Imom Navaviy. Al-azkor  ( 544141 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 ... 128 B


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:18:05

336-bob Ulamolardan bir jamoasi ba’zi lafzlar karih ekanini aytsa-da, u so‘zlar aslida karohiyatli emasligi haqida

Bilingki, botil so‘z bilan g‘ururlanmaslik hamda uni ta’vil etmaslik uchun bu bobni zikr qilish ehtiyoji bor.

Bilingki, shariat ahkomlari beshtadir:
1)   Iyjob (vojib, qilinishi shart).
2)   Nadab (tavsiya qilingan).
3)   Tahrim (harom, qaytarilgan).
4)   Karoha (makruh, karih ko‘rilgan).
5)   Iboha (muboh).

Bulardan birortasi dalilsiz hujjat bo‘lmaydi. Shariat dalillari esa ma’lumdir. Dalili yo‘q narsaga murojaat ham qilinmaydi. Va javobiga ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Chunki u hujjat bo‘lolmaydi. Shu bilan birga ba’zi bilimdon ulamolar bu kabi narsalarda uning botilligiga dalil keltirib zikr qilishadi. Karih ko‘rilgan, deb aytuvchini «karih ko‘rilgan emas» yoki «ular botildir» yo shunga o‘xshash ularning ziddiga iboralarni aytishdan maqsadim uning botil ekaniga dalil keltirishning ehtiyoji yo‘q ekanini bildirishdir. Agar men ham dalil keltirsam, unda ular kabi bilimdonlardan bo‘lib qolaman. Bu bobni qayd qilishimdan maqsadim xato bilan to‘g‘rini ajratish va bu botil so‘zlarni qo‘shuvchilar ulug‘liklari bilan g‘ururlanmasliklari uchundir. Bilingki, ba’zi lafzlarni makruh, deb aytuvchilarning obro‘lari ketib qolmasligi uchun va yomon gumon qilinmasligi uchun ularni nomma-nom keltirmayman. Bu yerda maqsad ularni yomonlash emas. Balki ulardan naql qilingan botil so‘zlardan ogoh etish, xolos. Xoh u naql qilingan narsa sahih bo‘lsin yoki sahih bo‘lmasin. Agar sahih bo‘lsa, bilganingizdek, ularning obro‘lariga ziyon keltirmaydi.

Ana shulardan biri Abu Ja’far Nahhos «Sharhi asmoullohi taolo subhanahu» nomli kitoblarida: «Ulamolar «Tasaddaqallohu ‘alayka», ya’ni «Alloh senga sadaqa qilsin», deb aytmoqni karih ko‘rishgan. Chunki sadaqa beruvchi savobni umid qiladi. (Alloh bundan munazzahdir)», deb aytgan so‘zlaridir. Imom Navaviyning fikrlaricha, bu hukm ochiqcha xato bo‘lib, xunuk johillikdir. Dalil keltirish esa undanda qattiqroq buzuqlikdir. Chunki «Sahihi Muslim»da keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozning qasr qilinishi haqida «U Allohning sizlarga in’om etgan sadaqasi bo‘lib, uni qabul qilib olinglar», deganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:19:47

Fasl: Nahhosning aytishicha, «Allohumma a’tiqniy minan nar», («Allohim, meni do‘zaxdan ozod qilgin»), deb aytmoqlik makruhdir. Chunki savobni talab qilgan kishigina ozod qiladi.

Imom Navaviyning fikrlaricha, bu dalil va da’volar shar’iy hukmlarga nisbatan eng xunuk xato va johillikdir. Agar Alloh maxluqotidan xohlagan kishisini ozod qilishi haqidagi hadislarni keltirsam, kitob malol keladigan darajada uzayib ketadi. Masalan, «Kimki biror qulni ozod qilsa, Alloh taolo uning har bir a’zosini do‘zaxdan ozod qiladi» va «Boshqa kunlarga qaraganda arafa kunida Alloh taolo bandasini do‘zaxdan ozod qilganidek ko‘p ozod qilmaydi», deb keltirilgan.

Fasl: Ba’zilarning fikrlaricha, «Allohning ismi ustiga unday qil», deb aytmoq makruhdir. Chunki Allohning ismi har bir narsaning ustigadir, deyilgan. Qozi Iyoz va boshqalar bu so‘z xato ekanini aytib, isboti uchun sahih hadislar keltirishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbonlik haqida sahobalariga «Allohning ismi ustiga qurbonlik qilinglar», ya’ni «Allohning ismini aytib qurbonlik qilinglar», deb aytganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:20:12

Fasl: Va yana ana shulardan Nahhosning Abu Bakr Muhammad ibn Yahyodan  rivoyat qilgan quyidagi so‘zlari bor: «Faqih, adib va ulamolar «Jama’allohu baynana fiy mustaqarri rohmatihi» («Alloh oramizni rahmati qaror topadigan joyda jamlasin»), deb aytma! Chunki Allohning rahmati qaror topuvchi joy bo‘lishdan kengroqdir. Va yana «Irhamna birohmatika» («Rahmating bilan bizga rahm qil»), deb aytma, deganlar».

