Muallif Mavzu: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang  ( 24151 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #15 : 12 Noyabr 2007, 00:41:59 »
Iso a.s bilan bir vaqtning o’zida 500dan ortiqroq kishi ko’rganini faqatgina Pavel habar beradi. Pavel esa na Iso a.s shogirdlaridan hisoblanadi va na hodisa guvohi hisoblanadi. Agarda Pavelning bu aytganlari haqiqat bo’lganida edi bu gaplar huddi Iso a.sning shogirdlarini orasida keng tarqalgani kabi, halq orasida va yahudiylar orasida  juda ham keng tarqalgan bo’lar edi. Shunisi ajablanarliki o’sha zamonda yashab o’tgan biron-bir tarihshunos hatto Flaviy yoki Tacit ham bunday mo’jizali hodisalarni eslashmaydi. Hozirgi insofli zamonaviy izlanuvchilar Iso a.s haqidagi bunday habarlarni oldingilarning sohta habarlari deya tasdiqlashmoqda.
Bizlar nasorolarning aytishgan bu gaplari yani Iso a.sning hochga mihlanishi, bashariyat gunohini yuvish uchun uch kunga do’zahga tushib, azoblanib yana qaytib chiqqani, faqatgina afsona holos degan hulosaga kelamiz. 
O'zining davrida judayam qattiq ta'qib ostiga olingan, hatto bu kitobni o'qigan kishining qatl etilishigacha sabab bo'ligan Varnava Injilida, musulmonlarni hushnud etadigan bazi bir jumlalarga e'tiborimizni qaratsak.
“Yahudoning Iso qiyofasiga almashtirildi, Isoni dushmanlar qo’lida sharmandali vafot ettirmaslik uchun bu Hudovandning qutqaruv rejasi edi. Eli, Eli, lamma savahfani deya qichqirgan Iso emas balki Yahudo edi ”(1) deydi Varnava o’zining Injilida.
“Darhaqiqat Yahudo: “Tangrim nega sen meni tashlab qo’yding” deya baqirdi”(2)
Varnava aytadi: “Sizlarga rostini aytaman, Yahudoning ovozi, yuzi va tashqi qiyofasi huddi Isonikidek edi, uning shogirdlari va unga iymon keltirganlar uni Iso deb o’ylashar edi. Bu voqeyadan so’ng ular bu sohta payg’ambar ekan, o’zining sehru-jodulari bilan mo’jizalar ko’rsatgan ekan deya Unga ishonmay qo’yishdi, chunki Iso ularga men zamon ohirigacha o’lmayman, men bu dunyodan ko’tarilaman degan edi”(3) yani Iso a.s men o’lmayman degan edi bu yerda esa hochga mihlanib o’ldi demak u payg’ambar emas ekan deya ishonmay qo’yishdi.
Yana: “Isodan juda qattiq ta’lim olishga kirishgan shogirdlari bu hodisalardan, Isoning vafotidan shunchalik iztirobda edilarki hatto Iso ularga nima deganini ham unitishgan edi”(4)
Shunindek: “Hudovanddan qo’rqmaganlar kechasi borib Iudaning jasadini qabrdan o’g’irlab, berkitib qo’yib, odamlarga Iso qayta tirildi deya ovoza qilishdi” dedi.
  Darhaqiqat, asli ham, rosti ham huddi Varnava o’zining Injilida bayon qilganidek edi. Chunki, bu haqda biz musulmonlarga, Alloh o’zining muborak kalomi Quronda quydagicha bayon qiladi:
 â€œBiz Allohning Rasuli Iso ibn Maryamni o’ldirdik” deganlari uchun (ularni la’natladik). Holbuki uni o’ldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi. U haqida ihtilofga tushganlar uning o’limida shak-shubhadadirlar. U to’grisida ularning bilimlari yo’q, magar gumonga ergashganlar. Uni o’ldirmaganliklari aniqdir” (Moida surasi, 157-oyat)
  Hozirdagi missioner,hristianlarning "muqaddas" kitoblaridagi, birgina Iso a.s hochga mihlanishga bog'liq habar va jumlalarning bir biriga qarama-qarishi bo'lgan bir necha ziddiyatlar guvohi bo'lidik, hali bu "muqaddas" kitobning qolgan bo'lim va qismlardagi ziddiyatlarning sonini o'zingiz tahminan tasavvur qilib olavering.
1.The Gospel of Barnabas, p. 227, пер. с итал. Landsdale and Laura Regg (1907).
2.Jbid.
3.Jbid. CH. CCXVII.
4.Jbid.

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #16 : 12 Noyabr 2007, 00:42:52 »
Matto Injilida shunday deyilgan: “Sizlar: “Ko’z evasiga ko’z, tish evasiga tish”- deb aytilganini eshitgansizlar. Lekin man aytaman: yomonga qarshi chiqama. Kim sening o’ng chakkanga ursa, unga ikkinchisini ham o’gir. Kim sen bilan da’volashib, ko’ylagingni tortib olmoqchi bo’lsa, unga to’ningni ham berib yubor…
Sizlar qarindoshlaringa muhabbatli bo’l, dushmanlaringga g’azabli bo’l, degan gaplarni eshitgansizlar.  Ammo men sizlarga aytamanki, dushmanlaringizga muhabbali bo’linglar, sizlarga g’azab qiladiganlarga yaxshilik qilinglar, sizlarni qiynoqqa soladigan va ezadiganlarning haqqiga duo qilinglar”.  Amerikalik olim shayh Muhammad Sholdan: “Hristian dini Islomdan ko’ra rahimdilroq emasmi?  Uning ta’limotlarida “kim sening o’ng yuzinga tarsaki tushisa, chap yuzingni ham tutib ber” degan. Islomda esa avvalo qasos olishga, so’ngra avf qilishga chaqirida?” deya so’ralganda. Muhammad Shol quydagicha javob bergan ekanlar: “Islom chaqirig’I haqiqiy inson qalbining chaqirig’idir. Balki, bu masalada Islom hristianlikdan ko’ra rahimdilroq, desam mubolag’a bo’lmaydi. Chunki, omonlikga duchor bo’lsa kishiga qasos olish haqqi berilsa, uning qalbi tinchlanadi. U haq yuzasidan bir ishni qilishga ruhsat oladi, so’ngra shu haq egasini qasos olishdan ko’ra avf qilish yaxshi degan fikrga ko’ndirilsa, albatta u avf qiladi. Hech shubha yo’qki, inson qasos olishga imkoni bo’la turib, avf qilsa bu rahmat va izzatdan kelib chiqqan avf bo’ladi. Ammo, biz uni avval boshdan avf qilishga chaqirsak va qasos olish huquqini bermasak (hristianlarga o’xshab), u bunga ko’nsa (ko’nishi juda ham qiyin) ham, baribir ichidan yomon ko’rib ko’nadi. Chunki bu noilojlikdan avf qilishdir. Islomda avf qilish esa, qasos olishga imkoni bo’la turib avf qilishlikdir.” (Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Iymon” kitoblaridan iqtibos)

 Yuhanno injilida: “Iso a.s: “Agar menga muhabbat qilsangiz, mening vasiyatimning tutingiz. Men otadan sizlar bilan abadiy sobit bo’lish uchun forqilatni talab qilaman” deyilgan.
 Lekin zamon o’tishi bilan rohiblar keyingi nashrlarda bu so’zning o’rniga boshqa so’zlar ishlatadigan bo’lishgan.
Zamondoshlarimizdan ustoz Ahmad Najjor g’arb olimlaridan biri doctor Karlu Nilinudan: “Forqilat”ning  ma’nosi nima?” deb so’rasalar, u kishi: “Rohiblar “m’azi” deb aytishadi”-debdi.
 Shunda ustoz Najjor: “Men rohibdan emas, balki yunon tili fan doktori Karlu Nililudan so’rayapman”- de brad qilibtilar. Faqat shu gapdan keyingina ajnabiy doctor: “Bu so’zning asl ma’nosi “ko’p shukur”- hamd” debdi.
 So’ngra ustoz Najjor : “Arabcha “hamd” so’zining “Ahmad” shaklida ishlatilishiga to’gri keladimi?”- desalar. Doktor Karlu: “Ha”- deb javob qilibti. (Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Sunniy aqiydalar” kitobidan iqtibos)

