Intizom va muvaffaqiyat  ( 6633 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


XurshidbekUZ  28 Iyun 2012, 03:18:47

Assalomu alaykum Hurmatli forumdoshlar hozir e'tiboringizga menga yoqgan kitoblardan birini havola etyabman.Bu kitob intizom va muvaffaqiyatga erishish to'g'risida.Aslini olganda, haqiqiy tartib-
intizom , kishidan o’z vaqtida
bor qobiliyatini namoyon
qilishni talab qiladi. Har
qanday faoliyat
shoshilmasliokka undasa-da, vaqtni besamar isrof qilish
yaramaydi. Faoliyat debochasi
bu etilgan g’oya va his-
tuyg’ular ta’siri so’nmasdan
boshlangan harakatdir. Misol uchun , Siz o’z shahsiy
kutubxonangiz bo’lishini
xohlaysiz. Albatta, bu orzu
birdaniga amalga
oshmaydi.Agar istagingiz shu
qadar yuksak ekan, buning uchun birinchi kitobni sotib
olish zarur. Keyin javonga
ikkinchi kitobni olib kelasiz.
Natijada asta-sekinlik bilan
kutubxona orzusi haqiqatga
aylana boshlaydi. Istak — xohishingiz so’nmasidan
burun harakatga
kirishmasangiz — SIZ O’SHA
ORZULARINGIZNING
QURBONIGA AYLANASIZ. * Ba’zan "œyalt" etgan fikrning
ta’sirida nimalardir qilishga
ahd qilamiz. Aslida esa ishga
kirishilmasa, bu holat
yuzakidir. Assosiy g’oyani
amalgam oshirishni orqaga suraverib mazmunini
yo’qotamiz. Bir oydan keyin
ishtiyoq olovi so’nadi. Bir
yildan so’ng esa kulini ham
topa olmaymiz. DEmak , harakat qil ! Hamon
butun vujudingizda ishtiyoq
olovi gurkirayotgan ekan,
o’zingizni tartibga soling. Toki
bu intizom maqsadingiz uchun
xizmat qilar ekan, ta’sirlarga befarq bo’lmang. Agar Agar
kimningdir to’g’ri ovqatlanish
haqidagi fikrlari yoqib tushsa,
albatta, bunga amal qiling.
Aynan to’g’ri ovqatlanish
haqida kitoblar sotib oling, toki bu xayol sizni tark
etmasidan burun. Qo’lingiz
sovimasidan burun biror
jarayonni boshlang!
Badantarbiya haqida fikr
kelganda, darrov mashqni boshlang! Axir , polga egilib
tortilish mashqini
boshlanishning hech
qiyinchiligi yo’q-ku! U qanday
g’oya-fikr bo’lmasin , uni
amalgam oshirish uchun harakat qilishingizga to’g’ri
keladi.Tuyg’ular tez o’tib
ketuvchandir. Agar vaqtida
harakat qilinmasa maqsaddan
ayrilasiz. Maqsadga etish kaliti
tartib-intizomdir. Faqat tartibgina his-tuyg’ularni
jilovlab ularni hayotga tatbiq
qilishga yordam beradi. Faqat o’z vaqtida yo’lga
qo’yilgan tartib-intizom
ishtiyoqni va harakatingizni
oshiradi. Ichki intizom
tartiblarga rioya qilib , yangi
hayot jarayonini boshlab yuborasiz. O’z qadrini bilishlik va shunga
yarasha obro’-e’tiborda bo’lish-
bu tartibga rioya qilishning
muhim maqsadidir. Bizning
davrimizda o’z qadr —
qimmatini bilishni ko’p hollarda intizom bilan to’g’ri
kelmaydi, deb ham o’ylaydilar.
Eng muhimidan chalg’ib
ketishga o’zini bo’sh qo’yib
berishlar sabab bo’ladi. Katta
imkoniyatlar turgan paytda kichik bir xato
ko’rinmaganday b’oladi . Siz
imkoniyatingiz bo’la turib
ko’proq ish bajarish o’rniga
ozroq bajarsam nima bo’libdi
qabilada ish tutasiz. Keyin faoliyatingiz so’na
boshlaganidan nolib nima ham
qila olardingiz. Muammolar
ichki tadbirlaringizni salgina
mensimaslikdan kelib chiqadi.
Yo’l qo’yilgan birgina beparvolik xavfli in feksiyaga
o’xshaydi. Bunday holat
vaqtida bartaraf qilinmasa,
dardi bedavo kasallikni keltirib
chiqaradi. Pirovardida,
muayyan tartibga amal qilmagan kishi o’z qadrini
yo’qota boshlaydi. Agar shunday ekan — endi
qanday qilib qadr-qimmatni
kishi tiklashi mumkin .Sizdan
birgina talab qilinadigan narsa
bu — kechiktirmasdan
faoliyatni boshlash. Eng osonidan boshlang, bu sizning
ichki falsafangiz bilan
hamohang bo’lsin.
Istiqbolingizga doim amal qilib
yurish mumkin bo’lgan
majburiyat oling: "œMaqsadlarimni amalgam
oshirish uchun va yaqin
kelajakda muvaffaqiyatlarim
tantana qilishi uchun intizomli
bo’laman".

