E'tiborli bo'laylik...  ( 11608 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Best friend  15 Avgust 2012, 14:17:52

 :as:

Ba'zi odamlarni ko'ramiz, kiyimlariga xar hil shakllar va yozuvlar tushirilgan. Lekin o'zi bilmaydiki, bu nimani belgisi, nimani ifodalaydi, yoki xar hil (ingliz, xitoy va boshqa) tillarda yozilgan yozuvlarning ma'nosi qanday.

Dinlarni va ba'zi e'tiqodlarni ramzi hisoblanadigan shakllardan va shularga ishora qiluvchi so'z, nomlaridan, bizgacha yetib krlgan shunday belgili yoki yozuvli buyummi, kiyimmi - shulardan bir birimizni ogohlantirib boraylik.

“Nabiy sollallohu alayhi va sallam uylarida xochlar alomati tushirilgan biror narsani qoldirmay, albatta uni yo'q qilar edilar”. (Buxoriy rivoyati/5952).

Qayd etilgan


Best friend  15 Avgust 2012, 14:26:29



 Bu to'qqiz burchakli yulduz BAXAI dinining ramzi bo'lib, e'tiqodiga taaluqli to'qqizta narsani ifodalaydi.

Qayd etilgan


Best friend  15 Avgust 2012, 14:33:33



Bu esa BUDDIZM dining ramzi, sakkizta diniy asoslarini bildiradi.



Bu ramz - yozuv "O'm" deb yozilgan bo'lib, HINDUlarning "Xudo"sining nomi. Ba'zi hind kinolaridagi qo'shiqlarida ham eshitib qolamizku "Om, Jay..." deb "ibodat" qo'shiqlarini aytishadi (shu qatorda hind qo'shiqlarini ham tushinib-tushinmay hirgoya qilaverish ham yaxshi emasligin eslatib o'tamiz). Quyidagi ramz ham HINDUlarga tegishli:



Qayd etilgan


Best friend  15 Avgust 2012, 14:43:28



Mana shu shaklni ham juda ko'p uchratamiz. Ayniqsa yoshlarning kiyimlarida. Ming afsuski bu ham biz musulmonlarga butunlay yod narsa bo'lib, DAOSIZMning ramzi hisoblanadi.
 Bu ramz "In va Yan" ramzi bo'lib. "In" (qora rangi) -  ayol kishi, "Yan" (oq rangi) - erkak kishi deb e'tiqod qilishadi.

Qayd etilgan


BilmasOY  15 Avgust 2012, 14:46:49

Ko'p joylarda asosan biror bir belgining ostiga yashiringan, yaxshilab qaraganda ko'rinadigan "bir ko'z" surati yahudiylarning ramzi sanalishi ko'pchilikka sir bo'lmasa kerak...

Qayd etilgan


Best friend  15 Avgust 2012, 14:54:19



Bu ZOROASTRIZM dinining ramzi. Bu ramzni Xudo ramzi deb e'tiqod qilishadi. Bu ramzdan Qadimiy Misr va ba'zi sharqiy xalqlar foydalangan.

Qayd etilgan


Best friend  15 Avgust 2012, 15:31:11



Bu esa YAHUDIY dining ramzi bo'lib, buni "Dovudning yulduzi" deyishadi. Bu ramz Isroil (yahudlar "davlatining") bayrog'ida ham bor. Aynan mana shu shaklni panjaralarda, plitkalarda va boshqa ko'plab joylarda uchratamiz. Imkon qadar bularni yo'qotish kerak.

Qayd etilgan


Best friend  15 Avgust 2012, 15:54:20



 Bular SATANIZMva OKKULTIZMga tegishli ramzlar. Qadimiy Gretsiyada besh tomonli yulduzga qiyoslab "pentagramma" - "besh chiziq" deb atalgan. OKKULTIZM e'tiqodidagilar "5=2+3, 2 - первое женское число, 3- первое мужское число" deyishadi, ya'ni 2- ayol, 3 - erkak bo'lsa ikkalasi birkib ramzdagi 5 (chiziq)ni hosil qiladi deb, buni salomatlik ramzi, yomonliklardan asraydi deb e'tiqod qilishadi, xattoki buni xristianlar va boshqa ko'p dindagilar ham yomonlikdan asraydi deb e'tiqod qiladi, avvalari ba'zilari bu ramzni uyga kirishga, eshiklarga osib, chizib qo'yishgan.

Qayd etilgan


Best friend  15 Avgust 2012, 16:00:57



 Bu ramz SIKHIZM e'tiqodiga tegishli bo'lib, bu e'tiqoddagilar ko'proq Hindistonning Panjobida ko'p uchraydi.

Qayd etilgan


Best friend  15 Avgust 2012, 16:10:53



 Bu NASRONIYlarning eng qadimiy ramzlaridan bir bo'lib, unda baliq tasvirlangan, uning ichiga "ἰχθύς (ixtis(ixtyus))" ya'ni "Isus Xristos" deb yozilgan.



 Bu ham nasroniylarga tegishli bo'lib, PROVOSLAVlarning ramzi hisoblanadi.



Buni menimcha tanishtirishni ham hojati yo'q, bu ham ana shu NASRONIYlarning eng taniqli ramzi. Bunga sig'inishadi va yonida olib yurishadi, ba'zilari osib oladi va bu balolardan saqlaydi deb e'tiqod qilishadi.

Qayd etilgan