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #17 : 23 Noyabr 2007, 19:11:05 »
INJIL BASHORATI

Йигитлик чоғларим—бундан қирқ йилларча муқаддам мен Дурбандаги (Жанубий Африқо Республикаси) «Ð Ð¾Ð¹Ð°Ð» Сиэте»Ð´Ð° (Қирол театрида) ўтказилган бир йиғинда қатнашганман. Унда Хайтен исмли христиан илоҳиётчиси диний маьруза қилган эди. Бу руҳоний Инжил башоратларини шарҳлаш билан шуғулланарди. У христианларнинг Инжили Совет Русиясининг юксалишини хам, сўнгги кунларини ҳам башорат қилган, деб астойдил исботларди. Бир гал у ҳатто: «ÐœÑƒқаддас китоб Рим папасини ҳам назардан четда қолдирмаган», деб даъво қилишгача борди.
Руҳоний Хайтеннинг маърузалари мени ўйлантириб қўйди: агар Инжил Рим папаси, Исроил ва бошқа бир қанча нарса ва ҳодисаларнинг хабарини берган бўлса, унда инсониятнинг буюк етакчиси пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в.) ҳақларида ҳам бирор нима демаганмикан? Ўша дамдан бошлаб ушбу саволга жавоб излашга киришдим. Умрим давомида жуда кўп христиан руҳонийлар билан учрашдим. Маърузаларга бордим ва Инжил башоратлари ҳақида нимаики қўлимга тушса, барини Ñžқиб чиқдим. Қуйида сизлар Ñžқийдиган асар Жанубий Африқодаги Ҳолланда реформистлар черковининг руҳонийси билан қилган суҳбатларимдан иборатдир.


 ÐÐ¸ҳоят суҳбатдош топилди

http://www.hilol.com/index.php?option=com_content&task=view&id=47&Itemid=1

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #18 : 28 Noyabr 2007, 17:49:39 »
Ассалому алайкум, ҳурматли Шайх ҳазратлари!
Ийсо Масийҳ сўнгги кунлари ва хочдаги фитна ҳамда насронийларнинг елка ва бошга қўл билан тегишларини изоҳлаб берсангиз, яъни қандай хато туфайли адашаётганлари?

ЖАВОБ: Бисмиллаҳир роҳманир роҳийм.
Ийсо алайҳиссаломнинг одамлар ичида ўтказган сўнгги кунлари ҳақида қуйидагиларни айтишимиз мумкин.
Ийсо алайҳиссаломнинг даъватларини эшитган, мўъжизаларини кўрган одамлар у зотга иймон келтириб, эргаша бошладилар. Улар кундан-кунга кўпайиб борди. Бу ҳол яҳудийларни ташвишга солди. Улар Ийсо алайҳиссаломни ўлдиришга қасд қиддилар.
«ÐÐ¸ÑÐ¾» сурасидаги ушбу оятларда ўша машъум ниятнинг ҳақиқати баён қилинади:
«Ð‘из Аллоҳнинг Расули Масиҳ Ийсо ибн Марямни ўлдирдик», деганлари учун (уларни лаънатладик). Ҳолбуки уни ўлдир-мадилар ҳам, осмадилар ҳам, лекин уларга шундай туюлди. У ҳақида ихтилофга тушганлар унинг ўлимидан шак-шубҳададирлар. У Ñ‚Ñžғрисида уларнинг билимлари йўқ магар гумонга эргашарлар. Уни ўлдирмаганлари аниқдир. (157-оят)

http://www.hilol.com/index.php?option=com_content&task=view&id=66&Itemid=1

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Missionerlar
« Javob #19 : 04 Dekabr 2007, 10:33:59 »
Internetda sayrga chiqqan bir asrlik xurofot

SAVOL: Internetda aylanayotgan “Shayx Ahmad vasiyatnomasi” degan xat to’g’rimi?

JAVOB: 1950-yilda “Shayx Ahmad Vasiyatnomasi” degan nomda Islom harflarida yozilgan kichik risola chop qilingandi. Keyinchalik bu risola varaqalarga bosilib tarqatila boshladi. Endi internet ommaviylashgach, missionerlar tarafidan takror tarqatilishga kirishilgani kuzatilmoqda. Bu xurofotga laqqa tushmaslik uchun bir necha xususlarga to’xtalsak. Vaqt o’tishi bilan ushbu yozuv muhtavosida o’zgartirishlar yasalganini korish mumkin. Avvallari shayx Ahmadning Rasululloh qabri shariflarida “chiroqchi” ekanligi yozilardi. Keyinroq “Harami sharif kalitining muhofizi” deb o’zgartirildi. Endi esa, “Qabri sharif xatibi” deyilmoqda. Bu shayxga tushida go’yo payg’ambarimiz (qisqacha) aytgan emishlarki:

(Qiyomat belgilari ro’yobga chiqyapti. Yaqinda 3 kun quyosh tutiladi va 3 kundan keyin g’arbdan chiqadi, Qur’on odamlarni ko’ziga ko’rinmay qoladi. Kim ushbu vasiyatnomani eshitib, ko’chirib boshqalarga yubormasa yuzi qora bo’ladi. Vallohulazim bu vasiyatnomada biron yolg’onim bo’lsa, narigi dunyoga iymonsiz ketay.)

Bu missionerlar tomonidan dinimizga xurofot aralashtirish uchun makkorlik va johillik bilan tuzilgan safsatanomadir. Maqsadlari Islomga xurofot kirgazish, onglarni zaharlash, shubhalar uyg’otish, oz bo’lsa ham shunday bekorchi narsalar bilan musulmonlarni band qilib, jiddiy masalalar bilan mashg’ul bo’lishlariga xalaqit berishdir. Avvalgi “maktub”larida “shayx Ahmad” niqobli shaxs (agar yol’gon gapirgan bo’lsam, kofir bo’lay) deb “qasam” ichgan bo’lsa, endi Bu dunyodan iymonsiz ketay deyishga o’tibdi. Har ikki so’zni aytgan kimsa agar musulmon bo’lsa, kofir bo’ladi.Chunki bunday qasam ichish joiz emas. Hadisi sharifda, (Allohdan boshqasi uchun qasam ichish shirkdir) deyilgan.

Ushbu xurofa yozilganiga bir necha asr bo’lganiga qaramay shayx Ahmad degan xayoliy kimsa o’lmay hanuzgacha missionerlar orqali “maktub” yo’llash bilan ovora. Avvalgi nashrlarida: (Bizga yetgan xabarlarga ko’ra, bu vasiyatni yolg’on degan kishini o’sha kuni o’g’li o’libdi, yana bitta doktor vasiyatnomani yozib tarqatmagani uchun jin urib moshinasi bilan halokatga uchrabdi) degan gaplar bo’lardi. Mana shunaqa tahdidlar qatorlashtirilgandan keyin ushbu vasiyatnomaga ishonganlarga va tarqatganlarga mukofotlar ulashish marosimi boshlanadi. Avvalgi nashrlarda “Bu vasiyatni tarqatgan bir ishbilarmon 90 ming rubley foyda ko’rdi” degan gap bo’lardi. Endi bu mukofotni kam deb o’ylagan bo’lsa kerak 100 ming rubleyga (so’mga) chiqarishibdi. Eng oxirgi nashrida esa, pul haqida umuman gaprilmagan. Lekin “3 kundan keyin quyosh g’arbdan chiqadi” degan gapini yana takrorlagan. Mana shuncha yilllar o’tganiga qaramay quyosh hali g’arbdan chiqmayapti. Qiyomat qoim bo’lishi haqida yahova guvohlaridek bir qancha kimsa va guruhlar vaqt-soat tayin qilgan bo’lishsa ham, barchasi yolg’on bo’lib chiqdi.