Qayd etilgan


XurshidbekUZ  28 Iyun 2012, 03:25:13

BESH KALIT SO’Z Ushbu risolada jamlangan
barcha g’oyalar kalit so’zlar
guruhlariga asoslanadi.
Shuning uchun kitobni
tushunish, uning mazmunidan
imkon qadar ko’proq foyda olish uchun kalit so’zlar
guruhlarini anglashimiz lozim. ASOSLAR Brinchidan , "œASOSLAR" degan
so’zni ko’rib chiqaylik. Men
"œasoslar"ni har qanday
yutuqqa erishish uchun
quriladigan tub tamoyillar deb
bilaman. Asoslar barcha eng asosiy va
muhim narsalar barpo
qiladigan ishning boshini,
asosini va haqiqiy holatni
tashkil qiladi. "œYangi asoslar" so’zlarida
mantiqiy kelishmovchilik bor.
Ya’ni , aytaylik, kimdir eng
qadimiy davr san’atining yangi
asarini yaratib , deyish bir
qadar shubhali bo’lardi, to’g’rimi? Asosiy tamoyillar
eng qadamiy davrlardan asrlar
osha bir xilligicha qoladi. Keling, "œasoslar" so’zini
"œmuvaffaqiyat tushunchasida
qo’llab ko’raylik. Agar siz
muvaffaqiyatning turg’un va
mustahkam poydevorda
qurilgan turiga intilsangiz u holda ekzotik qarorlardan
chetlab o’tishingiz lozim
bo’ladi. Bugungi kunda ,
ayniqsa, men yashayotgan
Kaliforniyada ko’plab ekzotik
qarorlar taklif qilinayotgani ham bor gap. Teskarisini gapirishsa ham,
muvaffaqiyat — bu oddiy
jarayon. Va u hech qachon
osmondan tushmaydi. Unda
hech qanday sehrli yoki
yashirin sir ham yo’q. Muvaffaqiyat — hayotda
yutuqqa erishishning asosiy
tamoyillarini ketma-ket
amalda qo’llashning tabiy
natijasidan o’zga narsa emas. Bu o’z navbatida baxt va
boylikka ham tegishlidir .
Muvaffaqiyatlarga erishishning
kaliti asosiy tamoyillaridan
ag’maslikdadir. YARIM DYUJINA ASOSIY KOMPONENTLAR Kunlaridan birida uctozim
Shoaff : "œJim, natijani 80
foizga ta’minlaydigan yarim
dyujina asosiy komponentlar
bor" , degan edi Yarim dyujina asosiy
komponentlar"¦- bu fikr
kalitidir. O’z sog’ligimizni
yaxshilash, boyligimizni
ko’paytirish, yutuqlarimizni
oshirish yoki shahsiy tadbirkorlik sifatimizni
yuksaltirish bo’yicha harakat
qilamiz, albatta. Gap shundaki,
ulkan muvaffaqiyatga erishish
va achchiq omadsizlik
orasidagi farq aynan ana shu yarim dyujina asosiy
komponentlarni aniqlash,
o’rganish va foydalanishda o’z
qobilatimiz darajasi bilan
aniqlanadi. Masalan, kuzda mo’l hosil olish
uchun fermer bor kuchini
yarim dyujina asosiy
komponentlarga yo’naltirishi
kerak : bular tuproq, urug’ ,
suv, quyosh nuri , o’g’it va qarash. Har bir component o’z
ornida juda muhim, chunki
ular birlikda hosilning
muvaffaqiyatini ta’minlaydilar. Shuning uchun har qanday
