Diqqat! Diqqat! Missoner tuzog'iga ilinmang  ( 62704 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Chustiy  11 Noyabr 2007, 22:53:52

Хсш, миссионеелар кимлар, уларнинг масœсадлари ва "œдаъват" сœилаётган нарсалари нима???

"œСиртдан сœсй ос“зидан чсп олмайдиган бслиб ксринган бу миссионерлар, аслида кспни ксрган, ишбилармон, илоннинг ёс“ини слаган уддабуронлардир. Улар баъзи соддаларга схшаб, иш режаси ва низомини кстариб рсйхатдан стказишни ссраб давлат идораларига бормайдилар. Аввало вазистни, кишиларни, амалдорларни, уларга чисœиш йслларини схшилаб срганадилар. Кейин сса аста секин инсоний ёрдам, тиббий хизмат, хайру сс›сонга схшаш нарсалардан гап очадилар. АŒслидан иш келадиганларга "œсовс“алар" уюштирадилар. Ўз юртларига олиб бориб сйнатиб келадилар. АŒарабсизки, сша миссионернинг ташкилоти расмий рсйхатдан стиб турибди-да. Аста-секин у ер, бу ердан одамларни тсплаш бошланади, оддий сус›бат, чой ичиш, видио филъм ксриш, кичкинагина совс“а ва совс“ага сœсшиб, сус›батдошнинг она тилидаги миссионернинг дини с›асœидаги китоб берилади. Китобнинг сснгида тушунмай сœолса, ссраб суриштириш учун телефон расœами ёки адрес албатта ксрсатилган бслади. Икки-уч марта шунга схшаш сус›бат ва совс“алардан кейин сœарабсизки етти отаси мусулмон бслиб келган бир шахс хиристиан, киришначи ёки буддачи бслиб турибди-да. Янги динга, снги аъзо бслган киши кспросœ савоб топиши керак, дейди миссионер, сзининг снги мухлисига. "œБунинг снг осон йсли, оила аъзоларингни, ссœин кишиларингни динимизга часœиришинг. Агар с›ар с›афта биттадан снги одам олиб келсанг, савобнинг тагида сœоласан. Ксчада юрганингда с›ам бекор юрма, мана бу китобчалардан сзинг билан олиб юр. Дскон, бекатга схшаш одамлар ксп бсладиган жойларга битта-битта ташлаб сœсй. Одамларнинг остонасидан ичкарига ташлаб сœсйсанг сна с›ам схши бслади", дейди. АŒарабсизки сзимиздан чисœсœан иймонфуришлар, сзимизни бузишга жон-жас›ди билан уриниб ётибди-да. Ўз атрофида етарли гумашталарни тсплаб олган миссионерлар кичкина сълон чисœаради. Фалон жойда, фалон соатда дсстлик учрашуви бслади. Барномада турли кснгил очди сйинлар, расœс, фильм. Хос›ловчилар марс›амат сœилсин. Аммо, барнома сснгида албатта рос›ибнинг ваъзи бслиши, матбуот тарсœатилиши анисœ бслганидан уни ёзмаса с›ам бславеради. Аста секин бундай учрашувлар одат тусига киради. Кичикросœ бир жой ижарага олинади. Кейин сотиб олинади. Охири бориб ибодатхона сœурилади. А‹озирда асли мусулмон бслган кишилардан Туркистонимизнинг сзида бир неча рос›иблар сœирс“из, сзбек ёки бошсœа черковларини бошсœармосœдалар."œ (Шайх Мус›аммад Содисœ Мус›аммад Юсуф. Миссионерлар фаолисти)

http://www.hilol.com/index.php?option=com_content&task=view&id=41&Itemid=29

Qayd etilgan


Chustiy  12 Noyabr 2007, 00:21:11

МИССИОАЕА ЛИК XАА АКАТИАИАГ КИА ДИКОА ЛАА И
http://www.hilol.com/index.php?option=com_content&task=view&id=55&Itemid=1


Qayd etilgan


Chustiy  12 Noyabr 2007, 00:38:35

"œRojdestvo"- qanday bayram?


