1017/24. Shakal ibn Humayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Rasululloh, menga duo o‘rgating», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma inniy a’uzu bika min sharri sam’iy vamin sharri basariy vamin sharri lisoniy vamin sharri qolbiy vamin sharri maniyyi», deb aytgin, dedilar. (Ma’nosi: Allohim, eshitganimning yomonidan, ko‘rganimning yomonidan, tilimning yomonidan, qalbimning yomonidan va maniyimning yomonidan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Nasaiylar rivoyati.