Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?  ( 24184 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B

Abdulhafizaka  02 Sentyabr 2012, 17:19:29

:asl3:

Keyin bizda almashlab ekish qay darajada? Qolimdagi kitobda hali unchalik emasligi haqida qaygurib yozilgan ekan.
масалан бир йил пахта бир йил қора скин деганингизми, агар шундай бслса бизда бунга ксп жойда амал қилинади масалан бундай тартибда, бахорда пахта, кузда буғдой, буғдойдан июнда бсшагач қора скин, қишда бсш туради сна бахорда пахта, баъзи жойларда сса бир сезон пахта бир сезон дам олади.

Qayd etilgan

Ansora  08 Sentyabr 2012, 17:19:34

 :asl3:

Shu gapdagi so'zlarda ham yordam bersangiz:

Bu yerda ikkita holat aniq ko'zga tashlanadi: birinchi holat, mexanik tarkib qumoq, ayniqsa soz bo'lsa, bunda uning tarkibida mayda chang(0,005-0,001mm) va il (0,001mm) ustunlik qiladi...

Bu yerdagi SOZ va Il so'zlarni yaxshiroq tushunishimda yordam bersangiz.

Qayd etilgan

Ansora  10 Sentyabr 2012, 13:08:39

 :asl3:

Paxta tuganagi bilan ko'sagining farqi nimada ajabo ::)

Qayd etilgan

Donishmand  10 Sentyabr 2012, 18:31:30

:asl3:

Shu gapdagi so'zlarda ham yordam bersangiz:

Bu yerda ikkita holat aniq ko'zga tashlanadi: birinchi holat, mexanik tarkib qumoq, ayniqsa soz bo'lsa, bunda uning tarkibida mayda chang(0,005-0,001mm) va il (0,001mm) ustunlik qiladi...

Bu yerdagi SOZ va Il so'zlarni yaxshiroq tushunishimda yordam bersangiz.
Soz tuproq - toza, unumdor tuproq.
Ill - chirindi.
:asl3:

Paxta tuganagi bilan ko'sagining farqi nimada ajabo ::)
Tuganagi - gulbarg ostidagi qattiq qismi
Ko'sagi - gullab, changlanib  bo'lganidan keyngi o'sha tuganagining rivojlangani.

Qayd etilgan

Ansora  10 Sentyabr 2012, 18:44:12

rahmat. lekin soz biz oylaganday (men ham boshda sunday, deb oylagandim)
emas:
qamish- degani ekan:) kitob Qashqadaryo havzasi bilan bogliq edi...

yanada katta rahmat, judayam kop yordam berdingiz.

Ozgina oldin tarjimani jonatdim egasiga, uf yelkamdan tog agdarildiyeeey:)

lekin judayam kop narsa organdim:)

orada yozib turarman:)

tabiiy ogitlardan togri foydalanishniyam bilish shart ekan, masalan go'ngni olsak, uni sharbat qilib joyakka oqizish bilan ish bitmas, sharbat oqib borgan joyda emib, undan uyogiga otmas ekan, shuning uchun plyonka yoyib, teshib chiqish kerak ekan har har joyda:)

ana shunaqa gaplar:)

Qayd etilgan

Ansora  10 Sentyabr 2012, 18:47:10

Ha keyin men judayam tasirlangan narsa: tuproqda aerob va anaerob-(kislorodli va kislorodsiz yashaydigan bakteriyalar) bularni oldirmaslik uchun tuproqni agdarib haydamaslik kerak ekan, shunday qilganimizda ular olib, bekorga karbongidratga aylaniiib uchib ketarkan havoga:)

yer kavlaganda ehtiyot bolinglar:)

Qayd etilgan

Donishmand  11 Sentyabr 2012, 07:39:50

Iqtibos
Bu yerda ikkita holat aniq ko'zga tashlanadi: birinchi holat, mexanik tarkib qumoq, ayniqsa soz bo'lsa, bunda uning tarkibida mayda chang(0,005-0,001mm) va il (0,001mm) ustunlik qiladi...
Endi "qamish"ni qo'yib ko'ramiz: Bu yerda ikkita holat ko'zga tashlanadi: birinchi holat, mexanik tarkib qumoq, ayniqsa qamish bo'lsa, bunda uning tarkibidagi mayda chang (0,005-0,01 mm) va il (0,001 mm) ustunlik qiladi...
Opa, heeech kelishmayaptida shu gap... :)

Qayd etilgan

Ansora  11 Sentyabr 2012, 12:58:43

Bugun erta bu soxani yaxshi biladiganlar tarjimani kozdan kechirib menga javob berishadi, men 2-3 xil ma'noda yozdim, xohlaganlarini tanlab olishsin:)

Tadqiqotlar bilan bog'liq jadvallarda "yengil soz" "o'rta soz" deb berilganligi uchunam shevaga xos (chunki soz sozi shevalarda qamish manosini bildirarkan) qamish sozini yozdim)

Mantiqan oylab qarasak, qum aralash tuproqli joylarda chopib yoq qilinishi qiyin bolgan qamishlar boladi (jonimiz chiqardi ularni dastidan)

Yana bir tarafi- soz- yaxshi manosida ishlatmoqchi bolsa, nimaga endi aynan soz, sozini ishlatsin ki?

Yana bilmadim:) javob kelsinchi koramiz:)

Qayd etilgan