.

Shunaqa gaplar,

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:38:59

Abdulaziz:

Salom Behzod! Judayam zo'r tasvirlabsiz. Mendayam transport bilan bog'liq shunday qiziqarli voqea bo'lib o'tgandi.
Varshavaga kelganimning birinchi kuni. Samolotda kechasi uxlamaganim uchun mehmonxonada maza qilib uxlayotgan edim. Sheriklar uyg'otishdi, yur bir shshar aylanamiz deyishdi. Noiloj turdim.
Mehmonxonadan tashqariga chiqdik. Tashqarida katta yo'l: Velosipedlar uchun alohida, piyodalar uchun alohida, avtomobillar uchun alohida. Qarasak, yo'lda mashina ko'rinmaydi. Tezroq yo'lning narigi tomonidagi bekatga o'tib olish uchun yo'lni kesib o'tishga kirishdik. Bironta mashina ko'rinmaydi. Asta orqaga qaradim: velosipedlar yo'lagida 3-4 velosiped, yo'lovchilar yo'lagida 5-6 ta odam to'xtab kutib turishibdi. Hammalari bizga qarashgan. Hayron bo'ldim. Keyin qarasam, piyoda va velosipedlarga qizil chiroq yongan ekan...
Yana bir kun Varshavaning markaziy ko'chalaridan birida ketayotgan edik. Birdan yo'lda katta prezident mashinalari kolonnasi paydo bo'ldi. Svetoforga kelganda katta kolonna ham to'xtab turganini ko'rib judayam hayron bo'lgan edim.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:39:16

maknuna:

Assalomu alaykum!
Behzod, hindlarning tabiatini ajoyib shaklda ochib beribsiz. O'qib juda maza qildim. Yana mana shunday holatlar esizga tushib qolsa yozing.

AbdulAziz, rostanam prezident mashinasi svetoforga to'xtarkanmi? Bizada prezident o'tvotganda yo'ldagi barcha mashinalarni surib tashashadi...

Qayd etilgan