G'aroyib voqealar  ( 55028 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:39:30

Behzodbek:

Assalamu alaykum, yana Hindistonga safar qilamiz.

HINDISTON TAOMLARI

O'zbekistonning taoimlarini sog'indim, ayniqsa, nonni...

Hindiston aholisining aksariyatini vegetarianlar tashkil qiladi. Restoranlarga kirsangiz qo'lingizga ikki xil menyu tutqazishadi: veg. va nonveg. Biz odatda, veg. yeymiz. Chunki, agar musulmonlar joyi bo'lmasa, go'sht mahsulotlarida shubha bor.
Keyin, ovqat borki achchiq. Achchiq bo'lgandayam shunaqangi achchiqki, vodiyda oz-moz achchiq yeb katta bo'lgan bo'lsak ham, bu achchiqlarga ko'nikishimiz qiyin bo'ldi. Keyin ovqatlari hammasi suyuq, qanaqadir bo'tqaga o'xshaydi, hech yoqtirmadim. Bularda achchiqning ham har turidan bor ekan: masala, spicy, chilly deyishadi. Hatto sharbatlarga ham masala solib ichishadi.
Lekin Hindistonning sharbatlari menga juda yoqdi. Ko'chalarda maxsus tabiiy sharbat tayyorlaydigan do'konlar juda ko'p. Mevalarni qator terib qo'yishadi. Siz kelib zakaz berasiz. Olmayu Anordan tortib ananasu banan sharbatlarigacha tayyorlab berishadi. Tabiiy sharbatlar, maza qilasiz.

Musulmonlar yashaydigan bir joyda ajoyib tabaka qilishadi. Har zamonda o'rtoqlar bilan tabakaxo'rlikka borib turamiz. Qolgan paytlar uyda ovqat qilamiz. Ko'chada deyarli ovqatlanmay qo'yganmiz.
Nonlari umuman bo'lmaydi. slice qilib kesilgan, chiroyli qilib upakovka qilingan "xleb"lari bor. Yaxshi pishmagan. Mahalliy nonvoylar oppoq, yupqa non yopishadi, eng afzali shu. Agar O'zbekistonda bunaqa non bo'lsa, hech kim yemaydi. Majbur yeyapmiz. Bilasizlar, o'zbeklar nonni ko'p yeydi. Hindlar esa kam yerkan.
Davomini, Xudo xohlasa, keyingi safar yozamiz.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:39:41

Feruza:

assalomu alaykum! o'qib, rosa qiziqib qoldim.
Bezod, to'g'ri aytasiz, biz nonni ko'p yeyishimizni bu yerga kelgandan keyin aniq ishonch hosil qildim. har bir ovqatlanishimda non yeyishimni ko'rib, birinchi ajablanishdi, kulishdi, endi esa o'rganishdi. haligacha biror joyga ovqatlanishga borsak, men uchun har doim qo'shimcha non keltiriladi! noniga chidasa bo'ladiyu, lekin o'zimizning nonga yetmaydi! ko'pincha o'zimizdagiga o'xshash ruscha "bulka" yeyishadi, bundan tashqari meksikaliklarning noni ham ko'p ishlatiladi. ajablanarlisi, meksikaliklarning noni xuddi o'zimizning "qotirmaga" (non tugaganda o'zbek ayollari vaqtincha yeyish uchun xamirni katta qilib yoyib, biror narsada pishirishadi) o'xshaydi. ko'rganimda, 'qotirma' deb yuborsam, yo'q bu "tortilla" deyishdi. kulib qo'ya qoldim...........

