Qur'oni karimdan ibratli oyati karimalar  ( 131265 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 25 B


UzMuslim  14 Avgust 2010, 04:39:32

  Albatta Biz Musoga kitob ato etdik. Undan keyin ham payg‘ambarlar
yubordik. Iyso binni Maryamga hujjatlar berdik va uni Ruhul-quds (Jabroil) ila
quvvatlantirdik. Har qachon bir Payg‘ambar sizlarga yoqmaydigan narsa
(oyatlar) bilan kelsa, birovini yolg‘onchi deb, birovini o‘ldiraverasizlarmi?
  «Dilimiz berk», dedilar. Yo‘q, aksincha, kufrlari sababli ularni Alloh
la’natlagan. Bas, kamdan-kamlari iymon keltiradilar.(Baqara surasi 87-88 oyatlar)

Qayd etilgan


UzMuslim  14 Avgust 2010, 04:41:33

 Sizga (ey Muhammad), o‘zidan avval tushgan kitoblarni tasdiqlovchi
bo‘lgan bu Kitobni (Qur’onni) haq bilan nozil qiddi. Ilgari odamlarni haq yo‘lga
hidoyat qilish uchun Tavrot va Injilni tushirgan edi. (Endi esa) haq bilan
nohaqni ajratguvchi (Qur’onni) nozil qildi. Allohning oyatlarini inkor qiluvchi
kimsalar uchun shubhasiz qattiq azob bordir. Alloh qudrat egasi va intiqom
sohibidir.(OLi Imron Surasi 3-4oyat)

Qayd etilgan


UzMuslim  14 Avgust 2010, 04:42:30

Albatta Alloh nazdida maqbul bo‘ladigan din faqat Islom dinidir. Ahli
kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ularga (islom va Muhammadning haq
payg‘ambarligi haqida) hujjat kelganidan keyin faqat o‘zaro hasad-adovat
qilganlari sababligina talashib-tortishdilar. Kim Allohning oyatlarini inkor qilsa,
bas, albatta Alloh tez hisob-kitob qilguvchi zotdir.(Oli Imron Surasi 19 oyat).

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 09:16:16

Biz ulardan ilgari ham qancha asr avlodni (iymonsizliklari sababli) halok
qilganimizda, ular (boshlariga azob tushganida yordam so‘rab) nido-iltijo
qilganlar, (ammo bu vaqt azobdan) qochib qutulish vaqti emas edi.(Sod surasi,3 oyat)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 09:17:24

 (Ey Muhammad, ushbu Qur’on barcha odamlar) oyatlarini tafakkur qilishlari
va aql egalari eslatma-ibrat olishlari uchun Biz sizga nozil qilgan bir muborak
Kitobdir.(Sod Surasi,29 oyat)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 09:19:00

(Ey insonlar), ogoh bo‘lingizkim, xolis din yolg‘iz Allohnikidir (ya’ni yolg‘iz
Allohgina chin ixlos bilan ibodat qilinishga loyiq zotdir). U zotdan o‘zga
«do‘stlar»ni («xudo») qilib olgan kimsalar: «Biz (o‘sha «xudo»larimizga)
faqat ular bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar).
Shak-shubha yo‘qki, Alloh (qiyomat kunida) ular ixtilof qilayotgan narsalar
xususida ularning o‘rtasida hukm qilur. Shak-shubha yo‘qki, Alloh yolg‘onchi va
ko‘rnamak kimsalarni hidoyat qilmas
.(Zumar Surasi,3oyat)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 09:24:34

2-3. (Ushbu Qur’on) qudratli va bilguvchi, gunohni mag‘firat qilguvchi, tavbatazarru’ni
qabul qilguvchi, azobi qattiq va in’om-ehson egasi bo‘lmish Alloh
tomonidan nozil qilingan Kitobdir. Hech qanday iloh yo‘q, magar Uning O’zigina
bordir. Faqat Uning O’ziga qaytilur.
4. Allohning oyatlari haqida faqat kofir bo‘lgan kimsalargina talashibtortishurlar.
Bas sizni ularning shaharlarida kezishlari aldab qo‘ymasin!

(G'ofir Surasi,2-3-4 Oyatlar)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 09:28:26

Albatta Allohning oyatlari haqida o‘zlariga kelgan biron hujjat — dalilsiz
talashib-tortishadigan kimsalar, aniqki ularning dillarida bir kibr (ya’ni o‘zlarini
sizdan katta olish) bordirki, ular o‘shanga (ya’ni o‘zlari orzu qilgan kattalikka)
yetuvchi emasdirlar. Bas siz Allohdan panoh so‘rang. Albatta Uning O’zigina
eshitguvchi, ko‘rib turguvchidir
.(G'ofir Surasi,56 Oyat)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 09:31:13

(Ey Muhammad, mo‘minlarga ayting): «Sizlar (bu hayoti dunyoda kofirlar
bilan) ixtilof qilgan har bir narsaning hukmi (Qiyomat kunida) Allohga
(qaytarilur va U zot kim haq, kim nohaq ekanligini ajratib berur). Mana shu
Alloh Parvardigorimdir. O’ziga suyandim va O’ziga iltijo qilurman».
(SHo'ro Surasi,10-oyat)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 09:34:07

(Ey Muhammad), ayting: «Men barcha insonlarning
Parvardigoridan, barcha insonlarning Podshohidan, barcha insonlarning
Ilohidan (menga) o‘zi jin va insonlardan bo‘lgan, insonlarning dillariga vasvasa
soladigan, (qachon Allohning nomi zikr qilinganida) yashirinib oladigan
vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman
.(Nos Surasi,1-2-3-4-5-6.)

Qayd etilgan