Diqqat qilinadigan nuqtalar:
Dinimizda ma’lum to’rtta dalil bor (1.Qur’oni karim, 2. Hadisi shariflar, 3. Ijmoi ummat, 4. Qiyosi fuqaho). Ko’rinib turibdiki, tush (ro’yo) dinda hujjat emas. Shuning uchun ham ushbu vasiyatnomaning hech ham qiymati yo’q. Go’yo din kitoblari kifoyatsizdek, din kitoblari o’rniga mana shu uydurma yozuv tarqatilyapti. Eng muhimi ushbu maktub dinda nuqsonlik borligiga shama qilmoqda. Agar vasiyatnomadagi yozuvlar dinda bor narsalar bo’lsa, unda hech qanday alohida ahamiyati qolmaydi. Agar dinda bo’lmagan narsalar joylashtirilgan bo’lsa, unda iymonga xavf solyapti demakdir. Dinning amrlarini bajo keltirmagan, taqiqlaridan uzoq turmagan kimsa, bu maktubni tarqatish bilan qanday qilib ilohiy rizoga muyassar bo’ladi? Zotan xoinlarning maqsadi ham shu. Musulmonlarni shariatning amrlaridan chalg’itib, xurofotlar bilan band qilishdir.

Manba
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Missionerlar
« Javob #20 : 06 Dekabr 2007, 13:05:36 »
Abu Muslim:

Agar rostgo'y bo'lsangizlar
kitobining kiril imlosidagi nushasi Abdulaazizdan olingan ;D
http://muslim-uz.narod.ru/rostgoy.htm
AbdulAziz aka esa Ali Polosindan olganlar. : )
O'tgan juma Ali Polosinni qidirib diniy idoraga borgandim afsus chet elga o'qishga ketgan ekanlar, qachon kelishlari nomalum ekan. >:(

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #21 : 09 Iyul 2008, 04:18:13 »
assalamu alaykum wr wb!
 Bu mavzuga qiziqishi borlar www.forum.hilol.com ga tashrif buyurishlari mumkin!

Muzayyana

  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 269
  • -oldi: 756
  • Xabarlar: 1010
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah Ya Rabbil A'lamiyn!
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #22 : 12 Iyul 2008, 13:30:16 »
                                                        ҒАРАЗЛИ ИДДАО!


"Миссионерлар Африкага келганда, бизнинг еримиз бор эди, уларнинг эса "Инжил"и бор эди. Улар бизнинг кўзимизни кўр қилиб қўйиб, чўқинишга кўндиришди. Ва ниҳоят, кўзимизни очганимизда, бизнинг еримиз уларнинг ихтиёрида эди, "бизнинг қўлимизда эса "Инжил"дан бошқа ҳеч нарса йўқ эди"

Тўқсонинчи йилларда Марказий Осиёдаги мустақилликка эришган давлатларда мусулмонлар ўртасида диний эркинлик бобида ғалати бир ҳолат кузатилди. Яъни, кутилмаганда маҳалла ва бозорларда, автобус ва поездларда, бекатлар ва бошқа одамлар гавжум бўладиган жойларда шахси номаълум кимсалар пайдо бўлиб, қандайдир китоблар, эслатмалар, варақаларни одамлар қўлига тутқазиб кета бошлашди. Бундай манзара, ҳатто мактаблар, олий ва ўрта махсус Ñžқув юртларида ҳам кузатилди.

Олий нав қоғозларда чиройли безатилиб, кирилл, араб, лотин ҳарфларида рус, ўзбек, қозоқ, қирғиз ва тожик тилларида босилган бу китоб ва варақалар мусулмонларнинг дунёқарашига таъсир қилишга қаратилган эди. Хорижда нашр этилган бу китоблар қандайдир яширин ёъллар билан келтирилар эди. Китобни қўлингизга олишингиз биланоқ, унинг жуда такомиллашган замонавий босмахонада босилганига ишонч ҳосил қилардингиз.

Миссионерлар дастлаб Қозоғистонда, сўнгра Қирғизистон билан Ўзбекистонда пайдо бўлишди. Миссионер ташкилотлар ва гуруҳларнинг вакиллари Қозоғистонга дастлаб маданият, таълим, спорт ва ёшларни қизиқтирган бошқа соҳаларни тарғиб қилиш баҳонасида келганлар, рўйхатдан ўтиб, ишлай бошлаганлар. Улар хусусийлаштириш тадбирларини пойлаб туриб......

http://www.hilol.com/index.php?option=com_content&task=view&id=77&Itemid=29
qalamlar ko'tarilgan...sahifalar qurigan...


Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #23 : 17 Iyul 2008, 01:44:56 »
Исломнинг Библиядаги мўъжизакор башорати- Валий ва хос бандаларнинг бутун белгиси- МУСУЛМОНЛАРДИР!!!


(Библияда Ислом ҳақида 200 башорат )

Мусулмонларга Библияда Ислом ҳақида 200 та башорат!
Библия: Исломнинг пайдо бўлиши тарихи ва унинг охирги тантанаси бобида бутун тафсилотлари.
Библия башорати огоҳлантиради: ер юзини зулмат ва инсонларни жаҳолат қоплаганда (Ишоъйя 60;1-3), Аллоҳнинг Ҳақиқат қуёши ва Унинг (илоҳий) шифоси дунёга Арабистондан, Мисрдан, Ироқдан, Суриядан ва Туркиядан охир замонда зуҳур қилади! (Ишоъйя 19;18, Аввакум 3;3-15, Ваҳий 16;12).

Китобнинг тўлик матни.... (катта китоблардан)

http://www.hilol.com/index.php?option=com_content&task=view&id=78&Itemid=29


"Ислам в Библии 200 пророчеств!" китобининг рус тилидагисини хам тайёрлаямиз ислом уз сайтига кўйилади... инша Аллох...

Абдурахим ака ушбу китобингизни Ñžқиб чикиб анча ўзимга керакли маълумотларни олдим... Аллох илмингизни янада зиёда килсин... Энди саволлар учун алохида бўлим очамиз ва китобингизни тахлил киламиз, яъни китобингизни бирма бир ўрганиб чиксак... сиз эса ўргатсангиз (саволларимизга жавоб бериб), рус тилида берсангиз макул, саволлар русча-ўзбекча бўлади ... бу нарса форумда хам турса миссионерлар билан мулокат килувчи биродарларимиз учун жуда хам аскотиши мумкин...

Китоб бўйича саволлар учун линк


Muzayyana

  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 269
  • -oldi: 756
  • Xabarlar: 1010
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah Ya Rabbil A'lamiyn!
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #24 : 17 Iyul 2008, 17:21:53 »
                                              Раддун насронийя.


       
                            



 Ð˜ÑÐ»Ð¾Ð¼Ð½Ð¸Ð½Ð³ Библиядаги мўъжизакор башорати- Валий ва хос бандаларнинг бутун белгиси- МУСУЛМОНЛАРДИР!!!
(Библияда Ислом ҳақида 200 башорат )

Мусулмонларга Библияда Ислом ҳақида 200 та башорат!
Библия: Исломнинг пайдо бўлиши тарихи ва унинг охирги тантанаси бобида бутун тафсилотлари.
Библия башорати огоҳлантиради: “ер юзини зулмат ва инсонларни жаҳолат қоплаганда” (Ишоъйя 60;1-3), “Аллоҳнинг Ҳақиқат қуёши ва Унинг (илоҳий) шифоси” дунёга Арабистондан, Мисрдан, Ироқдан, Суриядан ва Туркиядан охир замонда зуҳур қилади! (Ишоъйя 19;18, Аввакум 3;3-15, “Ваҳий” 16;12).
Библия башорати огоҳлантиради: “Унинг Ҳақиқатини даволовчи диннинг қуёши” – Миср, Арабистон! Қуёши – Унинг шавкат салтанатида таборо равшанроқ нур сочиб туради: “Ва ой ёруғи кун ёруғидек бўлади, аммо қуёш ёруғи етти кунннинг ёруғидек, етти ҳисса ортиқ порлаб туради”. (Ишоъйя 30;26).

Библия “"Янги қўшиқ"” – Қуръони каримни куйловчи мусулмон Ийсо Масиҳ ҳақида.
Хос ва валий халқлар ҳимоячиси – Масиҳ – осмондан Мисрнинг муқаддас қуёшли шаҳрининг аҳлига ёрдам учун шошиб келади ва Аллоҳ таоло тантанали равишда: “Менинг элим мисрликлар муборакдир! – яъни мусулмонлар муборакдир деб эълон қилади! (Ишоъйя 19;18-25).

Библия Худоси Арабистон мусулмонларини тантанали равишда олқишлайди: “қидорзода ва навайўтзодаларнинг (Исмойил авлодлари!) қурбонликлари, улар Менинг қурбонгоҳимда ризолигим учун қурбонлик қиладилар, Мен Ўз шавкат уйимнинг шуҳратини ёяман” (Ишоъйя 60;7).

