Albatta Biz Musoga kitob ato etdik. Undan keyin ham payg‘ambarlar
yubordik. Iyso binni Maryamga hujjatlar berdik va uni Ruhul-quds (Jabroil) ila
quvvatlantirdik. Har qachon bir Payg‘ambar sizlarga yoqmaydigan narsa
(oyatlar) bilan kelsa, birovini yolg‘onchi deb, birovini o‘ldiraverasizlarmi?
«Dilimiz berk», dedilar. Yo‘q, aksincha, kufrlari sababli ularni Alloh
la’natlagan. Bas, kamdan-kamlari iymon keltiradilar.(Baqara surasi 87-88 oyatlar)