Nasorolar tomonidan har yili nishonlanadigan ajablanarli bayramalardan biri bu "œRojdestvo" dir, yani Iso a.s tug’ilgan kuning nishonlashlari.
Ammo, negadir nasorolar Iso a.s tugilgan kunining aniq bir kunda o’tkazishmaydi. Ba’zilar 25-dekabrda nishonlashsa, ba’zilari 6- yoki 7-yanvarda nishonlashadi yana boshqa birovlari 24-,25 aprel deyishsa yana bir guruh toifasi 25 mayda deyishadi, bularning orasida 18-noyabr va 28-mart kuni edi deydiganlar ham talaygina topiladi. Hosh bu ma’lumotlarning qay biri to’g’ri, va bularning qay biriga ishonish lozim?!
Ularning "œmuqaddas" kitoblari bo’lmish, to’rt injilda ham, kanon kitobiga* kiritilgan maktubda ham, muqaddas havoriylar tomonidan yuborilgan habarlarda ham Iso a.s tug’ilgan oy va kun haqida biron bir aniq bir ma’lumot yo'q. Unday bo’lsa hozirda nasorolar tomonidan har yili nishonlanayotgan bu bayram qayerda keldi?! Bunga o’xshagan savollar nafaqat musulmonlarni balki nasorolarni ham o’ylantirib qo’yishi tabiiy. (*"œKanon" kitobi eski Ahdagi Muso a.s kitobi bo’lib, beshta kitobni o’z ichiga olgan, bular: Bitiye-Ibtido, Ishod-Chiqish, Levit-Levit, Chisla-Sonlar va Vtorozakonie-Ikkinchi qonunlar yoki Sahrolaram deyiladi)
Hristianlarning birinchi obro’li shahslaridan bolgan Klement Aleksandriy bu hususda quydagilarni yozadi: "œVasilidianliklar, Iso a.s to’g’ilgan kunini, misrliklar farmuti deya nomlaydigan oyning yoki 24, yoki 25- kunida tavallud topgan deya hisoblashadi"(farmuti oyi esa aprel oyiga to’gri kelgan). Boshqa hristian sektasi, Iso a.s tavallud kuni haqida, "œU(Iso), Avgust Cezar hukumronligining 28-yilida, pahon oyining 25-kunida(bu 20-mayga to’gri keladi) tug’ildi" deyishadi.  423-yilda Kiprian tomonidan yozilgan habarlarda Massih tug’ilishini 28-martga to’girlashgan. Klematning o’zi esa Iso a.s tug’ilgan kun 18-noyabr deydi.
Dj.Robertsonning yozishicha: "œKo’plab sektalar, uzoq vaqt mobaynida tug’ilgan kunni 24- yoki 25- aprelda deya uqtirishgan, keyichalik boshqalar tomonidan 25-mayga o’tkazilgan. Asrlar mobaynida g’arb cherkovlari bu kunni 6-yanvarda nishonlashgan"
Kezi kelganda shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki birinchi uch asrda cherkov tomonidan Iso a.s tug’ilgan kuni nishonlanmagan edi, bu aslida yunon-rum mushriklari udum-ananasi bo’lib keyinchalik hrisianlar udumiga aylanib ketgan. Katoliklar, avvalgi yillarda tug’ilgan kun bayrami 6-yanvarda nishonlangan deya bong urishadi, 353-354 yillarda papa Leberii tug’ilgan kuni 25-dekabrga o’tkazgan.
Hozirgi kunimizdagi malum va mashxur "œrojdestvo" iborasi XI-asrdan keyin ishlatilgan.
Darhaqiqat, O’rtayerdengizida 25-dekabr juda ham muhim kun hisoblangan, hali hristianlar paydo bo’lmasdan oldin ham bu kun yani 25-dekabr muqaddas hisoblangan. Qadimgi odamlar, barcha quyosh hudolari tahminan shu kunda(bir-ikki kun farqi bilan) tavallud topgan deya o’zlarini ishontirishgan. Mitra(persiya quyosh hudosi) 25-dekabrda tug’ilgan deyishadi, qolaversa Isida va Osiris, Gor va Apolon ham yilning 362-kunida tavallud topgan deyishadi yani dekabrning ohirgi haftasida. O’sha paytda, yerning turli burchaklaridagi  ko’plab mushriklar, shuningdek Hitoyda, Hindistonda, Misrda, qadimgi Yunonistonda, Rimda, Olmoniyada, Skandinaviya, Britaniya, Irlandiya va Amerikalarda bu kun muqaddas deya hisoblangan. Mayli bu boshqa mavzu, kezi kelganda bu bilan ham tanishib chiqamiz inshaAlloh.
Yuqorida hristianlarning "œmuqaddas" kitoblarida Iso a.s tug’ilgan kuni haqida aniq bir habar kelmagan deb aytib o’tdik.
 Faqatgina ikkita injilda yani Matt ova Luqo injilidagina qisqagina ma’lumot bor ammo bu ham Iso a.s tug’ilgan kunning aniq bir kunda ekanligiga oydinlik kirita olmaydi. Luqo o’sha  Iso a.s tug’ilgan tunni quydagicha eslaydi: "œO’sha tunda ochiq osmon ostida, ovulda poda boqib yurgan  choponlar oldida, farishatalar paydo bo’lib ularga, Iso a.s tug’ilishini aytdi". (Luqo 2: 13,14)
Qisqagina ma’lumot orqali biz Iso a.s tug’ilgan kunni tahmin qilamiz. Luqo tomonidan aytilgan jumlada choponlar oldida farishtalar paydo bo’lgani aytilmoqda. Demak, agar biroz fikrni bir joyga jamlab o’ylab ko’radigan bo’lsak, hech mahal ayni qish va ayoz kunlari hisoblanadigan kunlar bo’lmish 25-dekabr yoki 6-7- yanvarda choponlar poda boqib yurishmaydi.
Bu haqda britaniya enciklopediyasi quydagilarni yozadi:
"œ25- dekabrning Iso a.s tug’ilgan kuni deya qabul qilish juda ham qiyin. Vaholanki bu payt Isroil uchun juda ham yomg’irli mavsum hisoblanadi. Bunday paytda Vifleem dalalarida kechasi, na podalar va na choponlar yura oladi".
Musulmonlar bu haqda Quronda nima deyilgan ekan, deya o’ylashlari tabiiy. Alloh, Quronda Iso a.s tug’ilishlarini bizlarga shunday bayon qiladi:
"œOg’ir to’lg’oq Maryamning hurmo yoniga kelib, uning shohiga osilishga majbur qildi va alamdan dedi: "œKoshki edi mana shundan avval o’lsam va odamlar yodidan unutilib ketsam. Shu onda Maryamga tagidan nido keldi, yani hafa bo’lma, parvardigoring tagingdan suv chiqardi. Ushlab turgan hurmo darahtini o’zinga silkitgin, senga pokiza mevasidan tashlaydi, undan yeb, suvidan ichib, ko’zing yorisin" (Maryam surasi, 23-25 oyatlar)
Oyatlarda hurmo darahti o’z mevasini Maryam onamizga tashlashini aytilmoqda. Vaholanki, hurmo mevasi na 25-dekabrda va na 6-7-yanvarda pishgan bo’ladi, ayniqsa Baytlahm kabi joylarda. Shuningdek choponlar ham otarni qishda boqishmasligi hammamizga ma’lumdir. Shulardan kelib chiqib Iso a.s, nasorolar ta’kidlagandek qish yoki bahor oylarida emas, balki yozning ohirida yoki kuzning boshlarida tug’ilgan deya tahmin qilamiz.

