Imom Navaviy. Al-azkor  ( 543721 marta o'qilgan) Chop etish



Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:46:30

1034/41. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi.

«Allohumma innaa nas'aluka mujibati rohmatika va ‘azoima mag‘firotika, vassalamata min kulli ismin val g‘oniymata min kulli birrin val favza biljannati van najota (bi’avnika) minannar» ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolaridan edi. (Ma’nosi: Allohim, rahmatingga mustahiq bo‘ladigan narsani, mag‘firatingni vojib qiladigan narsani, har bir gunohdan salomat bo‘lishni va har bir yaxshilikda g‘animatni hamda jannat bilan zafar qozonishni va yordaming bilan do‘zaxdan najot topishni so‘rayman). Imom Hokim «Mustadrak»larida  rivoyat qilganlar. Muslimning shartlariga binoan sahihdir.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:46:39

1035/42. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Voy gunohlarim, voy gunohlarim», deb ikki yoki uch marta aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:

«Allohumma mag‘firatuka avsa’u min zunubiy va rohmatuka arja ‘indiy min ‘amaliy», deb ayt», dedilar. U bu duoni o‘qidi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam takrorla, dedilar. Bas, u takrorladi. So‘ngra yana takrorla, dedilar. Bas u yana takrorladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, batahqiq mag‘firat qilinding», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, mag‘firating gunohimdan kengroqdir. Rahmating huzurimdagi amalimdan umidliroqdir.) Imom Hokim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:46:49

1036/43. Abu Umomadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta
«Ya arhamar rohimiyn» («Ey rahm qiluvchilarning rahmlisi»), deb aytadigan kishilarga Alloh taoloning vakil qilingan farishtalari bordir. Kimki buni uch marta aytsa, farishtalar u uchun «Rahm qiluvchilarning rahmlisi (Alloh), Senga yuzlandi, bas, Sen undan so‘ragin, deyishadi». Imom Hokim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:51:45

338-bob Duo odoblari haqida

Bilingki, fuqaholar, muhaddislar, jumhur ulamolar, salafu xalaf olimlarning barchasi duo mustahabdir, deyishgan. Alloh taolo: «Parvardigorlaringiz: «Menga duo, iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman», dedi» (G‘ofir surasi, 60-oyat), «Parvardigorlaringizga tazarru bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz», deb aytgan (A’rof surasi, 55-oyat).

Ammo bu haqdagi sahih hadislarning o‘zi mashhurdir. Zikr qilinmasa ham, o‘zi zohirdir. Biz kifoya qiladigan miqdoricha zikr etdik.

Imom Abulqosim Qushayriyning risolalarida quyidagilar keltirilgan: «Kishilar duo afzalmi yoki sukut qilib, rozi bo‘lishlikmi, degan fikrda ixtilof qilishgan. Kimdir yuqoridagi hadisga muvofiq duo ibodatdir, chunki bunda Allohga ehtiyojmandlik izhor qilinadi, dedi. Boshqa bir toifa hukm jarayoni ostida sukut qilib jim turish mukammalrokdir va qadar bo‘lgan narsaga rizo bo‘lish a’loroqdir, deyishgan. Bir qavm esa duo sohibi tili bilan aytib, qalbi bilan rozi bo‘lishi hammasini jamlashlikdir, degan».

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:53:25

Qushayriy: «Turli vaqtlarda aytmoq a’loroqdir. Ba’zi holatlarda sukutdan duo afzal. Va yana qaysidir paytlarda duodan ko‘ra sukut afzaldir. Albatta u vaqt bilan bilinadi. Agar qalbida duoga ishora bo‘lsa, afzalroqdir. Agar sukutga ishora topsa, sukut mukammalroqdir. Agar unga musulmonlar nasibasi yoki Allohning unda hakqi bo‘ladigan bo‘lsa, duo ibodat bo‘lgani uchun a’loroqdir. Agar nafsi uchun unda nasiba bo‘lsa, sukut mukammalroqdir. Duoning shartlaridan biri luqma halol bo‘lishligidir. Yahyo ibn Muoz ar-Roziy: «Men osiy bo‘la turib, Senga qanday duo qilay, Sen saxiy bo‘la turib, nechuk duo qilmay?» deb aytganlar. Va yana duoning odoblaridan biri qalbni hozir qilishlikdir. Inshaalloh, buning dalili kelgusi boblarda keladi. Ba’zilar duodan maqsad Alloh xohlaganini qilsa ham hokisorlikni izhor qilib turishdir, deganlar.

Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitobida duo odoblari o‘ntadir, dedilar.

Birinchisi: arafa kuni, ramazon oyi, juma kuni, kecha oxirining uchdan biri, sahar vaqti kabi sharafli paytlarni (duo qilish uchun) kutmoq.

Ikkinchisi: sajda holati, ikki tomon askarlari yo‘liqqanda, yomg‘ir yog‘ayotganda, namoz qoim qilinganda va namozdan keyin kabi sharafli holatlarni duo qilish g‘animat bilish. Imom Navaviy: «qalb yumshaganda ham», dedilar.

Uchinchisi: qiblaga yuzlanish, ikki ko‘lni ko‘tarish va ikkisini duoning oxirida yuziga surish.

To‘rtinchisi: maxfiy va jahriy orasida ovozni pastlatish.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:58:28

Beshinchisi:   duoni   qofiya   bilan   qilmaslik.   Uni   duodagi  haddan   oshish,   deb   tafsir qilishgan.  Eng yaxshisi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ma’sur bo‘lgan duolar bilan kifoyalanishlikdir. Kimki duoni yaxshi qilsa, bas, uning haddan oshish xavfi bor. Ba’zilar xo‘rlik va ehtiyojmandlik tili bilan duo qil, fasohat va erkinlik bilan duo qilma, deyishgan. Albatta ulamo va abdollar (chiltanlar) duoni yetti kalimadan oshirishmaydi. Bu haqda Alloh taoloning Uzi Baqara surasining 286-oyati  oxirigacha o‘sha (ettitasi  bilan) guvohlik beradi: «Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama......Alloh taolo biror o‘rinda bandalari bundan ko‘p duo qilganlarining
xabarini bermagan.

Ammo Imom Navaviyning fikrlaricha, yetti kalimadan ziyoda qilishning karohiyati yo‘q. Balki mutlaq holda duoni ko‘paytirish mustahabdir. Masalan, Ibrohim surasining 35-oyatida «Ibrohim aytgan edi: «Parvardigorim, bu shaharni (ya’ni, Makkani) tinch shahar qilgin», deb aytgan (ya’ni, yetti kalimadan ziyoda qilgan.)

Oltinchisi: xuzu’, tazarru’ va qo‘rqish. Alloh taolo bu haqda: «Darhaqiqat, ular (ya’ni, mazkur payg‘ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag‘bat va qo‘rquv bilan duo iltijo qilar edilar» (Anbiyo surasi, 90-oyat), «Parvardigoringizga tazarru’ bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz!» (A’rof surasi, 55-oyat) degan edi.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:59:11

Yettinchisi: talab qilayotganda jazm qilib, ijobat bo‘lishiga ishonib, unga bo‘lgan umidini tasdiqlaydi. Bunga mashhur dalillar juda ko‘p. Sufyon ibn Uyayna (r.a.) deydi: «Sizlardan biringizni nafsidan bilgan narsasi duo qilishdan man qilmasin (ya’ni, noumid bo‘lmasin). Chunki Alloh taolo maxluqotlar yomoni bo‘lgan Iblisning ham (duosini) ijobat qildi. A’rof surasining 14-15-oyatlarida: «Menga ular tiriladigan Kungacha (qiyomatgacha yashash uchun) muhlat ber», dedi. (Alloh) dedi: «Sen muhlat berilganlardansan», deb keltirilgan».

Sakkizinchisi: duoda sobit bo‘lmog‘i, uch marta takror qilmog‘i va ijobatga sabrsizlik etmasligi lozim.

To‘qqizinchisi: Allohning zikri bilan duoni boshlamoqligi. Imom Navaviyning fikrlaricha, Allohga hamd va sanodan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib, yana shular bilan xotima yasaydi.

