Imom Navaviy. Al-azkor  ( 544386 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 ... 128 B


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:37:35

1004/11. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Menga bir duo o‘rgatingki, u bilan namozimda iltijo qilayin», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron vala yag‘firuz zunuba illa anta fag‘firliy mag‘firatan min ‘indika, varhamniy innaka antal g‘ofurur rohiym», deb ayt, dedilar (ma’nosi: Allohim, men nafsimga ko‘p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqasi kechira olmaydi. Uzingning huzuringdan bo‘lgan mag‘firat ila meni kechirgin. Va menga rahm qilgin, albatta Sen kechirguvchi, rahmli Zotsan). Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:37:44

1005/12. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu duo bilan iltijo qilardilar:

«Allohumma ig‘firliy xatiy'atiy va jahliy va isrofiy fiy amriy vama anta a’lamu bihi minniy, Allohumma ig‘fir liy jaddiy va hazliy va xatoiy va ‘amdiy va kullu zalika ‘indiy, Allohumma ig‘firliy ma qoddamtu vama axxartu vama asrartu vama a’lantu vama anta a’lamu bihi minniy, antal muqaddimu va antal muaxxiru va anta ‘ala kulli shay'in qodir». (Ma’nosi: Allohim, xatolarimni, johilligimni, ishdagi isroflarimni kechirgin. Sen uni mendan ko‘ra biluvchiroqsan. Allohim, jiddiyligimni, hazilimni, xatoimni, qasdimni va mening huzurimdagi barchasini kechirgin. Allohim, oldingi qilgan gunohlarimni, keyingilarini, yashirin qilganlarimni, ochiqcha qilganlarimni kechirgin. Sen uni mendan ko‘ra biluvchiroqsan. Sen avvalgi-yu oxirgisan. Sen har bir narsaga qodirsan.) Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:37:57

1006/13. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarida
«Allohumma inniy a’uzu bika min sharri ma ‘amiltu va min sharri ma lam a’mal», deb aytardilar (Ma’nosi: Allohim, men Sendan amal qilgan va amal qilmagan narsalarimning yomonidan panoh tilayman.) Imom Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:38:05

1007/14. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Quyidagilar ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolaridan edi.

«Allohumma inniy a’uzu bika min zavoli ni’matika va tahavvuli ‘ofiyatika va faj'ati niqmatika va jamiy’i suxtika». (Ma’nosi: Allohim, bergan ne’mating zavol bo‘lishidan, bergan ofiyating o‘zgarib ketishdan, to‘satdan keluvchi o‘chingdan va jamiki g‘azabingdan panoh tilayman.) Imom Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:38:14

1008/15. Zayd ibn Arqamdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma inniy a’uvzu bika minal ‘ajzi val kasali val jubni, val buxli val hammi va ‘azabil qobri, Allohumma ati nafsiy taqvoha va zakkiha anta xayru man zakkaha anta valiyyuho va mavlaha, Allohumma inniy a’uvzu bika min ‘ilmin la yanfa’u va min qolbin la yaxsha’u vamin nafsin la tashbau’ va min da’vatin la yustajobu laha», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening noming ila ojizlikdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, baxillikdan, g‘amdan, qabr azobidan panoh tilayman. Allohim, nafsimning taqvosini bergin va uni poklagin va Sen poklovchilarning yaxshisisan. Sen do‘sti va xojasisan. Allohim, Sening noming ila foyda bermaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan va ijobat qilinmaydigan duodan panoh tilayman.) Imom Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:38:23

1009/16. Alidan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma ihdiniy va saddidniy» («Allohim, meni hidoyat qil va sobitqadamlikda qil»), deb ayt, dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Boshqa bir  rivoyatda
«Allohumma inniy as'alukal huda vassadoda» bo‘lib kelgan. (Ma’nosi: Allohim, men Sendan hidoyatni va sobitqadamlikni so‘rayman.)

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:38:34

1010/17. Sa’d ibn Abu Vakqosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir a’robiy kelib, «Ey Allohning rasuli, menga bir kalom o‘rgatingki, uni aytib yurayin», deganda, u zot:

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, Allohu Akbar kabiyron valhamdu lillahi kasiyron subhanallohi robbil olamiyna, la havla vala quvvata illa billahil azizil hakim» (ma’nosi: Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Alloh ulug‘larning ulug‘idir. Allohga ko‘p hamd bo‘lsin. Olamlar Rabbi Allohni poklab yod eturman. Hakim, Aziz sifatli Allohdan boshqa biror o‘zgartiruvchi ham quvvat ham yo‘q), deb ayt, dedilar. A’robiy: «Bular Rabbim uchundir. Men uchun esa nima?» deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam

«Allohumma ig‘fir liy varhamniy vahdiniy varzuqniy va ‘ofiniy», deb ayt, dedilar. (Ma’nosi: Allohim, meni mag‘firat qil, menga rahm qil, meni hidoyat et, meni rizqlantir va ofiyatda qil.) Imom Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:38:43

1011/18. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma aslih liy dinillaziy huva ‘ismatu amriy, va aslih liy dunyayallatiy fiyha ma’oshiy va aslih liy oxiratillatiy fiyha ma’odiy, vaj’alil hayota ziyodatan liy fiy kulli xayrin vaj’alil mavta rohatan liy min kulli sharrin», deb aytardilar (Ma’nosi: Allohim, ishlarimni saqlovchi dinimni isloh qil. Yashaydiganim dunyoimni isloh et. Qaytishim unga bo‘lgan oxiratimni isloh qil. Har bir yaxshilikda hayotimni ziyoda qil. Va har bir yomonlikda o‘limni rohat qil.) Imom Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:38:52

1012/19 Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma laka aslamtu va bika omantu va’alayka tavakkaltu va ilayka anabtu va bika xosamtu. Allohumma inniy a’uzu bi’izzatika la ilaha illa anta an tuzillaniy antal hayyullaziy la yamutu val jinnu val insu yamutun», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Senga bo‘ysundim, Senga imon keltirdim, Senga tavakkal qildim, Senga tavba qildim va Sening noming ila xusumatlashdim (ya’ni, Sening noming ila hujjat talab qildim, difo’ qildim va urishdim). Allohim, meni adashtirmog‘ingdan izzating ila panoh tilayman. Sendan boshqa iloh yo‘qdir. Sen tirikdirsan, o‘lmaysan. Ins va jin o‘lishadi.) Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:39:02

1013/20. Buraydadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining

«Allohumma inniy as'aluka bianniy ashhadu annaka antallohu la ilaha illa antal ahadus somadullaziy lam yalid valam yuvlad valam yakun lahu kufuvan ahad», deb aytganini eshitib unga, «Sen Alloh taolodan Uning ismi ila shunday narsa so‘radingki, agar o‘sha ism bilan so‘ralsa, o‘sha so‘ralgan narsani beradi. Agar u bilan duo qilinsa, ijobat etiladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan so‘rayman. Guvohlik beramanki, albatta Sen Allohdirsan. Sendan boshqa iloh yo‘q. Sen yakka va hojat tushadigan zotdirsan. U tug‘magan va tug‘ilmagandir. Va hech kim U zotga teng emasdir.) Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyati.

Boshqa  rivoyatda «Sen Ismi a’zam bilan Allohdan so‘rading», deyilgan.

Qayd etilgan