Imom Navaviy. Al-azkor  ( 545369 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 ... 128 B


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:33:15

875/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, musulmonlarning qaysinisi afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Agar musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘lishsa, ana shunisi afzal», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:33:22

876/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga ikki jag‘i va ikki oyog‘i orasini (sakdashga) kafolat bersa, uning jannatga kirishiga kafolat beraman», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:33:29

811/4. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Banda o‘ylamay bir so‘zni aytib qo‘yadi-da, keyin do‘zaxda mashriq bilan mag‘rib oralig‘idek joyda sarson bo‘lib yuradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Buxoriyning  rivoyatlarida «mag‘rib» so‘zi zikr qilinmagan.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:33:51

878/5. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir banda Alloh taolo rozi bo‘ladigan so‘zni aytib, natijasini o‘ylamay yuraveradi-da, ammo Alloh taolo Uzi bilib, uning darajasini ko‘taradi. Yana bir banda Alloh taoloni norozi qiladigan bir so‘zni aytib, oqibatini o‘ylamay yuraveradi-da, biroq Alloh taolo buni ham Uzi bilib, jahannamga tashlaydi», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:33:58

879/6. Bilol ibn Horis al-Muzaniydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi Allohning roziligidan bo‘lgan so‘zni gapirib, u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. Alloh taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha roziligini yozib ko‘yadi. Va yana bir kishi Allohning g‘azabini keltiruvchi so‘zni gapirib u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. Alloh taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha g‘azabini yozib ko‘yadi», dedilar. Imom Molik, Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:34:09

880/7. Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, menga bir ishni aytib bering, men uni mahkam ushlay», deganimda, u zot: «Rabbim - Alloh, deb ayt, so‘ngra istiqomatda (sobitqadam) bo‘l», dedilar. Yana «Ey Rasululloh, menga qo‘rqiladigan narsaning eng xavflisi (xabarini bering)», deganimda, u zot tillarini ushlab, «Bu», dedilar». Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar  rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:35:01

881/8. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning zikridan boshqa so‘zlarni ko‘paytirmanglar. Chunki Allohning zikridan boshqa so‘zlar bag‘ritosh qilib qo‘yadi. Allohdan insonlarning eng uzog‘i bag‘ritoshlaridir», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:35:07

882/9. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh kimni ikki jag‘i orasidagi yomonlikdan va ikki oyog‘i orasidagi yomonlikdan saqlasa, jannatga kiradi», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:35:13

883/10. Uqba ibn Omirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, najot nimada?» desam, u zot: «Tilingni tiygin va xatolaringga yig‘lagin. Shunda turmushing farovon bo‘ladi», deb javob berdilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Oktyabr 2006, 07:35:19

884/11. Abu Said al-Xudriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar odam bolasi tong ottirsa, a’zolarning barchasi tilning gunohini kechirib, «Bas, ey til, Allohdan ko‘rq! Biz ham sendanmiz. Agar sen to‘g‘ri bo‘lsang, biz ham to‘g‘ri bo‘lamiz. Agar sen egri bo‘lsang, biz ham egri bo‘lamiz», deydi», deb aytdilar. Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan