Muallif Mavzu: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang  ( 24374 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Nodi

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Ayol
  • Nodira Shomurodova
Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« : 18 Sentyabr 2006, 04:41:39 »
Qachonlardir Biz albatta BAXTLI bo'lamiz!

Nodi

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Ayol
  • Nodira Shomurodova
Re: Missionerlar
« Javob #1 : 18 Sentyabr 2006, 04:42:06 »
Hidoyat.uz da hususan mavzuga tegishli kitob "INJIL BASHORATI"

http://hidoyat.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=103&Itemid=46
Qachonlardir Biz albatta BAXTLI bo'lamiz!

Nodi

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Ayol
  • Nodira Shomurodova
Re: Missionerlar
« Javob #2 : 18 Sentyabr 2006, 04:42:52 »
AbdulAziz:

Agar rostgo'y bo'lsangizlar
http://islam.ziyouz.com/Articles/rostguy1.html

Ushbu suhbat ham xristian missionerlari haqida bo'lib, "Hidoyat" jurnalisdan olingan.
Qachonlardir Biz albatta BAXTLI bo'lamiz!

Nodi

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Ayol
  • Nodira Shomurodova
Re: Missionerlar
« Javob #3 : 18 Sentyabr 2006, 04:43:21 »
Abu Muslim:

Agar rostgo'y bo'lsangizlar
kitobining kiril imlosidagi nushasi Abdulaazizdan olingan ;D
http://muslim-uz.narod.ru/rostgoy.htm
Qachonlardir Biz albatta BAXTLI bo'lamiz!

Nodi

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Ayol
  • Nodira Shomurodova
Qachonlardir Biz albatta BAXTLI bo'lamiz!




Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #9 : 11 Noyabr 2007, 22:12:58 »
Assalamu alaykum
Allohga ham va Uning Rasuliga (s.a.v) salovotu-salomlar aytgandan so'ng sizlarga murojat etmoqdaman.
Alloh O'zining Kalomida
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا قُوا أَنفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَاراً وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلَائِكَةٌ غِلَاظٌ شِدَادٌ لَا يَعْصُونَ اللَّهَ مَا أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ   

 Ð­Ð¹ иймон келтирганлар! Ўзингизни ва аhли аёлингизни Ñ‘qилg'иси одамлару тошдан бўлган ўтдан саqланг. Унинг тепасида qўпол, дарg'азаб фаришталар бўлиб, улар Аллоhнинг амрига исён qилмаслар ва нимага буюрилсалар, шуни qилурлар.
(Tahrim sura, 6-oyat)

Bas, har bir musulmon o'zini va o'z yaqinlarini jahannam otashidan saqlashi lozim ekan. Siz azizlarga ham atrofimizdagi o'zimizga yaqin bo'lganlarni va barcha yoru-birodarlamizni hozirgi kunimizda keng ildiz otib borayotgan missionerlar tuzog'idan hammamiz o'z yaqinlarimizzi ogohlatirib yursak va o'zimiz ham ogoh bo'lib yursak maqsadga muvofiq bo'lardi deya o'yliman.
Missioner iborasini ilk eshitganlar bular kimlar degan savol tug'ilishi tabiiy.

Missionerlar hozirgi kunimizdagi sodda dil o'zbek halqining islom dinidan chiqarib o'z diniga (hristian), turli bahonalar bilan kirgizadigan nobakorlardir.

InshaAllah bu mavzu bo'yicha ular haqida infolar, ularga qarshi maqolalar qo'yib boramiz shoyadki najot topuvchi kishilardan bo'lsak.

 

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #10 : 11 Noyabr 2007, 22:53:52 »
Хўш, миссионеелар кимлар, уларнинг маќсадлари ва “даъват” ќилаётган нарсалари нима???

