Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?  ( 25347 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  26 Avgust 2012, 18:18:24

OKSIGUMAT хақида русча маълумот

Rahmat. Bu maqolani korgandim, hali yaxshilab oqib chiqmadim, lekin koz yugirtirganimda asosan meva-sabzavot uchun qollanilishi haqida yozilgan, men esa g'o'zada qo'llanilishi haqida malumot qidiryotgandim...bormikan shunaqa narsa?

Qayd etilgan


Ansora  26 Avgust 2012, 18:20:48

Iqtibos
Bir gektarga Oksigumat ishlatish bilan bog'liq sarf-harajat 100kg iqtisod qilinadigan ammoniyli selitra qiymati (16 ming so'm) bilan to'la qoplanadi....
Bir gektar yerga Oksigumat ishlatish 100kg ammoniy selitrasi qiymatiga teng mablag'ni tejash imkonini beradi.
(Bu yerda savol tug'iladi: - bir gektar yerga qancha oksigumat sarf qilinar ekan? - degan)

Javob: Go'za va bug'doy parvarishida ikki tadbir (uruqqa ekishdan oldin ishlov berish va ko'k palakka 2 marotaba sepish) bajarishda Oksigumatning umumiy sarfi 4500-500 so'mga teng, ammo traktor purkagichini 2 marotaba sepishga ishlatish harajati bilan 1 gektarga sarf miqdori tahminan 15.000 so'mga teng.

Kitob 2006- yilda yozilgan, balki hozir narxlar ham oshgandir.

Qayd etilgan


Ansora  26 Avgust 2012, 18:22:23

Yana savol:

Naychalash Tuguncha hosil qilmoq, tugmoq manosida ekan. Bu meva sola boshlaganida deganimi?

Qayd etilgan


Shuhrat_  27 Avgust 2012, 00:43:08

Yana savol:

Naychalash Tuguncha hosil qilmoq, tugmoq manosida ekan. Bu meva sola boshlaganida deganimi?
naychalash: bu boshoqli ekinlaga aytilgan  yani bug'doy,sholi,arpa
bu ekinla hosildan oldin naychalaydi, boshoqlashdan oldin naychalaydi degani

Qayd etilgan


Shuhrat_  27 Avgust 2012, 01:05:35

Iqtibos
Bir gektarga Oksigumat ishlatish bilan bog'liq sarf-harajat 100kg iqtisod qilinadigan ammoniyli selitra qiymati (16 ming so'm) bilan to'la qoplanadi....
Bir gektar yerga Oksigumat ishlatish 100kg ammoniy selitrasi qiymatiga teng mablag'ni tejash imkonini beradi.
(Bu yerda savol tug'iladi: - bir gektar yerga qancha oksigumat sarf qilinar ekan? - degan)
demak 1ga yerga o'rtacha g'o'zaga 300kg selitra solinsa,Oksigumat sepilgan 1ga g'o'zaga 200kg selitra, bu shu kunlada o'rtacha 80ming so'mni tejash .
Oksigumat ishlatmagan ekanmiz, lekin gumi 1ga yerga 0,5kg 200 -300litr suv, oksigumat ham shunga uxshasa kerak.(gala ekinlarini bargdan berilgan ug'it foyda qilmaydi deb o'ylayman)

Qayd etilgan


Ansora  27 Avgust 2012, 17:25:25

 :asl3:

Shuhrat, rahmat javoblar uchun. Bizda Oksigumat qanchadan sotiladi?

Yana savol:
Mineral o'g'itlarni NPK deya nomlashibdi, buning to'liq o'qilishi qanday bo'ladi?

Kitobda "ishchi eritma" jumlasini ilk o'qiganimda ishchi deganda dehqon deyabdi, deb oylabman:) keyin qarasam umuman boshqa nazarda tutilgan ekan.

Ishchi eritma, deganda- qo'llaniladigan, ishlatiladigan eritmani nazarda tutishgan- togri tushundimmi?


Qayd etilgan


Donishmand  27 Avgust 2012, 17:33:15

Yana savol:

Naychalash Tuguncha hosil qilmoq, tugmoq manosida ekan. Bu meva sola boshlaganida deganimi?
naychalash: bu boshoqli ekinlaga aytilgan  yani bug'doy,sholi,arpa
bu ekinla hosildan oldin naychalaydi, boshoqlashdan oldin naychalaydi degani

Bizda bodring, pomidor, va hatto paxta ham naychalaydi. :)

Qayd etilgan


Ansora  27 Avgust 2012, 17:34:56

Yana savol:

Naychalash Tuguncha hosil qilmoq, tugmoq manosida ekan. Bu meva sola boshlaganida deganimi?
naychalash: bu boshoqli ekinlaga aytilgan  yani bug'doy,sholi,arpa
bu ekinla hosildan oldin naychalaydi, boshoqlashdan oldin naychalaydi degani

Bizda bodring, pomidor, va hatto paxta ham naychalaydi. :)

Izohli sozlikda: qovun, bodring, qovoq va shuning kabi poliz ekinlari haqida, deyilgan ekan...

Qayd etilgan


Ansora  27 Avgust 2012, 18:01:22

Ha yana: go'za shonalaganda degani- go'zaning g'unchasi paydo bolishi, degani ekan.

Yani go'za shonalaydi, keyin gullaydi, kesin ko'sak paydo bo'ladi, keyin paxta shundaymi?

Shona degani shu top gulday holati yani, togrimi?

Qayd etilgan


Donishmand  27 Avgust 2012, 19:40:47

:asl3:

Yana savol:[/b] Mineral o'g'itlarni NPK deya nomlashibdi, buning to'liq o'qilishi qanday bo'ladi?
Kitobda "ishchi eritma" jumlasini ilk o'qiganimda ishchi deganda dehqon deyabdi, deb oylabman:) keyin qarasam umuman boshqa nazarda tutilgan ekan.
Ishchi eritma, deganda- qo'llaniladigan, ishlatiladigan eritmani nazarda tutishgan- togri tushundimmi?

NPK... Oo NPK! Bu so'zni eshitsam ikki oy kechasi-yu kunduzi bilan qiynalganlarim esimga tushib ketadi... (Sochlarim tikka bo'lib ketishini aytmay qo'yaveray. Buni boshlayotganda forumga ham bir narsa yozgan edim, "tavakkal ish boshladik..." - degan ma'noda.)

Hullas, NPK - Nitrofoskaliy. Tarkibida azot(nitrogenium), fosfor(phosphorus) va kaliy(kalium) ionlari bo'lgan o'g'it. O'simliklar uchun ancha foydali, hohlovchilar uchun istagan miqdorda yetkazib beramiz. Ammo... anchagina qimmat :)

Ishchi eritma - organik o'g'itning suvga aralashtirilgan, sepishga tayyor holga keltirilgan eritmasi.

Qayd etilgan