Qayd etilgan


Chustiy  12 Noyabr 2007, 00:39:19

Iso a.s hochga mihlanish haqida afsona

Hristianlarning deyarli hammasi Iso (a.s)ning hochga mihlanganliklarini bir ovoz ila tastiqlaydilar, ularning etiqodlari bo’yicha agar hochga mihlanish bo’lmasa: hochning muqaddasligi, kishilar gunohirga qurbon bo’lish, pasxa kabi boshqa bir amallar manisizdek tuyuladi va bu afsonaga o’zlarini va o’zgalarni ham ishontirishga harakat qilishadi. Yangi Ahdning aksari qismida ham aynan mana shu afsona joy olgan.
Keling turli hil Injillarning ichki guvohliklariga nazar solamiz, orasidagi farqlar va bir biriga zid bo’lgan jumlalarning guvohi bo’lamiz.
Bizning hristian do’stlarimiz Iso a.s tomonidan aytilgan turli hil bashoratlarni tinimsiz ravishda bizlarga aytishadi va o’sha bashoratlar amalgam oshganini ham tastiqlashadi. Shulardan biri: Iso a.s o’z atrofidagilarga, o’zining hochga mihlanib o’ldirilishini va uch kundan so’ng qayta tirilishini  aytganini Matto o’zining Injilida quydagicha bayon qiladi: "œ"¦Bu yovuz va subutsiz nasl dalil izlayapti, lekin Yunus payg’ambarning alomatidan boshqa unga dalil berilmaydi. Yunus paygambar uch kunu uch tun kit qornida bo’lgani kabi Inson O’g’li ham huddi shunday uch kunu uch tun yer bag’rida bo’ladi "(Matto, 12:39-40)
Buning keyinchalik boshqa Injil sohiblari ham tasdiqlashadi yani Luqo, Yuhanno, Mark va Matto. (Mark 8:31 va 9:31, Yuhanno 2:19-21, Matto 16:21, 17:22-23, Luqo 9:22)
Endi Eski Ahdga, Yunus a.s kitobiga e’tibor beradigan bo’lsak:
"œHudovand katta kitga Yunusni yutib yuborishini amr etdi va U kitning ichida uch kechayu uch kunduz qoldi".
Eski Ahddagi habarlarida ma’lum bo’lishicha Allohning amri ila kit Yunus a.sning yutib yuborganini va uch kechayu uch kunduzdan so’ng, Alloh amri ila yana qaytib chiqgan. Iso a.s ham huddi Yunus a.s bilan sodir bo’lgan mo’jiza sodir bolishini va Yunus a.s kabi uch kunga yer ostida bo’lishini ta’kidlamoqda yani Iso a.s huddi Yunus a.s kabi uch kun, yanayam aniqrog’i 72 soat muddatga yer qariga kirishini o’z atrofidagilariga bashorat qilmoqda.
Injilda Iso a.sning Juma kuni vafot etganini yani juma kuni hochga mihlanganini aytilgan. Iso a.s shogirlar U kishining vafot etgan kun juma kuni ekanligini quydagicha izohlashadi. Mark : ""¦Shuning uchun juma kuni edi, yani shanbadan oldingi kun" (Mark 15:42). Matto: "œErtasi kuni, jumadan keyingi kuni birinchi ruhoniy va fariseylar shoh Pilat oldiga yig’ilishdi" (Matto, 27:62). Yuhanno: "œAynan o’sha payt juma kuni edi"¦"(Yuhanno, 19:31). Juma kuni hochga mihlanagan vaqt ham turlicha, Mark o’sha paytda soat uch edi desa, Luqo soat oltida ekanligini uqtiradi, Matto esa to’qqiz edi deydi. Nasorolar Iso a.s juma kuni azoblashgan, qiynashgan va vafot etgan deb bu kunni "Starastnaya pyatnica" deyishadi va buni yilda bir nishonlashadi.
Bu jumlalar hochlanish juma kuni bo’lganligini tasdiqlaydi. Endi bashorat bo’yicha qayta tirilish lozim bo’lgan, qayta tirilish qachon bo’lganligiga hristianlarning Injiliga murojat etamiz. Matto: "œShanba o’tgandan keyin, haftaning birinchi kuni tong saharda Mariya Magdalena va boshqa Mariya qabrni ko’rish uchun kelishdi" (Matto 28:1). Mark: "œJuda ham erta hali quyosh ham chiqmagan edi va bu haftaning birinchi kuni edi" (Mark 16:2). Luqo: "œHaftaning birinchi kunidayoq  juda ham erta ular qabr oldiga kelishdi" (Luqo 24:1). Yuhanno ham yuqoridagilarni tasdiqlab : "Haftaning birinchi haftasi tongda Mariya qabr oldiga keldi" (Yuhanno 20:1). Bu habar va jumlalarini insof ila qarab chiqsak qayta tirishilish yakshanba kuniga to’g’ri kelyapti. Hosh, agar biz diqqat bilan Injilni ko’rib chiqsak, hayratimiz ortgan holda Iso a.sning o’z atrofdagilari oldida aytan bashoratlari yuzaga chiqmayapti. Chunki Iso a.s juma kuni hochga mihlangan bo’lsa juma kunini kechki paytidan hisoblaydigan bo’lsak, yakshanba tongigacha ikki kechayu bir kunduz bo’lyapti yani Iso a.s o’z atrofdagilari oldida qilgan bashoratning yarmi tahminan 36 soatga to’g’ri kelyapti holos.Mayli juma kunini ham to’liq bir kunga hisoblasak unda ikki kechayu ikki kunduz bo’ladi, hosh aytingchi ikki kechayu ikki kunduz, uch kechayu uch kunduz o’rniga o’ta oladimi??? Albatta yo’q! Ammo negadir hristianlar hech bir asossiz ikki kun uch kun o’rnida o’tishni ta’kidlashadi. Hozirgi kunimizdagi o’zlari tomonidan "œMuqaddas"lashtirib olingan "œInjil"lardan bu kabi amalgam oshmagan bashoratlar kerakligicha topiladi.
Yangi Ahdagi hochlanish tarihini ko’rib chiqadigan bo’lsak biri biriga zid bo’lgan jumlalarga duch kelinadi va bu hochga mihlanish aslida bo’lmaganligini, aslida esa bu insonlar tomonidan o’ylab topilgan afsona ekanligini ochiqdan ochiq guvohi bo’lish mumkin, shuningdek "œInjil" asoschilarining birortasi ham ikkinchisini fikri also tastiqlamaydi.
Mark "œInjil"ning asosiy omili va asoschilaridan hisoblanadi, aynan o’sha Markning hochga mihlanish va qayta tirilishga atalib yozilgan bobi mavjud. Biroq hozirgi izlanuvchilar ushbu bobning 12ta jumlasining(oyat) zaif habarlar deya inkor qilishdi. Bu kabi afsonalar bo’rtirilgan holda Matto, Luqo va kengaytirilgan holda naqd ikkita to’liq bo’limlarda Yuhanno Injillarida ham mavjud.
Yuqorida ta’kidlab o’tkanimizdek "œInjil" asoschilarining birortasi ham ikkinchisini tastiqlamaydi keling bu ziddiyatlarini biroz kengaytiriligan holda ko’rib chiqamiz

