Топ рейтинг www.uz Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?

Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?  ( 23214 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Ansora  06 Avgust 2012, 14:43:56

 :asl3:

Menga bir tarjima taklifi keldi: tabiiy o'g'itlar bilan bog'liq. Bu soha men uchun tamoman begona bo'lgani uchun bu haqda ma'lumoti bor forumdoshlardan orada yordam so'rab tursam, degandim.

Asarlar O'zbek tilidan Turk tiliga tarjima qilinishi kerak. Agar taklifni olib kelgan kishi rozi bo'lsa, asarni forumga ham joylayman, foydasi tegar kimgadir.

Oldindan rahmat.

Qayd etilgan


Ansora  10 Avgust 2012, 20:01:16

 :asl3:

Qisqartmalar bilan bog'liq savolim bor edi:

O'zR QHIICHM -O'zbekiston Respublikasi Qishloq Ho'jaligi Ishlab Chiqarish Markazi deganimi?


Qayd etilgan


Ansora  22 Avgust 2012, 18:43:38

 :asl3:

Shu jumladagi "barqaror" so'zini qaysi ma'noda tarjima qilishga ikkilanib turibman:

Paxta va g'alla seleksiyasi va urug'chiligini barqaror rivojlantirishni yangi ilmiy-texnologik yo'nalishlari.

Barqaror so'zi- qaror topgan, mustahkam, uzil-kesil o'rnashgan, mustahkam, ustuvor ma'nolarida ishlatiladi.

Ba'zi matnlarda jumlalar qolip holida keladi albatta. Ayniqsa rasmiy hujjatlarda. Lekin hech jiddiy o'ylab ko'rmagan ekanman "barqaror" so'zini:)

Siz nima deb o'ylaysiz, yuqorida ko'rsatilganlardan qaysi biri mos tushadi tarjimaga?

Turk tiliga "kesin" deya tarjima qilsam asl matnda qasd etilgan ma'no o'zgarmasmikan?


Qayd etilgan


Abdulhafizaka  22 Avgust 2012, 20:36:51

 :asl3:
Мени сйлашимча барқарор ссзи собит ссзи билан алмаштирилса туркчада тушунарлироқ бслар сна билмадим.

Qayd etilgan


Ansora  23 Avgust 2012, 01:22:12

 :asl3:

Xayrli kech. Yana bir savol:

Birlamchi va elita urug' nima degani:)

Shuhrat_Menimcha dehqon edilar shekilli, yordam bervoring:)


Qayd etilgan


Sadulla  23 Avgust 2012, 06:38:13

:asl3:

Birlamchi va elita urug' nima degani:)


Bu huddi birinchi sort va oliy nav deganga o'xshashmi  :)

Qayd etilgan


Donishmand  23 Avgust 2012, 08:07:17

:asl3:

Shu jumladagi "barqaror" so'zini qaysi ma'noda tarjima qilishga ikkilanib turibman:

Paxta va g'alla seleksiyasi va urug'chiligini barqaror rivojlantirishni yangi ilmiy-texnologik yo'nalishlari.

"Barqaror"ning o'zi qolsa ham bo'ladi. "Samarali rivojlantirish", "yuqori sur'atda rivojlantirish" deb yozsangiz ham yaxshi. Aslida "jadal rivojlantirish" desa ham bo'lardi-ku, hozirda bu jumlani ko'p ham qo'llamayapmiz, sal qo'polroqqa o'xshaydi shekilli.

:asl3:
Мени сйлашимча барқарор ссзи собит ссзи билан алмаштирилса туркчада тушунарлироқ бслар сна билмадим.

"Sobit" unchalik ham to'g'ri kelmasa kerak, bilmadim-u, menga shunday tuyuladi.

:asl3:

Xayrli kech. Yana bir savol:

Birlamchi va elita urug' nima degani:)

Shuhrat_Menimcha dehqon edilar shekilli, yordam bervoring:)



Birlamchi urug' - bu seleksiya natijasida saralab olingan, birinchi marta ekilayotgan urug'. Elita - shu yo'l bilan olingan eng sifatli urug'.

Qayd etilgan


Ansora  23 Avgust 2012, 15:45:39

 :asl3:

Donishmand, rahmat fikrlar uchun. Aslida matnda "barqaror va jadal rivojlantirish..." kabi jumlalar serob:)

Yana bir savol: Gidromeliorativ sharoitni qisqacha qanday izohlash mumkin?
Oldindan rahmat.

Qayd etilgan


Donishmand  23 Avgust 2012, 20:12:52

Gidromeliorativ sharoit - bu sug'orilish holati, sharoiti.

Qayd etilgan


Ansora  23 Avgust 2012, 23:36:12

 :asl3:

Rahmat Donishmand.

Biogumus- Biohumus - Vermicompost (Turkchasi Solujan Gubresi) bilan hammasi bir xilmi?

http://en.wikipedia.org/wiki/Vermicompost

"Yer malhami" biyologik o'g'iti haqida ma'lumotingiz bormi?

KMO'- Kompleks mikrobiologik o'g'it haqida maqolalar bormi?

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2012, 16:08:16

 :asl3:

Xayrli jumalar.

"Pintotes- пинтотея" vitamini haqida malumotingiz bormi?

Qayd etilgan


Abdullah Isa  24 Avgust 2012, 16:26:17

:asl3:

Xayrli jumalar.

"Pintotes- пинтотея" vitamini haqida malumotingiz bormi?
:vsl3: vitamin nomi hato yozilmaganmi? Uzur

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2012, 16:37:22

:asl3:

Xayrli jumalar.

"Pintotes- пинтотея" vitamini haqida malumotingiz bormi?
:vsl3: vitamin nomi hato yozilmaganmi? Uzur

Bilmadim, menda ham shubha uygotdi, lekin qolimdagi kitob jiddiy kitob:(

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2012, 17:02:28

:asl3:

Xayrli jumalar.

"Pintotes- пинтотея" vitamini haqida malumotingiz bormi?
:vsl3: vitamin nomi hato yozilmaganmi? Uzur

Bilmadim, menda ham shubha uygotdi, lekin qolimdagi kitob jiddiy kitob:(

Va yoki shunday bolishi ham mumkinmi?

Лантотеновас кислота yoki VitaminB5 ?

Qayd etilgan


Donishmand  24 Avgust 2012, 17:58:25

:asl3:

Rahmat Donishmand.

Biogumus- Biohumus - Vermicompost (Turkchasi Solujan Gubresi) bilan hammasi bir xilmi?

http://en.wikipedia.org/wiki/Vermicompost

"Yer malhami" biyologik o'g'iti haqida ma'lumotingiz bormi?

KMO'- Kompleks mikrobiologik o'g'it haqida maqolalar bormi?

Biogumus- Biohumus - Vermicompost bular deyarli bir xil narsalar. "Yer malhami" o'g'iti haqidagi bilimlarim yuzaki holos. Umuman, organik o'g'itlarga ko'p ham ishim tushmagan, bilimlarim siznikidan ortiq emas deb o'ylayman. Anorganika haqida bo'lsa bemalol yordam berishim mumkin. :)

Qayd etilgan