Qur'oni karimdan ibratli oyati karimalar  ( 131356 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 25 B


ЖАМШИДЖОН  08 Dekabr 2009, 14:41:22

68. Sizlar o‘zlaringiz ichadigan suv haqida hech o‘ylab ko‘rdinglarmi?

69. Uni bulutlardan sizlar yog‘dirdinglarmi yoki Biz yog‘dirguvchimizmi?!

70. Agar Biz xoxlasak, uni sho‘r qilib qo‘ygan bo‘lur edik. Bas, shukr qilmaysizlarmi?!

71. Sizlar yoqadigan o‘t-olov haqida hech o‘ylab ko‘rdinglarmi?

72. Uning daraxtini sizlar paydo qildinglarmi yoki Biz paydo qilguvchimizmi?!

73. Biz uni (jahannam o‘tidan) bir eslatma va (sahrolarda yuradigan) musofir-yo‘lovchilar uchun foydalanadigan narsa qilib qo‘ydik.

74. Bas, (ey Muhammad), ulug‘ Parvardigoringizning nomini (har qanday ayb-nuqsondan) poklab-tasbeh ayting!

75-76-77-78. Men yulduzlarning botar joylariga qasam ichurmanki, Holbuki bu (qasam) agar bilsangizlar shak-shubhasiz ulug‘-katta qasamdir — albatta u (Qur’on sehr yoki uydirma emas, balki) asralgan Kitobdagi (Lavhul-Mahfuzdagi) Ulug‘ Qur’ondir!

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Aprel 2010, 14:02:38

Албатта, Аллоҳ мсминлар билан биргадир. (Анфол, 19).

Бунинг маъноси мсъминларга Аллоҳдан сзга ҳеч ким керак смас. Зеро А асулаллоҳ с.а.в. айтганларидек: "œАллоҳга риос қил, сени сақлайди. Аллоҳга риос қил, Уни рспарангдан топасан. Агар ссрасанг, Аллоҳдан ссрагин. Агар ёрдам тиласанг ҳам, Аллоҳдан тилагин" (Имом Термизий ривостлари).


Qayd etilgan


Abdumuhaymin  10 May 2010, 22:50:08

 Ular sizdan (istehzo bilan Alloh va’da etgan) naqd azobni talab qiladilar. Holbuki Alloh O’z va’dasiga hargiz xilof qilmas. Darvoqe’, Parvardigoringiz nazdidagi bir kun(lik azob) sizlarning hisob-kitobingizdagi ming yilga barobardir. (Haj 47)

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  10 May 2010, 23:37:42

Bu dunyo hayoti faqat behuda o'yin-kulgidir. Taqvolilar uchun esa oxirat diyori yaxshidir. Aql yuritmaysizlarmi?!   (An'om 32)

Qayd etilgan


JaviK  11 May 2010, 09:04:35

Har kimning o‘z yuzlanadigan tarafi bor. Bas, yaxshi ishlarga shoshilingiz!
Qayerda bo‘lmang, Alloh sizlarni (hisob-kitob) uchun keltiradi. Albatta Alloh har narsaga qodirdir. (Baqara surasi 148 oyat)

Qayd etilgan


Muhseena  09 Iyun 2010, 00:00:18

:bs1:

" U (Qur'on) - qat'iy bir kalomdir. U - hazil gap emasdir."

("Toriq" surasi, 13-14- oyatlar)   

Qayd etilgan


Muhseena  09 Iyun 2010, 00:17:23

:bsm:

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!
(AR-Rohman surasi)

Qayd etilgan


Muhseena  09 Iyun 2010, 01:28:12

:bsm:

11. Qayta-qayta tushguvchi (yomg‘ir) egasi bo‘lmish osmonga qasam;

12. (O’sha yomg‘ir sababli) yorib chiqquvchi (don-dun, o‘t-o‘lan) egasi bo‘lmish yerga qasamki,

13. Shak-shubhasiz u (Qur’on haq bilan botilni) ajratguvchi So‘zdir.

14. U hazil (ya’ni, asossiz, behuda so‘z) emasdir.
(Toriq surasi)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  18 Iyun 2010, 08:27:54

:bsm:
"Ey, iymon keltirganlar, gumondan ko'p uzoqda bo'ling, chunki ba'zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmang. Bir-biringizni g'iybat qilmang. Sizdan kim o'zining o'lgan birodarining go'shtini yeyishni xohlaydi, albatta buni yomon ko'rasizlar. Allohga taqvo qiling, albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmdildur"
("Hujurot" surasi 12-oyat).

Qayd etilgan


ZUBAIR  18 Iyun 2010, 15:12:39

42. (Ey Muhammzd), siz hargiz: «Alloh zolim kimsalarning qilayotgan
amallaridan g‘ofil», deb o‘ylamang! Faqat Alloh ularni
(ng jazolarini) ko‘zlar
(dahshatdan) qotib qoladigan (qo‘rqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoqda, xolos.
43. (U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko‘targan hollarida (chorlangan
tomongga xisob-kitob uchun) chopurlar. Ko‘zlari o‘zlariga qaytmaydi (ya’ni,
qo‘rquvdan qotib qolib, o‘zlarining qanday holda ekanliklarini ham
ko‘rmaydilar). Dillari (dahshatdan) bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolur.

Ibrohim surasi

Qayd etilgan