Uninchisi: bu ijobat etilishiga sabab bo‘luvchi ahamiyatlisidir. Ya’ni, tavba qilish, zulmni o‘z egasiga qaytarish va Alloh taologa yuzlanish.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:59:57

Fasl: G’azzoliy: «Agar qazo-qadar bitib qo‘yilgan bo‘lsa-yu, duoning foydasi nima?» deb aytilsa, bunga javob quyidagichadir: «Bilingki, duo bilan qaytarish qazoning jumlasidandir. Duo baloni qaytarish va rahmatning bor bo‘lishiga sababdir. Xuddi qalqon qurolni qaytarishga sabab bo‘lgani yoki suv yerdan o‘simlik chiqarish uchun sabab bo‘lgani kabidir. Shu singari qalqon nayzani daf qiladi, duo esa baloni daf qiladi. Silohni ko‘tarmasdan qazo-qadarni e’tirof etish shart emasdir. Alloh taolo Niso surasining 102-oyatida «Ular ham ehtiyoj choralarini ko‘rib, qurollanib olsinlar», deb aytgan», dedilar.

Alloh taolo biror ishni taqdir qilsa, uning sababini ham barpo etgan. Duoda, zikr qilganimizdek, foydalar bor. U ham bo‘lsa, unda qalbni jamlab ehtiyojmandligini bildirish. Bu ikki xislat ibodat va ma’rifatning nihoyasidir.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:01:24

339-bob Kishining duo qilishi va solih amallarni Alloh taologa vasila qilishi to‘g‘risida

1037/1. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Sizlardan oldingilardan uch kishi bor edi. Ular boshpana qilib g‘orga kirishganida, tog‘dan bir xarsang siljib, g‘orni to‘sib qo‘ydi. Shunda ular o‘zaro: «Sizlarga bu xarsangdan faqatgina solih amallaringiz bilan Allohga iltijo qilmog‘ingizgina najot beradi, xolos», deyishdi.

Ulardan birlari: «Mening qari ota-onam bor edi. Men bolalarim va ahlimdan ham oldin ularni (taom, sharob) ila siylar edim», dedi...» Hadisni davom ettirib, «...bularning hammalari solih amallarini zikr qilib, «Allohim, agar mana shuni Sening roziliging talabida qilgan bo‘lsam, bizdan buni ochgin», deyishdi. Har birlari iltijo qilishganda, xarsang oz-ozdan ochildi-da, uchinchilari iltijo qilganda, hammasi ochilib ketdi. Bas, ular yurib chiqib ketishdi». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qozi Husayn va boshqalar istisqo namozi haqida quyidagi ma’noda so‘z zikr qilib, qiyinchilikka tushib qolgan kishi solih amallari bilan duo qilishiga mana shu hadisni dalil qilib keltirishgan. Lekin bu haqda boshqacha so‘z aytganlar ham bor. Chunki bunday qilishda Alloh taologa mutlaq ehtiyojmandligini tark qilishdan bir ko‘rinish mavjud. Duoda talab qilinadigan narsa o‘zini ehtiyojli, faqirona qilib ko‘rsatishdir. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu voqeani keltirishlaridan maqsad ularni maqtashdir. Bu zikr qilishlari ularning to‘g‘ri amal qilganlariga dalildir.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:01:57

Fasl: Duo haqida salaflardan kelgan xabarlarning eng yaxshisi Avzo’iydan (r.a.) qilingan quyidagi hikoyadir: «Kishilar suv talab qilib chiqishdi. Bilol ibn Sa’d o‘rinlaridan turib, Allohga hamdu-sano aytib, so‘ngra «Ey hozir bo‘lganlar jamoasi! Yomonlik bo‘lishiga iqror bo‘luvchi emasmisizlar?» deganlarida, ular: «Ha, iqror bo‘luvchimiz», deyishdi. Bas, u zot: «Allohim, biz Sendan «Chiroyli amal qiluvchi - muhsinlarni ayblashga hech qanday yo‘l yo‘q» (Tavba surasi, 91-oyat), deb aytganingni eshitdik va haqiqatda yomonlik bo‘lishiga iqror bo‘ldik. Sening mag‘firating bizga o‘xshagan (gunohkor)larga-da? Allohim, gunohlarimizni mag‘firat qilib, rahm etib, bizni (suv ila) siylagin», deb qo‘llarini ko‘tardilar. Va hozir bo‘lganlar ham ko‘llarini ko‘tarishdi, bas, suv ila siylanishdi. Va quyidagi baytni aytishdi:

Men xato qilg‘uvchiman, avf esa vose’,
 Gar gunoh yo‘q ekan, bo‘lg‘aymi avf voqe’?»

Qayd etilgan