1032/39. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilib
«Robbi a’inniy vala tu’in ‘alayya vansurniy vala tansur ‘alayya, vamkurliy vala tamkur ‘alayya va yassir hudaya vansurniy ‘ala man bag‘o ‘alayya robbij’alniy laka shakiron, laka zakiron laka rohiban laka mitvo’an ilayka mujiyban av muniyban taqobbal tavbatiy vag‘sil havbatiy vaajib da’vatiy va sabbit hujjatiy vahdi qolbiy va saddid lisoniy vaslul saxiymata qolbiy», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, mening foydamga yordam berib, zararimga bermagin. Mening foydamga nusrat berib, zararimga nusrat bermagin. Mening foydamga makr qilib, zararimga makr qilmagin. Va hidoyatda yurishimni yengil qil hamda menga tajovuz qiladigan kimsalar zarariga menga g‘alaba ato et. Rabbim, meni Senga shukr qiluvchi, Seni zikr qiluvchi, Sendan qo‘rquvchi, Senga itoat etuvchi, Seni (chaqirig‘ingga) ijobat qiluvchi yoki Senga tavba qiluvchilardan et, tavbamni qabul ayla, gunohimni yuv, duoimni ijobat qil, hujjatimni sobit qil, qalbimni hidoyat et, tilimni mustahkam et va qalbimdan ginani sug‘urib ol.) Abu Dovud , Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.
Duoning arabcha matnidagi «saxiymata» kalimasining ma’nosi bu hadisda «gina-adovat» bo‘lib kelgan. Boshqa bir hadisda «sahiymata» kalimasi «najosat» bo‘lib kelgan. U «Kimki musulmonlar yo‘liga (saxiyma) najosat tashlasa, unga Allohning la’nati bo‘lsin» bo‘lib kelgan.