Imom Navaviy. Al-azkor  ( 544321 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 ... 128 B


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:13:01

Yana Abu Homid G’azzoliy: «Shu singari o‘zi yoki boshqa uchun yaxshi maqsadga bog‘liq narsalarda ham mumkin. Misol, zolim kishi uning mol-mulkini tortib olish maqsadida so‘raganida, u moli borligini inkor etishi yoki u bilan Allohgina bilishi mumkin bo‘lgan fahsh ishi haqida sulton so‘raganida, uni inkor qilishi joiz. Ya’ni, zino qilmadim yoki sharob ichmadim, deb», dedilar.

Had urishlikka iqror bo‘lgan (jinoyatchi)ga iqroridan qaytishni talqin etish haqida mashhur hadislar bor. Ammo boshqa maqsadda, masalan, birodarining sirini so‘rasa, bas, uni inkor qiladi. Xullas, yolg‘on bilan rost keltirib chiqaradigan zararlarning orasini solishtirib chiqadi. Agar rost gapirishda zarar qattiqroq bo‘lsa, yolg‘on gapiraveradi. Agar uning aksi yoki shak bo‘ladigan bo‘lsa, yolg‘on unga harom bo‘ladi. Agar yolg‘on gapirishning mubohligi o‘z nafsiga taallukdi bo‘lsa, yolg‘on gapirmasligi mahbub. Bordi-yu boshqa kishiga taalluqli bo‘lsa, beparvolik joiz emas. Har bir muboh qilingan paytdagi yolg‘onni tark qilmoq qat’iyatlilikdir. Ammo vojib bo‘ladigan bo‘lsa, unday emas. Bilingki, albatta yolg‘on - biror narsaning xilofini xabar berishlik. Xoh uni qasd qilsin yoki ogohsiz qolsin. Lekin ogohsiz qolsa, gunohkor bo‘lmaydi. Albatta qasd qilsa, gunohkor bo‘ladi. Bunga dalil Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kimki menga qasddan yolg‘on gapirsa, joyini do‘zaxdan tanlab qo‘yaversin», degan so‘zlaridir.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:13:38

Yana Abu Homid G’azzoliy: «Shu singari o‘zi yoki boshqa uchun yaxshi maqsadga bog‘liq narsalarda ham mumkin. Misol, zolim kishi uning mol-mulkini tortib olish maqsadida so‘raganida, u moli borligini inkor etishi yoki u bilan Allohgina bilishi mumkin bo‘lgan fahsh ishi haqida sulton so‘raganida, uni inkor qilishi joiz. Ya’ni, zino qilmadim yoki sharob ichmadim, deb», dedilar.

Had urishlikka iqror bo‘lgan (jinoyatchi)ga iqroridan qaytishni talqin etish haqida mashhur hadislar bor. Ammo boshqa maqsadda, masalan, birodarining sirini so‘rasa, bas, uni inkor qiladi. Xullas, yolg‘on bilan rost keltirib chiqaradigan zararlarning orasini solishtirib chiqadi. Agar rost gapirishda zarar qattiqroq bo‘lsa, yolg‘on gapiraveradi. Agar uning aksi yoki shak bo‘ladigan bo‘lsa, yolg‘on unga harom bo‘ladi. Agar yolg‘on gapirishning mubohligi o‘z nafsiga taallukdi bo‘lsa, yolg‘on gapirmasligi mahbub. Bordi-yu boshqa kishiga taalluqli bo‘lsa, beparvolik joiz emas. Har bir muboh qilingan paytdagi yolg‘onni tark qilmoq qat’iyatlilikdir. Ammo vojib bo‘ladigan bo‘lsa, unday emas. Bilingki, albatta yolg‘on - biror narsaning xilofini xabar berishlik. Xoh uni qasd qilsin yoki ogohsiz qolsin. Lekin ogohsiz qolsa, gunohkor bo‘lmaydi. Albatta qasd qilsa, gunohkor bo‘ladi. Bunga dalil Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kimki menga qasddan yolg‘on gapirsa, joyini do‘zaxdan tanlab qo‘yaversin», degan so‘zlaridir.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:14:02

333-bob Kishining gapirgan narsasini isbotlashga undash va sahih bo‘lmagan narsalarni eshitib ularni gapirib yurmoqdan qaytarish haqida

Alloh taolo: «(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur», degan (Al-Isro surasi, 36-oyat). «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-oyat). «Shak-shubhasiz, Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir» (Val-Fajr surasi, 14-oyat), deb aytgan.

