Kutubxona > O'zbek adabiyoti

Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?

<< < (2/5) > >>

BelleQizcha:
baraka topgur yaxshi odam bolgan diyishadi

Best friend:
 :asl3:

 U insonni men ham ayollarni paranjinisini yechishga majbur qilgan kishi deb eshitganman. Ammo, bu mening faqat eshitganim. Ba'zi she'rlarini o'qiganimda esa, yaxshilikka chaqiruvchi satrlari bor edi. Bunday ikkilanish keyin bilsam ko'pchilikda bor ekan.
 Menimcha, buni muhokama qilishning keragi yo'q, chunki uzoq tariximiz bilan birga yaqin o'tmishimiz ham juda chigalashib ketdi. Shuning uchun ular haqida aniq ma'lumotga ega bo'lmagach, yaxshi ham deya olmaymiz, yomon ham.

 Oisha (r.anho) rivoyat qiladilar: Nabiy (s.a.v.): "Mayyitlarni haqorat qilmanglar, chunki ular keladigan joylariga kelib bo'ldilar", dedilar.
 Buxoriy rivoyati

 Yaxshi inson bo'lsa ham, yomon inson bo'lsa ham Allohning huzuriga ketib bo'ldi. Uni muhokama qilish endi bizning ishimiz emas.

"Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur!" (Zalzala 7-8)

Муҳаммад Соҳиб:
Best friend агар Умар Хайёмни хам мухокама килиш бизнинг ишимиз смас деб ташлаб куйилганда, биз учун ва балким келгуси авлодлар учун хам майхурликнинг таргибчиси булиб колармиди. Шукр-ки, ундай булмади.

Donishmand:
Barchalaringizga bildirilgan fikrlar uchun rahmat. Bu aytilayotgan narsalar hammaga ma'lum so'zlar. Bizga Hamzani shunday tanitishdi. Mavzuning ochilishi sababi esa boshqa fikrlar ham bormi-yo'qmi, shuni bilish edi.
Aytganlaringiz kabi, Hamza ilmli, ma'rifatparvar, xalqparvar odam bo'lgan. U paytda ilmli deganda eng avvalo Qur'on ilmi, shariat, undan keyin dunyoviy ilmlar tushunilganligi tabiiy. Hamza mana shu ilmlarni chuqur egallaganligi ham shubhasiz.
Boshdan uning dindan chiqqanligiga, ruslarga sotilganligiga ishonmasdim.
Musannif Adhamga:

--- Iqtibos ---O'ldirilishi butunlay boshqa masala. Ya'ni sovetlar o'zlariga chin dildan xizmat qilganlarni ham qumursqadek o'ldirib yuborishgan (Fayzulla Xo'jayev, Akmal Ikromov va boshqalar). Hamza ham xizmatini o'tab bo'lgach o'ldirilgan bo'lishi mumkin.
--- End quote ---
Menimcha agar shunday bo'lganida Hamza ularga juda ham zarur bo'lib turgan paytda o'ldirilgandi, sababi sho'ro adabiyoti egasiz qolib ketgandi u paytlar. Qizillar Hamzani o'ldirishmas, tish-tirnoqlari bilan himoya qilgan bo'lardilar. Shunga ko'ra, agar qizillar o'ldirgan bo'lsa, ularga hizmat qilmagan bo'ladi.
Fayzulla Ho'jayev bilan Akmal Ikromov haqida ham gap boshlasa cho'zilib ketar endi.
Sofdilga:

--- Iqtibos ---Albatta keyinchali "Hujum" kompaniyasi bilan
kupchili ayollani "ochilip" ketishiga sabab buldi (Mana endi qaytip kirishligi qiyin buvotti).
--- End quote ---
Paranji Hamza qatnashganda ham, qatnashmaganda ham baribir tashlanardi. Bu bir kishi xal qilgan ish emas. Qaytib kirishiga kelsak, qaytmasalar ham kerak. Chunki endi qo'pol paranjining o'rniga Hijoblar chiqdi.
Nevarasi yoki chevarasi haqidagi gap ham mavhumga o'xshaydi. Baribir, chevarasiga qarab odamga baho berolmaymizku, to'g'imasmi?
AbdulAzizga:
Ha, uning qanday qilib "Inqilob shoiri" bo'lib ketganligi juda qorong'u holat. Bu yerda ko'p narsa yolg'onga o'xshaydi.
BelleQizchaga:
Barakasini topib ketib bo'lgan u :)
Best friendga:
Sizga yozmoqchi bo'lganimni Muhammad Sohib yozib qo'yibdi.
Doimo chigal narsalar muhokamaga qo'yiladi. O'zi hammaga ma'lum bo'lgan narsani muhokamaga qo'yish hecham to'g'ri ishmas.

Bir Shohimardonlik mo'ysafid gapirib bergandi:
Hamza olim, ilmli odam edi, Shohimardonga ko'p foydasi tekkandi. Bu yerlik xalq uni hurmat qilardi. Bir kuni bomdod mahalida qandaydir to'palon ovozi eshitildi. Odamlar borib qarashsa toshlarning ostida Hamza yotardi. Kim bunday qilgan - hech kimga ma'lum emas. O'q tekkan joyi ham bor edi shekilli. Ammo Shohimardon xalqi bunday qilmagan, bunday qilmasdi ham. Ana undan keyin qizillar paydo bo'ldi va ko'pchilikni "gumondor" deb qo'lga ola boshlashdi. (To'g'risi, bu suhbatga ancha bo'lgan, esimda qolganini yozdim.)

Kecha bu mavzuni ochganimdan so'ng qo'limga O'zbekiston qahramoni, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinovning "Ijodni anglash baxti" degan kitobi tushib qoldi. U yerda Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida "Istibdod qurboni yoxud o'zligidan mahrum etilgan shoir" sarlavhasi bilan 35 betdan iborat maqola yozilgan ekan. Quyida shu maqoladan biroz keltiramiz:
 ... Hamza ham ular kabi xalqning milliy uyg'onishida, yangi o'zbek adabiyotini barpo etishda katta jonbozlik ko'rsatganva ular kabi mustabid tuzumning qurboni bo'lgan. To'g'ri, unga "millatchi", "panturkist", "xalq dushmani", "burjua mafkurachisi" degan tavqi la'natlar yopishtirilgani yo'q, uni ma'muriy idoralarga chaqirib so'roq qilmadilar, tahqirlab, qiynolarga duchor qilib, do'zah azobini boshiga solmadilar. Hamma eng sara ziyolilar qatori surgun qilingani yoki NKVD yerto'lalarida otib tashlangani yo'q. Aksincha, 1929 yilda Shohimardonda ko'zi qonga to'lgan vahshiy olomon qo'lida halok bo'lganidan keyin kop o'tmay Hamza yirik sho'ro yozuvchisi sifatida ulug'lana boshladi. Hayotligida yetti uhlab tushiga kirmagan izzat-ikromni u o'lganidan keyin ko'rdi. Ellik yil mobaynida unga aytilmagan maqtov qolmadi...
... Mabodo mo'jiza yuz berib, Hamza tirilib qolsa, teatr sahnalarida, kino ekranlarida, badiiy asarlar sahifalarida o'zini ko'rib, "ilmiy" tadqiqotlar, kitoblar, maqolalardagi balandparvoz gaplarni o'qib, o'zini taniyolmay qolishi muqarrar edi. Shu zaylda sho'ro mafkurasi Hamzani oq kigizga o'tqazib, egasiz qolgan adabiyot tahtiga chiqarib qo'ydi...
Ozod Sharafiddinov, "Ijodni anglash bahti". 131-bet
Agar Igor Bunichning "Partiyaning oltinlari"ni o'qigan bo'lsalaringiz, tushunarliki, qizil hukumat uchun bunday ishlar hech narsa emasdek bo'lgan. Bir shoirning o'tmishini, faoliyatini teskarisiga yozish va uni ommaga tanitish ular uchun "xobbi" dek gap edi.
Hamza haqida "O'zligidan mahrum etilgan shoir" degan jumla to'g'ri bo'lsa kerak deb o'ylayman...

Best friend:

--- Iqtibos: Мухаммад Сохиб  15 Iyun 2012, 12:16:16 ---Best friend агар Умар Хайёмни хам мухокама килиш бизнинг ишимиз смас деб ташлаб куйилганда, биз учун ва балким келгуси авлодлар учун хам майхурликнинг таргибчиси булиб колармиди. Шукр-ки, ундай булмади.

--- End quote ---

--- Iqtibos: Donishmand  15 Iyun 2012, 17:34:12 ---
Best friendga:
Sizga yozmoqchi bo'lganimni Muhammad Sohib yozib qo'yibdi.
Doimo chigal narsalar muhokamaga qo'yiladi. O'zi hammaga ma'lum bo'lgan narsani muhokamaga qo'yish hecham to'g'ri ishmas.

--- End quote ---

 U inson haqida aniq ma'lumotga ega bo'lmay turib paranjini yechishga majbur qilgan deyish va faqatgina o'z fikrlariga yondoshgan holda muhokama qilish noto'g'ri ekanini aytdimki, bu yerda o'lgan odamni ustidan bilmay xar hil gaplar gapirilmasin deb. Oqlanishiga hech qanday e'tirozim yo'q. Haqiqatdan ham yaxshi inson bo'lib o'tgan bo'lsa va sho'ro tuzumi bizga noto'g'ri fikrni singdirgan bo'lib, endilikda haqiqat oshkor bo'lsa, bu yaxshi.
 Yuqorida "O'zligidan mahrum etilgan shoir" degan jumlaga men ham qo'shilgan bo'lardim.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version