Imom Navaviyning aytishlaricha, bu keltirilgan ikki lafzning hujjati va dalili borligini bilmaymiz. Chunki rahmat qaror topadigan joy aytuvchining maqsad qilgani jannatdir. Ma’nosi: joylashib va o‘rnashib hamda qaror topiladigan makon bo‘lgan jannatda oramizni jamlagin. Albatta bu yerga kiruvchilar Allohning rahmati bilan kirishadi. So‘ngra kim u yerga kirsa, unda abadiy qaror topib, yomon hodisa va g‘amginliklardan omonda bo‘ladi. Bularning barchasi Allohning rahmati bilan hosil bo‘ladi. Go‘yoki «Rahmating bilan yetishadigan makonda oramizni jamlagin», deganga o‘xshashdir.

Fasl: Yana Nahhosning aytishicha, «Tavakkaltu ‘ala robbiy robbil kariym» («Saxiylarning Rabbisi bo‘lgan Rabbimga tavakkal qildim»), deb bo‘lmaydi. Balki «Tavakkaltu ‘ala robbil kariym» deyishlik joiz.

Imom Navaviyning aytishlaricha, buning ham asli yo‘qdir.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:20:29

Fasl: Nahhos Abu Bakrdan  rivoyat qilishlaricha, «Allohumma ajirna minan nar» («Allohim, do‘zaxdan bizni himoya qil») va «Allohumma urziqna shafoatan nabiy» («Allohim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlari bilan bizni rizqlantir»), deb aytmaslik darkor. Chunki do‘zax vojib bo‘lganlarga shafoat qilinadi, deb aytilgan.

Imom Navaviyning aytishlaricha, bu ham ochiq-oydin johillik va xatoning o‘zginasidir. Agar bu xatolar bilan g‘ururga ketishning xavfi bo‘lmaganda va tasnif qilingan kitoblarda bu narsalar zikr etilmaganida, hikoya qilishga jur’at eta olmasdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlarini va’da qilib, komil mo‘minlarni targ‘ib etgan qanchadan-qancha sahih hadislar kelgan. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki muazzindan eshitgan narsalarni ayni o‘zidek qaytarsa, unga shafoatim hosil bo‘ladi», deganlar.

Bu haqda imom, faqih Abul Fazl Iyoz (r.a.) chiroyli so‘zlar keltirganlar. Salafi solihlarning shafoatga qilgan rag‘batlaridan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shafoatlarini so‘raganliklari asarlar orqali bilinadi. Shunga binoan uni karih qiluvchilarning karohiyatiga e’tibor qilinmaydi. Chunki Imom Muslim va boshqalardan sahih hadislar hisobsiz jannatga kiruvchi qavmlarni va jannatda darajalari ziyoda bo‘luvchi qavmlarni shafoat sababidan ekanini isbotlab kelgan. So‘ngra gunohkorligini tan oluvchi, avfga muhtoj har bir kishi ular aytganidek bo‘ladigan bo‘lsa, mag‘firat va rahmatni so‘rab duo qilmasligi lozim bo‘ladi. Chunki mag‘firat va rahmatni so‘rash gunohkor kishilar uchun xosdir. Shunday bo‘ladigan bo‘lsa, ular qilayotgan narsa salaf va xalaflar duolaridan o‘rganilgan narsaga xilofdir.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:20:57

Fasl: Ulamolarning bir jamoasidan hikoya qilinishicha, ular Baytullohni tavof qilishni «shavt» yoki «aylanish», deb ismlamoqni karih ko‘rdilar. Balki birinchisiga -birinchi tavof va ikkinchisiga - ikkinchi tavof va hokazo, deb aytiladi, deyishgan.

Imom Navaviyning aytishlaricha, bu gaplarning ham asli yo‘q. Balki ular johiliyat lafzlaridan, deb karih ko‘rishgan bo‘lsa kerak. Nima bo‘lganda ham, bunday deb aytishning karohiyati yo‘q. Bunga quyidagi hadis dalildir:

991/2. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’bada uch shavtdan yugurmoqni buyurdilar. Ularga hamma shavtni yugurishni buyurmoqdan faqatgina ularga rahm qilganlarigina man qildi, xolos. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:22:39

Fasl: Va yana ana shulardan «ramazonda ro‘za tutdik», «ramazon keldi» va shunga o‘xshash ana shu oy iroda qilingan so‘zlardir. Buning karohiyati haqida ixtilof qilingan. Oldingi jamoalar, oyga ko‘shmasdan ramazonning o‘zini aytish karih ko‘rilgan, deyishgan. Bu hakda Hasan Basriy va Mujohidlardan  rivoyat qilingan. Bayhaqiy esa u ikkovlariga bo‘lgan yo‘l zaifdir, deganlar.

