Muallif Mavzu: Hayotimizni yengillashtiruvchi dastyorlardan unumli va uzoq foydalanish yo'llari.  ( 29348 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Best friend

  • Mehmon
kompyuterimni yoqsam ovozi chiqmay qoldi na videoda na mp3 da birdaniga nima bo'ldi ekan?
qulog'izi kovlamayatudizmi (hazil)
 Kalonka va keysga ulanadigan kabellarni tekshiring hammasi joyida bolsa ovoz drayverini qayta yuklang undaham bo'lmasa ovoz karta islamay qolibdi mutahasisga olib boring.

 Materinskiy platasi demoqchimisiz? Agar materinka o'lgan bo'lsa, remont qildirgandan ko'ra, zvukovoy karta qo'ygan yaxshi. Birinchidan arzon tushadi, ikkinchidan remont qildirgandan yangi zvukovoy qo'ygani yaxshi. U karta VGA tushadigan slotning pastagi PCI slotlariga o'rnatiladi.
 Sayyid90 aka, birinchi navbatda Abdulhafizaka aytganlariday kalonka yoki naushnikining cabellarini tekshirib ko'ring, baribir chiqmasa, driverni qaytadan o'rnatib ko'ring. Baribir chiqmasa, keyin zvukavoyni sotib olib, shundoq materinkaga sayib, driverini qo'yib qo'yasiz (sotib olgan joyingizda disci bilan beradi).

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Notebookga tel.ni usb kabel orqali ulab netga kirsa bo'ladimi?
ha buladi Nokia PC Suite ,Nokia Ovi suite degan dastur yordamida nokianing barcha interneti bor telefonlari  modem bo'lib ham ishlaydi. ssilka: http://nds1.nokia.com/files/support/global/phones/software/Nokia_PC_Suite_rus.exe
Boshqa telefonlarniham shunaqa dasturlari bo'lsa kerak. Telefonizi modeli qanaqa
« So'nggi tahrir: 29 Iyul 2012, 08:12:30 muallifi Abdulhafizaka »
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Масофадан бошқарувчи қурилмалар  ÐŸÐ£Ð›Ð¢Ð¬
Ушбу қўшимча қурилма ҳозирда хар қандай қимматбахо жихознинг ажралмас қисмига айланган. Хозирда мутахасислар улардан қутулиб техникаларни қўл харакати, кўз ёки овоз билан бошқариш учун астойдил харакат қилмоқдалар баъзилари анча мунча ихтиролар ҳам қилдилар лекин хали оммавий ишлаб чиқаришга қўйилгани йўқ. Биз хозирча ноқулай бўлсахам  ;)  Ð¿ÑƒÐ»Ñ‚ьлардан фойдаланиб турамиз.
Биринчидан болаларга ўйнаш учун кўпроқ ўйинчоқлар сотиб олиш керак :D шунда пултлар юриб кетмай жойида туради.
Иккинчидан уларга соладиган батарейкаларни энг сифатлигидан солиш керак чунки сифатсиз батарейкаларнинг корпуси юпқа бўлиб ичидаги кислотаси тезда ёриб чиқади ва қўрилма деталларини коррозияга учратади.
Учинчидан уларнинг ичида квацли резонатор деган детал жойлашган, бу детал пултни ирғитиб юборилишини асло хохламайди сал зарбага хам частотани энди ўзинг муқобиллаштир деб ишламай қўяди.
Ушбу қурилма ишлаётганини текшириш учун телефон фотокамерасини Ñ‘қиб унга тутиб ўзимиз дисплей тарафдан қарасек бўлди агар ишлаётган бўлса худди фонарчага ўхшаб ёнади. Пултларнинг ишлаш принципи асосан инфрақизил нур билан бўлади, бизни кўзимиз илғамайдиган инфрақизил нурларни камера бемалол бизга кўрсатиб беради.

Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Айтганча эсдан чиқибди мабодо ишламе қослса уни корпусини очиб ичидаги платани асло спирт билан артманг, чунки платада графитли чизиқчалардан электр токи оқади спирт эса графитли чизиқларни уқалаб тушириб юборади. Агар ўзиз устабузарлик қиламан десез маслахатим платани машинний масла билан артинг шунда пулт аввалгидай ишлайдиган бўлади :13
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088

Spirt bilan artish haqidagi maslaxat faqat pultlar uchunmi yo umumiymi?
Kompyuter materinkasi, videokarta va hokazo temir-tersaklarini spirt bilan artishni ziyoni yo'qmi?

spirt bilan materinkani va boshqa narsalarni artsa bo`ladi faqat grafit orqali tok o`tkazadigan chiziqchalar boq platalarni artib bo`lmaydi. Yahshi etibor berilsa grafit chiziqlar qora bo`ladi. mis va latun metaldan foydalanilgan platalarda sarig`ish qizil va yashil bo`ladi. spirtni asosiy foydasi platalar bir biriga suqiladigan panel (slot) lar kontaklardagi mis latun va kumushning nam va boshqa sabablar bilan paydo bolgan korroziyasini ketkazib tok o`tishini yahshilaydi. Yana spirt bilan artilgach bir muddat quritib keyin ishlatish kerak, buning uchun plata ozgina shamollatilsa spirt uchib ketadi.
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Mufazzala

