Qur'oni karimdan ibratli oyati karimalar  ( 133299 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 25 B


yoqutxon  08 Sentyabr 2010, 20:37:18

"Kimga hikmat berilgan bo'lsa,batahqiq, unga ko'p yahshilik berilibdi"( Baqara surasi 269)

Qayd etilgan


UzMuslim  09 Sentyabr 2010, 20:47:27

"KOF, HA, YO, AYN, SOD. (Ushbu-) Parvardigoringiz O’z bandasi Zakariyoga qilgan marhamatining zikri-qissasidir. Eslang: u Parvardigoriga xufyona duo iltijo qilib, degan edi; "Parvardigorim, darhaqiqat mening suyaklarim mo’rtlashdi, keksalikdan boshim-sochim oqardi. Parvardigorim, men senga duo qilib (hech qachon) noumid bo’lgan emasman"
("Maryam" surasi, 1-4-oyatlar).

Qayd etilgan


UzMuslim  11 Sentyabr 2010, 16:25:07

Bas,Osmon aniq tutunni kletiradigan kunni kut.U odamlarni o'rab olur.Bu alamli azobdir..
(Duxon Surasi,10-11oyat)

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Sentyabr 2010, 00:45:47

"То sizga yaqiyn-aniq narsa(ya'ni,o'lim soati) kelgunicha Robbingizga Ibodat Qiling!"  
(Hijr surasi,99-oyat)

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Sentyabr 2010, 01:04:38

«U Alloh Xoliq, Bari’, Musavvirdur. Barcha go’zal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Yana U Aziz va Hakimdir»
(Hashr:24).

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Sentyabr 2010, 04:10:18

Mo'minlar Olloh (nomi)zikr etilganda dillari qo'rquvda bo'ladigan ,oyatlari ularga tilovat qilinganda iymonlari ziyoda bo'ladigan , Parvardigorlariga tavakkul qiladigan, namozni mukamal o'qidigan va rizq qilib berganimizdan ehson qiladigan kishiladir.
                                                      ( Anfol, 2-3)

Qayd etilgan


siddiqa  05 Oktyabr 2010, 16:26:38


 :bsm:

"Samovot va yerdagi barcha narsa Allohnikidir.Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling ,xoh yashiring Alloh sizlarni o'sha narsa bilan hisob-kitob qiladi va O'zi istagan kishilarni mag'firat qilib ,O'zi istagan kishilarni azoblaydi.Alloh hamma narsaga qodirdir ". Baqara 284 .

Qayd etilgan


UzMuslim  10 Oktyabr 2010, 20:28:52

«Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o'zga biron Iloh yo'qdir» (A'rof: 59);

Qayd etilgan


yoqutxon  17 Oktyabr 2010, 23:10:43

Bismillahir rohmannir rohim.
Ular (shirk va isyondan) pok bo;lgan hollarida, farishtalar ularning jonlarini olar ekanlar,:" Sizlarga tinchlik omonlik bo'lgay". (Endi) qilib o'tgan amallaringiz jannatga kiringiz" , derlar.
( Naxl, 32)

Qayd etilgan


yoqutxon  17 Oktyabr 2010, 23:29:06

"Odamlarga xisob kitoblari(yani Qiyomat qoyim bo'lishi) yaqinlashib qoldi. Ular esa g'aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz o'girguvchilardir."
(Anbiyo,1)

Qayd etilgan