985/1. Tobe’in Hafs ibn Osimdan (r.a.), u esa Abu Hurayradan (r.a.) qilgan  rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir eshitgan narsasini gapiraverish kishining yolg‘onchi ekaniga dalolat qiladi», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Imom Muslim bu hadisni ikki yo‘l bilan  rivoyat qilganlar. Birinchisi, mana shu. Ikkinchisi, Hafs ibn Osimdan, u esa Rasulullohdan mursal holatda  rivoyat qilgan hadis bo‘lib, bunda Abu Hurayra ismlarini zikr qilmaganlar. Abu Hurayradan zikr qilingan  rivoyatni oldin keltirganlar. Chunki ishonchli roviyning ko‘shimchasi maqbuldir. Mana shu fiqh usuli, muhaddis olimlari tomonidan ixtiyor qilingan sahih yo‘ldir. Agar hadis ikki yo‘l bilan  rivoyat qilinsa, biri mursal, ikkinchisi muttasil bo‘lsa, muttasilni oldinga ko‘yib, hadisning sahih ekaniga hukm qilinadi. Va mana shu hadis bilan hukmlarda va boshqa narsalarda hujjat qilish joiz. Vallohu ‘alam.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:14:13

986/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot: «Eshitgan narsasini gapiraverishlik kishini yolg‘onchi ekanligiga kifoya qiladi», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:14:25

987/3. Abu Mas’uddan yoki Huzayfa ibn Yamondan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining minadigan narsasi «gumon qilishlaricha», degan so‘z bo‘lsa, muncha ham yomon», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.

Imom Abu Sulaymon Xattobiy «Ma’olimus-sunan»da keltirishlaricha, aslida bu hadisning ma’nosi shuki, agar kishi boshqa bir shaharga borishni iroda qilsa, ulovni minadi-da, u bilan maqsadiga erishadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana shu misolning so‘zi boshlanishida «gumon qilishlaricha», degan gapni ko‘yib, maqsadiga erishuvchilarga o‘xshatyaptilar. Chunki «gumon qiladilar» so‘zining isnodi yo‘q, sobit bo‘lmagan hamda tekshirilmagan narsaga ishlatiladi. Buni balog‘at shaklida hikoya qilinyapti. Rasululloh ana shunday tagi yo‘q gaplarni yomonlaganlar, hikoya qilayotgan narsasi ishonchli, sobit bo‘lishiga buyurib, ana shu sobit narsaga taalluqli bo‘lmaguncha  rivoyat etmaslikka undamoqdalar.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:14:45

334-bob Ta’riz va Tavriya (so‘zning asl ma’nosini yashirib qochirim ila so‘zlashish) to‘g‘risida

Bilingki, bu bob eng muhim boblardandir. Chunki uni ishlatuvchilar ko‘p bo‘lib, balosi ham ommaviylashib ketgan. Biz uning haqiqatiga ahamiyat bermoqligimiz va uning ustida to‘xtab, taammul qilib, unga amal qilmog‘imiz lozimdir. Yolg‘onning ashaddiy haromlari haqida va unda tilni erkin ko‘yib yuborishning xatarli ekanini gapirib o‘tdik. Bu bob ana shulardan omonda qolishlikka bo‘lgan yo‘ldir.

Bilginki, ta’riz va tavriyalarning ma’nosi bir xil. U gapirayotganingda zohiriy lafzda bo‘lib, ma’noda esa boshqa narsani iroda etishingdir. Aslida esa u zohirining xilofidir. Bu shamg‘alat qilish va hiyladan bir ko‘rinishdir.

Ulamolar: «Agar ana shuni ishlatishga shar’iy manfaat kuchli kelsa yoki juda zarurat ehtiyoj bo‘lib undan boshqa narsada ro‘yobga chiqmasa, zarari yo‘q. Agar bulardan birortasi bo‘lmasa, uni ishlatish makruhdir, harom emasdir. Faqat botil narsani qo‘lga kiritish yoki haqni yo‘q qilishga bo‘lsa, ana o‘shanda haromdir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:16:01

Bu haqda man qilib aytilgan asarlar quyidagilar:
988/1. Sufyon ibn Asaddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birodaringga bir gapni aytsang, u senga ishonsa-da, sen unga yolg‘on gapirsang, ana o‘shaning xiyonati kattadir», dedilar. Abu Dovud zaif isnod bilan  rivoyat qilganlar, lekin o‘zlari zaif, demadilar. Yuqorida aytganimizdek o‘zlari zaif demasalar, demak u hasan hadisdir.

Ibn Siyrin aytadilar: «Kalom so‘zamol kishining yolg‘on gapirishidan ham kengroq narsadir. Muboh bo‘lgan ta’riz (qochirim) gap imom Naxa’iyning (r.a.) so‘zlariga binoan quyidagichadir: bir kishi haqida biror narsa aytsang, u o‘sha kishiga yetib borsa, «Ana shu aytgan narsamni Alloh bilguvchidir», deb aytsang, inkor ma’nosida tushunadi. Sening maqsading - «Aytgan narsamni Alloh bilguvchidir», xolos. Ug‘lingga «Senga shirinlik sotib olib beraman», dema! Balki «Agar senga shirinlik sotib olib bersam, qanday qaraysan?» degin». Agar imom Naxa’iyni biror kishi axtarib kelsa, xizmatkor qizga « uni masjiddan axtaring», degin deb tayinlardilar.

