Allohim duolarimni ijobat qil...  ( 18658 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Nodi  18 Sentyabr 2006, 04:49:32

Muslimasubh:

As-Salomu Alaykum ,
azizlar "Ne amal qilsak Alloh duolarimizni ijobat qiladi" degan savolga javob topish niyatida ushbu ishga qo'l urdik, sizlar ham o'z hissangizni qo'shasizlar degan umiddamiz.
Allohim hamma ishlarimizda madakorimiz bo'lsin!

Qayd etilgan


Nodi  18 Sentyabr 2006, 04:50:04

Bir hakimdan so’rashibdi:"Bizlar dou qilamiz, lekin duolarimiz ijobat bo’lmaydi. Alloh taolo:"Menga iltijo-duo qilinglar, Men sizlarga(qilgan duolaringizni ) mustajob qilurman", deb aytganku?" Hakim aytibdi:"Sizlarda yeti xislat duolaringizning ijobatini man qiladi"."Qaysi xislatlar " deb so’rashdi. Aytdi:
"œ*Sizlar Rabbingizni g’azablantirasizlar, ammo Uning rizosini talab qilmaysizlar,ya’ni,Allohning g’azabini chiqaradigan ishlaringga pushaymaon qilmaysizlar.
*Bizlar Allohning bandalarimiz,deysizlar.Ammo bandaning ishini qilmaysizlar,ya’ni,banda ho’jasi buyurganni bajaradi va uning amridan qaytmaydi.
*Sizlar Qur’onni o’qiysizlar,lekin unga ergashmaysizlar,ya’ni,tafakkur va ta’zim bilan o’qimaysizlar,buyruqlariga amal qilmaysizlar.
*Biz Muhammad(s.a.v)ning ummatlarimiz,deysizlaru,u kishining sunnatiga amal qilmaysizlar,ya’ni,sizlar odatlarga va rasm-rusumlarga(irim-sirim,ayrim urf-odatlar) amal qilib, sunnatlarga(hadislarga) ergashmaysizlar.
*Sizlar dunyoni yalang’och deb aytasizlar,ammo unga ishonib qolgansizlar. (mol yig’ish, boy bo’lishni orzu qilish, faqat yaxshi kiyinib,yaxhsi yeyishni o’ylash, molini sadaqa qilishdan qizg’onish)
*Sizlar harom va shubhali luqma yeysizlar.U ikkovidan qaytmaysizlar.
*Oxirat dunyodan yaxshiroq,deysizlar,lekin oxirattalabida harakat qilmaysizlar va oxiratdan ko’ra (bu) dunyoni ko’proq xohlaysizlar"
Duoda shoshmaslik lozim.Chunki duogo’y Alloh taologa duo qilsa,Alloh,albatta,qabul etadi.Duoning ijobati o’sha soatda ko’ringani ham ko’p,bu dunyoda ko’rinmay,oxiratga qolgani ham ko’p.

Qayd etilgan


Nodi  18 Sentyabr 2006, 04:50:52

Alloh taolo Qur’oni Karimda duo qilish to’g’risida oyatlar nozil qilgan:"œRobbingizga yolvorib yashirin duo qiling.Chunki Alloh haddidan oshganlarni sevmaydi."(A’rof,55)
"œAllohga(azobidan) qo’rqib,rahmatidan umidvor bo’lib duo qiling"(A’rof,56)
"œParvardigoringiz:"Menga duo qilinglar, duolaringizni ijobat qilaman",-dedi. Albatta menga ibodatdan kibrlanganlar yaqinda bo’yinlari egilgan holda jahannamga kirurlar".(G’ofir,60

Qayd etilgan


Nodi  18 Sentyabr 2006, 04:51:13

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom duo ham ibodat ekanini marhamat qiladilar.
Binobarin, namoz so‘ngida Payg‘ambarimiz tomonlaridan tavsiya qilingan ushbu duolarni o‘qish maqsadga muvofiqdir:

* Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin.

* Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va g‘ino (birovga muhtoj bo‘lmaslik holatini) so‘rayman.

* Allohim, meni afu et, yorlaqa, to‘g‘ri yo‘ldan boshla, menga ofiyat ber, haloldan rizqlantir.

* Qalblarimizni rizoligingga uyg‘un bo‘lgan amal va ibodatga tomon yo‘naltir.

Qayd etilgan


Nodi  18 Sentyabr 2006, 04:51:21

* Parvardigoro, dosh berib bo‘lmaydigan balodan, insonni o‘limga qadar sudrab boruvchi (mol, jon, oilaga taalluqli) mushkulotga duch kelishdan, (mol, jon, oilaga taalluqli) balo-qazodan va dushmanlarni quvontiradigan bir musibatga ro‘baro‘ bo‘lishdan Sening panohingga sig‘inaman.

* Iloho, ojiz qolishdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, aljiratib qo‘yuvchi qarilikdan, xastalikdan, qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan Sening panohingga sig‘inaman.

