Qur'oni karimdan ibratli oyati karimalar  ( 132554 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 25 B


UzMuslim  19 Avgust 2010, 19:00:47

Shuningdek, sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lgan, sizlarga Bizning oyatlarimizni
tilovat qiladigan, sizlarni poklaydigan, sizlarga Kitob va Hikmatni (Qur’on va
Hadisni) o‘rgatadigan va bilmagan narsalaringizni bildirgan bir payg‘ambar
yubordik
.(Baqara 151.)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 19:15:44

Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar! Albatta Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir.(Baqara,153.)

Qayd etilgan


Zamiraxon  22 Avgust 2010, 09:18:19

Bismillahir rohmanir rohiym

 "Yer yuzida kibrlanib yurmagin! Chunki sen (oyoqlaring bilan) zinhor yerni tesha olmaysan va uzunlikda tog'larga yeta olmaysan".
                                                                                                                                                        Isro surasi, 37-oyat.

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 15:05:33

Yana (barcha) zeb-ziynat, naqsh-nigorlarni ham (o‘sha kofirlar uchun qilib
qo‘ygan bo‘lur edik. Zero bularning) barchasi faqat hayoti dunyo matolaridir.
Oxirat esa Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir.

                                                                               (ZUHRUF-35.)

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 15:08:19

Kim Rahmon eslatmasidan (ya’ni Qur’on pand-nasihatlaridan) ko‘r bo‘lib
olsa — yuz o‘girsa, Biz unga shaytonni yaqin qilib qo‘yurmiz, bas u o‘sha
(kofirga doimiy) hamroh bo‘lur
.(Zuhruf Surasi,36 Oyat.)

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 15:09:49

Bas, siz o‘zingizga vahiy qilingan narsani Qur’onni mahkam ushlang!
Albatta, siz To‘g‘ri yo‘ldadirsiz
.(Zuhruf Surasi,43 Oyat.)

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 15:12:20

Albatta jinoyatchi kimsalar (ya’ni kofirlar) jahannam azobida mangu
qolguvchidirlar.
 Ulardan (azob biron lahza ham) yengillatilmas va ular (o‘sha azobda qolib)
butunlay nomurod bo‘lguvchidirlar
!(Zuhruf Surasi,74-75 Oyat.)

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 15:15:16

Osmonlar va yer hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalar podshohligi
O’ziniki bo‘lgan zot barakotli — buyukdir. (Qiyomat) soati haqidagi bilim ham
yolg‘iz Uning huzuridadir. Yolg‘iz Ungagina qaytarilursizlar.
(Zuhruf Surasi,85 Oyat.)

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 18:02:12

 Mana Biz ularni azob-ocharchilik bilan ushladik. Ular esa na Parvardigorga
bo‘yin egdilar va na tavba-tazarru’ qildilar.
 To qachon Biz ularga qattiq azob-qahatchilik darvozasini ochib
qo‘yganimizda, esa banogoh ular noumid bo‘lguvchidirlar.
(Mu'minun Surasi,76.77 oyat)

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  22 Avgust 2010, 23:58:47

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Quyosh o'rab qo'yilganida,

2. yulduzlar ham (o'z falaklaridan) to'kilganida,

3. tog’lar ham (o'z joylaridan) jildirilganida,

4. (qornidagi bolasi) o'n oylik bo'g’oz tuyalar ham bo'sh qo'yib yuborilganida,

5. vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) to'planib qolganida,

6. dengizlar kuydirilganida,

7. ruhlar (qaytadan jasadlarga) juftlanganida,

8. tiriklay ko'milgan (har bir) qizdan so'ralganida,

9. ne gunohi uchun o'ldirilgan, deb.

10. Yana sahifalar (nomai a'mol) ochilganida,

11. osmon (Yer ustidan) sidirib olinganida,

12. do'zax (kofirlar uchun) qizdirilganida,

13. jannat (taqvodorlarga) yaqin qilinganida,

14. (ana o'sha Kunda har bir) jon o'zi (shu Kun uchun) hozirlab kelgan narsani(yaxshi-yomon amallarini) bilur!

15. Bas, qayta-qayta chiqib (ko'rinib) turuvchi (yulduzlar)ga,

16. (beshta) yashirinuvchi sayyoralarga,

Izoh: Besh sayyora yulduzlar - Mirrix, Zuhal, Atorud, Zuhra, Mushtariy.

17. o'z zulmati bilan kelib-ketayotgan kechaga va

18. (otayotgan) tongga qasamki,

19. albatta, u (Qur'on) bir ulug’ elchi (Jabroil)ning so'zidir.

20. (U) quvvatli, Arshning sohibi (Alloh) nazdida martabali,

21. u joyda (farishtalar tomonidan) itoat etiluvchi va ishonchli zot (ya'ni, Jabroil)dir.

22. Sizlarning sohibingiz (Muhammad) majnun emasdir.

23. Darhaqiqat, u (Jabroil)ni ochiq ufqda ko'rdi.

24. U (Muhammad) g’aybga (vahiyga) baxil ham emasdir.

Izoh: Vahiyga baxil emasliklari kelgan har bir vahiyni, oyat va surani darhol musulmonlarga bekamu ko'st yetkazishlari, murakkab joylarini esa izohlab berishlaridir.

25. U (Qur'on) quvilgan (mal'un) shaytonning so'zi emasdir.
 
26. Bas, sizlar (uni inkor etib) qayoqqa ketmoqdasizlar?!

27. U (Qur'on), haqiqatan, (butun) olamlar uchun eslatmadir.

28. Orangizdagi to'g’ri bo'lishni xohlagan kishilar uchun (albatta).

29. Sizlar faqat (butun) olamlar Parvardigori bo'lmish Alloh xohlasagina (to'g’ri bo'lishni) xohlarsizlar.
  (Takvir)

Qayd etilgan