loyihani boshlash yoki yangi
maqsadni vazifa qilib
qo’yganda o’zimizga savol
berishimiz kerak:
daromadning katta farqini ta’minlaydigan yarim dyujina
komponentlar nimadan iborat? Insonning faoliyati qaysi
sohada bo’lmasin , ya’ni
tasviriy san’at yoki musiqa,
matematika yoki fizika , sport
yoki biznes, muvaffaqiyatni
ta’minlashda hal qiluvchi,rol o’ynovchi yarim dyujina
komponentlar mavjud. Ana shu oddiy haqiqatni
tushunish hamda qo’llash
sizning orzu va maqsadingizni
amalgam oshirish yo’lidagi
birinchi vazifangizdir. BOYLIK Ta’rif bermoqchi bo’lgan
ikkinchi kalit so’z bu — boylik.
Boylik — ziddiyatli so’z bo’lib ,
ongimizda turli xil obrazlar,
qarama- qarshi tushunchalar
uyg’otadi. Har kim boylikka o’z nuqtai nazari bilan qaraydi.
Kimgadir boylik uning istagini
ta’minlovchi pulga ega bo’lish ,
boshqa birovga esa qarzdan —
doimiy qarz majburiyatlaridan
ozod bo’lishdir, uchinchi kishi uchun boylik — o’sish
imkoniyati va
muvaffaqiyatlarga erishishni
bildiradi. Lekin bu farqlar ijodiy
yondoshishni boshlashning
vujudga kelishga olib boradi,
ijodiy yondoshish esa har
birimizga boylik va
ma’murlikka to’la hayot sari yo’l topishimizda yordam
beradi. Ko’pchilik kishilar bu haqda
o’ylab ko’pmaydilar ham, ular
uchun boylik, eng avvalo,
"œmillioner" tushunchasi bilan
bog’liq.Mana
hayajonlantiradigan so’z ! Bu tushuncha muvaffaqiyat,
erkinlik, kuch-qudrat,
qoniqish, imkoniyat,
bag’rikenglik, ta’sirni o’z ichiga oladi . Albatta millioner
bo’lish fikri yomon tasavvur
uyg’otmaydi. Bundan tashqari boylik so’zi
faqatgina iqtisodiy
tushunchagina
bildirmaydi.Tajriba boyligi ,
do’stlik boyligi, muhabbat
boyligi, oilaviy hayot boyligi yoki madaniy boylik to’g’risida
gapirish mumkin. Biroq biz
butun fikr — zikrimizni
moliyaviy arkinlikni
ta’minlovchi boylik so’ziga
jamlashimiz zarurki, bu boylik — barcha harakatlar va
tadbirkorlik faoliyati orqali
pul; va aksiyalarga
aylanishidir. Bunda har bir
kishi o’zini boy deb sezishi
uchun uning miqdoriy qiymati har xil bo’ladi. Ishonchim komilki,
hammaning asosiy maqsadi va
orzusi bitta — moliyaviy
bosimdan ozod bo’lish ,
tanlash erkinligiga va ijodiy
mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’lish va o’zgarlar bilan
bo’lishish. Siz uchun boylik nimani
bildiradi? Sizga qancha pul
kerakki, o’zingizni moliyaviy
erkin his qilasiz ? Bular quruq
savollar emas. Moddiy boylik
tushunchasini o’zingiz uchun qanchalik ravshan
aniqlasangiz, ushbu saytdagi
g’oyalar sizga shunchalik katta
foyda keltiradi.

