Navbatdagi xushxabar! Navbatdagi to'y! Navbatdagi forumdoshlar juftligi!  ( 22850 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Y_U_R_I_S_T  12 Iyun 2012, 14:03:46

KIRISH

Ushbu postni 18 yoshdan kichiklar o'qishi mumkin emas!!!

Tanlang:





(orqa fonda Ozodbek Nazarbekovning "Man, yana man" qo'shig'i yangrab turibdi)

Assalomu alaykuuuum! Bu yana men. Qaynoqqina, issiqqina xushxabarlarni yetkazishda davom etaman.

Sizga sir emas, forumdoshlarning o'zaro oila qurishi sekin-asta xayrli an'anaga aylanib bormoqda. "Y_U_R_I_S_T" axborot agentligining xabar berishicha, forumdoshlar orasida yana bir shunday go'zal oila paydo bo'lmoqda.

Ikkala forumdoshni ham siz juda yaxshi taniysiz. Forumdoshlar orasida akamiz ham, opamiz ham o'ziga yarasha hurmat va e'tiborga ega.

Ular kimligiga qiziqayapsizmi? Ismini bilmoqchimisiz? Bu forumdoshlarimiz T.YUsupov va     G_U_l_i! :7

Ismlarni to'liq holda ko'rish uchun 9998 qisqa raqamiga "Aytaqoling" degan so'zni SMS orqali yuboring. Shunda sizga "Damizni oling" degan javob keladi :7 SMS narxi barcha qo'shimcha soliqlarni hisobga olgan holda 75 sent.

Shunaqa qilib pul ishlamasam, suyunchidan bir so'm ham foyda bo'lmayapti, qurumsoq forumdoshlarni deb...

To'y kuni aniq bo'lgan. Xudo xohlasa, 07.07 kuni soat 07.07 da nahorgi oshga tashrif buyuraverasizlar qiyshayiiiib. (7-iyul)
Manzil: Sergeli guzari. Qaysi tumanda joylashganini aytmayman :7


Ikki yosh baxtli bo'lsin! Ilohim, hamma xavas qiladigan, eng baxtli, saodatli oila bo'lsin! Hamma ezgu tilaklarim sizlarga!

Hurmat bilan,
"Y_U_R_I_S_T" axborot agentligi prezidenti
Y_U_R_I_S_T!

Qayd etilgan


Sadulla  12 Iyun 2012, 14:20:21

Assalomu alaykum.

Yana sizmi  :D :D :D

Juda qiziq habar bo'ldiku.Habaringiz yoniga MAXFIY degan tamg'a (pechat) bosish kerak ekan  :D :D :D

Kimlar bo'lganida ham tabriklaymiz !(Bu sirli forumdoshlar kimlar ekanligini qachon bilamiz  ???)

Olloh bu nikohni fayzli va barakali qilsin!

(Kirishni olib tashlasangiz yaxshi bo'lardi,bo'lmasa ba'zilar uyalib tabriklolmay o'tirmasin  :D :D :D )

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  12 Iyun 2012, 15:29:22

Sadulla, forumda yangi ekansiza? Chunki forumning sirli yozuvlaridan bexabar ekansiz :7

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  12 Iyun 2012, 15:32:02

Mashaalloh, xakerimiz ham nihoyat uylanyaptikanlarda.
To'lqinjon ham ziyouzga kirib turarmidi, hech ko'rmagan ekanman. FBda bir tabriklab qo'yaylik unda, u yerda ertayu kech onlayn : )
"Rahmat" YURIST : )

Qayd etilgan


Best friend  12 Iyun 2012, 15:39:15


Assalomu alaykuuuum! Bu yana men. Qaynoqqina, issiqqina xushxabarlarni yetkazishda davom etaman.

Sizga sir emas, forumdoshlarning o'zaro oila qurishi sekin-asta xayrli an'anaga aylanib bormoqda. "Y_U_R_I_S_T" axborot agentligining xabar berishicha, forumdoshlar orasida yana bir shunday go'zal oila paydo bo'lmoqda.

Ikkala forumdoshni ham siz juda yaxshi taniysiz. Forumdoshlar orasida akamiz ham, opamiz ham o'ziga yarasha hurmat va e'tibor ega.

Ular kimligiga qiziqayapsizmi? Ismini bilmoqchimisiz? Bu forumdoshlarimiz T.YUsupov va G_U_l_i!

 Baxtli bo'lishsin. Solihu soliha farzandlarni rohatini ko'rishsin.

P.S. Y_U_R_I_S_T aka, o'sha suratni yasagani va link bergani siz erinmasangiz, linkni bosgani biz erianmizmi? )))

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Iyun 2012, 15:45:34

Yana bir dugonamiz bn xayrlasharkanmizade  :D
Alloh muborak qilsin. Ko'z tegmasin.
Qurilajak oila barcha uchun o'rnak bo'ladigan islomiy oila bo'lsin ilohim.
Allohim tez orada kichkina G_u_l_i bn kichkina T.Yusupovchalardan bersin.  :D

YANA BIR BOR MUBORAK BO'LSIN!


Qayd etilgan


Ziyovuddin  12 Iyun 2012, 15:58:47

To'ylar muborak, qo'sha qo'sha farzandlar bilan siylasin  :) ;D

Qayd etilgan


Ziyovuddin  12 Iyun 2012, 15:59:28

Xushnud uchun Xushxabarlargayam rahmat  ;D ;)

Qayd etilgan


Зайнаб  12 Iyun 2012, 16:39:10

 :asl3:
Муборак бслсин! Аллоҳ никоҳингларни бахтли, иноқ оилалардан қилсин.

Qayd etilgan


BelleQizcha  12 Iyun 2012, 16:42:03

yurust muncha hursandsiz? ozizi toyiz masmi mobodo?

Qayd etilgan