Shu o'ylar og'ushida qo'limizga bir-ikki rasm tushib qolgan edi, shunga kichkinagina hayoliy sharhlar yozib qo'ygandik. Sizlarga havola qilamiz:
Chap tarafdagi qo'shnim bankda ishlaydi. Uyiga kirsangiz naqd Ermitajning o'zginasi. Pikassoning yo'qolgan kartinalariyam shunikida hoynahoy.
Pastdagi qo'shnim jurnalist. Uyiga kun ora kazo-kazolar kelib turadi. Aytishlaricha yuqoridagilar ham maslahat so'rab turarkan. Podvali ikki qavatli. Eng pastki qavatida garaji bormish, o'n ikkita mashina sig'armish. Anavi minib yurgan IMPALAsiga garajda joy yo'qmish.
Uning yonidagi qo'shnim Professor. Xotini bilan birga yashashadi. Goh-goh suhbatlashgani chaqirib qoladi.Uyida o'zimni huddi Amir Olimhonning saroyidadek sezaman. Podvalida laboratoriyasiyam bor.
O'sha ko'rib turganingiz ikkinchi qavatdagi "Hashamat" kaminaniki. Bilasiz, zavodda ishlayman. Ozgina-ozgina qilib mana shu tarafini suvatdim. Bitta telemaster oshnamdan ikkita "tarelka" opkelib o'rnatdim. Savlatli ko'rinadi-da! Ammo tyuniri yo'q. Tyunirning nima keragi bor menga, ahir televizor yo'q-ku uyda.
Ichkari endi ... nima desamikin, dahlizning eshigi butun, oshxonanikini kecha bervordik... Vannaning jo'mragi soz - suv oqmaydi ( oxirgi marta suv toshirvorganimda pastdagi jurnalist qo'shnim hokimiyat orqali sovuq suvni uzdirib tashlagan).
Mebelmi? Mebelni yaqinda olamiz, avval uyning kreditidan qutulvolaylik. Hozircha xotinning sepiga kelgan ko'rpa-to'shaklar-u, sandiq-javon yetib turibdi.
Umuman olganda, yomonamas, mana qarang, kim boy? Mening uyim "shikarniy"! Ikkita "parabolicheskiyim" bor, yesli cho....