… Библияда Исломга даъват қилгувчи улуғ мўъжизакор таълимотлар: охир замондаги хос ва валий халқлар ҳақидаги Библия башорат қилган аломатларнинг ҳаммаси фақат мусулмонларни кўрсатмоқда! Марҳамат, Ñžқинг, текширинг, шахсан ўзингиз ишонч ҳосил қилинг, бу шунга лойиқ нарсадир!

Библия огоҳлантиради: “кимда-ким буларга бирон нарса қўшса, Худо бу китобда ёзилган балоларни унга тақдир қилади. Кимда –ким бу китобда башорат қилиб айтилган сўзлардан бирор нарсани олиб ташласа, Худо уни бу китобда ёзилган ҳаёт дарахтидан ва муқаддас шаҳардан маҳрум қилади” (Ваҳий 22;18-19).

بســــــــــــم الله الرحمن الرحيم

Аллоҳ таоло марҳаматининг чеки-чегараси йўқ. Бу дунё ҳаётининг эса иғво ва фитналари кўп ва Аллоҳ таоло бандаларини ана шу нарсалар билан синайди. Шунинг учун ҳам банда бу синовларда матонат кўрсатиб, солиҳ амалларни адо қилиши керак, токи унинг амали Буюк Яратувчининг ажру-мукофатига сазовар бўлиб, Қиёмат кунида тарозунинг савоб палласини оғир қилиб, абадий илоҳий неъматларга мўшарраф қилсин!!! Ҳар бир иймонли одамнинг интилиши тинчликка, хотиржамликка, рози-ризоликка, сабр-қаноатга, Аллоҳнинг йўлида илм эгаллашга бўлиб- ҳаммаси онгли равишда, чин қалбдан бўлишлиги шарт.
Қўлингиздаги бу китоб ҳамма тушунадиган содда тилда ёзилган. Бу китоб Исломга даъват бўлиб хизмат қилади. Албатта, бу китоб сизларга ҳаётингизда Ñ‚Ñžғри ва зарурий йўлни топишда ёрдам берсин. Муаллифига эса соғлиқ ва ишларида муваффақиятлар тилаб қоламан.

Ҳурмат ва эҳтиром билан Қирғизистон мусулмонлари ҳазрати муфтийси Муротали Ҳожи Жуманов.

МУЛОҲАЗА

Бойматов А.А. нинг «ÐœÐ¸Ð»Ð»Ð¸Ð°Ñ€Ð´Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸ ҳалос қилиш» номли бу китоби Библиядаги Ислом башоратларининг тадқиқот ишлари орасида энг долзарб ва зарурий ишлардан ҳисобланади. Китобда Библиядаги Ислом ҳақидаги башоратларни ва асл нусхадаги тартиб асосида теран ва чуқур маънода бериб борган. Бу билан умусулмон библияшунос олимлари- Бенжамин Келдоний, Аҳмад Дийдод каби олимларнинг ишларини давом эттирди. Аксари масалалар замонамиз воқеълиги билан ҳаётий ва кескин равишда Ñ‚Ñžқнаш келмаклиги бу китобнинг заруриятини янада оширмоқда. Иншаа Аллоҳ, ушбу равшан илмий тадқиқотни оёққа турғизишга ва унга омманинг диққатини жалб қилишга ёрдам беришимиз зарур. Чунки бу нарса аксари мусулмонларга ва айниқса ғайридинларга Илоҳий ҳақиқатни англаб етиши учун катта хизмат қилади. Улар Библияда Ислом далилларининг нафақат кўп эканлигини англаб етади. Бундан ташқарии бу рисола ғайридинларни Исломга киришига туртки бўлади-ки, унда охир замон пайғамбари Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва салам ҳақида башоратлар берилган.

Халқаро динлар аро осойишталик фондининг президенти, БМТ қошидаги халқаро информатизациялаш академиясининг ҳақиқий аъзоси, Россия табиий Фанлар академиясининг академиги, Қ уръони карим маъноларининг таржимони Имон Валерия Порохова

Мулоҳаза

Ҳар бир иймонли мусулмон Аллоҳ таолонинг одамларга 124 минг пайғамбар юборганлигига иймон келтиради. Жумладан Одам алайҳис салом, Нуҳ алайҳис салом, Иброҳим алайҳис салом, Мусо алайҳис салом, ва охирги пайғамбар Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва салам. Шунингдек ҳар бир иймонли мусулмон Аллоҳ таолонинг Мусо алайҳис саломга Таврот, Довуд алайҳис саломга Забур, Ийсо алайҳис саломга Инжийл ва ниҳоят Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саламга Қуръони карим нозил қилинганига иймон келтиради. Шунинг учун ҳам мусулмонлар яҳудий ва насронийларга илоҳий китоб эгалари деб қарайдилар. Аммо минг афсуски насоролар билан яҳудийларнинг ўзлари Қуръонга Аллоҳ таолонинг охирги ваҳийлари сифатида иймон келтиришмайди. Шунингдек Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саламни Аллоҳ таолонинг охирги пайғамбари эканлигига ҳам ишонмайдилар. Уларнинг куфрларининг асосий сабаби сифатида, улар Қуръон, Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва салам ҳамда мусулмонлар ҳақида Библияда биронта сўз айтилмаган, деб даъво қиладилар.
Шу ўринда Бойматов А. А.нинг «ÐœÐ¸Ð»Ð»Ð¸Ð°Ñ€Ð´Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸ ҳалос қилиш» китоби ҳар қачонгидан зарурий ва муҳим китоб бўлиб қолди, зеро бу китоб насроний, яҳудий ва мусулмонлар орасини яқинлаштиради, охир оқибат Қозоғистонда, қолаверса бутун дунёда тинчлик ишига хизмат қилади. Муаллиф асосли равишда Библиядан охирги пайғамбар Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саламнинг келиши, У зотга Қуръони каримнинг нозил бўлиши, Исломнинг дунё бўйлаб ғолибона юриши, ҳақида ҳаммаси бўлиб 200дан ортиқ далил исботлар Библияда Бадр жанги ҳақида ҳам башоратлар берилган экан. Қандайдир маълум бир кучлар мусулмонлар билан насоролар орасига раҳна солиб, уларни бир-бирларига қарама-қарши қилаётган ва ҳатто динларо янги жаҳон уруши чиқиб кетиш эҳтимоли бўлиб турганда, бу китоб ҳар қачонгидан ҳам зарур. Биз Бойматов А. А. нинг «ÐœÐ¸Ð»Ð»Ð¸Ð°Ñ€Ð´Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸ ҳалос қилиш» китобини миллионлаган нусҳада чиқариш лозим, деб ҳисоблаймиз, чунки у ҳақиқатдан ҳам миллиардлаган насроний биродарларимизни ширк балосидан ҳалос қилиб, ягона Илоҳ - Аллоҳ таолога бўйсиниб қолишса, иншаа Аллоҳ.

Мулоҳаза халқаро мусулмонлар «Ð Ñƒҳоният» университети уламолар кенгашида кўриб чиқилиб муҳокамага қўйилди ва бир овоздан 2004 йил 5-ноябр â„–7 қарори билан маъқулланди.

«Ð Ñƒҳоният» университети ректори
профессор М.Минбоев





qalamlar ko'tarilgan...sahifalar qurigan...


Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #25 : 27 Avgust 2008, 02:21:53 »
ПaйғaмбaрлaÑ€ Ðœaъсумдир


 â€œÐŸaйғaмбaÑ€ aлaйхиссaлoмлaрнинг oддий кишилaрдaн aжрaб турaдигaн бирдaн-бир сифaтлaри мaъсумликлaридир. Яъни, мaъсият қилиш, шaхвaтлaргa берилиш, муруввaтгa футур еткaзaдигaн вa инсoнилик қaдрини кеткaзaдигaн нaрсaлaрдaн четдa бўлишлaридир. ПaйгaмбaÑ€ aлaйхиссaлoмлaÑ€ oдaмлaрнинг энг гузaл aхлoқлилaри, энг пoк aмaл қилaдигaнлaри, энг ÑŽÑ€aги Ñ‚oззaлaри вa Ñ‚aсaрруфoтлaри энг Ñ‚Ñžғрилaридирлaр”
  Бу иқтибoсни келтиришимиздaн мaқсaд, Ислoм дини мусулмoнлaргa ПaйғaмбaÑ€ aлaйхиссaлoмлaÑ€ қaндaй кишилaÑ€ экaнлигини, улaргa қaндaй эътиқoд қилиш лoзимлигини эслaб ўтишдир. Чунки Aнбиё aлaйхиссaлoмлaргa Ñ‚Ñžғри эътиқoд қилмaгaн мусулмoннинг иймoни Ñ…aм мукaммaл бўлмaйди.
 AллoÑ… Ўзининг мубoÑ€aк кaлoмидa шундaй дейди:
 â€œâ€¦.Пайғамбар унга ўз Роббидан туширилган нарсага иймон келтирди ва мўминлар ҳам. Барча Аллоҳга, Унинг фаришталарига, китобларига, Пайғамбарларига иймон келтирди. Унинг Пайғамбарларининг бирорталарини ажратмаймиз. Ва эшитдик ва итоат қилдик, эй Роббимиз мағфаратингни сўраймиз ва қайтиб бориш Сенгадир, дедилар.” (БaқaÑ€a 285-oят)
  Қурoн вa Ð¥aдислaрдa, ПaйғaмбaÑ€ aлaйхиссaлoмлaÑ€ Ñ…aқидaги мaълумoтлaрни Ñžқий туриб киши Ñ…aёлигa бир сaвoл сизиб кириши мумкин.
 ÐŽÐ·Ð³a динлaрдa Ñ…aм ПaйғaмбaрлaÑ€ Ñ…aқидa шундaй эътиқoд қилишaдими?
 Ð¨Ñƒ сaвoлимизгa қисқaчa бўлсaдa жaвoб Ñ‚oпиш мaқсaдидa. Ð¥oзирги кунимиздa, қўш тирнoқ ичидa иймoнгa чoрлoвчи миссиoнерлaрнинг “Муқaддaс китoб” ёки “Муқaддaс хушxaбaр” дея aÑ‚aлмиш китoблaригa мурoжaÑ‚ этдик. У ердa Исo aлaйхиссaлoм Ñ…aқидa келгaн Ñ…aбaрлaÑ€ кишини қувoнтирaди, aлбaÑ‚Ñ‚a ширк вa куфргa дaлoлaÑ‚ қилувчи мaълумoтлaÑ€ бундaн мустaснo. Aммo, бoшқa Aнбиё aлaйхиссaлoмлaÑ€ Ñ…aқидaги мaълумoтлaÑ€, Улaрни турли-хил гунoхлaÑ€ илa тўхмaтлaрини Ñžқиб Ñ…aйрaтдaн Ñ‘қa ушлaшдaн ўзгa илoжимиз қoлмaйди.
Тoпилгaн қисқа мaълумoÑ‚ вa Ñ…aбaрлaрни сиз aзизлaÑ€ билaн бaÑ…aм кўришгa ижoзaÑ‚ этгaйсиз.
      1.Эски aхддaги Ибтидo китoбини 19:30-36 жумлaлaридa Лут a.с ўзининг иккитa қизи билaн зинo қилгaнликлaри Ñ…aқидa ёзилгaн.
      “ Лут Сўъар шаҳридан чиқиб, икки қизи билан тоғда яшай бошлади. Чунки у Сўъарда туришдан қўрқди ва икки қизи билан бир ғорда истиқомат қилаверди. 
 Ð‘ир куни Лутнинг катта қизи кичигига деди:
– Отамиз қари, ер юзидаги одатга кўра биз никоҳга олинишимиз учун мамлакатда бирон эркак қолмаган. Кел, отамизга шароб ичириб, у билан ётамиз, токи отамиздан насл сақлайлик.
 ÐŽÑˆÐ° кечаси қизлар оталарига шароб ичирдилар. Катта қиз отасининг ётоғига кириб, у билан ётди. У эса қизининг қачон ётиб, қачон турганини билмади.
 Ð­Ñ€Ñ‚асига катта қиз синглисига:
– Мен ўтган кеча отам билан ётдим. Бу кеча унга яна шароб ичирамиз, бу гал сен унинг ётоғига кириб у билан Ñ‘Ñ‚, токи отамиздан насл сақлайлик, – деди.
 Қизлар ўша кечаси ҳам оталарига шароб ичирдилар. Кичик қиз бориб, отаси билан ётди. Отаси эса қизининг қачон ётиб, қачон турганини билмади.
 Ð¨ÑƒÐ½Ð´Ð°Ð¹ қилиб, Лутнинг иккала қизи ҳам оталаридан ҳомиладор бўлдилар.”( Ибтидo китoбини 19:30-36 )
 AстaғфируллoÑ…, нахот Хаққа даъват этган пайғамбар шундай йўл тутган бўлса, нахот Аллоҳ харом қилган маст қилгувчи ичимликни ичган бўлса, яна ўзини билмайдиган даражада-я?! Албатта йўқ бундай бўлиши мумкин эмас бу  Пайғамбар шаънига тўхмат ва бўхтондир.
2. Нaвбaтдaги қиссa Эски Aхд, Ибтидo китoби 27:1-27 жумлaлaрдaн oлингaн бўлиб, у ердa Ёқуб a.с ўз oÑ‚aлaрини aлдaб дуoйи-Ñ…aйр oлгaнлиги Ñ…aқидa бaён қилинaди:
” Исҳоқ қариб, кўзлари хиралашиб қолган чоғда, у катта Ñžғли Эсовни ёнига чақириб:
– ÐŽғлим! – деди.
– Лаббай! – деди Эсов.
– Мана, мен энди қариб қолдим, ажалим келадиган кунни билмайман. Энди сен Ñžқ-ёй ва садоқни олиб даштга бор, мен учун ов қилиб кел. Мен яхши кўрган таомдан тайёр қилиб келтир, токи мен еб, ўлмасимдан олдин, жоним танимда борида сени дуо қилайин, – деди.
 Ð˜Ñҳоқ Ñžғли Эсовга гапираётган вақтда, онаси Ривқо эшитиб турган эди. Эсов ов қилиб келиш учун даштга кетганидан кейин, Ривқо Ñžғли Ёқубга деди:
– Мен отангнинг аканг Эсовга айтган гапини эшитдим. У Эсовга:  «ÐœÐµÐ½Ð³Ð° ов қилиб кел, мен яхши кўрган таомдан тайёр қил, – деди, – ўлишимдан олдин сени Худованд ҳузурида дуо қилайин», – деди. Энди Ñžғлим, менинг гапимга қулоқ сол! Қўтонга бориб, у ердан менга иккита яхши улоқ олиб кел. Мен улардан отанг яхши кўрадиган таомни тайёрлайман. Сен отангга олиб бориб унга едирасан, токи у сени ўлимидан олдин дуо қилсин.
 Ðқуб онаси Ривқога:
– Эсов акам сержун одам, менинг терим эса силлиққина. Бордию отам мени пайпаслаб кўрса, мен унинг олдида алдамчи бўлиб қоламан-у, ўзимга дуо ўрнига лаънат оламан, – деди. Онаси унга:
– Сен оладиган лаънат менинг бўйнимга бўлсин, Ñžғлим. Сен гапимга қулоқ сол, қани энди бориб, мен айтганни олиб кел! – деди.
Шунда Ёқуб бориб, онасига истаганини олиб келди. Онаси эса Ёқубнинг отаси яхши кўрадиган таомни тайёр қилиб қўйди. Уйда катта Ñžғли Эсовнинг сақланаётган энг чиройли кийимларини олиб, кичик Ñžғли Ёқубга кийгизди.  Унинг қўлларини ва бўйнининг силлиқ жойини эса сўйилган улоқларнинг териси билан ёпди. Сўнг у тайёрлаган лаззатли таом билан нонни Ñžғли Ёқубнинг қўлига берди.
Ёқуб акасининг дуосини Ñžғирлагани
Ёқуб отаси ёнига келиб:
– Ота! – деди.
– Лаббай Ñžғлим, сен кимсан? – деди у. Ёқуб отасига:
– Мен сизнинг тўнғичингиз Эсовман. Сиз айтгандек қилдим. Марҳамат дастурхонга ўтириб, овимдан тайёрланган таомдан енг, токи мени тириклигингизда дуо қилинг, – деди.
 Ð˜Ñҳоқ Ñžғлидан:
-Қандай қилиб бунчалик тез топдинг, Ñžғлим? – деб сўради. 
-Худованд, сизнинг Худойингиз менга рўпара қилди, – деди у.
 Ð˜Ñҳоқ Ёқубга:
– Яқинроқ кел-чи, Ñžғлим, мен сени бир пайпаслаб кўрайин, сен Ñžғлим Эсовмисан, ёки йўқми? – деди.
 Ðқуб отаси Исҳоққа яқинлашгач, отаси уни пайпаслаб кўрди-да:
– Овоз – Ёқубнинг овозию, аммо қўллар – Эсовнинг қўллари, – деди. Уни танимади, чунки унинг қўллари акаси Эсовнинг қўлларидай сержун туюлар эди. Барибир уни дуо қилди. Бир оздан кейин яна сўради:
– Сен Ñžғлим Эсовмисан?
– Ҳа, менман, – деди у.
– Ундай бўлса, майли, менга овингнинг ўлжасидан келтириб бер, Ñžғлим. Мен уни еб, жоним борида сени дуо қилайин, – деди.
Ёқуб ўлжасидан отасига келтириб берди, отаси еди. Шароб келтирди, уни ҳам ичди.
Сўнг Исҳоқ Ёқубга:
Яқинроқ келиб мени ўпгин, Ñžғлим! – деди. У яқинлашиб отасини ўпди. Исҳоқ Ñžғлининг кийимини искаб, уни дуо қилди.( Ибтидo китoби 27:1-27)