Qayd etilgan


XurshidbekUZ  28 Iyun 2012, 03:28:17

ORZUNING KUCHI

Har bir kishining hayoti bir
necha faktorlar ta’siri ostida
bo’ladi. Bu faktorlardan biri
atrofimizdagi muhitdir; qaerda
yashashimiz , ota — onalarimiz
kimlar, qanday maktabda o’qiymiz, do’stlarimiz kimlar
va bu aspektlar har biri rolni
o’ynaydi. Shuningdek, biz o’z
hayotimizda ro’y beradigan
voqeliklar ta’sirida ham
shakllanamiz . Misol uchun
urush ruhimiz (qalbimiz)ni
ostin-ustin qilib yuborishi mumkin. Ega bo’lgan bilimimiz yoki
uning yo’qliogi ham
hayotimizning shakllanishida
ta’sirini
ko’rsatadi.Harakatlarimizning
natijasi ham hayotimizga ta’sir etadi- istagan natijalarga
erishish yo’lidagi
qobiliyatimizga bog’lik
ravshida g’ururlanish hissini
sezishimiz yoki to’la
mag’lubiyat alamini tortishimiz mumkin. Lekin hayotimizga ta’sir
etuvchi bu faktorlardan
birortasi ham bizning orzu
qilish qobiliyatimiz kabi
qudratli kuchga ega emas. Orzu — biz istagan hayotning
soyasidir. Shuning uchun
orzularimiz bizni orqasidan
etaklashiga yo’l qo’yib
berganimizda ular
maqsadlarimizga erishish yo’lidagi barcha to’siqlarni
engib o’tadigan ijodiy
kuchimizga erkinlik beradilar. Biroq bu kuchlarni(energiyani)
erkin qo’yish uchun
o9rzularimiz aniq ifodalangan
bo’lishi zarur.Mavhum kelajak
past tortish kuchiga ega.
Orzularimizning haqiqatan ruyobga chiqishi , kelajakka
qaratilgan rejalaringiz sizni o’z
komiga tortishi uchun sizning
orzularingiz aniq va ravshan
bo’lishi kerak. Kelajakka nisbatan ikki xil
variant bor; siz kelajakka kulib
boqishingiz yoki qo’rquv bilan
qarashingiz mumkin. Siz nima
deb o’ylaysiz ; qancha odam
kelajakka qo’rqinch bilan boqadi ? To’g’ri, ular
ko’pchilikni tashkil qiladi. Siz doim xavotir bilan
yashaydigan kishilarni
nko’rgansiz. Nega bu kishilar
qo’rqib qolganlar? Chunki ular
o’z kelajaklari soyasini
(proeksiyasini) yaratishga vaqtlari bo’lmagan. KO’p
hollarda ular kimlarningdir
ma’qullashlarini kutib
yashaydilar. Hayot jarayonida
ular qanday yashash kerakligi
to’g’risidagi kimlarningdir nuqtai nazarlarini qabul
qiladilar. Shuning uchun ham
ular doim xavotirda bo’ladilar,
nima qilsalar ham,
atrofdagilarning
ma’qullashlarini izlaydilar. Boshqachasiga aytganda,
kelajakka umid bilan
boqadiganlar kelajaklarini
rejalashtirib oladilar va ular
ruhlantiruvchi hisga egadirlar.
Bu kishilar kelajaklarini fikr doiralari bilan "œko’ra" biladilar.
Kelajak ularning bor
vujudlarini qudratli tortuvchi
kuch bilan egallab oladi.

