Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495585 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 91 92 93 94 95 96 B


AbdulAziz  29 May 2009, 01:49:17

Abdulloh ibn Jahsh — sahoba. Badr g‘azoti ishtirokchilaridan. Mo‘minlar onasi bo‘lmish Zaynab binti Jahshning akalari. Milodiy 624-yili Uhud g‘azotida shahid bo‘lganlar. Amir Hamza bilan bir qabrga dafn qilinganlar.

Abdulloh ibn Jubayr — sahoba. To‘liq ismlari — Abdulloh ibn Jubayr ibn Numon al-Ansoriy. Aqaba voqeasi ad-Badr g‘azoti ishtirokchilaridan. Uhud g‘azotida kamonchilarga qo‘mondonlik qilganlar va shu jangda shahid bo‘lganlar (624).

Abdulloh ibi Zayd — sahoba. To‘liq ismlari — Abdulloh ibn Zayd ibn Salaba ibn Abdrabbih al-Ansoriy al-Xazrajiy. Azon kalimalarini tushlarida eshitganlar, Janob Rasululloh uni haq deb Hazrat Bilolga aytmoqni amr qilganlar. Badr g‘azotida ishtirok qilganlar (623).

Abdulloh ibn Zayd — sahoba. To‘liq ismlari — Abdulloh ibn Zayd ibn Osim ibn Ka’b ai-Najjiriy al-Ansoriy. Hijratdan yil burun tug‘ilganlar. Badr g‘azotida ishtirok etganlar. 48 ta hadis rivoyat qilganlar. Harra g‘azotida shahid bo‘lganlar.

Abdulloh ibn Ka’b — sahoba. To‘liq ismlari — Abdulloh ibn Ka’b ibn Amr an-Najjoriy. Badr va boshqa g‘azotlarda ishtirok etganlar. 650 milodiy yili vafot etganlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 01:49:34

Abdulloh ibn Maz’un — sahoba. To‘liq ismlari — Abdulloh ibn Maz’un al-Jamhiy. Badr g‘azotida ishtirok etganlar.

Abdulloh ibn Mug‘affal — saxoba. To‘liq ismlari — Abdulloh ibn Mug‘affal al-Mulaniy. 677-milodiy yili vafot etganlar.

Abdurrahmon ibn Abzo — sahoba, qori. To‘liq ismlari — Abdurrahmon ibn Abzo al-Xuzo’iy. Xuroson amiri bo‘lganlar. Ko‘plab hadis rivoyat qilganlar.

Abdurrahmon ibn Sumra — sahoba, lashkarboshi. To‘liq ismlari — Abu Said Abdurrahmon ibn Sumra ibn Habib ibn Abd Shams al-Qurashiy. Ko‘pgina g‘azotlarda, Sijiston, Qobul va Xurosonni fath qilishda ishtirok etganlar. 14 ta hadis rivoyat qilganlar. 670 milodiy yili vafot etganlar.
 
Abu Mas’ud al-Ansoriy — sahoba. To‘liq ismlari — Abu Mas’ud Uqba ibn Amr ibn Sa’laba al-Ansoriy al-Badriy al-Xazrajiy. Aqaba voqeasi, Badr, Uhud va boshqa g‘azotlarda ishtirok etganlar. Hazrat Alining yaqin do‘stlaridan biri. 102 ta xadis rivoyat qilganlar. 670 milodiy yili Kufada vafot etganlar

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 01:49:49

Abu Qatoda — sahoba. To‘liq ismlari — Abu Qatoda al-Horis ibn Rab’iy al-Ansoriy as-Sulamiy. Badr g‘azoti ishtirokchisi. 674-milodiy yili vafot etganlar.

Alqama ibn Mujazzir — sahoba. lashkarboshi. To‘liq ismlari — Alqama ibn Mujazzir ibn al-A’var al-Kinoniy al-Mudlajiy. Yarmuk g‘azotida, Falastindagi janglarda katnashganlar. 674-milodiy yili halok bo‘lganlar.

Amr az-Zamriy — sahoba. Ko‘plab g‘azotlar ishtirokchisi. 20 ta hadis rivoyat qilganlar. 55-hijriy (675-milodiy) yili Madinai Munavvarada vafot etganlar.

