Uy Qurish (ARHITEKTURA)  ( 36914 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Donishmand  17 Avgust 2013, 11:24:16

Assalomu alaykum ahli forum! Qalay, charchab qolmayapsizlarmi?
Ro'za oylaridan o'tib, Hayit bayramlarining shukuhi bilan, yana ro'za tutgilaringiz kelib yuribsizlarmi?
Manam hayollarni yig'ishtirib hayot bilan olishib yurib-yurib, ohiri yana dardimni mana shu PORIMga aytishga qaror qilib, keldim.
Hayol o'zi yaxshi narsa-da, foydasi yo'g'-u, odam mazza qiladi.
Quruvchilar bilan shartnoma tuzganimizgayam bir yil-u, ikki oy bo'ldi. Uyimiz shu yilning mart oyiga bitib, yangi mahallaga ko'chib chiqadigan edik. Porimchilarga yangi uyda iftorlik qilib berish niyatimiz ham bor edi. Endi har gal qurilish maydonchasiga borganda asabimiz pilta miltiqning tutatqisidek bo'lib qaytib kelib yuribmiz.

Qayd etilgan


Donishmand  17 Avgust 2013, 11:30:22

Shu o'ylar og'ushida qo'limizga bir-ikki rasm tushib qolgan edi, shunga kichkinagina hayoliy sharhlar yozib qo'ygandik. Sizlarga havola qilamiz:





Chap tarafdagi qo'shnim bankda ishlaydi. Uyiga kirsangiz naqd Ermitajning o'zginasi. Pikassoning yo'qolgan kartinalariyam shunikida hoynahoy.
Pastdagi qo'shnim jurnalist. Uyiga kun ora kazo-kazolar kelib turadi. Aytishlaricha yuqoridagilar ham maslahat so'rab turarkan. Podvali ikki qavatli. Eng pastki qavatida garaji bormish, o'n ikkita mashina sig'armish. Anavi minib yurgan IMPALAsiga garajda joy yo'qmish.
Uning yonidagi qo'shnim Professor. Xotini bilan birga yashashadi. Goh-goh suhbatlashgani chaqirib qoladi.Uyida o'zimni huddi Amir Olimhonning saroyidadek sezaman. Podvalida laboratoriyasiyam bor.
O'sha ko'rib turganingiz ikkinchi qavatdagi "Hashamat" kaminaniki. Bilasiz, zavodda ishlayman. Ozgina-ozgina qilib mana shu tarafini suvatdim. Bitta telemaster oshnamdan ikkita "tarelka" opkelib o'rnatdim. Savlatli ko'rinadi-da! Ammo tyuniri yo'q. Tyunirning nima keragi bor menga, ahir televizor yo'q-ku uyda.
Ichkari endi ... nima desamikin, dahlizning eshigi butun, oshxonanikini kecha bervordik... Vannaning jo'mragi soz - suv oqmaydi ( oxirgi marta suv toshirvorganimda pastdagi jurnalist qo'shnim hokimiyat orqali sovuq suvni uzdirib tashlagan).
Mebelmi? Mebelni yaqinda olamiz, avval uyning kreditidan qutulvolaylik. Hozircha xotinning sepiga kelgan ko'rpa-to'shaklar-u, sandiq-javon yetib turibdi.
Umuman olganda, yomonamas, mana qarang, kim boy? Mening uyim "shikarniy"! Ikkita "parabolicheskiyim" bor, yesli cho....

Qayd etilgan


Donishmand  17 Avgust 2013, 11:39:01

Hammaning ko'chalari charog'on bo'lsa, bizning osmonimizam charog'on!

Qayd etilgan


Donishmand  17 Avgust 2013, 11:47:15

Bolalar va qariyalarimiz ko'pincha velosipedda yurishadi. Ular yuqilib ketmasliklari uchun, yo'lkadagi chuqurchalarni mana shunaqa qilib to'ldirib qo'yamiz:

Qayd etilgan


Donishmand  17 Avgust 2013, 12:23:44

Albatta bularning hammasi hazil, aslida haqiqiysi va asabni buzayotgani mana bu edi:

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  17 Avgust 2013, 12:55:03

Yangi mahalla, yangi uy, yangi qo'shnilar, yangi mashina, yangi tarelka... qo'yingki hamma yangi narsalar muborak bo'lsin.

Negadir Bo'zlik va Namanganlik g'isht quyadigan domlalar jim, "urrey osh" degan gaplar chiqmay qoldi )))

Qayd etilgan


azizbek_mx  17 Avgust 2013, 14:22:58

Akalar! Mana shu kelyapgan chorshanba muddatimiz tugab, yana öqiwga yöl olamiz. Agar imkoniyatlariz bölsa, Namanganda bir futbol uyushtirsak, dushanba yo seshanbaga vaqt ajratsak, men stadion gaplashib qöyardim. Ertagacha maslahatlashaylik, keyin shunga qarab joyni band qilib qöyaman. Nima dedilariz?

Qayd etilgan


Aqoid  17 Avgust 2013, 20:37:55

Rasmlarni ko'rganim yo'q, ko'rgim ham yo'q. Endi men ham sizga o'xshab kamtarlik qilib yangi qurayotgan uyimni rasmini joylashim kerakmi?-deb so'rasam bo'loramikin.
Darvoqe, futbol masalasida vaqt muammo bo'lyapti Azizbek.

Qayd etilgan


Donishmand  18 Avgust 2013, 10:12:03

.... Endi men ham sizga o'xshab kamtarlik qilib yangi qurayotgan uyimni rasmini joylashim kerakmi?-deb so'rasam bo'loramikin.
Bo'lormeydi.

Qayd etilgan


Mamur Chimkent Sayram  18 Avgust 2013, 20:04:50

Ассалому алайкум, Форумдошлар! Ман бу форумни илк бора кузатаётиб, "паровой отопления"га қизиқиб қолдим. Шу ҳақда тўлиқроқ маълумот олишни истардим. Бизда энг маъқул ёқилғи - бу табиий газ. Аллоҳга шукур, муаммо йўқ. Газга мосланган вариантини батафсилроқ тушунтириб ўтсангиз, бағоят ажойиб бўлар эди. Расулов Маъмуржон.

Qayd etilgan