Xitoy oshxonasidan--baqlajonli salat  ( 8038 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Hilol OY  16 Avgust 2012, 13:25:13

Xitoy oshxonasiga juda qiziqaman, ayniqsa sabzavotlarni pishirishga. Yaqinda juda yaxshi retsep topgan edim baqlajonni pishirishga oid, lekin kerakli mahsulotlarning hammasini topa olmayapman.

Zanjabil yoki uning maydalangani (Ginger paste) ni Toshkentda qayerdan topsam bo'ladi?






Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  16 Avgust 2012, 13:59:26

Zanjabil hamma dexqon bozorlarida bor, dorivor giyohlar va ziravorlar sotiladigan joylarda bo'ladi.
Rangi qaymoqrang, pashmak shirinligiga o'xshab ketadi, kattaligi barmoqday, xidi xushbo'y, o'zi juda qattiq, kofemolkada maydalansa sindirib qo'yishi mumkin. Bozorda tayyor tuyulgani ham sotiladi.
O'zim doim chorsudan olaman, to'nkarilgan qozonga kirib ziravorlar sotiladigan joyga o'ting, zanjabil desangiz darrov qo'lingizga tutqazishadi.

Qayd etilgan