Qayd etilgan


Chustiy  12 Noyabr 2007, 00:40:58

1.   Injilning ilk uch mulalliflari Iso a.s hochini Simon ismli kimsaga ko’tarishga majbur etishgan aytishgan (Mark 15:21-22, Matto 27:32, Luqo 23:36 qarang), Yuhanno esa ularning inkor etgan holda: "œU o’zining hochini ko’targan holda, Lobnoye (Boshning suyagi) nomli joyga, yahudilar tilida  Golgofa nomli joyga keldi"(Yahanno 17:19)
2.   To’rt Injil sohiblari hochdagi yozuvni turlicha e’tirof etishadi. Mark: "œIbroniy shohi"(Mark 15:26) degan yozuv bor edi desa, Matto: "œBu Iso, Ibroniylar shohi"(Matto 27:37) deydi, Luqo: "Bu Ibroniylar shohi"(Luqo 23:38) , Yuhanno esa: "œNazariyalik Iso, ibroniylar shohi" (Yuhanno 19:19) deydi. Hochdagi bu qarama qarshi yozuvlar, bizlarga Injil sohiblarining birortasi ham hodisa guvohi bo’lmaganini, aslida bu jumlalar atrofdagilarni uzun-quloq gaplariga asoslanib yozilganini anglatadi. Darhaqiqat, kishining shubhalrini tarqatib, Matto o’zini Injilida quydagilarni yozadi: "œ Shu payt Uning(Isoning) shogirdlari Uni tashlab qo’chib ketishdi" (Matto 26:56), shuningdek Mark ham o’zining Injilida Matto so’zlarini tasdiqlaydi (Mark 14:50 qarang).
3.   Shu kabi qarama qarshiliklar Iso a.s hochga mihlanganda bo’lib o’tgan voqealarda ham kuzatiladi. Matto o’zining Injilida, yer yuzini zulmat qoplaganini, ibodathonaning muqaddas pardalari ikkiga bo’linib ketganligini, yer qimirlaganini, tog’lar maydalanib ketganligini, qabrlar ochilib, ko’plab ziyoli kishilar qabrlardan tirilganini ta’kidlaydi. Mark faqatgina yer yuzini zulmat qoplaganini va ibodathona pardalari pastdan yuqoriga qarab yirtilib ketganini aytadi holos. Luqo esa, quyosh yuzini bulut qoplaganini, yer yuzini zulmat qoplaganini va pardalar o’rtasidan bo’linib ketganini aytadi. Yuhanno esa o’zining Injilida bu hodisalar haqida lom-mim demagan.(Matto 27:45, 51-53; Mark 15:33, 38; Luqo 23:44-45)
4.   Shuningdek Iso a.s hochga mihlangan vaqtda ham ziddiyatlar mavjud. Mark o’sha paytda soat uch edi desa, Luqo soat oltida ekanligini uqtiradi, Matto esa to’qqiz edi deydi. (Mark 15:25, Matto 27:46, Luqo 23:44)
5.   Markning nazdida Iso a.sning ohirgi kechasi yahudiylarning pasxa kechasi edi desa, Yuhanno esa pasxa kechasi emas balki, pasxa kechasidan oldin edi deya ta’kidlaydi (Mark 14:12-17, Yuhanno 13:1,2).
6.   Mayli biz Iso a.sning hochga mihlanganini qabul etsakda uning hochda vafot etganini hristianlar harchand kuyib-pishib bizlarga aytishmasin biz Iso a.sning hochda vafot etganini aslo qabul qila olmaymiz. Birinchi uch Injil sohiblari Iso a.sning hochda vafot etganini aytishadi ammo to’rtinchi Injil sohibi Yuhanno ularga raddiya beradi. Yahudiylar odati bo’yicha shanba kuni ular uchun muborak kun hisoblanadi, ularni urf-odatlari bo’yicha hochlarga osilgan qurbonliklar shanba kuniga qolmasligi lozim, shuning uchun ham ular Pilat oldiga borib ularga o’z arzini aytishga musharraf bo’lishadi, ular Pilatga hochga mihlanagan Isoni hochdan olib dafn etilishini agar ertangi kunga qolib ketsa odatlariga hilof ish bo’lishini aytishadi va shoh Pilat roziligini olishadi. Yahanno o’zining Injilida quydagilarni bayon qiladi: "œ"¦Shunga qaramasdan askarlardan biri Isoning ko’kragiga(biqiniga) nayza sanchdi va "œshu dam jarohat joyidan qon va suv otilib chiqdi" (Yuhanno 19:34). Bu habar nafqat musulmonlarni balki hristianlarni o’zlarini ham ajablantiradi. Chunki inson tanasidan qon va suv chiqar ekan, uning yurak urishi hali ham davom etayotganini habar beradi, agar yurak urayotgan bo’lsa demak inson hali tirik bo’ladi. Shuni ham alohida urg’u bilan ta’kidlab o’tish lozimki Iso a.sning jumboqli o’limi bir necha soatda amalga oshganini aytishadi yani Iso a.s hochga mihlangandan keyin hech qancha muddat o’tmasdan vafot etgan deyishadi, vaholanki hochga mihlangan kishi eng kam muddatda ikki, uch kun mobaynida vafot etadi (ustiga ustak o’sha paytda yahudiylar tomonidan kuzatilganda qolgan hochga mihlanib qurbon bo’lganlar hali ham tirik bo’lishgan).