“Сиртдан ќўй оѓзидан чўп олмайдиган бўлиб кўринган бу миссионерлар, аслида кўпни кўрган, ишбилармон, илоннинг ёѓини ялаган уддабуронлардир. Улар баъзи соддаларга ўхшаб, иш режаси ва низомини кўтариб рўйхатдан ўтказишни сўраб давлат идораларига бормайдилар. Аввало вазиятни, кишиларни, амалдорларни, уларга чиќиш йўлларини яхшилаб ўрганадилар. Кейин эса аста секин инсоний ёрдам, тиббий хизмат, хайру эћсонга ўхшаш нарсалардан гап очадилар. Ќўлидан иш келадиганларга “совѓалар” уюштирадилар. Ўз юртларига олиб бориб ўйнатиб келадилар. Ќарабсизки, ўша миссионернинг ташкилоти расмий рўйхатдан ўтиб турибди-да. Аста-секин у ер, бу ердан одамларни тўплаш бошланади, оддий сућбат, чой ичиш, видио филъм кўриш, кичкинагина совѓа ва совѓага ќўшиб, сућбатдошнинг она тилидаги миссионернинг дини ћаќидаги китоб берилади. Китобнинг сўнгида тушунмай ќолса, сўраб суриштириш учун телефон раќами ёки адрес албатта кўрсатилган бўлади. Икки-уч марта шунга ўхшаш сућбат ва совѓалардан кейин ќарабсизки етти отаси мусулмон бўлиб келган бир шахс хиристиан, киришначи ёки буддачи бўлиб турибди-да. Янги динга, янги аъзо бўлган киши кўпроќ савоб топиши керак, дейди миссионер, ўзининг янги мухлисига. “Бунинг энг осон йўли, оила аъзоларингни, яќин кишиларингни динимизга чаќиришинг. Агар ћар ћафта биттадан янги одам олиб келсанг, савобнинг тагида ќоласан. Кўчада юрганингда ћам бекор юрма, мана бу китобчалардан ўзинг билан олиб юр. Дўкон, бекатга ўхшаш одамлар кўп бўладиган жойларга битта-битта ташлаб ќўй. Одамларнинг остонасидан ичкарига ташлаб ќўйсанг яна ћам яхши бўлади”, дейди. Ќарабсизки ўзимиздан чиќќан иймонфуришлар, ўзимизни бузишга жон-жаћди билан уриниб ётибди-да. Ўз атрофида етарли гумашталарни тўплаб олган миссионерлар кичкина эълон чиќаради. Фалон жойда, фалон соатда дўстлик учрашуви бўлади. Барномада турли кўнгил очди ўйинлар, раќс, фильм. Хоћловчилар марћамат ќилсин. Аммо, барнома сўнгида албатта роћибнинг ваъзи бўлиши, матбуот тарќатилиши аниќ бўлганидан уни ёзмаса ћам бўлаверади. Аста секин бундай учрашувлар одат тусига киради. Кичикроќ бир жой ижарага олинади. Кейин сотиб олинади. Охири бориб ибодатхона ќурилади. Ћозирда асли мусулмон бўлган кишилардан Туркистонимизнинг ўзида бир неча роћиблар ќирѓиз, ўзбек ёки бошќа черковларини бошќармоќдалар.“ (Шайх Мућаммад Содиќ Мућаммад Юсуф. Миссионерлар фаолияти)

http://www.hilol.com/index.php?option=com_content&task=view&id=41&Itemid=29

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #11 : 12 Noyabr 2007, 00:21:11 »
МИССИОНЕРЛИК XАРАКАТИНИНГ КИРДИКОРЛАРИ
http://www.hilol.com/index.php?option=com_content&task=view&id=55&Itemid=1


Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #12 : 12 Noyabr 2007, 00:38:35 »
“Rojdestvo”- qanday bayram?


