Umumiy bo'lim > Islom

Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang

<< < (2/12) > >>

Foniy:
Assalomu alaykum!

Iso a.s. Islom nigohida

Darhaqiqat Musulmonlar bu haqda shunday deyishadi. Biz Musulmonlar Iso alayhissalom Allohning buyuk payg‘ambarlaridan deb e'tiqod qilamiz, u kishi haqiqatdan Masih edilar, U kishining tug‘ilishlari mo‘'jizali, erkak ayol birlashisisiz bo‘lgan (bu e'tiqodga hattoki hozirgi Masihiylarning ko‘plari ham ishonmaydilar) va u kishi Allohning izni ila o‘liklarni tiriltirganlar, ko‘rlar, tug‘ma ko‘rlarni davolaganlar, har-xil kasalliklarga chalinganlarni Alloh marhamati ila tuzatganlar. Zero, Musulmon kimsa Iso alayhissalom haqida shunday aqidada bo‘lmasa musulmon hisoblanmaydi.

Foniy:
Assalomu alaykum!

Tavba 31-35:

31. Ular Allohni qo‘yib o‘zlarining hibr va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni Robb tutdilar. Ular faqat bitta ilohdan boshqaga ibodat qilmaslikka amr qilingan edilar. Undan o‘zga ibodatga sazovar zot yo‘q. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan pokdir.
32. Ular Allohning nurini og‘izlari bilan o‘chirmoqchi bo‘lurlar. Alloh esa, garchi kofirlar yoqtirmasa ham, O‘z nurini batamom qilishdan boshqa har narsadan bosh tortadir.
33. U, garchi mushriklar yoqtirmasa ham, O‘z Rasulini hidoyat va haq din bilan uni hamma dindan ustun qilish uchun yuborgan zotdir.
34. Ey iymon keltirganlar! Albatta, hibr va rohiblarning ko‘plari odamlarning mollarini botil yo‘l bilan yerlar va Allohning yo‘lidan to‘sarlar. Oltin va kumushni xazinaga bosadigan, Allohning yo‘lida sarflamaydiganlarga alamli azobning bashoratini beraver.
35. Bir kuni o‘sha(oltin-kumush)larni jahannam o‘tida qizitilur va peshonalari, yonboshlari hamda orqalariga bosilib: «Mana bu o‘zingiz uchun to‘plagan narsangiz, bas, endi to‘plab yurgan narsangizni tatib ko‘ring!» deyilur.

Foniy:
Assalomu alaykum!

...faqat birgina din to‘g‘ri bo‘lishi mumkin va u - hozirgina aytganingizdek - Islomdir...

"œHech bir mo‘min erkak va hech bir mo‘mina ayol uchun Alloh va Uning Rasuli bir ishga hukm qilganida, o‘z ishlarini o‘zlaricha ixtiyor qilmoq yo‘q. Kim Allohga va Uning Rasuliga osiy bo‘lsa, bas, batahqiq, ochiq adashibdi" Azhob surasi (33, 36)

Mazkur maqola «qayta tug‘ilgan»* bir nasroniy va 1991 yilda Islomni qabul qilgan sobiq nasroniy rohib Shayh Yusuf Estes (Yusuf Estes) o‘rtasida e-mail orqali bo‘lib o‘tgan suhbat asosida tayyorlangan.
Shayx Yusuf Estes hozirda Milliy Musulmon Ruhoniysi (National Muslim charlain) vazifasini bajaradi. Shayx ingliz-zabon davlatlarida da'vatda juda ham faol bo‘lib, jumladan unga tegishli ShareIslam.com tashkiloti Islomga oid 3000 dan ziyod veb-saytni yurg‘azadi.

Foniy:
Assalomu alaykum!

Islomga da'vat qilish uchun sarflanadigan summa 800 mln. dollardan oshmaydi, vaholanki, ko‘plab missionerlar tomonidan olib boriladigan nasroniylashtirish uchun esa 33 mlrd. dollar sarflanar ekan.

Chustiy:
Assalamu alaykum
Allohga ham va Uning Rasuliga (s.a.v) salovotu-salomlar aytgandan so'ng sizlarga murojat etmoqdaman.
Alloh O'zining Kalomida
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا قُوا أَنفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَاراً وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلَائِكَةٌ غِلَاظٌ شِدَادٌ لَا يَعْصُونَ اللَّهَ مَا أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ   

 А­й иймон келтирганлар! Ўзингизни ва аhли аёлингизни ёqилg'иси одамлару тошдан бслган стдан саqланг. Унинг тепасида qспол, дарg'азаб фаришталар бслиб, улар Аллоhнинг амрига исён qилмаслар ва нимага буюрилсалар, шуни qилурлар.(Tahrim sura, 6-oyat)

Bas, har bir musulmon o'zini va o'z yaqinlarini jahannam otashidan saqlashi lozim ekan. Siz azizlarga ham atrofimizdagi o'zimizga yaqin bo'lganlarni va barcha yoru-birodarlamizni hozirgi kunimizda keng ildiz otib borayotgan missionerlar tuzog'idan hammamiz o'z yaqinlarimizzi ogohlatirib yursak va o'zimiz ham ogoh bo'lib yursak maqsadga muvofiq bo'lardi deya o'yliman.
Missioner iborasini ilk eshitganlar bular kimlar degan savol tug'ilishi tabiiy.

Missionerlar hozirgi kunimizdagi sodda dil o'zbek halqining islom dinidan chiqarib o'z diniga (hristian), turli bahonalar bilan kirgizadigan nobakorlardir.

InshaAllah bu mavzu bo'yicha ular haqida infolar, ularga qarshi maqolalar qo'yib boramiz shoyadki najot topuvchi kishilardan bo'lsak.

 

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version