" Nima uchun biz Allohga tavakkal qilmas ekanmiz ? ! Holbuki, U bizni yo'limizga hidoyat qildi. Bizga bergan ozorlaringizga albatta sabr qilamiz. Tavakkul qiluvchilar faqat Allohgagina tavakkul qilsinlar"
( " Ibrohim" sura, 12-oyat )
" Biror musiybatni paydo qilmasimizdan oldin u Kitobda bitilgan bo'lur, aks holda, yer yuzida va o'z shaxslaringizda sizga biror musiybat yetmas. Albatta, bu ish Alloh uchun osondir.
Toki,ketgan narsaga qayg'urib,kelgan narsadan xursand bo'lmasligingiz uchun, Alloh barcha dimog'dor va maqtanchoqlarni suymas"
( " Hadid" sura, 22-, 23-oyatlar)
" Alloh bandalariga lutflidir. U xohlagan kishiga rizq berur. U zot kuchli,azizdir.
Kim oxirat hosilini istasa,biz unga hosilini ziyoda qilib berurmiz. Kim dunyo hosilini istasa,biz unga o'shandan berurmiz va unga oxiratda biron nasiyba bo'lmas"
( " Shuuro" surasi, 19-, 20-oyatlar)