1. Injilning ilk uch mulalliflari Iso a.s hochini Simon ismli kimsaga ko’tarishga majbur etishgan aytishgan (Mark 15:21-22, Matto 27:32, Luqo 23:36 qarang), Yuhanno esa ularning inkor etgan holda: "œU o’zining hochini ko’targan holda, Lobnoye (Boshning suyagi) nomli joyga, yahudilar tilida Golgofa nomli joyga keldi"(Yahanno 17:19)
2. To’rt Injil sohiblari hochdagi yozuvni turlicha e’tirof etishadi. Mark: "œIbroniy shohi"(Mark 15:26) degan yozuv bor edi desa, Matto: "œBu Iso, Ibroniylar shohi"(Matto 27:37) deydi, Luqo: "Bu Ibroniylar shohi"(Luqo 23:38) , Yuhanno esa: "œNazariyalik Iso, ibroniylar shohi" (Yuhanno 19:19) deydi. Hochdagi bu qarama qarshi yozuvlar, bizlarga Injil sohiblarining birortasi ham hodisa guvohi bo’lmaganini, aslida bu jumlalar atrofdagilarni uzun-quloq gaplariga asoslanib yozilganini anglatadi. Darhaqiqat, kishining shubhalrini tarqatib, Matto o’zini Injilida quydagilarni yozadi: "œ Shu payt Uning(Isoning) shogirdlari Uni tashlab qo’chib ketishdi" (Matto 26:56), shuningdek Mark ham o’zining Injilida Matto so’zlarini tasdiqlaydi (Mark 14:50 qarang).
3. Shu kabi qarama qarshiliklar Iso a.s hochga mihlanganda bo’lib o’tgan voqealarda ham kuzatiladi. Matto o’zining Injilida, yer yuzini zulmat qoplaganini, ibodathonaning muqaddas pardalari ikkiga bo’linib ketganligini, yer qimirlaganini, tog’lar maydalanib ketganligini, qabrlar ochilib, ko’plab ziyoli kishilar qabrlardan tirilganini ta’kidlaydi. Mark faqatgina yer yuzini zulmat qoplaganini va ibodathona pardalari pastdan yuqoriga qarab yirtilib ketganini aytadi holos. Luqo esa, quyosh yuzini bulut qoplaganini, yer yuzini zulmat qoplaganini va pardalar o’rtasidan bo’linib ketganini aytadi. Yuhanno esa o’zining Injilida bu hodisalar haqida lom-mim demagan.(Matto 27:45, 51-53; Mark 15:33, 38; Luqo 23:44-45)
4. Shuningdek Iso a.s hochga mihlangan vaqtda ham ziddiyatlar mavjud. Mark o’sha paytda soat uch edi desa, Luqo soat oltida ekanligini uqtiradi, Matto esa to’qqiz edi deydi. (Mark 15:25, Matto 27:46, Luqo 23:44)
5. Markning nazdida Iso a.sning ohirgi kechasi yahudiylarning pasxa kechasi edi desa, Yuhanno esa pasxa kechasi emas balki, pasxa kechasidan oldin edi deya ta’kidlaydi (Mark 14:12-17, Yuhanno 13:1,2).
6. Mayli biz Iso a.sning hochga mihlanganini qabul etsakda uning hochda vafot etganini hristianlar harchand kuyib-pishib bizlarga aytishmasin biz Iso a.sning hochda vafot etganini aslo qabul qila olmaymiz. Birinchi uch Injil sohiblari Iso a.sning hochda vafot etganini aytishadi ammo to’rtinchi Injil sohibi Yuhanno ularga raddiya beradi. Yahudiylar odati bo’yicha shanba kuni ular uchun muborak kun hisoblanadi, ularni urf-odatlari bo’yicha hochlarga osilgan qurbonliklar shanba kuniga qolmasligi lozim, shuning uchun ham ular Pilat oldiga borib ularga o’z arzini aytishga musharraf bo’lishadi, ular Pilatga hochga mihlanagan Isoni hochdan olib dafn etilishini agar ertangi kunga qolib ketsa odatlariga hilof ish bo’lishini aytishadi va shoh Pilat roziligini olishadi. Yahanno o’zining Injilida quydagilarni bayon qiladi: "œ"¦Shunga qaramasdan askarlardan biri Isoning ko’kragiga(biqiniga) nayza sanchdi va "œshu dam jarohat joyidan qon va suv otilib chiqdi" (Yuhanno 19:34). Bu habar nafqat musulmonlarni balki hristianlarni o’zlarini ham ajablantiradi. Chunki inson tanasidan qon va suv chiqar ekan, uning yurak urishi hali ham davom etayotganini habar beradi, agar yurak urayotgan bo’lsa demak inson hali tirik bo’ladi. Shuni ham alohida urg’u bilan ta’kidlab o’tish lozimki Iso a.sning jumboqli o’limi bir necha soatda amalga oshganini aytishadi yani Iso a.s hochga mihlangandan keyin hech qancha muddat o’tmasdan vafot etgan deyishadi, vaholanki hochga mihlangan kishi eng kam muddatda ikki, uch kun mobaynida vafot etadi (ustiga ustak o’sha paytda yahudiylar tomonidan kuzatilganda qolgan hochga mihlanib qurbon bo’lganlar hali ham tirik bo’lishgan).
7. Endi dafn marosimidagi ziddiyatlarga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak, Matto o’zining Injilida, yahudiylar Pilatga qabr oldiga qo’riqlab turish uchun soqchi qo’yish lozimligini, sababini "œUning (Isoning) shogirdlari kechasi kelib Uni o’g’irlab ketib qavmga "œU o’liklar ichidan qayta tirildi" deya aytmasin" deya aytishadi va ular soqchi yuborib qabr toshiga muhr qo’yishdi" deydi, negadir qolgan Injilchilar bu haqda indashmagan.
8. Matto: "œHaftaning birinchi kuni tong saharda Mariya Magdalena va boshqa Mariya qabrni ko’rish uchun kelishdi" desa, Mark: "Quyosh chiqish arafasida qabrni ko’rish uchun Mariya Magdalena, Mariya Iakovleva va Salomiya kelishdi" deyidi (Mark 15:46). Luqo: "œErta tongda jasadga atirmoy surtish uchun Galyelyeyadan ayollar kelishdi" deydi (Luqo 24:4). Yuhanno: "œU yerga Mariya Magdalena juda ham erta bordi va u bir o’zi edi" deydi.(Yuhanno 20:1).
9. Matto o’zining Injilida quydagilarni bayon qiladi: "œ"¦.Osmonlardan tushgan farishta, qabr eshigiga suyab qo’yilgan toshni olib qo’yib, uning(toshning) ustida otirgan edi"(Matto 26:2). Mark esa: "œFarishta qabrning ichida va o’ng tomonida o’tirgan edi" deydi (Mark 16:5). "œTovlanib turadigan kiyim kiygan ikki farishta ayollar oldida namoyon bo’ldi (yani ular o’tirmagan balki tik turgan edi)" deya Luqo o’z so’zini tasdiqlaydi (Luqo 24:4). "œMariya Magdalena ikkita farishtani ko’rganini va ulardan biri qabrning bosh tomonidan ikkinchisi oyoq tomonida o’tirganini" aytgan Yahanno masalani yanada chigallashtiradi.(Yuhanno 20:12).
10. "œIkkala Mariyaga Massih qayta tirilganini, farishta aytganidan so’ng ular u yerni tark etganini" Matto bizlarga habar beradi (Matto 28:6,7). Mark ham Matto so’zlarini tasdiqlab Masih qayta tirilganini ayollarga farishta habar berganini aytadi, Luqoning so’zlari bo’yicha Iso a.sning qayta tirilganini ikkita farishta aytgan.(Mark 16:5,6, Luqo 24:4,6) Yuhanno esa aksincha Mariyaga Iso a.sning qayta tirilganini farishtalar emas balki Iso Massihning o’zi aytgan deydi (Yuhanno 20:16,17).
11. Matto ikkala Mariyaga farishtalar quydagi gaplarni aytaganini o’zining Injilida bayon qiladi: "œTezroq boringlar, U(Iso) o’liklar orasidan qayta tirilganini va sizlarni Galyelyeyada kutadi deb Uning(Isoning) shogirdlariga aytinglar: u yerda sizlar Uni ko’rasizlar: mana buni men sizlarga aytdim" (Matto 28:7). Keyingi ikki jumlalarda bu jumlaning umuman aksi bo’lgan habarlarning guvohi bo’lamiz. "œUlar Uning(Isoning) shogirdlariga habar berish uchun ketayotgan edi, ularni Iso qarshi olib ularga: Hursand bo’linglar! dedi, ular Unga yaqinlashib kelib, Uning oyoqlarini quchib, Unga ta’zim etishdi. Shunda Iso a.s ularga: qo’rqmanglar, boringlar, Mening birodarlarimga habar berib, Galyelyeyaga borishlarini aytinglar va u yerda ular Meni ko’rishadi" (Matto 28:9,10). Keyinroq yana Mattoning o’zi: "œIso tayinlagan Galyelyeyadagi tog’ga uning 11 (o’n bir) shogirdi borishdi, u yerda Uning ko’rishdi va Unga ta’zim etishdi"Matto 28:16). Yuhanno bo’lsa bo’lgan voqeyaning umuman o’zgacha versiyada izohlaydi "œO’sha, haftaning birinchi kunidagi kechada (Iso a.s qabrdan chiqqan kunda), Uning shogirdlari jam bo’lgan uyning eshiklarini, yahudiylardan qo’rqib berkitilgan edi. Iso keldi va ularning o’rtalarida turib: "œSizlarga salomlar bo’lsin" dedi" (Yuhanno 20:19). Bu jumlalardan shunisi ma’lumki Mattoning so’zi bo’yicha Uning o’n bir shogirdi Galyelyeyaga tog’ga Iso a.sning ko’rish uchun borishgan. Chunki, uchrashuvni Iso a.sning o’zi belgilagan edi. Biroq Yuhanno so’zlari bo’yicha ular tog’da emas balki panaroq joyda ko’rishgan va yig’ilishgan uyning eshiklarini, yahudiylardan qo’rqib berkitib olishgan. Shuni ham inobatga olish lozimki Yuhanno ham Matto ham Iso a.s bilan ko’rishgan shogirdlar orasida bo’lishgan, agar shunday bo’lsa hosh bularning qay biri haq?? Luqo esa Mattoning ham Yuhannoning ham gaplarini inkor etadi. Bu ikkala shogird bilan Iso a.s, Yerusalimdan unchalik uzoq bo’lmagan Emmaus qishlog’ida ko’rishganini, undan so’ng qolgan 11(o’n bir) havoriylar bilan Yerusalimda ko’rishganini aytadi.(Luqo 24:13-16, 28-31, 33-36)