7.   Endi dafn marosimidagi ziddiyatlarga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak, Matto o’zining Injilida, yahudiylar Pilatga qabr oldiga qo’riqlab turish uchun soqchi qo’yish lozimligini, sababini "œUning (Isoning) shogirdlari kechasi kelib Uni o’g’irlab ketib qavmga "œU o’liklar ichidan qayta tirildi" deya aytmasin" deya aytishadi va ular soqchi yuborib qabr toshiga muhr qo’yishdi" deydi, negadir qolgan Injilchilar bu haqda indashmagan.
8.   Matto: "œHaftaning birinchi kuni tong saharda Mariya Magdalena va boshqa Mariya qabrni ko’rish uchun kelishdi" desa, Mark: "Quyosh chiqish arafasida qabrni ko’rish uchun Mariya Magdalena, Mariya Iakovleva va Salomiya kelishdi" deyidi (Mark 15:46). Luqo: "œErta tongda jasadga atirmoy surtish uchun Galyelyeyadan ayollar kelishdi" deydi (Luqo 24:4). Yuhanno: "œU yerga Mariya Magdalena juda ham erta bordi va u bir o’zi edi" deydi.(Yuhanno 20:1).
9.   Matto o’zining Injilida quydagilarni bayon qiladi: "œ"¦.Osmonlardan tushgan farishta,  qabr eshigiga suyab qo’yilgan toshni olib qo’yib, uning(toshning) ustida otirgan edi"(Matto 26:2). Mark esa: "œFarishta qabrning ichida va o’ng tomonida o’tirgan edi" deydi (Mark 16:5). "œTovlanib turadigan kiyim kiygan ikki farishta ayollar oldida namoyon bo’ldi (yani ular o’tirmagan balki tik turgan edi)" deya Luqo o’z so’zini tasdiqlaydi (Luqo 24:4). "œMariya Magdalena  ikkita farishtani ko’rganini va ulardan biri qabrning bosh tomonidan ikkinchisi oyoq tomonida o’tirganini" aytgan Yahanno masalani yanada chigallashtiradi.(Yuhanno 20:12).
10.   "œIkkala Mariyaga Massih qayta tirilganini, farishta aytganidan so’ng  ular u yerni tark etganini" Matto bizlarga habar beradi (Matto 28:6,7). Mark ham Matto so’zlarini tasdiqlab Masih qayta tirilganini ayollarga farishta habar berganini aytadi, Luqoning so’zlari bo’yicha  Iso a.sning qayta tirilganini ikkita farishta aytgan.(Mark 16:5,6, Luqo 24:4,6) Yuhanno esa aksincha Mariyaga Iso a.sning qayta tirilganini farishtalar emas balki Iso Massihning o’zi aytgan deydi (Yuhanno 20:16,17).
11.   Matto ikkala Mariyaga farishtalar quydagi gaplarni aytaganini o’zining Injilida bayon qiladi: "œTezroq boringlar, U(Iso) o’liklar orasidan qayta tirilganini va sizlarni Galyelyeyada kutadi deb Uning(Isoning) shogirdlariga aytinglar: u yerda sizlar Uni ko’rasizlar: mana buni men sizlarga aytdim" (Matto 28:7). Keyingi ikki jumlalarda bu jumlaning umuman aksi bo’lgan habarlarning guvohi bo’lamiz. "œUlar Uning(Isoning) shogirdlariga habar berish uchun ketayotgan edi, ularni Iso qarshi olib ularga: Hursand bo’linglar! dedi, ular Unga yaqinlashib kelib, Uning oyoqlarini quchib, Unga ta’zim etishdi. Shunda Iso a.s ularga: qo’rqmanglar, boringlar, Mening birodarlarimga habar berib, Galyelyeyaga borishlarini aytinglar va u yerda ular Meni ko’rishadi" (Matto 28:9,10). Keyinroq yana Mattoning o’zi: "œIso tayinlagan Galyelyeyadagi tog’ga uning 11 (o’n bir) shogirdi borishdi, u yerda Uning ko’rishdi va  Unga ta’zim etishdi"Matto 28:16). Yuhanno bo’lsa bo’lgan voqeyaning  umuman o’zgacha versiyada izohlaydi "œO’sha, haftaning birinchi kunidagi kechada (Iso a.s qabrdan chiqqan kunda), Uning shogirdlari jam bo’lgan uyning eshiklarini, yahudiylardan qo’rqib berkitilgan edi. Iso keldi va ularning o’rtalarida turib: "œSizlarga salomlar bo’lsin" dedi" (Yuhanno 20:19).  Bu jumlalardan shunisi ma’lumki Mattoning so’zi bo’yicha Uning o’n bir shogirdi Galyelyeyaga tog’ga Iso a.sning ko’rish uchun borishgan. Chunki, uchrashuvni Iso a.sning o’zi belgilagan edi. Biroq Yuhanno so’zlari bo’yicha ular tog’da emas balki panaroq joyda ko’rishgan va yig’ilishgan uyning eshiklarini, yahudiylardan qo’rqib berkitib olishgan. Shuni ham inobatga olish lozimki Yuhanno ham Matto ham Iso a.s bilan ko’rishgan shogirdlar orasida bo’lishgan, agar shunday bo’lsa hosh bularning qay biri haq?? Luqo esa Mattoning ham Yuhannoning ham gaplarini inkor etadi. Bu ikkala shogird bilan Iso a.s, Yerusalimdan unchalik uzoq bo’lmagan Emmaus qishlog’ida ko’rishganini, undan so’ng qolgan 11(o’n bir) havoriylar bilan Yerusalimda ko’rishganini aytadi.(Luqo 24:13-16, 28-31, 33-36)