* Yo Robbim! Men o‘z nafsimga ko‘p zulm qildim. Sendan o‘zga gunohlarni kechirguvchi yo‘q. Meni yorlaqa va afu et. G‘ofur, Rohiym yolg‘iz Sensan.

* Iloho, foydasi tegmaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan, qabul bo‘lmaydigan duolardan panoh ber.

* Allohim! Do‘zax o‘tida yonishimga sabab bo‘ladigan fitnadan, do‘zax olovidan, boylik va faqirlikning yomonligidan meni asragin.

* Allohim! Yomon fe’l-atvor va amallardan, nafsoniy orzulardan asragin.

* Allohim! Qulog‘imning, ko‘zimning, tilimning, qalbimning, farjimning yomonligidan asragin.

Qayd etilgan


Nodi  18 Sentyabr 2006, 04:51:31

QUR’ONI KARIMDAN BA’ZI DUOLAR

Odam alayhissalom va momo Havvo jannatdan chiqarilganlarida ushbu duoni o‘qiganlar:«Ey Rabbimiz! Biz o‘zimizga (o‘zimiz) zulm qildik. Agar bizni kechirmasang, biz, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qolurmiz» (A’rof, 23).

Nuh alayhissalomning duolari:
«Rabbim! Men Sendan o‘zim (yaxshi) bilmagan narsani so‘rashimdan panoh tilayman. Agar meni kechirmasang va rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lurman» (Hud, 47).

Lut alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, bu buzg‘unchilar qavmi ustidan O‘zing meni g‘olib qil!» (Ankabut, 30).

Ibrohim alayhissalomning duolari:
«Parvardigorim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla. Parvardigoro, hisob-kitob (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgil» (Ibrohim, 40-41).

Qayd etilgan


Nodi  18 Sentyabr 2006, 04:51:38

Yusuf alayhissalomning duolari:
«Ey osmonlar va yerni ijod etgan Zot! Dunyo-yu oxiratda O‘zing egamdirsan. (Ajalim yetganida) musulmon holimda jonimni olgin va meni solihlar (qatori)ga qo‘shgin» (Yusuf, 101).

Shuayb alayhissalomning duolari:
«Allohgagina tavakkul qildik. Ey Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o‘rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan» (A’rof, 89).

Muso alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, bag‘rimni keng qilgin, ishimni oson qilgin, tilim (dan duduqlik)ni yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni anglasinlar» (Toha, 25).
«Parvardigorim, O‘zing men uchun nima yaxshilik, (ya’ni, rizq) tushirsang, o‘shanga muhtojdirman» (Qasos, 21).

Qayd etilgan


Nodi  18 Sentyabr 2006, 04:51:48

Yunus alayhissalomning duolari:
«Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim» (Anbiyo, 87).

Zakariyo alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma (merosxo‘r farzand ato et), Sen (O‘zing) vorislarning yaxshirog‘idirsan» (Anbiyo, 89).
«Rabbim, menga ham o‘z huzuringdan pok zurriyot ato et! Darhaqiqat, Sen duoni eshituvchidirsan» (Ol-i Imron, 38).

Ahli ilmning duosi:
«Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin, endi dillarimizni haq yo‘ldan og‘dirma va bizga O‘z huzuringdan rahmat ato et!» Omiyn.

Qayd etilgan


Nodi  18 Sentyabr 2006, 04:52:17

Abu Hurayra raziallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallallohi alayhi vasallam shunday deganlar:
"œUch xil duo qabul qilinadi:
1.Mazlumning duosi.
2.Musofirning duosi.
3.Ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi(Termiziy)
Uch kishining duosi rad etilmaydi:
1.Ro’zadorning iftor vaqtida qilgan duosi;
2.Adolatli hukmdorning duosi;
3.Mazlumning duosi; "œ
Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilingan hadisda shunday deyilgan:
Uch kishining duosi shubhasiz qabul qilinadi:
1.Allohni ko’p zikr etgan insonning duosi;
2.Mazlumning duoibadi;
3.Adolatli hukmdorning duosi;
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Sentyabr 2006, 04:52:25

Payg’ambarimizsallallohi alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadislarda quidagi insonlarning duosi qabul qilinishi aytilgan:
1.Alloh uchun sevishganlarning duosi.
2.Allohni ko’p zikr qiluvchi insonning duosi.
3.Yaxshilik ko’rgan insonning,yaxshilik qilgan insonga nisbatan qilgan duosi rad etilmaydi.
4.Jamoat duo qilib "œomin" degan vaqtda Alloh ularni istaganini albatta beradi.
5.Birgalikda duo qilgan uch kishining qilgan duosi.Ularni qo’lini bo’sh qaytarish Allohga yarashmaydi.
6.Bemorni shifo topguniga qadar qilgan duosi qabul bo’ladi va gunohlari mag’firat etiladi.
7.Mazlumning aziyati tugagan vaqtga qadar qilgan duosi
8.Hojining uyga qaytgunga qadar qilgan duosi

Qayd etilgan