Nasorolar tomonidan har yili nishonlanadigan ajablanarli bayramalardan biri bu “Rojdestvo” dir, yani Iso a.s tug’ilgan kuning nishonlashlari.
Ammo, negadir nasorolar Iso a.s tugilgan kunining aniq bir kunda o’tkazishmaydi. Ba’zilar 25-dekabrda nishonlashsa, ba’zilari 6- yoki 7-yanvarda nishonlashadi yana boshqa birovlari 24-,25 aprel deyishsa yana bir guruh toifasi 25 mayda deyishadi, bularning orasida 18-noyabr va 28-mart kuni edi deydiganlar ham talaygina topiladi. Hosh bu ma’lumotlarning qay biri to’g’ri, va bularning qay biriga ishonish lozim?!
Ularning “muqaddas” kitoblari bo’lmish, to’rt injilda ham, kanon kitobiga* kiritilgan maktubda ham, muqaddas havoriylar tomonidan yuborilgan habarlarda ham Iso a.s tug’ilgan oy va kun haqida biron bir aniq bir ma’lumot yo'q. Unday bo’lsa hozirda nasorolar tomonidan har yili nishonlanayotgan bu bayram qayerda keldi?! Bunga o’xshagan savollar nafaqat musulmonlarni balki nasorolarni ham o’ylantirib qo’yishi tabiiy. (*“Kanon” kitobi eski Ahdagi Muso a.s kitobi bo’lib, beshta kitobni o’z ichiga olgan, bular: Bitiye-Ibtido, Ishod-Chiqish, Levit-Levit, Chisla-Sonlar va Vtorozakonie-Ikkinchi qonunlar yoki Sahrolaram deyiladi)
Hristianlarning birinchi obro’li shahslaridan bolgan Klement Aleksandriy bu hususda quydagilarni yozadi: “Vasilidianliklar, Iso a.s to’g’ilgan kunini, misrliklar farmuti deya nomlaydigan oyning yoki 24, yoki 25- kunida tavallud topgan deya hisoblashadi”(farmuti oyi esa aprel oyiga to’gri kelgan). Boshqa hristian sektasi, Iso a.s tavallud kuni haqida, “U(Iso), Avgust Cezar hukumronligining 28-yilida, pahon oyining 25-kunida(bu 20-mayga to’gri keladi) tug’ildi” deyishadi.  423-yilda Kiprian tomonidan yozilgan habarlarda Massih tug’ilishini 28-martga to’girlashgan. Klematning o’zi esa Iso a.s tug’ilgan kun 18-noyabr deydi.
Dj.Robertsonning yozishicha: “Ko’plab sektalar, uzoq vaqt mobaynida tug’ilgan kunni 24- yoki 25- aprelda deya uqtirishgan, keyichalik boshqalar tomonidan 25-mayga o’tkazilgan. Asrlar mobaynida g’arb cherkovlari bu kunni 6-yanvarda nishonlashgan”
Kezi kelganda shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki birinchi uch asrda cherkov tomonidan Iso a.s tug’ilgan kuni nishonlanmagan edi, bu aslida yunon-rum mushriklari udum-ananasi bo’lib keyinchalik hrisianlar udumiga aylanib ketgan. Katoliklar, avvalgi yillarda tug’ilgan kun bayrami 6-yanvarda nishonlangan deya bong urishadi, 353-354 yillarda papa Leberii tug’ilgan kuni 25-dekabrga o’tkazgan.
Hozirgi kunimizdagi malum va mashxur “rojdestvo” iborasi XI-asrdan keyin ishlatilgan.