Qayd etilgan


Chustiy  12 Noyabr 2007, 00:41:59

Iso a.s bilan bir vaqtning o’zida 500dan ortiqroq kishi ko’rganini faqatgina Pavel habar beradi. Pavel esa na Iso a.s shogirdlaridan hisoblanadi va na hodisa guvohi hisoblanadi. Agarda Pavelning bu aytganlari haqiqat bo’lganida edi bu gaplar huddi Iso a.sning shogirdlarini orasida keng tarqalgani kabi, halq orasida va yahudiylar orasida  juda ham keng tarqalgan bo’lar edi. Shunisi ajablanarliki o’sha zamonda yashab o’tgan biron-bir tarihshunos hatto Flaviy yoki Tacit ham bunday mo’jizali hodisalarni eslashmaydi. Hozirgi insofli zamonaviy izlanuvchilar Iso a.s haqidagi bunday habarlarni oldingilarning sohta habarlari deya tasdiqlashmoqda.
Bizlar nasorolarning aytishgan bu gaplari yani Iso a.sning hochga mihlanishi, bashariyat gunohini yuvish uchun uch kunga do’zahga tushib, azoblanib yana qaytib chiqqani, faqatgina afsona holos degan hulosaga kelamiz. 
O'zining davrida judayam qattiq ta'qib ostiga olingan, hatto bu kitobni o'qigan kishining qatl etilishigacha sabab bo'ligan Varnava Injilida, musulmonlarni hushnud etadigan bazi bir jumlalarga e'tiborimizni qaratsak.
"œYahudoning Iso qiyofasiga almashtirildi, Isoni dushmanlar qo’lida sharmandali vafot ettirmaslik uchun bu Hudovandning qutqaruv rejasi edi. Eli, Eli, lamma savahfani deya qichqirgan Iso emas balki Yahudo edi "(1) deydi Varnava o’zining Injilida.
"œDarhaqiqat Yahudo: "œTangrim nega sen meni tashlab qo’yding" deya baqirdi"(2)
Varnava aytadi: "œSizlarga rostini aytaman, Yahudoning ovozi, yuzi va tashqi qiyofasi huddi Isonikidek edi, uning shogirdlari va unga iymon keltirganlar uni Iso deb o’ylashar edi. Bu voqeyadan so’ng ular bu sohta payg’ambar ekan, o’zining sehru-jodulari bilan mo’jizalar ko’rsatgan ekan deya Unga ishonmay qo’yishdi, chunki Iso ularga men zamon ohirigacha o’lmayman, men bu dunyodan ko’tarilaman degan edi"(3) yani Iso a.s men o’lmayman degan edi bu yerda esa hochga mihlanib o’ldi demak u payg’ambar emas ekan deya ishonmay qo’yishdi.
Yana: "œIsodan juda qattiq ta’lim olishga kirishgan shogirdlari bu hodisalardan, Isoning vafotidan shunchalik iztirobda edilarki hatto Iso ularga nima deganini ham unitishgan edi"(4)
Shunindek: "œHudovanddan qo’rqmaganlar kechasi borib Iudaning jasadini qabrdan o’g’irlab, berkitib qo’yib, odamlarga Iso qayta tirildi deya ovoza qilishdi" dedi.
  Darhaqiqat, asli ham, rosti ham huddi Varnava o’zining Injilida bayon qilganidek edi. Chunki, bu haqda biz musulmonlarga, Alloh o’zining muborak kalomi Quronda quydagicha bayon qiladi:
 "œBiz Allohning Rasuli Iso ibn Maryamni o’ldirdik" deganlari uchun (ularni la’natladik). Holbuki uni o’ldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi. U haqida ihtilofga tushganlar uning o’limida shak-shubhadadirlar. U to’grisida ularning bilimlari yo’q, magar gumonga ergashganlar. Uni o’ldirmaganliklari aniqdir" (Moida surasi, 157-oyat)
  Hozirdagi missioner,hristianlarning "muqaddas" kitoblaridagi, birgina Iso a.s hochga mihlanishga bog'liq habar va jumlalarning bir biriga qarama-qarishi bo'lgan bir necha ziddiyatlar guvohi bo'lidik, hali bu "muqaddas" kitobning qolgan bo'lim va qismlardagi ziddiyatlarning sonini o'zingiz tahminan tasavvur qilib olavering.
1.The Gospel of Barnabas, p. 227, пер. с итал. Landsdale and Laura Regg (1907).
2.Jbid.
3.Jbid. CH. CCXVII.
4.Jbid.

