Qur'oni karimdan ibratli oyati karimalar  ( 132553 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 25 B


UzMuslim  19 Avgust 2010, 18:35:39

Albatta, iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo‘lganlar, nasroniylar va sobiiylar
(farishtalarga sig‘inuvchilar) — (ulardan) qaysilari (avval qaysi dinda
bo‘lganlaridan qat’i nazar, iymonga kelib, yolg‘iz) Allohga, oxirat kuniga
ishonsa va yaxshi amallar qilsa, o‘shalarga Parvardigorlari huzurida ajr bordir
va ular uchun xavfu xatar, g‘am-anduh yo‘qdir.(Baqara,62)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 18:38:59

«Faqat Allohgagina ibodat qilasizlar, ota-ona, qarindosh-urug‘, yetim va
miskinlarga yaxshilik qilasizlar. Kishilarga chiroyli so‘zlar so‘zlangiz va
namozni to‘kis ado qiling, zakotni bering», deb bani Isroildan ahdu paymon
olganimizni eslanglar. Keyin esa (ey bani Isroil) ozgina kishidan tashqari
hammangiz yuz o‘girgan holda ketdingiz
.(Baqara 83.)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 18:40:43

 Ularning hatto mushriklardan ham hayotga (yashashga) ochko‘z kishilar
ekanini ko‘rasiz, ularning ayrimlari ming yil umr ko‘rishni istaydilar. Holbuki,
uzun umr uni azobdan uzoqlashtirmaydi. Axir Alloh qilayotgan amallarini ko‘rib
turguvchidir
.(Baqara96.)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 18:42:51

Agar ular iymonga kelib Allohdan qo‘rqsalar, Alloh tarafidan bo‘ladigan
savob albatta yaxshiroq bo‘lishini bilsalar edi.
(Baqara.103)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 18:44:23

Yeru osmonlar yolg‘iz Allohning mulki ekanini va sizlar uchun Allohdan
o‘zga biron do‘st yo yordam berguvchi yo‘q ekanini bilmadingizmi?
(Baqara 107)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 18:45:53

Allohning masjidlarini ularda Alloh ismi zikr qilinishidan to‘sadigan va
ularni xarob qilish harakatida yuradigan kimsalardan ham zolimroq kim bor?
Axir bu kimsalar uchun unday joylarga faqat qo‘rqqan hollarda kirish joiz ediku.
Ular uchun bu dunyoda rasvolik, oxiratda esa buyuk azob bordir.
(Baqara,114.)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 18:47:38

(U) yeru osmonlarni paydo qilguvchidir. Biror ishni hukm qilsa unga
faqatgina «Bo‘l» deydi, xolos. Bas, u ish bo‘ladi.
(Baqara117.)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 18:49:43

Parvardigoro, bizni o‘zingga bo‘yinsunguvchilardan qilgin va
zurriyotimizdan ham o‘zingga itoat qiladigan kishilar chiqargin. Va bizga
(qiladigan) iboratlarimizni o‘rgatgin va tavba-tazarrularimizni qabul et!
Shubhasiz, sen tavbalarni qabul qilguvchi, rahmlisan.
(Baqara,128.)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 18:53:11

Ayting (ey Muhammad), bizning ham, sizning ham Parvardigoringiz
bo‘lgan Alloh xususida biz bilan janjallashasizmi? Holbuki, bizning qilgan
amalimiz o‘zimiz uchun, sizning qilgan amalingiz o‘zingiz uchun-ku? Biz faqat
ungagina ixlos qo‘yuvchilarmiz.
(Baqara,139.)

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 18:58:58

. Odamlardan aqlsizlari: «Ular (musulmonlar)ni ilgari qaragan qiblalaridan
qanday narsa yuz o‘girtirdi?» — deydilar. Ayting: «Mashriq ham, Mag‘rib ham
Allohnikidir. U O’zi xohlagan kishilarni haq yo‘lga hidoyat qiladi»
(Baqara,142)

Qayd etilgan