Darhaqiqat, O’rtayerdengizida 25-dekabr juda ham muhim kun hisoblangan, hali hristianlar paydo bo’lmasdan oldin ham bu kun yani 25-dekabr muqaddas hisoblangan. Qadimgi odamlar, barcha quyosh hudolari tahminan shu kunda(bir-ikki kun farqi bilan) tavallud topgan deya o’zlarini ishontirishgan. Mitra(persiya quyosh hudosi) 25-dekabrda tug’ilgan deyishadi, qolaversa Isida va Osiris, Gor va Apolon ham yilning 362-kunida tavallud topgan deyishadi yani dekabrning ohirgi haftasida. O’sha paytda, yerning turli burchaklaridagi  ko’plab mushriklar, shuningdek Hitoyda, Hindistonda, Misrda, qadimgi Yunonistonda, Rimda, Olmoniyada, Skandinaviya, Britaniya, Irlandiya va Amerikalarda bu kun muqaddas deya hisoblangan. Mayli bu boshqa mavzu, kezi kelganda bu bilan ham tanishib chiqamiz inshaAlloh.
Yuqorida hristianlarning “muqaddas” kitoblarida Iso a.s tug’ilgan kuni haqida aniq bir habar kelmagan deb aytib o’tdik.
 Faqatgina ikkita injilda yani Matt ova Luqo injilidagina qisqagina ma’lumot bor ammo bu ham Iso a.s tug’ilgan kunning aniq bir kunda ekanligiga oydinlik kirita olmaydi. Luqo o’sha  Iso a.s tug’ilgan tunni quydagicha eslaydi: “O’sha tunda ochiq osmon ostida, ovulda poda boqib yurgan  choponlar oldida, farishatalar paydo bo’lib ularga, Iso a.s tug’ilishini aytdi”. (Luqo 2: 13,14)
Qisqagina ma’lumot orqali biz Iso a.s tug’ilgan kunni tahmin qilamiz. Luqo tomonidan aytilgan jumlada choponlar oldida farishtalar paydo bo’lgani aytilmoqda. Demak, agar biroz fikrni bir joyga jamlab o’ylab ko’radigan bo’lsak, hech mahal ayni qish va ayoz kunlari hisoblanadigan kunlar bo’lmish 25-dekabr yoki 6-7- yanvarda choponlar poda boqib yurishmaydi.
Bu haqda britaniya enciklopediyasi quydagilarni yozadi:
“25- dekabrning Iso a.s tug’ilgan kuni deya qabul qilish juda ham qiyin. Vaholanki bu payt Isroil uchun juda ham yomg’irli mavsum hisoblanadi. Bunday paytda Vifleem dalalarida kechasi, na podalar va na choponlar yura oladi”.
Musulmonlar bu haqda Quronda nima deyilgan ekan, deya o’ylashlari tabiiy. Alloh, Quronda Iso a.s tug’ilishlarini bizlarga shunday bayon qiladi:
“Og’ir to’lg’oq Maryamning hurmo yoniga kelib, uning shohiga osilishga majbur qildi va alamdan dedi: “Koshki edi mana shundan avval o’lsam va odamlar yodidan unutilib ketsam. Shu onda Maryamga tagidan nido keldi, yani hafa bo’lma, parvardigoring tagingdan suv chiqardi. Ushlab turgan hurmo darahtini o’zinga silkitgin, senga pokiza mevasidan tashlaydi, undan yeb, suvidan ichib, ko’zing yorisin” (Maryam surasi, 23-25 oyatlar)
Oyatlarda hurmo darahti o’z mevasini Maryam onamizga tashlashini aytilmoqda. Vaholanki, hurmo mevasi na 25-dekabrda va na 6-7-yanvarda pishgan bo’ladi, ayniqsa Baytlahm kabi joylarda. Shuningdek choponlar ham otarni qishda boqishmasligi hammamizga ma’lumdir. Shulardan kelib chiqib Iso a.s, nasorolar ta’kidlagandek qish yoki bahor oylarida emas, balki yozning ohirida yoki kuzning boshlarida tug’ilgan deya tahmin qilamiz.

