Bolalarim bilan aylangani borgandik. Chanqab ketdim, qarasam
bir xotin original meva sharbatlari sotyaptikan. Bolalar tushuntirisha
olishmasa yana, deb o'zim bordim. Va menga bitta olmali sok, deb so'radim.
- Sokmi, deb qayta so'radi.
- Ha, dedim menam, sok, dedim yana qaytarib.
Haligi xotinni ensasi qotib qarab qolganidan hato aytdim shekilli, degan
o'y kechdi. Bilsam men hadeb sok deb so'rayotgan ekanman.
- Ey uzr, sokmas, sap dedim shoshilib.
Va nihoyat sotuvchi hotin o'ziga kelib so'raganimni olib berdi.
Keyin lug'at titkilab qarasam sok degani bularni tilida paypoq degani ekan :-))