Ota-onamiz bizdan rozi vayo norozi bo'lgan holatlar.  ( 2231 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Mufazzala  12 Iyul 2012, 11:24:21

 :bsm3:

Mahdiyahni ota-ona haqidagi ochgan yangi mavzusidan ilhomlanib
bu mavzuni ochdim. Balkim hammaga birdek ma'qul bo'lmas ammo,
oz bo'lsada hato va kamchiliklarimizni anglashda, anglatishda yordam
bo'lar, degan umidda Mufazzala opangiz.


Onam doimo akalarimga itoat qilishimni, ularni hurmat qilishimni,
katta akamni otam o'rnida ko'rishimni hohlardi.
Men esa buni hohlamasdim :( Men ham bolangizman, meniyam
hurmat qilishsin ulariz, deb qaysarlik qilardim.
Xozir ulg'ayib, o'zim ham ona bo'lganimda Onamni bu o'gitlariga endi tushunib
yetyapman. Qizimni akasiga itoat qilmaganini ko'rsam qonim qaynaydi.
O'zim ham shunday bo'lganimni eslab, sabr bilan bizga tarbiya bergan Onamni haqlariga duo qilaman.

U paytda men tushunib yetmagan haqiqat:
Qiz bola yoshligidan itoatga o'rgatilishi kerak.
Agar shunday qilinsa oilalik bo'lganida baxtli hayot kechiradi va
Robbisini rizosini topadi, inshaAlloh.


Qani Forumdosh, ota-onangiz sizni qaysi sifatlaringizdan rozi yoki
qaysi fe'llaringizdan norozi...?


(Meni bu mavzuda yozadiganlarim juda ko'p)

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  12 Iyul 2012, 13:48:01

Assalomu alaykum men oilada eng katta farzandligim uchun ko'p mavzuda fikrimiz birhil chiqadi, agar biror ishim ularga yoqmasa men qabul qilaman ular aytganday to'g'rilayman, agar men haq bo'lsam o'sha vaqtda ular aytganiga yuraman va vaziyat yumshagach fikrimni yotig'i bilan tushuntiraman. Ota onalarning gapi noto'g'ri bo'lsaham kesib gapirish behurmatlik bo'ladi chunki Qur'onda Allohga itoat bilan ota onaga yahshilik qilish juda ko'p ta'kidlangan.

Qayd etilgan


Aqoid  12 Iyul 2012, 20:29:16

Bu mavzu bilan moziyga qaytishga majbur qildingiz.
Umrimda 1 marta dadam urgan. Yoshligimda andak injiqroq bo'lgan ekanman. Hozir o'g'limning qiliqlariga dadam xursand bo'lib hali bu holva deydi, o'g'limiz ham sal injiqroq. :-)

Qayd etilgan