338-bob Duo odoblari haqida
Bilingki, fuqaholar, muhaddislar, jumhur ulamolar, salafu xalaf olimlarning barchasi duo mustahabdir, deyishgan. Alloh taolo: «Parvardigorlaringiz: «Menga duo, iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman», dedi» (G‘ofir surasi, 60-oyat), «Parvardigorlaringizga tazarru bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz», deb aytgan (A’rof surasi, 55-oyat).
Ammo bu haqdagi sahih hadislarning o‘zi mashhurdir. Zikr qilinmasa ham, o‘zi zohirdir. Biz kifoya qiladigan miqdoricha zikr etdik.
Imom Abulqosim Qushayriyning risolalarida quyidagilar keltirilgan: «Kishilar duo afzalmi yoki sukut qilib, rozi bo‘lishlikmi, degan fikrda ixtilof qilishgan. Kimdir yuqoridagi hadisga muvofiq duo ibodatdir, chunki bunda Allohga ehtiyojmandlik izhor qilinadi, dedi. Boshqa bir toifa hukm jarayoni ostida sukut qilib jim turish mukammalrokdir va qadar bo‘lgan narsaga rizo bo‘lish a’loroqdir, deyishgan. Bir qavm esa duo sohibi tili bilan aytib, qalbi bilan rozi bo‘lishi hammasini jamlashlikdir, degan».