Turkiya-O'zbekiston orasida biznesga qiziqqanlar marhamat.  ( 18388 marta o'qilgan) Chop etish

1 B

Ansora  13 Avgust 2012, 16:31:46

 :asl3:

Aziz forumdoshlar bardam-baquvvatmisiz, Ramazon yaxshi o'tyabdimi?

Necha yillik xayol bu tekstil bo'yicha tijorat qilish. Nasib bo'lsa boshlamoqchimiz. Forumdan bir necha kishi bilan ilgari ham gaplashgandik.
Ro'zadan keyin jiddiy shug'ullansakmi, degandim.

Hozircha bilganlarim: Turkiyadan kargo 1kga 11 dollar ekan. Tahminan 3-7 kunda yetkaziladi.

Yana boshqa firmalar haqida ham ma'lumot to'playabman.

O'zbekistondan ham kargo bormi Turkiyaga? Qanday mollar jo'natilsa bo'ladi? Shu haqda ma'lumoti borlar o'rtoqlashsa.

Shu masalar haqida to'liq yo shu yerda, yoki shaxsiyda gaplashsak.

Oldindan rahmat.

Qayd etilgan

Ansora  22 Avgust 2012, 18:47:00

 :asl3:

O'zbekiston-Toshkan- Abu Sahiy bozoridan kargo bor ekan. Kg- 9 dollardan.

Xayrlisi bo'lsin inshalloh.
Asta sekin fikrlar ko'payib bormoqda.

Sizning ham fikrlaringizni kutib qolaman...

Qayd etilgan

Mo'min Mirzo  22 Avgust 2012, 20:11:36

1. Kargo nima?

2. Turkiya, umuman horijdan mol olib kelish qiyin emas-u, lekin boj masalasi chatoq. Boj masalasida ustasi faranglar chetdan mol olib kelib savdo qiloladi.
Masalan biz xitoydan biror uskunani olib kelib, boj to'lovlari bilan o'zimizcha hisoblab, bozorga 12 so'mdan narh belgilasak, allaqachon bu mol bozor peshtahtalarida 10 so'mdan sotilayotgan bo'ladi.

Qayd etilgan

Ansora  23 Avgust 2012, 01:29:09

1. Kargo- pochtani ismi. Ya'ni mol jo'natish uchun. Abu Sahiyda sizni ismingizga joy ochilarkan, shu yerga olib kelinarkan mol.

2. Ustasi farang, deng:) Meniyam ancha tanishim tijoratchi bolib ketibdi, bu safar kordim. Ular bilan otirib bafurja gaplashgani vaqt bolmadi.
Shu bilan bogliq (boj tolash) davlat qonuni haqida malumot olsak yaxshi bolardi.

Keyin O'zbekistondan adras, atlas olib kelish uchun ham alohida hujjat kerak ekanmi? Madaniyat vazirligidan?

Qaytamiga xursand bolishi kerakku ular, O'zbek madaniyatini targ'ib qilishyabdi, deb:)

Qayd etilgan

Mo'min Mirzo  23 Avgust 2012, 10:16:54

2. Ustasi farang, deng:) Meniyam ancha tanishim tijoratchi bolib ketibdi, bu safar kordim. Ular bilan otirib bafurja gaplashgani vaqt bolmadi.
Shu bilan bogliq (boj tolash) davlat qonuni haqida malumot olsak yaxshi bolardi.
Ha, ustasi farang  : )
Yolg'on-yashiq, tarozidan kam ko'rsatish kabi ishlari bor.
Ko'p tijoratchi tanishlarim shundoq, lekin ular yirik biznesmenlar emas, ikki-uch oilani tebratishga yetarli pul topadigan o'rtacha tadbirkorlar.
Yirik savdogarlar qay usulda olib kelishlarini bilmadim. Bizga o'xshab vagonlarda (taxta o'rniga) sotib olishsa kerak kiyim-kechaklarni : )

Qayd etilgan

asr  11 Dekabr 2012, 11:08:59

samolyot orqali olib kelinsa arzon yo qimmat boladimi?

Qayd etilgan

Ansora  12 Dekabr 2012, 13:06:40

samolyot orqali olib kelinsa arzon yo qimmat boladimi?

Hozircha men olgan malumotlarga kora kg-9-10 dollar orasi.

Qayd etilgan