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:39:52

Behzod:

Assalamu alaykum,

bir kuni Sundar degan hind kursdoshim uyiga mehmonga taklif qildi. Mening musulmonligimni va shu boisdan ayrim "injiqliklarim" borligini bilgani uchun birga bozor qildik. Go'shti ham musulmonlardan oldirdim. Qarasam, hamma narsani oldiyu nonni olmayapti. "Non olmaysanmi?", desam kulib, "Yo'q, non yesang, to'yib qolib, ovqatni yeyolmaysan", deydi. Lekin baribir nonni oldirdim... ;)

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:40:13

Feruza:

assalomu alaykum!
bu yerning ovqatlari judayam har xil, lekin milliy taomlari kam yoki umuman yo'q. asosan boshqa millatlarning taomlari. bu yerda o'choq degan narsani umuman bilishmaydi. qozon izlab rosa ovora bo'ldim, lekin haligacha topa olganim yo'q.
o'zimizning milliy taomlar hech qaysi millatning taomiga yetmaydi! oshni pishirib ko'rdim, lekin uydagiday deya olmayman. guruchi umuman boshqacha, sal yog'liroq bo'ldi. keyin qozon yo'qligidan kastryulkada kapgisiz pishirdim. ularga judayam yoqdi.
boshqa davlatda o'zining ovqatini yeyish -bu xuddi o'zini o'z vatanida his qilishdek gap. har safar ovqat qilganimda, O'zimizning yurtni, O'zimizning odamlarni sog'inganligimni his qilaman.
lekin na iloj, musofir bo'lmay musulmon bo'lmas deyishadi.
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:40:29

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Shu taom bilan bog'liq bir qiziqarli voqea esimga tushdi:

Birinchi voqea
Dadamning Moskvadagi bir og'aynilari biznikiga mehmonga keldi. Tezda oshga urindik. Dadam qo'y-yog'i qo'y-go'shi, qoraqiltiriq guruchda marg'iloncha osh damladilar. Osh pishdi. dasturxonga tortildi. Haligi o'ris amaki oldin oshni ko'rmagan ekan. Nima bu deb savol berdi. Ovqatdan olish boshlandi. dadamning o'ris o'rtoqlari shunaqa maza qilib yerdiki, bizga qarab: "dunyoda shunday mazal taomlar borligini Marg'ilonga kelib bildim", dedi. U ko'zlariga ishonmasdi, tinmay oshdan yerdi. oshdan keyin ko'k choyni ichib ozgina gaplashib o'tirdik...
hammasi oshdan keyin boshlandi. Vladimir aka o'zini boshqacha his qila boshladi. Davleniyasi ko'tarilib ketdi. Skoriy pomosh chaqirdik. Uni tezda kasalxonaga olib ketishdi. Bechora oldin bunday kuchli ovqatlarni yemaganligi uchun ko'tarolmagan ekan. Ertasi kuni yana uyga olib keldik. Vladimir aka: "Oshlaring juda zo'r ekan, lekin bizga mas ekan" dedi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:40:42

AbdulAziz:

Ikkinchi voqea
Maktabda Kvan Su degan koreyalik domlamiz bo'lardi. O'zbeklarga shunchalik o'rganib qolgan ediki, hatto oshni ham o'rganib olgan. Bir kun o'z qo'li bilan bizga ham osh qilib bergandi. Keyin yozda Koreyaga ketdi. Kuzda qaytib keldi. Uyida osh qilib beribdi. Oshni ko'riboq oila a'zolari lol bo'lib qolishibdi. To'g'ri uyam kostryulda pishirgan, lekin shunday bo'lsayam lol qolishibdi. Ularning eng yaxshi ko'rgan mahsulotlari guruch bo'lganligi uchun, uni doim qaynatib yeyishaverarkan. Lekin oshni ko'rganlarida, yeganlarida dunyoda shundayin mazali taomlar borligini bilishibdi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:40:55

Behzodbek:

Assalomu alaykum,

Bugun meni bir Xudo asradi, bo'lmasam, hozir forumda shu gaplarni yosish nasib qilarmidi-yo'qmi, bilmayman...
Kollejda darslarim tugab metroga qarab keta boshladim. Metro biroz uzoqda, ozroq piyoda borishga to'g'ri keladi. Ungacha bir yo'lni kesib o'taman, serqatnov ko'chani...
Xabaringiz bo'lsa kerak, Hindistonda qatnov chap tomonda. Biz o'ng tomonga o'rganib qolganimiz uchun boshida kelganimizda ko'chalarni kesib o'tishda ancha dovdirab qoldik. Qolaversa, ko'chalar shunaqa tiqilinchki, bazan traffik ko'payib mashinalar soatlab ham qolib ketishadi... Avtobuslar esa yo'lda odam bo'lsa ham pishqirib bostirib kelaveradi. Hindiston qonunchiligiga ko'ra, avtobus haydovchilari uchun qanchadir odamni o'ldirishiga ruxsat bor ekan, ya'ni avtobus ichidagi ko'pchilik odamning hayoti yo'ldagi bir-ikki odamning hayotidan afzal qilingan. Ichidagilar hayotini saqlab qolish uchun, agar to'xtash xavfli bo'lsa, sizni ezib o'tib ketaverishadi.
Bugun ham ko'chani kesib o'tayotib faqat chap tomonga qarabman. Aslida men tomonga o'ngdan mashinalar keladi. Men o'zimni O'zbekistonda yurganday his qilib, chap tomonda hech qanday mashina ko'rmagach, shiddat bilan yo'lni kesib o'ta boshladim. Yo'lning o'rtasiga borganimni bilaman, bir mototsikl shuvvillagancha yonimdna o'tib ketdi. Ishonasizmi yo'qmi, men uni mutlaqo ko'rmagandim va yo'lning u yuziga o'tib olay deb juda tez yurayotgandim. Mototsikl esa mendan oldin o'tib ketaman deb o'ylagan(u meni to'xtaydi, deb o'ylagan). U shunaqangi tez keldiki, menga haydovchining kiyimlari tegdi, shekilli... Undagi odam ham dod deb yubordi. Mening esa yuragim bir sakrab tushdi. Darhol Xudoni yodga oldim, "Alloh saqladi". Agar bir soniyaga tez yurganimda, shubhasiz, katta tezlikda kelayotgan mototsikl meni urib, o'ldirmasayam, kamida pachaq qilib ketardi. Chunki men yo'lning o'rtasini ajratib turgan panjaraga yetib qolgandim. Mototsiklga rulni burish uchun mutlaqo joy qolmagandi.
Alloh saqladi. Ichimda Qur'onni o'qib kelayotgan edim. Ehtimol, shuning uchun ham Xudo meni saqlagandir.
Alloh barchamizni o'z panohida asrasin.
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:41:08

Behzodbek:

Yana bir voqea.