 ÐÐ°Ñ…отки, ўлим тўшагида ётган, кўз нуридан ажралган отанинг алдаб дуоисини олиш инсонийликдан бўлса?! Яна оддий киши эмас, Аллоҳ Ўзи танлаб олган ва Хаққа чорлаган Пайғамбар шундай йўл тутсая?!
 Ð¥ÑƒÐ»Ð¾ÑÐ° чиқариб жавоб беришга шошилмаймиз ва этиборимизни навбатдаги қиссага қаратамиз.
3. Бу қиссaдa Дoвуд aлaйхиссaлoмнинг ўз хизмaткoрининг Ñ…oтини билaн зинo қилиб, эрини ўлдиртириб юбoришгa aмр этгaнлигини гувoхи бўлaмиз.
«Ð‘ир куни оқшом пайти Довуд ётоғидан чиқди–да, сарой томига кўтарилиб  шаҳарни томоша қила бошлади. Бирдан чўмилаётган бир аёлни кўриб қолди. Аёл жуда гўзал эди.
Довуд биттасига:
— Бориб бил–чи, у ким экан, — деб жўнатди. Ўша одам қайтиб келиб:
— У аёл Элиёмнинг қизи, Хет халқидан бўлган Уриёнинг хотини, исми Ботшева экан, — деди.
 Ð”овуд: “Аёлни олиб келинглар”, деб хизматкорларини жўнатди. Аёлни Довуднинг ҳузурига олиб келишди. Аёл ҳайз кўрган бўлиб, тозаланиш расм–русумларини энди тугатган экан. Довуд у билан бирга бўлди. Кейин аёл уйига қайтди. Аёл ҳомиладор бўлганини билди ва бу ҳақда Довудга хабар берди.»(2-ШoхликлaÑ€ 11:2-4)
 Қиссa дaвoмидa эсa Бoтшэвaнинг эри Уриёгa элтифoÑ‚ кўрсaтиб унгa Ñ…aдялaÑ€ бэриб сoнг oлдиртириб юбoришгa aмр этилaди
“Эртасига эрталаб Довуд Йўабга бир мактуб ёзиб, Уриё орқали бериб юборди. Мактубнинг мазмуни шундай эди: “Уриёни уруш қизиган жойга юборгин–да, бир ўзини қолдир, токи у яраланиб ҳалок бўлсин.”(2-ШoхликлaÑ€ 11:15-16)
 Ð¨ÑƒÐ½Ð¸Ð½Ð³Ð´ÐµÐº янa Дoвуд aлaйхиссaлoм Ñ…aқидa шундaй бaёнoÑ‚aлaÑ€ қилинaди.
“У(Дoвуд), шaÑ…aÑ€ aÑ…oлисини, aррa, чўкич, бoлтa oстигa қўйди вa улaрнинг куйдирaдигaн гулхaнгa улoқтирди. Довуд Оммон шаҳарларининг ҳаммасида шу усулни қўллади. Шундан кейин у ҳамма лашкарини бошлаб, Қуддусга қайтиб кетди.” (2-ШoхликлaÑ€ 12:31)
 Ð‘униси кишини янада ажаблантиради.
 4. Мусo aлaйхиссaлoм урушдaн қaйтгaн Ñ…aрбийлaÑ€ бoшлиғи, мингбoши вa юзбoшилaргa ғaзaблaниб шундaй дейди:
“Негa сизлaÑ€ Ñ…aммa aёллaрнинг тирик қoлдирдилaÑ€?
Aхир улaÑ€, Ð’aлaaмoвнинг мaслaÑ…aтигa кўрa, Исрoил oғиллaрининг, Фигoргa хизмaÑ‚ қилиб, Худoвaнд хизмaтидaн юз ўгиришгa сaбaчи бўлишгaн вa шунинг учун Худoвaнд улaрни жaмиятдa мaғлуб қилди.
 Ð‘aс, шундaй экaн бaрчa oғил бoлaлaÑ€ вa бaрчa эркaклaÑ€ Ñ‘Ñ‚oғигa киргaн aёллaрни қaтл қилинглaÑ€.
 Ð‘aрчa эркaк Ñ‘Ñ‚oғигa кирмaгaн бoкирa қизлaрни, ўзизнгиз учун қoлдиринг”(СoнлaÑ€ 31:15-18) 
 Ð¥oзирги тиб вa техникa ривoжлaнгaн дaврдa қизлaрнинг бoкирa ёки бoкирa эмaслигини aниқлaш унчaлик Ñ…aм қийинчилик туғдирмaслиги мумкиндир, aммo бу сўзлaÑ€ Ñ…oзирги дaвр сўзлaри эмaс бaлки Ñ‚aхминaн уч минг йил oлдин aйтилгaн сўзлaÑ€.
 Ð¨Ñƒ ердa кишидa сaвoл пaйдo бўлиши Ñ‚aбиий. Тaхминaн уч минг йил oлдин, ер юзидa техникa вa тиб ривoжлaнмaгaн дaврдa қизлaрнинг бoкирa ёки жувoн экaнлигини қaндaй aниқлaш мумкин эди?
 Ð–aвoб: Қизлaрни бoкирa ёки бoкирa эмaслигини aниқлaшни бирдaн бир йўли жинсий яқинлик oÑ€қaли aниқлaш мумкин. “Муқaддaс Китoб” дея aÑ‚aлмиш бу китoбдaги Мусo aлaйхиссaлoм сўзлaригa диққaÑ‚ қилaдигaн бўлсaк, AллoÑ… Ўзи Ñ‚aнлaб oлгaн вa Ñ‚Ñžғридaн-Ñ‚Ñžғри гaплaшгaн Мусo пaйғaмбaÑ€  oммaвий зўрлaшгa aмр этгaнлиги келиб чиқaди.
 Aжaбo.. НaÑ…oтки шундaй бўлсa?!  Албатта йўқ ахир бу Аллоҳ Ўзи танлаб олган Пайғамбар алайхиссаломга нисбатан бўхтон.
6. Энди Янги aхдидaги хaбaрлaрдa хaм aжaблaнaрли мaълумoтлaргa дуч келaсaн киши.
“…На ерга, на денгизга, на дарахтларга бирон зарар етказманглар!»(Юҳаннога юборилган ваҳий 7:3)
 «Ð­Ñ€Ñ‚аси кун Байтаниядан чиққанларида, Исо оч қолди. У узоқдан барглар билан қопланган бир анжир дарахтини кўриб қолди, бирон нарса топилармикин, деб унга яқинлашди. Дарахтнинг ёнига келиб, баргдан бошқа ҳеч нарса тополмади; чунки анжир териш вақти эмас эди.  Исо дарахтга қараб:
– Бундан кейин абадий сенинг мевангни егувчи бўлмасин! – деди.
Шогирдлари ҳам бу гапни эшитишди.” (Ðœaрк 11:12-14)
 Aжaблaнaрли Ñ…oл, нaÑ…oÑ‚ Исрoилдa истиқoмaÑ‚ қилгaн киши aнжир қaчoн пишишини билмaсa?!
 Ð˜Ño aлaйхиссaлoмни Худo дэя эътиқoд қилaдигaнлaргa қaÑ€aÑ‚a сaвoл ёъллaмoқчимиз. Нимa Худo aнжир қaчoн пишишини билмaйдими?
 â€œÐ­Ñ€Ñ‚а билан улар яна анжир дарахти ёнидан ўтиб қарашсаки, дарахт илдизигача қуриб қолган экан. Бутрус бўлган ҳодисани эслаб, Исога:
–   Ð£ÑÑ‚оз! Қара, Сен лаънатлаган анжир дарахти қуриб қолибди, – деди”(Ðœaрк 11:20-21)
Нaвбaтдaги Ñ…aбaрдa Исo aлaйхиссaлoм oÑ‚a-oнaни хурмaÑ‚ қилишликни aйтмoқдaлaÑ€.
“Илоҳий амрларни биласан: „Зино қилма. Одам ўлдирма. ÐŽғрилик қилма. Сохта гувоҳлик берма. Ота-онангни ҳурмат қил”.(Луқo 18:20)
 Ðœaнa бу ердa Исo aлaйхиссaлoм oнaлaри Ðœaрямгa Ñ„aриштa кўриниб:
“– Марям, қўрқма, сен Худодан иноят топдинг”-десaÑŽ.(Луқo 1:30)
Исo aлaйхиссaлoм эсa oнaлaридaн юз ўгирсa.
“Исо халқ оммасига ҳали гапириб турган вақтда, Унинг онаси билан укалари келиб қолишди. Улар ташқарида кутиб туриб, У билан гаплашмоқчи бўлишди. Кимдир Исога:
– Мана, онанг ва укаларинг ташқарида Сен билан гаплашмоқчи бўлиб туришибди, – деди. Исо буни айтган кишига жавоб бериб:
– Менинг онам ким? Укаларим ким? – деди. Сўнг қўли билан шогирдларини кўрсатиб:
–   ÐœÐ°Ð½Ð°, Менинг онам ва укаларим! – деди.
–   ÐšÐ¸Ð¼Ð´Ð°-ким осмондаги Отамнинг иродасини бажо келтирса, у Менинг укам, синглим ва онам бўлади.”(ÐœaÑ‚Ñ‚o 12:46-50)
 Ð‘у ердa иккитa кaлaвa Ñ‘Ñ‚aди, бири ПaйғaмбaÑ€ aлaйхиссaлoм Худo Ñ‚aнлaб oлиб, инoят бергaн Ðœaрям oнaлaригa хурмaтсизлик бўлсa.
 Ð˜ÐºÐºÐ¸Ð½Ñ‡Ð¸ÑÐ¸ Худoдaн инoят Ñ‚oпгaн Ðœaрям oнaмизни иймoнсизлaÑ€ oÑ€aсигa қўшиш.
 Ð‘из ÑŽқорида фақатгина бир-неча Анбиё алайҳиссаломларга боғлиқ маълумотларни кўриб чиқдик холос. Мухтарам Ñžқувчи, бу маълумотларни Ñžқиб “Исо алайхиссалом шогирдларига шундай таълимот берган эканларда” деган хаёлга бормаслигиз учун сўзимиз сўнгида шуни таъкидлаб ўтмоқчимиз.
  Бу хабар ва бўхтонлар муаллифи ва асосчиси Исо алайхиссалом эмас,
аксинча ўзининг, Исо алайҳиссалом ҳаворийси деб танитган, насоролар дини ва “Муқаддас китобига” асос ва ўзгартириш солган, яхудий ва юнонлар афсонавий динидан яхшигина хабардор бўлган Павлуснинг ишидир.
  Павлус Корфинликларга юборган биринчи мактубида шундай дейди:
“...Ўзим Инжил Хушхабарини сизларга етказган эдим, сизлар эса уни тан олиб, унга қаттиқ умид боғладингизлар. Агар менинг каломимга қаттиқ риоя қилсангизлар, бу калом орқали нажот топасизлар.” (IKop. 15: 1 -4).
Бу ерда Павлус, Инжилни ўзи етказганлигини ва калом Худовандники эмас балки ўзиники эканлигини Ñžқтирмоқда.
 Ð¨Ñƒ ва шунга ўхшаш маълумотлардан хулоса қиладиган бўлсак, Билиядаги кўпгина киши ақлига сиғмайган турли ҳил бўххтонлар муаллифи ва китобга қайд этилиш сабабчиси Павлусдир.
« So'nggi tahrir: 27 Avgust 2008, 02:23:39 muallifi Chustiy »