Qayd etilgan


XurshidbekUZ  28 Iyun 2012, 03:31:09

ANIQ TANLAGAN
MAQSADLARNING KUCHI Albatta orzu ajablanarli narsa,
lekin faqatgina orzu qilishning
o’zi etarli emas. Kutiladigan
natijaning ulkan tasviriga ega
bo’lish ham etarli emas. Arzirli
binoga ega bo’lish uchun avvalo uning poydevori qayda
bo’lishi, tik konstruksiyalarini
ko’tarish va boshqalar
ko’rsatilgan chizmaga ega
bo’lish lozim. Buning uchun esa aniq maqsad
bo’lishi kerak. Ravshan
ko’ringan orzu kabi aniq
ifodalangan maqsad o’ziga
ohanrabodek tortadi. Ular sizni
o’ziga jalb qiladi. Siz qanchalik ularni aniqlasangiz ,
shunchalik yaxshi tasavvur
qilasiz, qanchalik tirishqoqlik
bilan erishish yo’lida mehnat
qilsangiz , shunchalik kuchli
tortadi. Menga ishoning , agar sizni muvaffaqiyatingiz
yo’llaridagi hayotning o’nqir-
cho’nqirlari yo’ldan urishga
harakat qilsa, sizni olg’a
etaklovchi kuchli magnet
zarur. Maqsad qanchalik muhimligini
bilish uchun atrofingizdagi
hech qanday maqsadi yo’q
kishilarga boqing. O’z
hayotlarini rejalashtirish
o’rniga ular nomiga mavjuddirlar. Ular iqtisodiy
yashab qolish jangovor
zonasida har kuni haqiqiy
qadriyatlar o’rniga mavjud
bo’libgina turishni afzal bilgan
holda hayot uchun kurash olib boradilar. SABABLAR Janob Shoaff bir kuni menga
"œJim, bankdagi hisobing
sening aqliy qobiliyatingning
haqiqiy ko’rsatkichi
hisoblanadi" , dedi(Bu gapni
eshitib o’zimni bahtiyor his etdim, do’stim.) Va u yana
qo’shib qo’ydi: "œO’ylaymanki ,
sening talent va qobiliyating
aslida juda yuqori, sen yanada
aqlliroqsan! " (Keyinchalik
balsam, haqiqatan men aqlliroq ekanman). "œNega bankdagi hisobim
ko’paymayapti?" savol berdim.
"œShuning uchunki , senda
bunga etishish uchun etarli
sabablar o’yq, - javob berdi
ustoz. — Agar senda etarli sabablar bo’lganida edi, sen
ulkan yutuqlarga erishishing
mumkin edi. Buning uchun
senda aql etarli, lekin sabablar
emas". Mana sizga yana bir
kalit so’z : ETARLI DARAJADA SABABLARGA EGA BO’LING ! Shu paytdan boshlab o’zim
uchun kashfiyot qildim : avval
sabablar paydo bo’ladi, keyin
javoblar. Hayot javoblarni sirli tarzda
niqoblash qolbiliyatiga egaki,
ularni dildan qidirish qolbiyati
va buning uchun etarli
sabablar bor kishilar
uchungina odatdagi hol bo’lib ko’rinadi.Boshqacha qilib
aytganda, siz nimani
istashingizni bilsangiz va
xohishingiz qanchalik kuchli
bo’lsa , Javoblarni olish
usullarini topa olasiz. Shunda maqsadlaringiz yo’lidagi
muammolarni echish uchun
kerak bo’lgan javoblar, usullar,
qarorlar sizga o’zini ochadi. Siz boy bo’lishni istasangiz,
nima qilibdi? Siz sevgan
kimningdir hayoti sizning
katta malakali tibbiy xizmat
ko’rsatish imkoniyatingizga
bog’lik bo’lsa yomonmi ? Keling, tasavvur qilaylik,
hozirgina siz qanday boy
bo’lish mumkinligi to’g’risidagi
kitob yoki kasseta to’g’risida
xabar oldingiz. Siz albatta uni
sotib olasiz. Muvaffaqiyatlarga erishish
bo’yicha kitoblarni o’qir
ekansiz, boy bo’lish tog’risida
ko’plab kitob va kassetalar
mavjudligi siz uchun
kutilmagan hol bo’lmaydi. Agar sizning boy bo’lishingiz
shart bo’lmasa, vaqtingizni
kiton o’qish va gazeta
tinglashga sarf qilmaysiz.
"œEhtiyoj- kashfiyotlar
onasidir" , degan eski naql bor. Juda to’g’ri aytilgan ! shularni
ko’zda tutgan holda doim o’z
sabablaringiz ustida, keyin esa
javoblar ustida ishlang.