Qayd etilgan


Chustiy  12 Noyabr 2007, 00:42:52

Matto Injilida shunday deyilgan: "œSizlar: "œKo’z evasiga ko’z, tish evasiga tish"- deb aytilganini eshitgansizlar. Lekin man aytaman: yomonga qarshi chiqama. Kim sening o’ng chakkanga ursa, unga ikkinchisini ham o’gir. Kim sen bilan da’volashib, ko’ylagingni tortib olmoqchi bo’lsa, unga to’ningni ham berib yubor"¦
Sizlar qarindoshlaringa muhabbatli bo’l, dushmanlaringga g’azabli bo’l, degan gaplarni eshitgansizlar.  Ammo men sizlarga aytamanki, dushmanlaringizga muhabbali bo’linglar, sizlarga g’azab qiladiganlarga yaxshilik qilinglar, sizlarni qiynoqqa soladigan va ezadiganlarning haqqiga duo qilinglar".  Amerikalik olim shayh Muhammad Sholdan: "œHristian dini Islomdan ko’ra rahimdilroq emasmi?  Uning ta’limotlarida "œkim sening o’ng yuzinga tarsaki tushisa, chap yuzingni ham tutib ber" degan. Islomda esa avvalo qasos olishga, so’ngra avf qilishga chaqirida?" deya so’ralganda. Muhammad Shol quydagicha javob bergan ekanlar: "œIslom chaqirig’I haqiqiy inson qalbining chaqirig’idir. Balki, bu masalada Islom hristianlikdan ko’ra rahimdilroq, desam mubolag’a bo’lmaydi. Chunki, omonlikga duchor bo’lsa kishiga qasos olish haqqi berilsa, uning qalbi tinchlanadi. U haq yuzasidan bir ishni qilishga ruhsat oladi, so’ngra shu haq egasini qasos olishdan ko’ra avf qilish yaxshi degan fikrga ko’ndirilsa, albatta u avf qiladi. Hech shubha yo’qki, inson qasos olishga imkoni bo’la turib, avf qilsa bu rahmat va izzatdan kelib chiqqan avf bo’ladi. Ammo, biz uni avval boshdan avf qilishga chaqirsak va qasos olish huquqini bermasak (hristianlarga o’xshab), u bunga ko’nsa (ko’nishi juda ham qiyin) ham, baribir ichidan yomon ko’rib ko’nadi. Chunki bu noilojlikdan avf qilishdir. Islomda avf qilish esa, qasos olishga imkoni bo’la turib avf qilishlikdir." (Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "œIymon" kitoblaridan iqtibos)

 Yuhanno injilida: "œIso a.s: "œAgar menga muhabbat qilsangiz, mening vasiyatimning tutingiz. Men otadan sizlar bilan abadiy sobit bo’lish uchun forqilatni talab qilaman" deyilgan.
 Lekin zamon o’tishi bilan rohiblar keyingi nashrlarda bu so’zning o’rniga boshqa so’zlar ishlatadigan bo’lishgan.
Zamondoshlarimizdan ustoz Ahmad Najjor g’arb olimlaridan biri doctor Karlu Nilinudan: "œForqilat"ning  ma’nosi nima?" deb so’rasalar, u kishi: "œRohiblar "œm’azi" deb aytishadi"-debdi.
 Shunda ustoz Najjor: "œMen rohibdan emas, balki yunon tili fan doktori Karlu Nililudan so’rayapman"- de brad qilibtilar. Faqat shu gapdan keyingina ajnabiy doctor: "œBu so’zning asl ma’nosi "œko’p shukur"- hamd" debdi.
 So’ngra ustoz Najjor : "œArabcha "œhamd" so’zining "œAhmad" shaklida ishlatilishiga to’gri keladimi?"- desalar. Doktor Karlu: "œHa"- deb javob qilibti. (Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "œSunniy aqiydalar" kitobidan iqtibos)

Qayd etilgan


Chustiy  23 Noyabr 2007, 19:11:05

INJIL BASHORATI

Йигитлик чоғларим—бундан қирқ йилларча муқаддам мен Дурбандаги (Жанубий Африқо А еспубликаси) «А ойал Систе»да (Қирол театрида) стказилган бир йиғинда қатнашганман. Унда Хайтен исмли христиан илоҳиётчиси диний маьруза қилган сди. Бу руҳоний Инжил башоратларини шарҳлаш билан шуғулланарди. У христианларнинг Инжили Совет А усиссининг юксалишини хам, сснгги кунларини ҳам башорат қилган, деб астойдил исботларди. Бир гал у ҳатто: «Муқаддас китоб А им папасини ҳам назардан четда қолдирмаган», деб даъво қилишгача борди.
А уҳоний Хайтеннинг маърузалари мени сйлантириб қсйди: агар Инжил А им папаси, Исроил ва бошқа бир қанча нарса ва ҳодисаларнинг хабарини берган бслса, унда инсонистнинг буюк етакчиси пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в.) ҳақларида ҳам бирор нима демаганмикан? Ўша дамдан бошлаб ушбу саволга жавоб излашга киришдим. Умрим давомида жуда ксп христиан руҳонийлар билан учрашдим. Маърузаларга бордим ва Инжил башоратлари ҳақида нимаики қслимга тушса, барини сқиб чиқдим. Қуйида сизлар сқийдиган асар Жанубий Африқодаги Ҳолланда реформистлар черковининг руҳонийси билан қилган суҳбатларимдан иборатдир.


 Аиҳост суҳбатдош топилди

http://www.hilol.com/index.php?option=com_content&task=view&id=47&Itemid=1

Qayd etilgan


Chustiy  28 Noyabr 2007, 17:49:39

Ассалому алайкум, ҳурматли Шайх ҳазратлари!
Ийсо Масийҳ сснгги кунлари ва хочдаги фитна ҳамда насронийларнинг елка ва бошга қсл билан тегишларини изоҳлаб берсангиз, съни қандай хато туфайли адашаётганлари?

ЖАВОБ: Бисмиллаҳир роҳманир роҳийм.
Ийсо алайҳиссаломнинг одамлар ичида стказган сснгги кунлари ҳақида қуйидагиларни айтишимиз мумкин.
Ийсо алайҳиссаломнинг даъватларини сшитган, мсъжизаларини ксрган одамлар у зотга иймон келтириб, сргаша бошладилар. Улар кундан-кунга кспайиб борди. Бу ҳол сҳудийларни ташвишга солди. Улар Ийсо алайҳиссаломни слдиришга қасд қиддилар.
«Аисо» сурасидаги ушбу остларда сша машъум нистнинг ҳақиқати баён қилинади:
«Биз Аллоҳнинг А асули Масиҳ Ийсо ибн Марсмни слдирдик», деганлари учун (уларни лаънатладик). Ҳолбуки уни слдир-мадилар ҳам, осмадилар ҳам, лекин уларга шундай туюлди. У ҳақида ихтилофга тушганлар унинг слимидан шак-шубҳададирлар. У тсғрисида уларнинг билимлари йсқ магар гумонга сргашарлар. Уни слдирмаганлари аниқдир. (157-ост)

http://www.hilol.com/index.php?option=com_content&task=view&id=66&Itemid=1

Qayd etilgan


Foniy  04 Dekabr 2007, 10:33:59

Internetda sayrga chiqqan bir asrlik xurofot

SAVOL: Internetda aylanayotgan "œShayx Ahmad vasiyatnomasi" degan xat to’g’rimi?