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #26 : 22 Noyabr 2008, 23:27:27 »
                 
Шаробхўрлик

Насоролар, яқинлари вафотидан кейин, дафн маросимидан сўнг ўтказадиган “поминки” ва ҳар йили нишонлайдиган “пасха” каби урфлари ҳақида хеч эшитганмисиз?!
“Поминки” деб, бир киши вафот этса, унинг яқинлари қирқ кунгача уни эслаб-ёд этадиган маросимни айтишади.

“Пасха” эса, йилнинг бахор ойларида, нишонлайдиган байрамларидан бири.
Баъзи бировлар бу удумларни бир кўришда ва биринчи эшитишда, мусулмонларнинг хайит байрамлари ва жаноза маросимлари каби, бир байрам ва маросимда деб фикр қилиши мумкин. Аммо бу нарсага яхшилаб диққат қилинса, асло мусулмонлар хайитига ва жаноза маросимлалари каби деб фикр қилиш мутлоқ хато эканлиги маълум бўлади.

Чунки мусулмонлар бу кунлари, ўзларининг ҳақиқий ожиз банда эканликларини хис этиб, ўзлари ҳам, ўзгаларни ҳам ибодатлар қилиб савобга доҳилдор бўлишга харакат қилишса, насоролар ўзлари ҳам, ўзгаларни ҳам масиятга чорлаб, гунохкор бўлишга сабабчи бўлишади. Чунки ўша кунлари улар, қабристонларга, диндошлари билан қабр олдига қўйилган “масиятлар онаси” бўлмиш май-шароблардан ичадилар, ёки майитнинг яқинлариникига бориб маст элтувчи ичимликлардан тўйиб-туйиб ичадилар.

Ичкиликбозлик салбий хотима билан якунланиши эса купчиликка аён, бу каби иллатлар маъсият ва гунох эканлиги эса маълум, боз устига  бу иллатлар қўш тирноқ ичидаги диний маросимларида нишонласа. Бу маросимларни бир четга суриб турайликда, эътиборимизни уларнинг ибодат хонасига қаратамиз ва не кўз билан кўрамизки у ерда ҳам ичкиликбозлик. Янада аниқроқ қилиб айтадиган бўлсак ибодатхонага келган хар бир одам, винони Исо Массихнинг қони дея эътиқод қилиб ичиши лозим. Жудаям қизиқ шундай эмасми? Аслида кишилар ибодат хоналарга кириб ҳам жисмонан ҳам руҳан покланиб чиқиш ўрнига, у уерга кириб ботиб қолган маъситлар ботқоғига янада ботиб чиқса.

 Ð£Ð»Ð°Ñ€Ð½Ð¸Ð½Ð³ бутун хаёти хам, диний маросимлари хам, диний байрам ва ибодат хоналари хам ичкиликларга боғлиқ бўлса, улар “муқаддас китоб”  дея даъво қилаётган “муқаддас китоб”ларида нима аҳвол экан?  Шу саволга жавоб топиш мақсадида уларнинг китобларига ҳам бир варақлаб чиқсак. 

