Bolalar uchun alohida ishlab chiqarilganlarni hammasi
beziyon bo'lsa kerak, yana bilmadim.
Men ko'proq Junior belgisi ostidagi pastalardan olaman.
Kichkina qizimga 1 yoshdan boshlaganmiz yuvdirishni,
avvaliga har doim yutvorardi keyin-keyin o'rgandi.
Doktoridan so'ragandim, hech narsa qilmaydi, bu pastalar
bolalar uchun mahsus chiqariladi, havotir olmanglar, degandi.
Kattalarim 3 yoshdan boshlashgan.
Mavzuga aloqasi ozgina borligi uchun yozyapman, uzr.
Mo'min Mirzo, qattiq-qattiq meva, savzavotlardan ko'p-ko'p yediringlar
bu yoshlarida. Milklari ham tishlari ham mustahkam bo'ladi, inshaAlloh.
Masalan: Savzi, bodring, qattiq hom ko'k olma. Suyak "g'ajisa" ham
ko'p foydasi bor. Nonlarniyam qattiq yeridan yediringlar.
Lekin uzoq chaynab yutsin, shunisigayam diqqat qilinglar.