Assalomu alaykuuuuum hamma hammaga! Meni sog'inganlar va meni ko'rishga ko'zi yo'qlarga ham salomlar!
Kapalak opa, yaxshimisiz? Meni ko'p eslabsiz, rahmat! O'zbekistonda ekansiz, qadamiz qutlug' kelsin. A bu, Abdulaziz Ensar jiyanimizni futsatdan foydalanib bir ko'raylik opajon
AbdulAziz aka siz yaxshimisiz? Charchamayapsizmi forumni gullatib?
Offtopchilar, sizlar yaxshimisizlar, meni yo'qligimni bildirmayapsizlarmi?
Iye, nimalar deyapmaney... Asosiy mavzu qolib ketibdiku.
Xullas, eshiting... Biz so'roqsiz bir ish qilib qo'ydik. Chustiyni uylantirayapmiz (fonda armondan qolgan qizlarning ko'z yosh ovozlari). Kelin ham begona emas, forumimizdan. Yaxshi qiz forumdan tashqariga chiqmas degan maqol bejizga aytilmaganini yana bir isboti bu.
Eh, bu to'yni qancha kutdiga? Qancha-qancha sabzilar tuflini ichida so'lib qolmadi deysiz
Mana Alloh nasib qilgan ekan, shu kunlarga ham.
Namangandan Buxoroga yangi reys ochildi endi, Chistiyni Buxoroda tushgan rasmlari soni ko'payadigan bo'ldi
Xullas, gap shu. Samimiy tilaklarni shu yerda qabul qilamiz. To'yonani esa o'zimga shaxsan topshirasizlar, suyunchisi bilan birga. Xar holda Chustiyni rasmiy prodyusseri o'zimman.
Baxtli bo'ling akamjonim yangamullo bilan!
P/S: bizga ham nasib qilsin. Har tomonlama...