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 476
  • -oldi: 492
  • Xabarlar: 212
 :asl3:

Changyutgichlarni ahlat yig'adigan paketi bo'ladiku ichida,
(odnorazoviy)to'lgandan keyin ahlatini paket-maketi bilan tashlavorishimiz kerak.
A biz o'zbekmizu, unaqa "adolatsiz" ishlarga qo'limiz bormaydi.
Hech bo'lmaganda 10-15 marta ishlatamiz :) Shu zarar qilmasmikin changyutgichga?
Ya'ni, qayta-qayta ahlatidan tozalab paketdan foydalanaveramiz.

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
:asl3:

Changyutgichlarni ahlat yig'adigan paketi bo'ladiku ichida,
(odnorazoviy)to'lgandan keyin ahlatini paket-maketi bilan tashlavorishimiz kerak.
A biz o'zbekmizu, unaqa "adolatsiz" ishlarga qo'limiz bormaydi.
Hech bo'lmaganda 10-15 marta ishlatamiz :) Shu zarar qilmasmikin changyutgichga?
Ya'ni, qayta-qayta ahlatidan tozalab paketdan foydalanaveramiz.

 :vsl3:
Agar etibor bergan bo`lsangiz ahlat qopcha joylashgan kamerani motor kamerasidan ajratib turadigan devorda havo o`tadigan mahsus joyni machalka filtr bilan to`sib qo`ygan o`sha machalka joyida tursa va tozalab turilsa ahlat qopchada teshikcha paydo bo`lgunicha ishlatish mumkin faqat juda kichik teshikcha paydo bo`lsaham islatib bo`lmaydi.
« So'nggi tahrir: 31 Iyul 2012, 10:49:17 muallifi Abdulhafizaka »
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Kompyuterim uzoqda yonyapti, bu nimadan bo'lishi mumkin?
Kompyuterni yoqaman, Windows zagruskasigacha yaxshi boradi, zagruskadan keyin ekran kamida 10 daqiqacha ko'rsatmay turadi, huddi monitor o'chib qolganday. Monitorning chirog'i esa o'chmaganlik haqida yashil rangi bilan bildirib turadi.

2. Biror video qo'yganimda (har doim emas, ko'p hollarda) kino qotib-qotib ko'rsatadi. Masalan 10 minutli rolikni 18minutda o'qiydi.

Videokarta ishdan chiqqanmikan yo muammo kulerdami?
birinci orinda videokartani drayverini qayta ornating ko'p holatda shu yordam beradi, agar videodan boshqa payt masalan katta dasturlarni ochayotganda qatmayotgan bolsa kullerda va yo boshqa narsada emas. Video kartada ba'zi detallar qizish hisobiga ko'chib qolsa ham shunday holat bo'lishi mumkin.
Nafaqat videokarta, balki butun kompyuter juda qizib ketyapti, deyarli hamma joyi, tepa qismi qattiqroq qiziydi.
Shunday qizish natijasida videokartada kondyor deb atalmish angishvonaga o'xshash temirlari yorilib ketgan ekan, ustaga oborib yangi qo'yib kelgan edim.
Qizib ketishi hech qolmadi, kompyuterni tozalash ham ish bermay turibdi.

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Nafaqat videokarta, balki butun kompyuter juda qizib ketyapti, deyarli hamma joyi, tepa qismi qattiqroq qiziydi.
Shunday qizish natijasida videokartada kondesator deb atalmish angishvonaga o'xshash temirlari yorilib ketgan ekan, ustaga oborib yangi qo'yib kelgan edim.
Qizib ketishi hech qolmadi, kompyuterni tozalash ham ish bermay turibdi.
менимча кейсизи бир мутахасис кўригига олиб бориш керак чунки хамма деталлар қаттиқ қизиётган бўлса эхтимол блок питания нотўғри ишлаётган бўлиши мумкин. Агар блок питанияда хатолик бўлса асорати материнка, винт, процессор, видеокарталарга ёмон таъсир кўрсатиши мумкин, айниқса материнкани тамом қилади.
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
 :asl3:
Хозирги кунда замонавий уй-рўзғор жихозларидан яна бири бу электр плита