JAVOB: 1950-yilda "œShayx Ahmad Vasiyatnomasi" degan nomda Islom harflarida yozilgan kichik risola chop qilingandi. Keyinchalik bu risola varaqalarga bosilib tarqatila boshladi. Endi internet ommaviylashgach, missionerlar tarafidan takror tarqatilishga kirishilgani kuzatilmoqda. Bu xurofotga laqqa tushmaslik uchun bir necha xususlarga to’xtalsak. Vaqt o’tishi bilan ushbu yozuv muhtavosida o’zgartirishlar yasalganini korish mumkin. Avvallari shayx Ahmadning Rasululloh qabri shariflarida "œchiroqchi" ekanligi yozilardi. Keyinroq "œHarami sharif kalitining muhofizi" deb o’zgartirildi. Endi esa, "œQabri sharif xatibi" deyilmoqda. Bu shayxga tushida go’yo payg’ambarimiz (qisqacha) aytgan emishlarki:

(Qiyomat belgilari ro’yobga chiqyapti. Yaqinda 3 kun quyosh tutiladi va 3 kundan keyin g’arbdan chiqadi, Qur’on odamlarni ko’ziga ko’rinmay qoladi. Kim ushbu vasiyatnomani eshitib, ko’chirib boshqalarga yubormasa yuzi qora bo’ladi. Vallohulazim bu vasiyatnomada biron yolg’onim bo’lsa, narigi dunyoga iymonsiz ketay.)

Bu missionerlar tomonidan dinimizga xurofot aralashtirish uchun makkorlik va johillik bilan tuzilgan safsatanomadir. Maqsadlari Islomga xurofot kirgazish, onglarni zaharlash, shubhalar uyg’otish, oz bo’lsa ham shunday bekorchi narsalar bilan musulmonlarni band qilib, jiddiy masalalar bilan mashg’ul bo’lishlariga xalaqit berishdir. Avvalgi "œmaktub"larida "œshayx Ahmad" niqobli shaxs (agar yol’gon gapirgan bo’lsam, kofir bo’lay) deb "œqasam" ichgan bo’lsa, endi Bu dunyodan iymonsiz ketay deyishga o’tibdi. Har ikki so’zni aytgan kimsa agar musulmon bo’lsa, kofir bo’ladi.Chunki bunday qasam ichish joiz emas. Hadisi sharifda, (Allohdan boshqasi uchun qasam ichish shirkdir) deyilgan.

Ushbu xurofa yozilganiga bir necha asr bo’lganiga qaramay shayx Ahmad degan xayoliy kimsa o’lmay hanuzgacha missionerlar orqali "œmaktub" yo’llash bilan ovora. Avvalgi nashrlarida: (Bizga yetgan xabarlarga ko’ra, bu vasiyatni yolg’on degan kishini o’sha kuni o’g’li o’libdi, yana bitta doktor vasiyatnomani yozib tarqatmagani uchun jin urib moshinasi bilan halokatga uchrabdi) degan gaplar bo’lardi. Mana shunaqa tahdidlar qatorlashtirilgandan keyin ushbu vasiyatnomaga ishonganlarga va tarqatganlarga mukofotlar ulashish marosimi boshlanadi. Avvalgi nashrlarda "œBu vasiyatni tarqatgan bir ishbilarmon 90 ming rubley foyda ko’rdi" degan gap bo’lardi. Endi bu mukofotni kam deb o’ylagan bo’lsa kerak 100 ming rubleyga (so’mga) chiqarishibdi. Eng oxirgi nashrida esa, pul haqida umuman gaprilmagan. Lekin "œ3 kundan keyin quyosh g’arbdan chiqadi" degan gapini yana takrorlagan. Mana shuncha yilllar o’tganiga qaramay quyosh hali g’arbdan chiqmayapti. Qiyomat qoim bo’lishi haqida yahova guvohlaridek bir qancha kimsa va guruhlar vaqt-soat tayin qilgan bo’lishsa ham, barchasi yolg’on bo’lib chiqdi.

Diqqat qilinadigan nuqtalar:
Dinimizda ma’lum to’rtta dalil bor (1.Qur’oni karim, 2. Hadisi shariflar, 3. Ijmoi ummat, 4. Qiyosi fuqaho). Ko’rinib turibdiki, tush (ro’yo) dinda hujjat emas. Shuning uchun ham ushbu vasiyatnomaning hech ham qiymati yo’q. Go’yo din kitoblari kifoyatsizdek, din kitoblari o’rniga mana shu uydurma yozuv tarqatilyapti. Eng muhimi ushbu maktub dinda nuqsonlik borligiga shama qilmoqda. Agar vasiyatnomadagi yozuvlar dinda bor narsalar bo’lsa, unda hech qanday alohida ahamiyati qolmaydi. Agar dinda bo’lmagan narsalar joylashtirilgan bo’lsa, unda iymonga xavf solyapti demakdir. Dinning amrlarini bajo keltirmagan, taqiqlaridan uzoq turmagan kimsa, bu maktubni tarqatish bilan qanday qilib ilohiy rizoga muyassar bo’ladi? Zotan xoinlarning maqsadi ham shu. Musulmonlarni shariatning amrlaridan chalg’itib, xurofotlar bilan band qilishdir.

Manba

Qayd etilgan