A.alaykum. Uzr, bu yerdagi qardoshlarning diniy ilimlari mustahkam ekanligini his qilganim uchun sizlardan bir narsa so'ramoqchi edim. O'zbekistonda necha hil Qur'oni Karim tarjimasi bor. Bu tarjimalar kimlar tarafidan va qachon qilingan?
Hozirdan katta raxmat javoblaringiz uchun.
Va alaykum assalom!
Qur'oni karim to'liq holida o'zbek tiliga 5 nafar olim tomonidan tarjima qilinib, nashr qilingan:
1.
Sayyid Oltinxon to'ra Taroziy. Sovet yillarida Madinai munavvarada tarjima qilib, eski turkiy yozuvda nashr ettirganlar.
2.
Domla Hindistoniy. 80-yillarning oxirida tarjima va tafsir qilganlar. Vafotlaridan so'ng, shogirdlari tomonidan to'planib, nashr etilgan.
3.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Tafsiri Hilol" nomi bilan 90-yillar boshida nashr etila boshlangan. Orada Qirg'iziston, Rossiyada nashr etilib, 2007-yili to'liq holida Toshkentda 6-jildlik kitob holida bosildi.
4.
Alouddin Mansur. 80-yillarning oxiri, 90-yillarning boshida tarjima qilingan. 1993 yili Toshkentda nashr etilgan.
5.
Abdulaziz Mansur. 1998-yili Toshkentda nashr etilgan.