1999 yoki 2000 yil edi. Yoyilma degan dashtli bir qishloqdan dehqonchilik qilish uchun yer sotib oldik. Shu yerga mollarimizni ham olib borib qo'ydik. Chunki uyda mol boqish qiyinlashib ketgandi, o't yo'q, boqadigan joylar ham topilmaydi.
Xullas, dashtga sog'in sigirimizni ham tashlab keldik. Men yoki akalarimdan biri har kuni velosipedda dashtga borib, mollarimizni boqib, suv berib kelardik. Shuningdek, sigirni sog'ib kelish ham biz yigitlarning qo'lida qolgandi. Lekin men sog'ishni uncha bilmasdim. Men borgan kuni chelakda juda oz sut kelardi.
Bir kuni kechki payt sigirni sog'ib uyga jo'nash uchun yo'lga chiqdim. Bir qo'limda sut solingan chelak, narigi qo'lim bilan velosipedning rulini tutganman. Katta yo'lga chiqib olsam bo'ldi, u yog'i pastlikka asfalt yo'lda shuvillab tushib ketaman, qiyinchilik bo'lmaydi. Lekin shu katta yo'lga chiqishda bir xavfli burilish bo'lardi. Ya'ni katta yo'lga bir tepalikdan tushib borishim kerak edi. Odatda, bu tepalik (bu ham asfalt yo'l)dan tushib borilsa, katta yo'lni kesib chiqardim. Lekin bu yerda tezlik oshib ketib, katta yo'lga chiqqanda agar tormozni bosmasangiz, burilishingiz juda qiyin bo'ladi. Ayniqsa, qo'lingizda chelak bo'lsa...
O'sha kuni qandaydir xayol bilan bo'lib, tepalikdan tez tushib yuboribman. Shunaqangi tezlashib ketdimki, katta yo'lga yetganimdagina xayolim o'zimga keldi. Lekin eng dahshatlisi hali oldinda edi. Katta yo'lda bir yuk mashinasi oldimni to'sib chiqmoqda edi. Agar tezlik bilan tormozni bosmasam, borib unga urilishim aniq edi. Qo'rqib ketib darhol tormozni bosdim. Shoshib qolib bir narsani unutgan ekanman: Bir qo'limda chelak, rulni chap qo'lim bilan tutganman, xolos. O'tirg'ichda ham omonat o'tiribman. Tormozni bosishim bilan velik darhol to'xtadi. Shunday qattiq silkindimki, aniq oldinga uchib ketaman, deb o'yladim. Sut to'kilsa ham maylikuya, o'zimning pachog'im chiqishiga ishonchim komil edi...
Lekin bir lahzadan so'ng o'zimga kelib qarasam, o'tirg'ich ustidaman, chelakdagi sut ham to'kilmabdi. O'sha payt qandaydir kuch meni o'tirg'ich ustida ushlab qolganiga aniq ishonaman. Hanuzgacha shu voqeani eslab yuraman.
U paytlar namoz o'qimas edim. Keyinroq namoz o'qib, Qur'onni o'qiy boshlaganimda, bir oyatga duch keldim. U yerda, mazmunan, sizlarning ikki tomonlaringizda muhofaza qilguvchi farishtalar bo'ladi, deb yozilgandi.
Meni Allohning xohish-irodasi bilan o'shanda farishtalar bir o'limdan saqlashgan bo'lsa kerak. Keyinchalik Toshkentda o'qib yurganimda "Hidoyat" jurnalida shu voqea haqida kichik bir maqola ham chop ettirdim.
Alloh barchamizni o'z panohida saqlasin.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:41:24

Maknuna:

To'g'ri etasiz AbdulAziz!
O'zimizani palovga yetadigani dunyoda topilmiydi.
TVda ko'rgan edi qaysidir yili Yaponiyada jahon taomlari festivali bo'lgan edi. Shunda bizani oshimiz birinchi o'rinni egallagandi.
Oshpazlarimiz, o'choq-qozonlarini ko'tarib borishgandi. Ko'rganlar hammasi hayron qolgandi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:41:36

Feruza:

Assalomu alaykum.
AQSH kelganimdan ziravorlar qidirish bilan bandman. O'zimizning taomlarni pishirish uchun eng avvalo ziravorlarni izlay boshladim. Qanaqa magazinga bormay bittalab o'qib chiqardim, iloji bo'lsa hidini bilishga harakat qilardim. Bu yergagi ziravorlarning turi shunchalik ko'pki, o'zimizning oddiy zirani topish uchun besh oy umrim o'tdiya! Lug'atga qarab inglizcha nomini topay desam, kitobim ruscha, aksiga olganday rus tilisini eslolmayman. ??? Oxiri "mashaqatli" urinishlardan keyin topdim. Yangi olib kelingan barcha ziravorlarni bitta bitta ochib, ko'rib chiqayotganimda bitta idishdan o'zimga judayam tanish bo'lgan zirani topdim. Shunchalik xursand bo'ldimki "aytishga til ojiz." Shunday qilib ziraning ingliz tilidagi nomi "cumin". Menga o'xshgan yurtdoshlarimiz uchun. ;)

Qayd etilgan