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #13 : 12 Noyabr 2007, 00:39:19 »
Iso a.s hochga mihlanish haqida afsona

Hristianlarning deyarli hammasi Iso (a.s)ning hochga mihlanganliklarini bir ovoz ila tastiqlaydilar, ularning etiqodlari bo’yicha agar hochga mihlanish bo’lmasa: hochning muqaddasligi, kishilar gunohirga qurbon bo’lish, pasxa kabi boshqa bir amallar manisizdek tuyuladi va bu afsonaga o’zlarini va o’zgalarni ham ishontirishga harakat qilishadi. Yangi Ahdning aksari qismida ham aynan mana shu afsona joy olgan.
Keling turli hil Injillarning ichki guvohliklariga nazar solamiz, orasidagi farqlar va bir biriga zid bo’lgan jumlalarning guvohi bo’lamiz.
Bizning hristian do’stlarimiz Iso a.s tomonidan aytilgan turli hil bashoratlarni tinimsiz ravishda bizlarga aytishadi va o’sha bashoratlar amalgam oshganini ham tastiqlashadi. Shulardan biri: Iso a.s o’z atrofidagilarga, o’zining hochga mihlanib o’ldirilishini va uch kundan so’ng qayta tirilishini  aytganini Matto o’zining Injilida quydagicha bayon qiladi: “…Bu yovuz va subutsiz nasl dalil izlayapti, lekin Yunus payg’ambarning alomatidan boshqa unga dalil berilmaydi. Yunus paygambar uch kunu uch tun kit qornida bo’lgani kabi Inson O’g’li ham huddi shunday uch kunu uch tun yer bag’rida bo’ladi ”(Matto, 12:39-40)
Buning keyinchalik boshqa Injil sohiblari ham tasdiqlashadi yani Luqo, Yuhanno, Mark va Matto. (Mark 8:31 va 9:31, Yuhanno 2:19-21, Matto 16:21, 17:22-23, Luqo 9:22)
Endi Eski Ahdga, Yunus a.s kitobiga e’tibor beradigan bo’lsak:
“Hudovand katta kitga Yunusni yutib yuborishini amr etdi va U kitning ichida uch kechayu uch kunduz qoldi”.
Eski Ahddagi habarlarida ma’lum bo’lishicha Allohning amri ila kit Yunus a.sning yutib yuborganini va uch kechayu uch kunduzdan so’ng, Alloh amri ila yana qaytib chiqgan. Iso a.s ham huddi Yunus a.s bilan sodir bo’lgan mo’jiza sodir bolishini va Yunus a.s kabi uch kunga yer ostida bo’lishini ta’kidlamoqda yani Iso a.s huddi Yunus a.s kabi uch kun, yanayam aniqrog’i 72 soat muddatga yer qariga kirishini o’z atrofidagilariga bashorat qilmoqda.
Injilda Iso a.sning Juma kuni vafot etganini yani juma kuni hochga mihlanganini aytilgan. Iso a.s shogirlar U kishining vafot etgan kun juma kuni ekanligini quydagicha izohlashadi. Mark : ”…Shuning uchun juma kuni edi, yani shanbadan oldingi kun” (Mark 15:42). Matto: “Ertasi kuni, jumadan keyingi kuni birinchi ruhoniy va fariseylar shoh Pilat oldiga yig’ilishdi” (Matto, 27:62). Yuhanno: “Aynan o’sha payt juma kuni edi…”(Yuhanno, 19:31). Juma kuni hochga mihlanagan vaqt ham turlicha, Mark o’sha paytda soat uch edi desa, Luqo soat oltida ekanligini uqtiradi, Matto esa to’qqiz edi deydi. Nasorolar Iso a.s juma kuni azoblashgan, qiynashgan va vafot etgan deb bu kunni "Starastnaya pyatnica" deyishadi va buni yilda bir nishonlashadi.
Bu jumlalar hochlanish juma kuni bo’lganligini tasdiqlaydi. Endi bashorat bo’yicha qayta tirilish lozim bo’lgan, qayta tirilish qachon bo’lganligiga hristianlarning Injiliga murojat etamiz. Matto: “Shanba o’tgandan keyin, haftaning birinchi kuni tong saharda Mariya Magdalena va boshqa Mariya qabrni ko’rish uchun kelishdi” (Matto 28:1). Mark: “Juda ham erta hali quyosh ham chiqmagan edi va bu haftaning birinchi kuni edi” (Mark 16:2). Luqo: “Haftaning birinchi kunidayoq  juda ham erta ular qabr oldiga kelishdi” (Luqo 24:1). Yuhanno ham yuqoridagilarni tasdiqlab : ”Haftaning birinchi haftasi tongda Mariya qabr oldiga keldi” (Yuhanno 20:1). Bu habar va jumlalarini insof ila qarab chiqsak qayta tirishilish yakshanba kuniga to’g’ri kelyapti. Hosh, agar biz diqqat bilan Injilni ko’rib chiqsak, hayratimiz ortgan holda Iso a.sning o’z atrofdagilari oldida aytan bashoratlari yuzaga chiqmayapti. Chunki Iso a.s juma kuni hochga mihlangan bo’lsa juma kunini kechki paytidan hisoblaydigan bo’lsak, yakshanba tongigacha ikki kechayu bir kunduz bo’lyapti yani Iso a.s o’z atrofdagilari oldida qilgan bashoratning yarmi tahminan 36 soatga to’g’ri kelyapti holos.Mayli juma kunini ham to’liq bir kunga hisoblasak unda ikki kechayu ikki kunduz bo’ladi, hosh aytingchi ikki kechayu ikki kunduz, uch kechayu uch kunduz o’rniga o’ta oladimi??? Albatta yo’q! Ammo negadir hristianlar hech bir asossiz ikki kun uch kun o’rnida o’tishni ta’kidlashadi. Hozirgi kunimizdagi o’zlari tomonidan “Muqaddas”lashtirib olingan “Injil”lardan bu kabi amalgam oshmagan bashoratlar kerakligicha topiladi.
Yangi Ahdagi hochlanish tarihini ko’rib chiqadigan bo’lsak biri biriga zid bo’lgan jumlalarga duch kelinadi va bu hochga mihlanish aslida bo’lmaganligini, aslida esa bu insonlar tomonidan o’ylab topilgan afsona ekanligini ochiqdan ochiq guvohi bo’lish mumkin, shuningdek “Injil” asoschilarining birortasi ham ikkinchisini fikri also tastiqlamaydi.
Mark “Injil”ning asosiy omili va asoschilaridan hisoblanadi, aynan o’sha Markning hochga mihlanish va qayta tirilishga atalib yozilgan bobi mavjud. Biroq hozirgi izlanuvchilar ushbu bobning 12ta jumlasining(oyat) zaif habarlar deya inkor qilishdi. Bu kabi afsonalar bo’rtirilgan holda Matto, Luqo va kengaytirilgan holda naqd ikkita to’liq bo’limlarda Yuhanno Injillarida ham mavjud.
Yuqorida ta’kidlab o’tkanimizdek “Injil” asoschilarining birortasi ham ikkinchisini tastiqlamaydi keling bu ziddiyatlarini biroz kengaytiriligan holda ko’rib chiqamiz

