Iltimos  ( 20477 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Sanjar  30 Avgust 2013, 17:14:39

Assalomu alaykum. Afg'oniston urushi bilan bog'liq bir kitob bo'lardi, shu kitobni ismi nima edi yordam beringlar.


Forumda bormi ajabo?

Voalaykum assalom! O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" asarini nazarda tutmadingizmi? Lekin bu kitob ZiyoUz saytida yo'q.

Qayd etilgan


Ansora  30 Avgust 2013, 17:33:59

Yo'q uka, u asarmas. Haqiqiy bo'lgan urush Sobiq Sovetlar Ittifoqi va Afg'oniston o'rtasidagi jang bilan bogliq. O'zbekistondagi askarlarimizning hotiralari asosida yozilgan kitob edi. Bir paytlar kimdandir olib o'qigandim.

Qayd etilgan


Tistak  31 Avgust 2013, 01:37:08

Assalomu alaykum. Afg'oniston urushi bilan bog'liq bir kitob bo'lardi, shu kitobni ismi nima edi yordam beringlar.


Forumda bormi ajabo?

Va alaykum assalom.Mabodo "Qonli yo'rgaklar" kitobini aytmayabsizmi? Muallifni o'zi ham sobiq afg'onchilardan. (Afsus kitob muallifini tahminan eslay olaman)  Int. kutubhonalarini hech birida bo'lmasa kerak deb o'ylagandik dugonam  bilan izlab topa olmaganimizda.

Qayd etilgan


albatros  31 Avgust 2013, 14:58:13

O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari asosida tayyorlangan radiopostanovka kimda bor. Izlab topolmayapman, radiodan esa olish mushkul. Audio kutubxonam ichida bu asarni bo'lishini juda xoxlardim. Har safar radiodan eshitib ta'sirlanib ketaman. Juda chiroyli tayyorlangan. Iltimos kimda bo'lsa xabar bering

Qayd etilgan


Ansora  01 Sentyabr 2013, 14:30:25

Tistak, kitobni nomini umuman eslay olmayabman:(


Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  02 Sentyabr 2013, 01:15:15

Tistak, kitobni nomini umuman eslay olmayabman:(



Ўқимаганман-у, лекин "Афғон шамоли" деган китоб ҳам бор.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  02 Sentyabr 2013, 23:54:16

Assalomu alaykum. Afg'oniston urushi bilan bog'liq bir kitob bo'lardi, shu kitobni ismi nima edi yordam beringlar.


Forumda bormi ajabo?

Siz so'ragan kitob Abdurashid Nurmurodovning "Qonli yo'rgaklar" asari ekan. Forumimizda yo'q, lekin ruscha tarjimasi internetdagi biror bir kutubxonadan chiqib qolishi mumkin. (“Кровавая пелена”)

Yana bu adibimiz afg'on urushi haqida "Ko'kdagi umr", "Qon hidi" kabi asarlar ham yozgan ekanlar.

Qayd etilgan


Ansora  04 Sentyabr 2013, 16:43:45

Alloh sizlardan rozi bolsin, ancha kitob nomini keltiribsizlar. Shularni hech bolmasa int-dan topsam yaxshi bolardi...


Yangi iltimos:)


SSSR paytida O'zbekistonda olib borilgan siyosat bilan bogliq Rus tilida maqolalar qidiryabman, shu masalada ham yordam bervoringlar iltimos. Masalan "Bosmachilar" haqida...


Undan tashqari Youtube'dan qanday qilib video ko'chirib olsa bo'ladi?


Oldindan rahmat.

Qayd etilgan


azizbek_mx  04 Sentyabr 2013, 18:10:51


Undan tashqari Youtube'dan qanday qilib video ko'chirib olsa bo'ladi?

videoning youtube.com dagi URL manzilidan nusxa olib, www.savefrom.net saytida qidiruv maydonchasiga joylaysiz va Yuklash (СКАЧАТЬ) tugmasini bosasiz. Kerakli hajm va formatni tanlasangiz yuklash boshlanadi.

Qayd etilgan


Ansora  05 Sentyabr 2013, 13:54:21

Rahmat uka:) siz aytgan saytga kirdim, kochir, dedim undan keyingi ishlarni eplay olmadim, yana bir urinib koraman nasib bolsa:)

Qayd etilgan