Sohiblarimiz ramazon keldi, ramazon kirdi, ramazon hozir bo‘ldi, deb aytmoqni va shularga o‘xshab oyni iroda qilish uchun qariyna (yaqinlik) hosil qilmaydigan bo‘lsa, karih ko‘rishgan. Lekin unga bir narsa qariyna (yaqinlik) bo‘lib ramazon oyiga dalolat qilsa, karohiyati yo‘qdir. Masalan, ro‘za tutdim emas, balki ramazon ro‘zasini tutdim, ramazonda turdim, ramazon ro‘zasi vojib bo‘ladi, muborak ramazon oyi hozir bo‘ldi va shularga o‘xshashlar. Abul Hasan Morudiy va Abu Nasr Sibog‘lar mana shu fikrlarni aytib, quyidagi hadisni dalil qilishgan:

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:23:11

992/3. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon, deb aytmanglar. Chunki Ramazon Allohning ismlaridan biridir. Lekin ramazon oyi, deb (oy so‘zini ko‘shib) aytinglar», dedilar. Bayhatsiy «Sunan»larida  rivoyat qilib, zaif, deganlar.

Bundagi zaiflik ochiq ko‘rinib turibdi. Chunki Allohning ismi haqida kitob tasnif qilganlarning birortasi Ramazon Allohning ismi ekanini zikr qilishmagan. To‘g‘risini Alloh biluvchidir.

Imom Abu Abdulloh al-Buxoriy «Sahih»larida va yana bir qancha muhaqqih ulamolar ramazonni qanday aytsa ham, karohiyati yo‘qdir, deyishgan. Chunki karohiyat shariat bilan sobit bo‘ladi. Buning karohiyati haqida shariatda biror narsa sobit bo‘lmagan. Balki hadislarda buning joizligi haqida sobit bo‘lgan. Ikki «Sahih» hadislarda va bulardan boshqasida ularning fikriga qarshi dalillar to‘lib-toshib yotibdi. Agar buning joiz ekani haqidagi hadislarni jamlasam, ikki yuztaga yetib qolishini umid qilaman. Lekin maqsad bitta hadis bilan ham hosil bo‘laveradi. Mana shu quyidagi bittasi hammasiga ham kifoya qiladi:

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:23:34

993/4. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar ramazon kelsa, jannat eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Ba’zi  rivoyatlarda «ramazon kirsa» yoki «ramazon bo‘lsa» yo «ramazonni muqaddam qilmanglar» va yana boshqa sahih  rivoyatda esa: «Islom besh narsa ustiga bino qilingan, undan biri ramazon ro‘zasidir», deb aytilgan. Bunga o‘xshash hadislar ko‘p.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:29:53

Fasl: Va yana ana shulardan biri oldingilarning ba’zilaridan naql qilingan quyidagi so‘zlardir: «Baqara surasi, Duxon, Ankabut, Rum, Ahzob va shularga o‘xshash suralar, deb aytmoq makruhdir. Balki sigir zikr qilingan sura, xotinlar zikr qilingan sura, deb aytiladi».

Imom Navaviyning aytishlaricha, bu xato va sunnatga xilofdir. Buni bayon qilgan son-sanoqsiz hadislar sobit bo‘lgan. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Baqara surasining oxirida ikki oyat borki, uni kechasida o‘qisa, o‘sha kechaga kifoya qiladi», dedilar. Bu ikki «Sahih» kitobida keltirilgan. Bunga o‘xshashlari nihoyatda ko‘p.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:30:04

Fasl: Va yana ana shulardan biri Mutrifdan (r.a.)  rivoyat qilingan quyidagi so‘zlaridir: «Alloh taolo kitobida aytadi, deb kelajak lafzida iste’mol qilish karih ko‘rilgan. Balki «Alloh taolo aytdi», deb o‘tgan zamon lafzi bilan aytiladi. Chunki Allohning so‘zi kalomdir. Kalom esa qadimdir».

Imom Navaviyning aytishlaricha, bu maqbul emas. Sahih hadislarda buning ko‘p jihatdan ishlatilgani sobit bo‘lgan. Men bu hakda «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhimda va «Qorilar odobi» nomli kitobimda bayon qilganman. Bu haqda Alloh taolo «Alloh haqiqatni aytadi», deb keltirgan (Ahzob surasi, 4-oyat).

«Sahihi Muslim»da Abu Zarrdan (r.a.) qilingan  rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo: «Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur) deb aytadi», dedilar. (An’om surasi, 160-oyat).

«Sahih Buxoriy»da «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha...» oyatining tafsirida Abu Talha: «Ey Rasululloh, Alloh taolo «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha...», deb aytyapti», dedilar, deyiladi.

Qayd etilgan