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #14 : 12 Noyabr 2007, 00:40:58 »
1.   Injilning ilk uch mulalliflari Iso a.s hochini Simon ismli kimsaga ko’tarishga majbur etishgan aytishgan (Mark 15:21-22, Matto 27:32, Luqo 23:36 qarang), Yuhanno esa ularning inkor etgan holda: “U o’zining hochini ko’targan holda, Lobnoye (Boshning suyagi) nomli joyga, yahudilar tilida  Golgofa nomli joyga keldi”(Yahanno 17:19)
2.   To’rt Injil sohiblari hochdagi yozuvni turlicha e’tirof etishadi. Mark: “Ibroniy shohi”(Mark 15:26) degan yozuv bor edi desa, Matto: “Bu Iso, Ibroniylar shohi”(Matto 27:37) deydi, Luqo: ”Bu Ibroniylar shohi”(Luqo 23:38) , Yuhanno esa: “Nazariyalik Iso, ibroniylar shohi” (Yuhanno 19:19) deydi. Hochdagi bu qarama qarshi yozuvlar, bizlarga Injil sohiblarining birortasi ham hodisa guvohi bo’lmaganini, aslida bu jumlalar atrofdagilarni uzun-quloq gaplariga asoslanib yozilganini anglatadi. Darhaqiqat, kishining shubhalrini tarqatib, Matto o’zini Injilida quydagilarni yozadi: “ Shu payt Uning(Isoning) shogirdlari Uni tashlab qo’chib ketishdi” (Matto 26:56), shuningdek Mark ham o’zining Injilida Matto so’zlarini tasdiqlaydi (Mark 14:50 qarang).
3.   Shu kabi qarama qarshiliklar Iso a.s hochga mihlanganda bo’lib o’tgan voqealarda ham kuzatiladi. Matto o’zining Injilida, yer yuzini zulmat qoplaganini, ibodathonaning muqaddas pardalari ikkiga bo’linib ketganligini, yer qimirlaganini, tog’lar maydalanib ketganligini, qabrlar ochilib, ko’plab ziyoli kishilar qabrlardan tirilganini ta’kidlaydi. Mark faqatgina yer yuzini zulmat qoplaganini va ibodathona pardalari pastdan yuqoriga qarab yirtilib ketganini aytadi holos. Luqo esa, quyosh yuzini bulut qoplaganini, yer yuzini zulmat qoplaganini va pardalar o’rtasidan bo’linib ketganini aytadi. Yuhanno esa o’zining Injilida bu hodisalar haqida lom-mim demagan.(Matto 27:45, 51-53; Mark 15:33, 38; Luqo 23:44-45)
4.   Shuningdek Iso a.s hochga mihlangan vaqtda ham ziddiyatlar mavjud. Mark o’sha paytda soat uch edi desa, Luqo soat oltida ekanligini uqtiradi, Matto esa to’qqiz edi deydi. (Mark 15:25, Matto 27:46, Luqo 23:44)
5.   Markning nazdida Iso a.sning ohirgi kechasi yahudiylarning pasxa kechasi edi desa, Yuhanno esa pasxa kechasi emas balki, pasxa kechasidan oldin edi deya ta’kidlaydi (Mark 14:12-17, Yuhanno 13:1,2).
6.   Mayli biz Iso a.sning hochga mihlanganini qabul etsakda uning hochda vafot etganini hristianlar harchand kuyib-pishib bizlarga aytishmasin biz Iso a.sning hochda vafot etganini aslo qabul qila olmaymiz. Birinchi uch Injil sohiblari Iso a.sning hochda vafot etganini aytishadi ammo to’rtinchi Injil sohibi Yuhanno ularga raddiya beradi. Yahudiylar odati bo’yicha shanba kuni ular uchun muborak kun hisoblanadi, ularni urf-odatlari bo’yicha hochlarga osilgan qurbonliklar shanba kuniga qolmasligi lozim, shuning uchun ham ular Pilat oldiga borib ularga o’z arzini aytishga musharraf bo’lishadi, ular Pilatga hochga mihlanagan Isoni hochdan olib dafn etilishini agar ertangi