Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu hurmatli ijodkorlar.
Sizlarning bu qilgan savobli ishlaringiz uchun, Ollohdan sizlarga yaxshiliklar tilayman.
Bilasizmi,bu ishingiz bilan, bizdek musofirlarning orzusini ro'yobga chiqishiga qanchalik yordam berganizni.
Man anchadan beri Qur'oni Karimni mutoala qilishni orzu qilib yurardim, Ollohga shukronalar bo'lsinki, manga bu ne'mat nasib etdi. Sizlarning bu tarjimangiz manga o'xshab Qur'oni Karimni o'qishni orzu qiluvchi,lekin imkoni yo'q musofirlarga juda katta yordam beradi,inshalloh.
Manda kichkinagina zig'irdekkina tanqidcham bor. Bundan umuman xafa bo'lmanglar iltimos,buni keyingi ishlaringizda qaytarmasligizni xoxlardim,hurmatli sahifa teruvchilar.Bu imloviy xatolar to'g'risida. Ayrim joylarda buni uchratish mumkin.
Yana bir bora tashakkurlar.