Izohli lug'at  ( 113632 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Хадича  16 Avgust 2012, 13:01:35

Assalamu alaykum .

Ko'plap islomiy nashr,kitob,maqolalarda biz bilgan va bilmagan so'zlar uchraydi. Ularni ma'nosini izlap kimdandur so'raymiz,qidiramiz. Ushbu mavzuni ana shunday insonlarga foydasi teysa InshaAlloh,hursand bo'lardik. Ushbu izohli lug'at mavzuda maqola va kitoblarda keltirilgan so'zlarni ma'no tarjimasi bilan birodarlarimizni bohabar qilamiz. Zora,mushkullari oson bo'lib,ilmlari yanada ziyoda bo'lsa. Ilmli forumdoshlar ham o'zlari bilgan so'zlar tafsiri bilan kengroq bilim bersalar  :)

Misol uchun:
Mufassal- Qur'ondagi qisqa suralarning umumiy nomi (manba: "Ulumul-Qur'on" , " Fayzul-furqon" tafsiri )

Musnad- Fiqhiy masalalarga bag'ishlangan hadis to'plamlari (manba- "Mustalahul-hadis" )

Qayd etilgan


Хадича  16 Avgust 2012, 13:22:29

Muboh-savob ham,gunoh ham bo'lmagan narsalar,amallar,ishlar. Masalan,yeyish,ichish,uxlash kabi.


Mavquf-so'zi lug'atda "to'xtatilgan"degan ma'noni beradi. Hadis istilohida esa,sahobaga nisbat berilgan biror gap,fe'l yoki taqrirga aytiladi. Ulamolarni umumiy fikriga ko'ra,bunday turdagi hadislardan hukm olinmaydi (manba: " Mustalah ul-hadis" kitobi )

Qayd etilgan


Хадича  16 Avgust 2012, 13:44:26

Sajdai sahv-namozda biror vojib amalni sahvan tark etganida,o'sha nuqsonni yuvish uchun namoz oxirida qilinadigan ikki sajda.

Sahvan- esdan chiqarish,qasddan qilinmagan xatolik.

Tasnif-o'zga mualliflarning asarlaridan foydalanib kitob yozish.

Qayd etilgan


Хадича  16 Avgust 2012, 15:05:03

Fidya-so'zining lug'aviy ma'nosi "fido qilish"bo'lib, shariatda ma'lum bir narsaning o'rniga mol sarflash fidya berish deb ataladi. Masalan,sog' bo'lsada yoshi katta bo'lgani uchun ro'za tutishga qiynaladigan qariyalar,kasallar har bir ro'za kuni uchun fidya berishi.

Taroveh- rohat istirohat degan ma'noni anglatadi.

" Hiys" - arablarning xurmo,saryog', qurut yoki unni aralashtirib tayyorlaydigan taomlari.

Hadisi qudsiy- Alloh taolo nomidan aytilgan so'zlar.

Ro'za-arab tilida " Siyom" deb atalib, lug'atda o'zni bir narsadan tiyishni bildiradi.

" Ohod " deb rivoyat jihatidan mutavotir darajasiga yetmagan,ya'ni ozchilik kishilardan naql qilingan hadisga aytiladi.


" Tafsir " - lug'atda izohlash,sharh qilish,degani bo'lib,istilohda Qur'ondagi Allohning murodini imkoni darajasida o'rganib,izohlash,degani.

" Ta'vil " ( Таъвил ) esa, biror so'zning zohiriy ma'nosidan botiniy ma'nosiga,yaqin ma'nosidan uzoq ma'nosiga ko'chirib izohlash,demakdir.

Qayd etilgan


Хадича  16 Avgust 2012, 15:18:48

Mujtahid ( Мужтахид) - Qur'on,hadis, ijmo',qiyos va boshqa qo'shimcha islom manbalaridan mustaqil ravishda shar'iy hukm chiqarib olishga ilmi yetadigan diniy olim.


Мукаллаф - balog'at yoshiga yetib,zimmasiga musulmonchilikning qonun qoidalari yuklangan kishi.


Мусофир- o'z asliy vatanidan 90 km uzoqlikni niyat qilib safarga chiqqan kishi,unga shariat bir nechta imtiyoz va yengilliklar beradi. Masalan, 4 rakatlik farz namozlarni 2 rakat o'qiydi,ro'zani tutmay,keyin qazosini tutadi va hokozo.


Мустахаб- qilsa savob,qilmasa gunohkor bo'lmaydigan fazilatli ishlar.


Муким- safarga chiqmay,o'z vatanida yashayotgan kishi ; musofirning ziddi.

Muqtadiy (Муктадий)-imomga iqtido qilib namoz o'qiydigan kishi.

Qayd etilgan


Хадича  19 Avgust 2012, 16:37:28

" Shayx " - arabcha so'z bo'lib,lug'aviy ma'nosi Qariyadir. Ko'chma ma'noda boshliq,qabila boshlig'i,ma'naviy yetakchi,murshid,olim,o'qituvch,ustozga nisbatan ham ishlatiladi. Ko'plik shakli - " Shuyux " , " ashyox ",  " mashoyix",  "mashyaxa".
Odatda islom ilmlarini puxta egallagan,ko'plab shogirdlar chiqargan,ilm rivojiga hissa qo'shgan olimga uning shogirdlari,ixlosmandlari va oddiy xalq ulug'lab " Shayx " deb murojaat qilishgan. Kitoblarda olimlar " shayxul islom" ( islom dini shayxi ), "shayxush shuyux" ,  " shayxul mashoyix" (shayxlar shayxi ),  " shayxul marje'" ( savollar bobida unga qaytiladigan shayx ) deb ham atalishgan. " Shayx" qaysidur tashkilot beradigan ( qozi, imom-xatib,imom noibi,mutavalidan farqli o'laroq ) rasmiy unvon yoki diniy martaba emas.

( manba: " Hidoyat" jurnali, 2011-yil, 6-son )

Qayd etilgan


Хадича  19 Avgust 2012, 16:53:11

MUTAVALLI - ( arabcha so'z,  " ishboshi" , " boshqaruvchi" ma'nolarini anglatadi.) - Islom tarixida vaqf mulkiga va undan keladigan daromadga vasiylik qiluvchi,uni taqsimlovchi diniy amaldor. Vaqf yerlarini ijaraga berish,vaqf mulkida xo'jalik ishlarini yuritishni ham bajargan. Sharq mamlakatlarida mutavallilar hozir ham bor,ular vaqflarni boshqaradi. Ayrim musulmon mamlakatlarida yirik ziyoratgohlar ( maqbara,mozor va h.k.) ni,ulardan keladigan daromadlarni ham boshqaradi. Yurtimizda masjidni xo'jalik va moliya ishlarini boshqaruvchilar Mutavalli deyiladi.


MUDARRIS - ( arabcha so'z, " dars beruvchi" ma'nosini anglatadi ) - madrasa o'qituvchisi. Mudarrislar muayyan ilohiyot fanidan dars bergan. Hozir madrasalar va diniy universitetlarda faqat diniy ilmlardan emas,dunyoviy fanlardan dars beruvchilar ham Mudarris deb ataladi.


Mulla - O'rta Sharq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida musulmon olamining bilimdoni, din xizmatchisi, diniy maktab o'qituvchisi,savodli,ilmli odam.

(manba : " Islom ensiklopediyasi" )

Qayd etilgan