" Shayx " - arabcha so'z bo'lib,lug'aviy ma'nosi Qariyadir. Ko'chma ma'noda boshliq,qabila boshlig'i,ma'naviy yetakchi,murshid,olim,o'qituvch,ustozga nisbatan ham ishlatiladi. Ko'plik shakli - " Shuyux " , " ashyox ", " mashoyix", "mashyaxa".
Odatda islom ilmlarini puxta egallagan,ko'plab shogirdlar chiqargan,ilm rivojiga hissa qo'shgan olimga uning shogirdlari,ixlosmandlari va oddiy xalq ulug'lab " Shayx " deb murojaat qilishgan. Kitoblarda olimlar " shayxul islom" ( islom dini shayxi ), "shayxush shuyux" , " shayxul mashoyix" (shayxlar shayxi ), " shayxul marje'" ( savollar bobida unga qaytiladigan shayx ) deb ham atalishgan. " Shayx" qaysidur tashkilot beradigan ( qozi, imom-xatib,imom noibi,mutavalidan farqli o'laroq ) rasmiy unvon yoki diniy martaba emas.
( manba: " Hidoyat" jurnali, 2011-yil, 6-son )