kunga qolib ketsa odatlariga hilof ish bo’lishini aytishadi va shoh Pilat roziligini olishadi. Yahanno o’zining Injilida quydagilarni bayon qiladi: “…Shunga qaramasdan askarlardan biri Isoning ko’kragiga(biqiniga) nayza sanchdi va “shu dam jarohat joyidan qon va suv otilib chiqdi” (Yuhanno 19:34). Bu habar nafqat musulmonlarni balki hristianlarni o’zlarini ham ajablantiradi. Chunki inson tanasidan qon va suv chiqar ekan, uning yurak urishi hali ham davom etayotganini habar beradi, agar yurak urayotgan bo’lsa demak inson hali tirik bo’ladi. Shuni ham alohida urg’u bilan ta’kidlab o’tish lozimki Iso a.sning jumboqli o’limi bir necha soatda amalga oshganini aytishadi yani Iso a.s hochga mihlangandan keyin hech qancha muddat o’tmasdan vafot etgan deyishadi, vaholanki hochga mihlangan kishi eng kam muddatda ikki, uch kun mobaynida vafot etadi (ustiga ustak o’sha paytda yahudiylar tomonidan kuzatilganda qolgan hochga mihlanib qurbon bo’lganlar hali ham tirik bo’lishgan).
7.   Endi dafn marosimidagi ziddiyatlarga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak, Matto o’zining Injilida, yahudiylar Pilatga qabr oldiga qo’riqlab turish uchun soqchi qo’yish lozimligini, sababini “Uning (Isoning) shogirdlari kechasi kelib Uni o’g’irlab ketib qavmga “U o’liklar ichidan qayta tirildi” deya aytmasin” deya aytishadi va ular soqchi yuborib qabr toshiga muhr qo’yishdi” deydi, negadir qolgan Injilchilar bu haqda indashmagan.
8.   Matto: “Haftaning birinchi kuni tong saharda Mariya Magdalena va boshqa Mariya qabrni ko’rish uchun kelishdi” desa, Mark: ”Quyosh chiqish arafasida qabrni ko’rish uchun Mariya Magdalena, Mariya Iakovleva va Salomiya kelishdi” deyidi (Mark 15:46). Luqo: “Erta tongda jasadga atirmoy surtish uchun Galyelyeyadan ayollar kelishdi” deydi (Luqo 24:4). Yuhanno: “U yerga Mariya Magdalena juda ham erta bordi va u bir o’zi edi” deydi.(Yuhanno 20:1).
9.   Matto o’zining Injilida quydagilarni bayon qiladi: “….Osmonlardan tushgan farishta,  qabr eshigiga suyab qo’yilgan toshni olib qo’yib, uning(toshning) ustida otirgan edi”(Matto 26:2). Mark esa: “Farishta qabrning ichida va o’ng tomonida o’tirgan edi” deydi (Mark 16:5). “Tovlanib turadigan kiyim kiygan ikki farishta ayollar oldida namoyon bo’ldi (yani ular o’tirmagan balki tik turgan edi)” deya Luqo o’z so’zini tasdiqlaydi (Luqo 24:4). “Mariya Magdalena  ikkita farishtani ko’rganini va ulardan biri qabrning bosh tomonidan ikkinchisi oyoq tomonida o’tirganini” aytgan Yahanno masalani yanada chigallashtiradi.(Yuhanno 20:12).
10.   â€œIkkala Mariyaga Massih qayta tirilganini, farishta aytganidan so’ng  ular u yerni tark etganini” Matto bizlarga habar beradi (Matto 28:6,7). Mark ham Matto so’zlarini tasdiqlab Masih qayta tirilganini ayollarga farishta habar berganini aytadi, Luqoning so’zlari bo’yicha  Iso a.sning qayta tirilganini ikkita farishta aytgan.(Mark 16:5,6, Luqo 24:4,6) Yuhanno esa aksincha Mariyaga Iso a.sning qayta tirilganini farishtalar emas balki Iso Massihning o’zi aytgan deydi (Yuhanno 20:16,17).
11.   Matto ikkala Mariyaga farishtalar quydagi gaplarni aytaganini o’zining Injilida bayon qiladi: “Tezroq boringlar, U(Iso) o’liklar orasidan qayta tirilganini va sizlarni Galyelyeyada kutadi deb Uning(Isoning) shogirdlariga aytinglar: u yerda sizlar Uni ko’rasizlar: mana buni men sizlarga aytdim” (Matto 28:7). Keyingi ikki jumlalarda bu jumlaning umuman aksi bo’lgan habarlarning guvohi bo’lamiz. “Ular Uning(Isoning) shogirdlariga habar berish uchun ketayotgan edi, ularni Iso qarshi olib ularga: Hursand bo’linglar! dedi, ular Unga yaqinlashib kelib, Uning oyoqlarini quchib, Unga ta’zim etishdi. Shunda Iso a.s ularga: qo’rqmanglar, boringlar, Mening birodarlarimga habar berib, Galyelyeyaga borishlarini aytinglar va u yerda ular Meni ko’rishadi” (Matto 28:9,10). Keyinroq yana Mattoning o’zi: “Iso tayinlagan Galyelyeyadagi tog’ga uning 11 (o’n bir) shogirdi borishdi, u yerda Uning ko’rishdi va  Unga ta’zim etishdi”Matto 28:16). Yuhanno bo’lsa bo’lgan voqeyaning  umuman o’zgacha versiyada izohlaydi “O’sha, haftaning birinchi kunidagi kechada (Iso a.s qabrdan chiqqan kunda), Uning shogirdlari jam bo’lgan uyning eshiklarini, yahudiylardan qo’rqib berkitilgan edi. Iso keldi va ularning o’rtalarida turib: “Sizlarga salomlar bo’lsin” dedi” (Yuhanno 20:19).  Bu jumlalardan shunisi ma’lumki Mattoning so’zi bo’yicha Uning o’n bir shogirdi Galyelyeyaga tog’ga Iso a.sning ko’rish uchun borishgan. Chunki, uchrashuvni Iso a.sning o’zi belgilagan edi. Biroq Yuhanno so’zlari bo’yicha ular tog’da emas balki panaroq joyda ko’rishgan va yig’ilishgan uyning eshiklarini, yahudiylardan qo’rqib berkitib olishgan. Shuni ham inobatga olish lozimki Yuhanno ham Matto ham Iso a.s bilan ko’rishgan shogirdlar orasida bo’lishgan, agar shunday bo’lsa hosh bularning qay biri haq?? Luqo esa Mattoning ham Yuhannoning ham gaplarini inkor etadi. Bu ikkala shogird bilan Iso a.s, Yerusalimdan unchalik uzoq bo’lmagan Emmaus qishlog’ida ko’rishganini, undan so’ng qolgan 11(o’n bir) havoriylar bilan Yerusalimda ko’rishganini aytadi.(Luqo 24:13-16, 28-31, 33-36)

 

Diqqat tanlov!!!

Muallif AbdulAzizBo'lim Dizayn

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 9332
So'nggi javob 17 Mart 2011, 23:16:31
muallifi Abdullоh
Seen nick yoki diqqat, qidiruv!

Muallif ikbaljohnBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 1371
Ko'rilgan: 428883
So'nggi javob 15 Dekabr 2017, 09:02:24
muallifi NANO
Diqqat, xorijdagi hamyurtlar !!!Ehtiyot bo'ling

Muallif jadidmuslimBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4295
So'nggi javob 10 Iyul 2009, 17:50:38
muallifi jadidmuslim
Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?

Muallif AnsoraBo'lim Turk tili va adabiyoti

Javoblar: 27
Ko'rilgan: 15874
So'nggi javob 07 Fevral 2012, 11:17:33
muallifi Akbarjоn
Diqqat: Internet fiqhi

Muallif Abu YusufBo'lim Islom

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 3727
So'nggi javob 18 Fevral 2014, 12:26:12
muallifi Abu Yusuf