Amr ibn Hazm — sahoba, amaldor. To‘liq ismlari — Amr ibn Hazm ibn Zayd ibn Lavzon al-Ansoriy. Kunyalari — Abu Zahhok. Xandaq jangi va boshqa bir qancha g‘azotlarda katnashganlar. 53-hijriy (673-milodiy) yili vafot etganlar.

Arham — sahoba. To‘liq ismlari Abu Abdulloh al-Arham ibn Abdumanof ibn Abularham al-Maxzuniy. Islomga oltinchi bo‘lib kirganlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan ansorlarga Makkaning Safo tepaligidagi o‘z uylarini bo‘shatib berganlar. Payg‘ambarimiz boshliq musulmonlar o‘sha uyda yig‘inlar o‘tkazishib, odamlarni islomga da’vat qilishgan. Bu uy "œBayt ul-Arham","Bayt ul-Islom", «Bayt ul-Xayzuron» nomlari bilan mashhur bo‘lib, hozirga qadar saqlanib qolgan. Hojilar uni ziyorat qilishadi. 55-hijriy (674-milodiy) yili vafot etganlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 01:50:06

Burayda ibn al-Xasnib — sahoba. Aslam qabilasi shayxi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga barcha g‘azotlarda qatnashganlar. Taxminan 677-milodiy yili Marvda vafot etganlar.

Jobir ibn Abdulloh — sahoba, mudarris. To‘liq ismlari Jobir ibn Abdulloh ibn Amr ibn Harom al-Xazrajiy al-Ansoriy as-Sulamiy. Otalari va o‘zlari Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning dastyorlari bo‘lganlar. 19 ta g‘azotda qatnashganlar, so‘ng Masjid ul-Nabiyda mudarrislik qilganlar. Imom Buxoriy va Muslim ibn Hajjoj shu kishi rivoyat qilgan. 1540 ta hadisni o‘z to‘plamlariga kiritishgan.

Jubayr ibn Mutim — sahoba, ulamo. Quraysh qabilasining nufuzli kishilaridan. To‘liq ismlari Abu Adiy Jubayr mbn Mut’im ibn Adiy ibn Navfal ibn Abdumanof al-Qurayshiy. 59 ta hadis rivoyat qilganlar. 59-hijriy (679-milodiy) yili Madinai Munavvarada vafot qilganlar.

Jundub ibn Abdulloh — sahoba. To‘liq ismlari Jundub ibn Abdulloh, ibn Sufon al-Bajaliy al-Alaqiy. Bir qancha hadis rivoyat qilganlar.

Zubayr ibn al-Avvom — sahoba, islom yo‘lida birinchi bo‘lib qilich yalang‘ochlagan zot, jannati ekanliklari bashorat qilingan o‘n sahobadan biri. Janob Rasulullohning ammalarining o‘g‘li. To‘liq ismlari Abu Abdulloh ibn al-Avvom ibn Xuvaylid al-Asadiy al-Qurashiy. 12 yoshlarida islomga kirganlar. Badr, Uhud, Yarmuk, al-Jobiya, Jamal va boshqa ko‘pgina g‘azotlarda qatnashganlar. Olloh taolo yo‘lidagi janglarda ko‘p jarohatlanganlaridan ko‘kraklari o‘ydim-chuqur bo‘lib ketgan edi. Bo‘ylari balandligidan ot minsalar, oyoqlari yerga tegib qolar edi. 38 ta hadis rivoyat qilganlar. 34-hijriy (656-milodiy) yili shahid bo‘lganlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 01:50:25

Ikrima ibn Abu Jahl — sahoba. To‘liq ismlari Ikrima ibn Abu Jahl al-Maxzumiy al-Qurashiy. Ko‘p g‘azotlarda qatnashganlar,14-xijriy (634-milodiy) yili Yarmuk jangida shahid bo‘lganlar.

Imron ibn al-Husayn — sahoba, ulamo. To‘liq ismlari Abu Najid Imron ibn Husayn ibn Ubayd al-Xuzo’iy. 130 ta hadis rivoyat qilganlar. 52-hijriy (672-milodiy) yili vafot etganlar.