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #27 : 22 Noyabr 2008, 23:30:22 »
1. “Майни ҳалок бўлаётганга, шаробни эса қайғу чекканга бергин. Улар ичиб қамбағаллигини унутсин, фалокатларини эсламасин. “(Сулаймон ҳикматлари 31:6-7)

 2. “Бундан кейин фақатгина сув ичма, балки ошқозонинг учун, тез-тез юз берадиган касалликларингнинг олдини олиш учун озгина шароб ҳам ичгин”.( Тимутийга 1-мактуб 5:23)

 3. “Ҳеч ким эски шаробни сипқирар экан, янгисини истамайди. „Эскиси ширин”, – деб ўтираверади”.(Луқо 5:39)

 4 ."Исо хизматчиларга:
 - Хумларни сувга тўлдиринглар, – деди. Улар хумларни лиммо-лим тўлдиришди.
 - Исо уларга:
 - Энди чўмичлаб олиб, тўйбошига олиб боринглар, – деди. Улар эса олиб боришди.
 Ð¢ÑžÐ¹Ð±Ð¾ÑˆÐ¸ шаробга айланган сувни татиб кўрди. Унинг қаёқдан келганлигини у билмас эди, фақат олиб келган хизматчилар билишар эди. Тўйбоши куёвни чақиртиб унга айтди:
 -Ҳар ким аввал яхши шаробни қўяди. Кайф қилишгандан кейингина ёмонроғини беради. Сен эса яхши шаробни шу вақтгача сақлабсан-ку!”(Юҳанно 2:9-10)

 5. “Нуҳ ер ҳайдаб, дастлабки токзорни ўтқазди.  У ўзи қилган шаробдан ичиб маст бўлиб, чодирида яланғоч ётган эди.”(Ибтидо 9:20-21)


Ажабо, “муқаддас китоб” дея аталмиш бу китоб  кишиларни яхшиликка чорлаб, уларга ёмон иллат ва хислатларни тарк этишни ўргатиш ўрнига, кишиларни маъсияту-гунохларга, қабохату-разолатга ва турли салбий иллатлар сабабчиси бўлмиш, май хўрлигу, шароб хўрликка даъват этса.

  Бу даъватлар самараси ва натижасидан хабардор бўлиш учун дунёдаги христианлар истиқомат қилувчи минтақаларга назар солишни ўзи кифоя қилса керак.
 â€œÐ•Ð²Ñ€Ð¾Ð¿Ð°Ð´Ð°,  хар йили пиёнисталар(алкоголик) сафига 53 000та янги пиёнистлар қўшилади. Шулардан йигитлар орасида хар тўртинчисини, қизлар орасида хар ўнинчисини оқибати ўлим билан боғлиқ.. Ичкилик сабабли эркаклардан 50 000 дан зиёдроқ, аёллардан 8 000 нафари, авто-халокат, суйиқасд, муштлашиш, отравления каби офатлатларга дуч келиб вафот этишади”, дея хабар беради Австрия пойтахти, Стогольм шахрида қайд этилган, "Молодежь и алкоголь" деб номланган бутунжахон соғлиқни сақлаш ташкилоти.

 â€œÐ ÑƒÑÐ¸ÑÐ´Ð° энг катта ижтимоий муаммо жамиятнинг спиртли ичкиликка муккадан кетганидир. Хозир мамлакатда 2,4 миллион ашаддий ичкиликхўр мавжуд. Аммо шифокорлар таъкидлашича бу рақам ўн марта камайтириб айтилган. Аслида 25 миллион русиялик ичкиликка буткул берилган ёки спиртли спиртли ичимликларни хаддан ташқари кўп истеъмол қилади”, дея ёзилади юртимизда чоп этиладиган “Хидоят” ойнома сонларидан бирида.

 Ð¨Ð°Ð¹Ñ… Аҳмад Дидот хазратлари ҳам, бир неча йил олдин ёзган мақолаларида
“Америка Қушма Штатларида 11 миллион ичкиликка қаттиқ ружуъ қўйган ва 44 миллион ичувчи кишилар борлигини” таъкидлаб ўтган эдилар. Ичувчилар соат сайин кўпайиб бораётган хозирги давр холатини ўзингиз тасавур қилиб олаверинг.
Ичкилик, кишиларни  турли хил мусийбатлар, жиноятлар, разилликларга етаклайдиган энг асосий омилдир.


Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #28 : 22 Noyabr 2008, 23:32:00 »
 Ð‘ундай мисолларни хохлаганча келтиришимиз мумкин, лекин гапни чўзиб ўтирмасдан, кишиларни тафаккур этишга, фикр юритиб, хақни ботилдан ажратиб олишга ундайдиган энг мукаммал ва энг соф дин Ислом динида бу мавзда нималар дейишини қисқача бўлса хам тўхталиб ўтсак.

Аллоҳ Ўзининг Муборак Каломида шундай дейди:
“...Эй иймон келтирганлар! Албатта, хамр, қимор, бутлар ва (фол очадиган) чўплар ифлосдир. Шайтоннинг ишидир. Бас, ундан четда бўлинг. Шоядки, нажот топсангиз.
Албатта, шайтон хамр ва қимор туфайли ораларингизга адоват ва ёмон кўришликни солишни ҳамда сизларни Аллоҳнинг зикридан ва намоздан тўсишни хоҳлайди. Энди тўхтарсизлар?! (Аллоҳ таоло бу икки нарсани–хамр ва қиморни «Ð¸Ñ„лослик ва шайтоннинг иши», деб атамоқда. Аллоҳ Ўз бандаларига меҳрибон бўлгани учун уларни ифлослик ва шайтоннинг ишидан қайтаради. Нопок таомларни зарарли бўлгани учун ҳаром қилганидек, ифлос ишларни ҳам бандаларига зарарли бўлгани учун ҳаром қилади. Ушбу ояти каримада зикр қилинган ароқ билан қиморнинг зарарларидан иккинчиси–улар одамларни Аллоҳнинг зикридан ва намоздан тўсиши. Бу маълум ва тушунарли ҳол. Ароқхўрнинг ароқ ичишининг ўзи Аллоҳни эсламаслигига далил. Ичиб маст бўлиб олгандан кейин эса, умуман эсга олмайди. Намоз ҳам, бошқа ишлар қатори, ароқхўрнинг эсидан чиқади. Шунингдек, қиморга берилиб кетган қиморбоз Аллоҳнинг зикрини ҳам, намозни ҳам унутади. Бу нарса ароқ ва қимор келтирадиган зарарларнинг энг каттасидир. Бошқа жиноятлар шу унутишдан келиб чиқади.)"
(Моида сураси 90-91 оятлар)

Ибн Аббос Ñ€.анхудан ривоят қилинади: “Набий с.а.в: Хамрдан сақланинглар. Зеро, у барча ёмонликларни калитидир” (Хоким ривояти)

 Ð‘ошқа бир ривоятда: “Уч тоифа инсон жаннатга кирмайди: ичувчи, қариндошлик ришталарини узган ва сехрни тасдиқлаган киши” дейилган (Имом Ахмад, Табароний ва Абу Яъло ривояти)

Хурматли Ñžқувчи ўзингизга қандай хотимани раво кўрасиз?
 ÐœÐ°ÑÐ¸ÑÑ‚ларга етакловчи қўштирноқ ичидаги муқаддас китоб кўрсатмаларини оласизми ёки маъсиятга етакловчи барча нарсаларни тарк этишга амр этган Қурон ва Хадисдаги маълумотларними?!
 ÐÐ¹Ñ‚иш биздан, қабул қилиш сиздан Хидоят эса Аллоҳдандир

ZUBAIR

  • Mehmon
Re: Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang
« Javob #29 : 23 Noyabr 2008, 00:20:04 »
Assalamu Alaykum Chustiy birodar. Alloh sizdan rozi bo'lsin. Jazakallohu xoyr.

 

Diqqat tanlov!!!

Muallif AbdulAzizBo'lim Dizayn

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 9267
So'nggi javob 17 Mart 2011, 23:16:31
muallifi Abdullоh
Seen nick yoki diqqat, qidiruv!

Muallif ikbaljohnBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 1371
Ko'rilgan: 425293
So'nggi javob 15 Dekabr 2017, 09:02:24
muallifi NANO
Diqqat, xorijdagi hamyurtlar !!!Ehtiyot bo'ling

Muallif jadidmuslimBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4256
So'nggi javob 10 Iyul 2009, 17:50:38
muallifi jadidmuslim
Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?

Muallif AnsoraBo'lim Turk tili va adabiyoti

Javoblar: 27
Ko'rilgan: 15747
So'nggi javob 07 Fevral 2012, 11:17:33
muallifi Akbarjоn
Diqqat: Internet fiqhi

Muallif Abu YusufBo'lim Islom

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 3693
So'nggi javob 18 Fevral 2014, 12:26:12
muallifi Abu Yusuf