Boshqalar: «Otam ozgina vaqt oldinroq chiqib ketganlar, deb aytsin», deyishdi.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:16:17

Sha’biy bir doira chizib, xizmatkorlariga «Barmog‘ingni bunga qo‘ygin-da, «U bu yerda emas», deb aytgin», dedilar. Bu narsa odatda kishilar ovqatga chaqirilsa, niyat qilib olganman, degan so‘zlarga o‘xshaydi. Ya’ni, chaqirgan kishi uning ro‘zador ekan, deb o‘ylashi uchun. Vaholanki, uning maqsadi ovqat yeyishni tark qilish uchun bo‘lgan niyatdir.

Va yana shunga o‘xshashlardan «Falon kishiga ko‘zing tushdimi?» desa, ko‘rmadim, ko‘rinish bermadi deydi. Bunga misollar ko‘p. Agar biror narsaga qasam ichsa va qasamida tavriya (qochirim) qilsa, xoh Alloh nomiga yoki taloq yo boshqa narsaga bo‘lsin, qasami buzilmaydi. Taloq ham, boshqa narsa ham voqe’ bo‘lmaydi. Endi qozi da’voda qasam ichishga majburlasa, agar u Alloh nomiga qasam ichirgan bo‘lsa bundagi e’tibor qozining niyatiga qaraydi,. Bordi-yu taloq bilan qasam ichirsa, bundagi e’tibor qasam ichuvchining niyatiga qaraydi. Chunki boshqalarga taloq bilan qasam ichirish joiz bo‘lmaganidek, qoziga ham taloq bilan qasam ichirish joiz emas. Vallohu a’lam.

Imom G’azzoliy: «Fosiqlikni olib keluvchi harom qilingan yolg‘onlardan yana biri odatda kishilar mubolag‘a tarzida «Senga yuz marta aytdim» va «Sendan yuz marta so‘radim», deb aytishlikdir. Chunki bunda necha martani anglatish ekani iroda qilinmaydi. Balki mubolag‘a iroda qilinadi. Agar so‘ragani bir marta bo‘lsa, yolg‘onchi bo‘ladi. Ammo so‘ragani ko‘plikda odatlanilmagan miqdorda takrorlansa gunohkor bo‘lmaydi, garchi yuztaga yetmagan bo‘lsa ham, bularning o‘rtasida mubolag‘a etguvchi kishi yolg‘onga duch keladigan bir necha darajalar mavjud», dedilar.

Imom Navaviy mubolag‘a joiz ekaniga va yolg‘on hisoblanmasligiga quyidagi hadis dalildir deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:16:26

989/2. Ikki «Sahih» kitobida  rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Abu Jahl asoini yelkasidan qo‘ymaydi. Muoviyaning esa moli yo‘q», deganlar. Ma’lumki, ulardan birinchisi asoini uxlash va boshqa paytlardagina qo‘yar edi. Ikkinchisining esa kiyadigan bittagina ko‘ylagi bor edi.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:17:08

335-bob Qabih so‘zni gapirib qo‘yganda aytish va qilish lozim bo‘lgan zikrlar

Alloh taolo: «Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirib (mazkur xislat egasi bo‘lishdan qaytarmoqchi bo‘lsa), u holda Alloxdan panoh so‘rang» (Fussilat surasi, 36-oyat), «Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-oyat), «(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishini so‘raydigan - har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur -bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan magfirat va taglarida daryolar oqib turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amal qiluvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!» (Oli Imron surasi, 135-136-oyatlar), deb aytgan.

990/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Lot va Uzzo (butlari) nomini aytib qasam ichsa, «La ilaha illalloh» («Allohdan o‘zga iloh yo‘q»), deb aytsin. Kimki: «Kel, bir qimor o‘ynaylik», desa sadaqa qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Bilingki, kimki harom amal qilsa yoki gapirsa, tavbaga shoshmoqligi shart bo‘ladi. Bu tavbaning uch rukni bor: o‘sha holatdayoq gunohdan to‘xtamoq. Qilgan narsasiga pushaymon qilmoq. Unga aslo qaytmayman, deb qasd qilmoq. Agar ana shu gunoh insonning haqqi bo‘lsa, uchta shartga qo‘shib, to‘rtinchi shartni ham bajaradi. Ya’ni, u nohaqlikni egasiga qaytaradi yoki undan kechirim so‘raydi. Biz buni yuqorida aytib o‘tdik. Agar tavba qiladigan bo‘lsa, barcha gunohlariga tavba qilmog‘i lozim bo‘ladi. Agar o‘sha gunohining o‘ziga tavba qilish bilan kifoyalansa, tavbasi durust bo‘laveradi. Agar yuqorida aytganimizdek, gunohiga sahih tavba qilsa-da, so‘ngra ikkinchi marta yana qilib qo‘ysa, o‘sha gunohiga ham tavba qilishi shart bo‘ladi. Lekin avvalgi gunohiga qilgan tavbasi botil bo‘lmaydi. Mana shu ahli sunnaning fikri bo‘lib, mo‘‘tazila bilan xilof qilgan ikki masalaning bittasidir.

Qayd etilgan