Fasl: Oxirgi xufton namozini «‘atama» va shomni «‘isho», deb ismlamoqlikning karohiyati:
975/42. Abdulloh ibn Mug‘affal al-Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shom namozlaringiz ismida badaviy arablar nomlashgan so‘z g‘olib kelmasin, ya’ni badaviylar shom namozini «‘isho», deb atashar edi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Ammo xuftonni «‘atama», deb nomlangani, ya’ni «Agar subhi va ‘atama namozlarida qanday savob borligini bilishganida, emaklab bo‘lsa ham, unga kelishar edi», deb kelganiga ikki xil javob bor: birinchisi - bundagi qaytariq harom emas, balki halol ekanligini bayon qilib kelyapti. Ikkinchisi - agar ‘isho, deb ismlansa, shom namoziga aralashib ketishidan ko‘rqqan kishiga xitob qilinyapti.
Ammo bomdodni «g‘adot», deb atamoqning karohiyati yo‘q. o‘adot, deb ishlatilganligi haqida sahih hadislarda dalillar bor. Bir jamoat buning karohiyati bor, deyishgan. Unday emas. Shom ila xuftonning ikkovini birga «‘ishoayni», deyishning va xuftonni «oxirgi ‘isho», deb atalishining zarari yo‘q. Asma’iy (r.a): xufton «oxirgi ‘isho», deb atalmaydi degan. Bu gaplari noto‘g‘ri. «Sahihi Muslim»da sobit bo‘lishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir ayol xushbo‘y narsalarni iste’mol qilgan bo‘lsa, biz bilan oxirgi ‘ishoda ishtirok etmasin», dedilar.
Bundan tashqari ikki «Sahih»dan boshqalarida ham sahobalarning so‘zlari son-sanoqsiz. Men bularning barchasini «Tahziybul asmo val-lug‘at» kitobida bayon qildim.