Qayd etilgan


XurshidbekUZ  28 Iyun 2012, 03:36:27

QIZIQUVCHANLIKNING TO’RT
RO’YHATI Siz o’zingiz beradigan savol
bor: "œMeni nima qiziqtiradi?"
Har xil narsalar har xil kishilar
uchun turli qiziqtiruvchi bo’lib
xizmat qiladi. Har birimizning
ham nozik joylarimiz bor. Siz ruhiy izlanishda bo’lsangiz,
men ishonamanki,
o’zingizning shahsiy intilish va
qiziqtirishingiz ro’yhatini
tuzishga harakat qilasiz. O’ziga
to’la jalb qiluvchi qaysi qiziqish faktorlarini ajratish kerak?
Moliyaviy daromadingizni
ko’paytirishdan tashqari
to’rtta asosiy qiziqish (motivator)lar mavjud . Ulardan biri — tan olinish.
Taniqli kompaniyalar
rahbarlari va yirik menejerlar
tan olinishi moddiy
mukofotlardan afzal ko’radilar.
Muvaffaqiyatli ish olib borayotgan kompaniyalar,
ayniqsa, chakana savdo bilan
shug’ullanuvchilar o’z
xodimlarining katta-kichik
muvaffaqiyatlari uchun
ularning tan olishlariga ko’proq e-tibor beradilar.
Ko’pchilik uning haqida hech
kim g’amxo’rlik qilmaydi, deb
o’ylaydi. Ularning mehnatiga
baho berish ularning
jamiyatda o’z orin bor ekanini bildiradi. Kishilarni yaxshi
biladiganlar "œSiz alohida
odamsiz . Siz bilan ishlash
naqadar maroqli", deb
ta’qidlaydilar. Men
ishonamanki, qaysi sohada bo’lmasin , kompaniyalar
ko’proq xodimlarga e’tiborni
kuchaytirsalar, ishlab chiqarish
unumdorligi mislsiz oshishiga
erishiladi. Ikkinchi uyg’otuvchi motiv
shuki , kishilarga o’z
g’alabalarini his etish yoqadi.
Bu eng yaxshi harakatga
keltiruvchi motivdir. Agar siz
nimagadir intilsangiz, bu g’alaba va yutuq bo’la qo’lsin.
Mening bir necha millioner
do’stlarim bor. Ular hozir
sutkasiga 10-12 soatlab
ishlaydilar va millionlarini
oshirib boradilar. Bu ularga pul kerakligi uchun emas. Bu
ularga g’alaba shodligi ,
qonoqish hissi uchun kerak.
Ular uchun pul
rag’batlantiruvchi emas, ularda
shundoq ham pul ko’p. Bu mast qiluvchi g’alaba
nashidasi ! Ba’zida seminarlarimdan keyin
kimdir oldimga kelib , "œJim
Ron , agar million dollar pulim
bo’lganida biror kun
ishlamagan bo’lardim "œ,
deydi.Shuning uchun ham Xudoim bunday kishilarni boy
qilmaydi. Ular o’z niyatlariga
yarasha jazo oladilar. Uchunchi ulug’
ilhomlantiruvchi kuch — oila .
Ayrim kishilar sevgan kishilari
uchun o’zlari uchun hech
qachon qilmaydigan ishlarni
qiladilar. Kunlardan birida bir kishi ;"Janob Ron , men va
oilam dunyoni aylanib
sayohatga chiqmoqchimiz .
Bunga yiliga chorak million
dollar kerak bo’lar ekan", deb
qoldi. Ishonib bo’lmaydi. Nahot bu kishi oilasini shunchalik
sevsa ?! Muruvvat va saxovatli bo’lish,
ya’ni kishining o’z boyligini
kishilar bilan bo’lishish istagi —
bu to’rtinchi motivatordir. Endryu Karnegin degan ulug’
kishi vafot etganda uning
yozuv stoli tortmasidan
sarg’ayib ketgan xat topildi.
Unda Karnegining 20 yoshida
yozgan maqsadi bor edi; "œMen umrimning birinchi yarmini
pul to’plashga, ikkinchi
yarmini esa ularni tarqatishga
sarf qilaman". Haqiqatdan u
450 million dollar (hozirda 4,5
milliard bo’lardi) topgan edi. Umrining oxirida pullarini
tarqatishdan zavq olardi.

Qayd etilgan