Super xushhabar: forum moderatorlari Chustiy va Robiyahonlarning fotihasi bo'ldi  ( 43736 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 10 B


Y_U_R_I_S_T  09 Iyun 2012, 19:47:23

Assalomu alaykuuuuum hamma hammaga! Meni sog'inganlar va meni ko'rishga ko'zi yo'qlarga ham salomlar! :7

Kapalak opa, yaxshimisiz? Meni ko'p eslabsiz, rahmat! O'zbekistonda ekansiz, qadamiz qutlug' kelsin. A bu, Abdulaziz Ensar jiyanimizni futsatdan foydalanib bir ko'raylik opajon :7

AbdulAziz aka siz yaxshimisiz? Charchamayapsizmi forumni gullatib?

Offtopchilar, sizlar yaxshimisizlar, meni yo'qligimni bildirmayapsizlarmi?

Iye, nimalar deyapmaney... Asosiy mavzu qolib ketibdiku.

Xullas, eshiting... Biz so'roqsiz bir ish qilib qo'ydik. Chustiyni uylantirayapmiz (fonda armondan qolgan qizlarning ko'z yosh ovozlari). Kelin ham begona emas, forumimizdan. Yaxshi qiz forumdan tashqariga chiqmas degan maqol bejizga aytilmaganini yana bir isboti bu.

Eh, bu to'yni qancha kutdiga? Qancha-qancha sabzilar tuflini ichida so'lib qolmadi deysiz :7

Mana Alloh nasib qilgan ekan, shu kunlarga ham.

Namangandan Buxoroga yangi reys ochildi endi, Chistiyni Buxoroda tushgan rasmlari soni ko'payadigan bo'ldi :7

Xullas, gap shu. Samimiy tilaklarni shu yerda qabul qilamiz. To'yonani esa o'zimga shaxsan topshirasizlar, suyunchisi bilan birga. Xar holda Chustiyni rasmiy prodyusseri o'zimman.

Baxtli bo'ling akamjonim yangamullo bilan!

P/S: bizga ham nasib qilsin. Har tomonlama...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  09 Iyun 2012, 19:48:48

O'zi qadami qutlug' bolamanda, bir kelsam ham, olam-olam quvonch bilan kelaman :7

Qayd etilgan


BelleQizcha  09 Iyun 2012, 20:06:19

Chustiy oglim pismiqina edi, o'zi manga shogirdilik tushganidayam onalari manga qarab, qizim oglim jede yaxshi bola lekin ozgina pismiqchiligi bor digandila.. Haa yaramasvoy yarmasvoy..
ha endi robiya kenayamizaiyam chrrooyylik boganliklari uchun ashnaqa chrroooyyyli boyi uzun qoshi qalam labi g'uncha ko'zlari chaqmoq yelkalari tog'dek kelaandigan yigitga tegvotillao-de .. haa ...

Lekinchi tabriklabtashiymiza ikki yoshi baxtli soadatli chroyli bolani onasi, baquvat yigitlarini polat alamderga oxshaydigan yigitlarni ota-onasi, BelleQizcha kenayasiga oxshagan chroyli qizlarni mamashka papashkasi bolila..
Hudo baxtilila bersin, sevishib toy qibsila bizayam suyishib burolu
Soyganila qoy, korganila toy bosin orgilila.
haa.. Yana Allah qo'sha qo'sha baxt bersin 9 oy bomasdan kenayimiza tugib bersinla.. BelleQizchaga oxshagan Hali yoshman figuram buziladi diydigan betayin Kelin bomen singlim hommi?
haa..
yana..
sarpalarni keng berila, choylarni kop-kop quyib..
ha..
mayli..
bitta sovol tuguldi ovqati kim qiladi?
kelin sizam chustiy oshpaz ekan dib mundo parhez marhez tashab qoymen, hippacha bel bolib yurin, hammaga yoqadigan,
ha mayli... o'zi gap kim haqida ketvotti?


haa.. mayli..
omadila bersin. baxtli bolila.. tepadigi afiristni gaplariga qoshilib, tabriklab tashiyman

Qayd etilgan


Ummu Muslima  09 Iyun 2012, 20:20:40

 :asl3:
Qalbimdagi hamma hamma yahshi tilaklar,duolarim sizlar uchun ukam Chustiy,tug'ishganimdek manga aziz bo'lgan singlim Go'zalhonim

Alloh sizlarni ikki dunyoda bahtlik bandalaridan qilsin
ikki dunyo saodatini bersin,
ahli solih-soliha farzandlar bersin,Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v  qiyomatda haqiqiy fahrlanadigan ummatlar bo'lishsin omiin.

(buhoroga to'yga boradigan userkalar manga pm qilishsin ;))

Qayd etilgan


Best friend  09 Iyun 2012, 20:45:16

 Baxtli bo'ling, solihu soliha farzandlarga ota ona bo'ling. Eng chiroyli va hayrli tilaklarni sizlarga tilab qolaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Iyun 2012, 20:57:09

O'zi avvaldan bu xabar bo'lib qolsa kerak deb yurgandim (agentura yaxshi ishlaydi :) )

Alloh muborak qilsin!

Tezroq to'y bo'lib, ikki yosh, ikki moderator, ikki yaxshi inson nikoh rishtalari bilan bog'lanib, bir umrga baxt saodat, xayrli va mazmunli, shirin hayot ularni tark etmasin!

Qayd etilgan


ibnUyayna  09 Iyun 2012, 21:27:27

بَارَكَ اللَّهُ لَكَ، وَبَارَكَ عَلَيْكَ، وَجَمَعَ بَيْنَكُمَا فِي خَيْرٍ

Alloh sizga bu nikohni barakotli etsin.Alloh sizga barokotlar yog'dirisin va ikkingiz o'rtangizni yaxshilikda jamlasin.
 (Abu Dovud,Termiziy,Nasoiy va Ibn Moja rivoyati)

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  09 Iyun 2012, 21:43:02

Mashaalloh, bu yilgi hammasidan ham ko'p quvontirgan "hushxabar" bo'ldi.
Alloh ikki forumdoshimizning baxtini bersin.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  09 Iyun 2012, 22:58:46

Haqiqatda kutilmagan super xushxabar bo'ldi...
Alloh :jl: nikohingizni xayrli va barakotli qilsin. Ko'z quvonchi bo'ladigan solihu soliha farzandlar bersin. Muborak bo'lsin.

Qayd etilgan


Muhammad Said  09 Iyun 2012, 23:23:04

Olloh muborak qilsin!
Saodatliy oilalardan bo'linglar. Islomga xizmat qiladigan farzandlarni tarbiyalanglar.

Qayd etilgan