бу 2 та бир киловатлик ёруғлик чиқарувчи лампалар ёрдамида ишлайдиган плита ичида (куллер) ўзбекчасига шамол чиқарадиган вентилятор билан иссиқликни махсус жойга йўналтирадиган қилиб мослаштирилган шунинг учун фойдаланиб бўлингач аввалги эски плиталар каби сетьдан дархол узиб қўйиш мумкин эмас, бошқарув тугмалари ичидан ўчиришни кўрсатган тугма ёрдамида иссиқлик чиқарувчи лампалар ўчирилиб плита эса сетьга уланган холатда қолиши керак, акс холда иссиқлик атрофга тез тарқаб плита корпуси ва корпус ичига жойлашган бошқарув платасини зарарлантириши мумкин. Плита совугач ўзи автоматик тарзда куллер хам ўчади.
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
:as:
Domashniy antenna (ikki shoxli, shundoq tv ustiga qoyiladigan)ni qanday yaxshi korsatadigan qilsa boladi?
bir qoshni yigit "sim ulab tomga qo'ygan edim, zo'r ishlab ketti" degan edi. Lekin qanday qilganini bir boshdan aytmadi, men ham o'shanda so'ramagan ekanman.
Buni qanday amalga oshiradi, agar bilsangiz qadamma-qadam tushintirvorsangiz yaxshi bo'lardi.

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
 :vsl3:
Сиз айтган икки шохли антенна кўп қаватли уйларга мўлжалланган, ва яна метрли (VHF) диапазонидаги  ÐºÐ°Ð½Ð°Ð»Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸ яхши кўрсатади лекин детциметрли (UHF) диапазонидаги каналларни айниқса СПОРТ каналини сифатсиз кўрсатади ёки умуман кўрсатмайди. Шунинг учун икки шохли уй антенналаридан тўлиқ фойдалана олмайсиз. Агар томга шу кичик антеннани чиқармоқчи бўлсангиз 75 омлик махсус антенна кабели ёрдамида узайтириб ишлатсангиз бўлади лекин унумли фойдаланиш имконсиз ундан кўра том антенна қулай чунки том антенналарида иккала диапазондаги канналлар учун махсус шохлар бор, ҳамда қўшимча тарзда сигнални кучайтирувчи усилител билан жихозланган шунинг учун каналлар ўта тиниқ кўрсатади, том антеннани уй антеннадан яна бир фарқи хусусан Андижон учун сигналлар уч тарафдан киради, Боғишамолга қаратсангиз Ўзбекистон давлат каналлари ва Андижон тижорат каналлари чиқади, бироз ўнгроққа қаратсангиз эса Фарғона ва Наманган тижорат каналлари чиқади агар бироз чапроққа қаратсангиз Қирғизистон давлат ва тижорат каналлари хамда Қирғизистондан узатиладиган Россия каналлари чиқади, сиз айтган антеннада бу каналларни хаммасини кўриш учун томга чиқиб айлантириш ва уйдаги тв олдидаги одамга КЎРСАТДИМИ... деб бақириш керак, том антенналарини эса махсус мотор ёрдамда бемалол айлантирса бўлади.
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Тошкентдаги квартирамизда учинчи телевизоримиз хам бузилди. Биринчи ва иккинчиси икки йил олдин,  учинчиси шу йил. Учала телевизоримиз хам бир хил бузилди. Учинчи телевизоримиз хали эскирмаганди, олганимизга энди икки йил булибди.
Экран доира шаклида курсатяпти, айлана атрофи эса зангори рангда, бироз кийшикрок (айлана томонга ог'ган холда) курсатяпти.
Бу нимадан булиши мумкин, нега хаммаси бир хил бузилди экан?

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Тошкентдаги квартирамизда учинчи телевизоримиз хам бузилди. Биринчи ва иккинчиси икки йил олдин,  учинчиси шу йил. Учала телевизоримиз хам бир хил бузилди. Учинчи телевизоримиз хали эскирмаганди, олганимизга энди икки йил булибди.
Экран доира шаклида курсатяпти, айлана атрофи эса зангори рангда, бироз кийшикрок (айлана томонга ог'ган холда) курсатяпти.
Бу нимадан булиши мумкин, нега хаммаси бир хил бузилди экан?
1) ранглар хархилми ёки фақат яшилми?
2) Фигурний атвертка билан корпусни оча оласизми?
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Axloqning bir bo‘lagi yoxud mobil telefondan foydalanish madaniyati

Muallif Ulugbek-UzBo'lim Madaniyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 9294
So'nggi javob 19 Sentyabr 2008, 21:48:39
muallifi Mr.Twister
Oxirat havo yo'llari

Muallif MunavvaraBo'lim Islom

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 4675
So'nggi javob 18 Aprel 2009, 16:54:13
muallifi Munavvara
Kompyuterni tezligini oshirish yo'llari 1-Dars

Muallif _AMMOR_Bo'lim Darsxona

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 5949
So'nggi javob 20 Yanvar 2011, 10:00:22
muallifi Zuxurov
Farog'at Kamolova. Uzoq safarlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1288
So'nggi javob 28 Noyabr 2012, 13:32:58
muallifi AbdulAziz
Ramazonda to'g'ri ovqatlanish yo'llari.

Muallif AnsoraBo'lim Ro'za

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4220
So'nggi javob 11 Iyul 2013, 12:32:29
muallifi Ansora