Ka’b ibn Adiy — sahoba. To‘liq ismlari Ka’b ibn Adiy ibn Sa’laba al-Ibidiy at-Tanuxiy. Misrning fath etilishida ishtirok qilganlar. 25-hijriy (645-milodiy) yili Misrda vafot etganlar.

Ka’b ibn Ujra — sahoba To‘liq ismlari Ka’b ibn Ujra ibn Umayya. Kunyalari — Abu Muhammad. 47 ta hadis rivoyat qilganlar 5-xijriy (677-milodiy) yili Madinada vafot etganlar.

Matar ibn Ukomis — sahoba. To‘liq ismlari Matar ibn Ukomis as-Sulamiy. Bir necha hadis rivoyat qilganlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 01:50:43

Nu’mon ibn Bashir — sahoba, amir. To‘liq ismlari An-Nu’mon ibn Bashir ibn Salaba ibn Sa’d al-Ansoriy al-Xazrajiy. Onalari — Abdulloh ibn Ruvohaning singlisi bo‘lmish Amra binti Ruvoha. Kuplab hadislar rivoyat qilganlar. 64-hijriy (682-milodiy) yili o‘ldirilganlar.

Sa’id ibn Jubayr — faqih, muhaddis. To‘liq ismlari Abu Abdulloh Sa’id ibn Juyayr ibn Hishom al-Asadiy. Asli Habashistonlik. 45-hijriy (665-milodiy) yili dunyoga kelib, 95-hijriy  yili shahid bo‘lganlar.

Safvon al-Jumahiy — sahoba. To‘liq ismlari Abu Vahb Safvon ibn Umayya. 3 ta hadis rivoyat qilganlar. Yarmuk g‘azotida shahid bo‘lganlar.

Sumoma ibi Adiy — sahoba, amir. Badr jangida katnashganlar. 40-hijriy (660-milodiy) yili vafot etganlar.

Suroqa ibn Ja’sam — sahoba. 9 ta hadis rivoyat qilganlar. 24-hijriy (645-milodiy) yili vafot etganlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 May 2009, 01:51:00

Uboda ibn as-Somit — sahoba, qozi. To‘liq ismlari Uboda ibn as-Somit ibn Qays al-Ansoriy al-Xazrajiy. Kunyalari — Abulvalid. Badr jangi va boshqa g‘azotlarda qatnashganlar. 181 ta hadis rivoyat qilganlar. 38-hijriy (654-milodiy) yili vafot etganlar.

Ummu Harom — cahoba (ayol). To‘liq ismlari Ummu Harom binti Milhon ibn Xolid ibn Zayd an-Najjoriyya al-Ansoriyya. Erkaklar bilan birga ko‘p g‘azotlarda ishtirok etib, jang qilganlar. Kipr orolini fath etishda qatnashganlar. 27-hijriy (647-milodiy) yili vafot etib, o‘sha yerga dafn qilinganlar.

Ummu Honi’ — Janib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning amakilari bo‘lmish Abu Tolib Abdumanofning qizlari. 46 ta hadis rivoyat qilganlar. 40-hijriy (660-milodiy) yili vafot etganlar.

Uqba ibn Omir — sahoba. Misr voliysi, amirulbahr (admiral), Qur’oni Kariymni jamlashda jonbozlik ko‘rsatgan zotlardan biri. Misrni fath qilishda qatnashganlar. 55 ta hadis yozib qoldirganlar. 58-hijriy (678-milodiy) yili vafot etib, Qohiradagi Uqba ibn Omir masjidi yoniga dafn qilinganlar.

Qays ibn Aboya — sahoba, g‘oziy. Badr jangida, Shomni fath qilishda ishtirok etganlar. 45-xijriy (665-milodiy) yili vafot qilganlar.

Qays ibn Sa’d — sahoba, alambardor. Misr voliysi. Ko‘p g‘azotlarda ishtirok etganlar. 16 ta hadis rivoyat qilganlar.

Hakim ibn Hizom — sahoba. Mo‘minlar onasi bo‘lmish Xadicha raziyallohu anhoning akalarining o‘g‘li, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning do‘stlaridan biri. 40 ta hadis rivoyat qilganlar.

Qayd etilgan



AbdulAziz  07 Iyun 2009, 01:04:32

Al-Jome' as-sahih. 4-jild



Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 1,15 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan